Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani


Tarbiyachining kuzatishga tayyorlanishi



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/78
tarix21.10.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#65724
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   78
qo\'\'lllanmaaa

Tarbiyachining kuzatishga tayyorlanishi. Kuzatishni tashkil etishda obyekt tanlash katta 
ahamiyatga ega. Tanlangan obyekt vaxshi holatda, bo’lishi kerak, ya'ni o'simlik so'limagan, 
navlari o'ralmagan, hayvon qo'lga o'rgatilgan, sogiom, bolalardan cho'chimaydigan bo'lishi zarur. 
Kuzatish tabiat burchagida bo'lsa, obyekt yaxshi yoritilgan bo’lishi, unga yaqinlashish qulay 
bo’lishi uchun yorug'lik yon tomondan tushib turishi lozim. Bolalar hayvonlarning harakatini 
kuzata turib, ovqat berishlari, silashlari, ular bilan o'ynashlari mumkin. Bunda hayvonlar o'zlarini 
erkin tutishlari, bemalol harakat qilishlari zarur. Buning uchun bolalar tabiat burchagida qulay 
joylashib o'tirishlari maqsadga muvofiqdir. 
Kuzatishni boshqarish. Tarbiyachi kuzatishni birinchi marotaba o'tkazayotgan bo'lsa, 
dastlab bolalarda hosil bo'lgan qiziqishlarini qondirish hamda kuzatilayotgan narsa haqida 
birinchi taassurot hosil qilish uchun ularni kamida 1—2 daqiqa tomosha qildirib turadi. 


Kuzatishni boshqarish jarayonida tarbiyachi xilmaxil usullardan — bolalarning yoshlariga 
mos savol va topshiriqlar, narsani ushlab ko'rish, qiyoslash, o'yin harakatlaridan foydalanadi. 
Tarbiyachi kuzatishni tashkil qila turib, kerakli maiumotlarni aytishi, kuzatiladigan 
obyektning muhim xususiyatlarini ajratishi zarur. Bolalarda kuzatishga nisbatan qiziqish 
uyg'otish, kuzatilayotgan narsalarni estetik idrok etish uchun tarbiyachi she'rlardan, 
topishmoqlardan, katta yosh guruhlarda esa badiiy asarlarni o'qishdan foydalanadi. 
Hayvonlarni kuzatishda tarbiyachi izchillikka rioya etib, bolalarning diqqatini «Nima 
qilyapti?» «Qanday yuryapti?» «Nima yeyapti?» «Qanday eyapti?» «Tanasi nima bilan 
qoplangan?» «Oyoqlari qanday — uzunmi yo qisqami?» «Ko'zlari qanday (shakli, rangi)?» kabi 
savollar yordamida hayvonlarning hattinarakatiga qaratadi. 
O'simliklarni kuzatish ularning eng yorqin, ko'zga tashlanadigan belgilarini belgilash va 
ajratib ko'rsatishdan boshlanadi. Bu o'simlikning guli yoki uning yorqin rangdor barglari, ba'zan 
poyasi (masalan, kaktus) bo'lishi mumkin. Ana shundan so'ng o'simlik tashqi tuzilishining asosiy 
xususiyatlari — kattaligi, shakli, poyasi (yoki tanasi), barglari, gullari va shu kabilar tartib bilan 
ko'rib chiqiladi. Bunday izchillik maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning diqqati hali yetarlicha 
barqaror emasligi, ko'p jihatdan beixtiyoriyligi tufayli zarurdir. Biroq mashg'ulot oxirida kuzatish 
jarayonida paydo boigan tasawurlar natijasini umumlashtirish lozim. Tarbiyachi topshiriq 
berishning turli usullaridan foydalanib, «Gapirib berchi, qayerdan bilding? Nimasi bilan farq 
qiladi?» kabi savol va topshiriqlar bilan bolalarning kuzatish orqali nutqlarining o'sishiga yordam 
beradi. 
Barcha hollarda, tarbiyachi kuzatishni tashkil etar ekan, uning aniq bir vazifadan 
ikkinchisiga, faktlardan aloqalarga, tasawurlar to'plashdan ularni qiyoslashga, so'ngra xulosalar 
chiqarishga o'tishda izchillikka rioya qilishi lozim. Shunda bolalarda mantiqiy tafakkur o'sadi. Har 
bir kuzatishda bolalarni tabiat bilan tanishtirishning kichik, aniq vazifasini hal etish lozim. 
Shuning uchun kuzatishlarning har biri ilgarigisi bilan bog'lanib o'tkazilishi zarur. 
Tarbiyachi uzoq muddatli kuzatishni tashkil etishda, uni ol~ dindan bir qator epizodik 
kuzatishlar — «bo'laklarga» taqsimlaydi. Bunday kuzatish o'simliklar rivojlanishidagi o'zgarishlar 
aniq ko'rinadigan vaqtda o'tkaziladi. Tarbiyachi bolalarga o'simlikni tomosha qilib, belgilarini 
qayd qilishni (birinchi barglarning chiqishini, o'simtaning urug' qobig'ini yorib chiqayotganini 
kuzatishni) tavsiya etadi. Yakuniy kuzatishda bolalar kuzatilayotgan o'simlik rivojlanishining 
butun tasvirini tiklashi lozim. Buni kuzatishlar kundalik daftari, turlicha rasmlar, gerbariylar, 
katta yosh guruhdarda esa chizmali jadvallar asosida tashkil etish mumkin. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin