Katta guruh. Bu guruh bilan olib boriladigan kuzatishlar jarayonda bolalar
obyektlarning xarakterli va muhim belgilari bilan tanishadilar, o'simlik hamda hayvonlarning
o'sishi va rivojlanishi, tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlar ustida uzoq muddatli kuzatishlar olib
boradilar.
Tarbiyachi kuzatishni tashkil qila turib, bolalarni ma'lum usullardan foydalanishga,
rejaga rioya qilishga, mustaqil ravishda murakkab boimagan xulosalar chiqarishga o'rgatishda
davom etadi. Bunda kuzatilayotgan jism va hodisalarda u yoki bu faoliyat uchun ahamiyatli yoki
butun bir obyektlar guruhining umumiy belgilari ajratib ko'rsatiladi, jismlarning tevarakatrof bilan
aloqasi va munosabati aniqlanadi.
O'simlik va hayvonlarning o'sishi hamda rivojlanishi, mavsumiy o'zgarishlar ustida olib
borilgan kuzatishlarda bolalarning davr (fazo), bosqich yoki holatlarni ko'ra bilish xususiyatlari
shakllantiriladi. Masalan, ular o'sayotgan no'xat novdalari, poyasi, barglari, gajaklar, g'unchalar,
gul va meva (qo'zoq)larning paydo bo'lishini sinchkovlik bilan kuzatadilar.
Bolalarni jism va hodisalarni ko'ra olish, eshitish va qabul qilib olishga o'rgatish
tarbiyachining eng muhim vazifalaridan biridir. Bolalar ko'pincha ikkita tanish jismga qaraydilaru,
ularni birbiridan ajrata olmaydilar. Shuning uchun tarbiyachi kuzatishni tashkil qilar ekan, aniq
obyektlarni topishi, ularni ta'riflashi, savollarga javob berishga oid muayyan vazifalar qo'yishi
kerak.
Kuzatishlarda qo'llaniladigan qiyoslash usullari borgan sari xilmaxillashadi: kuzatilayotgan
obyekt rasmda tasvirlangani yokij tasavvurdagisi bilan qiyoslanadi. Faqat ayrim jismlargina emas,
balki tabiat hodisalari ham (masalan, bog'ning bahor va qishdagi ko'rinishi) qiyoslanadi. Jismlarni
taqqoslashda tarbiyachi bolalarn ning diqqatini bir necha umumiy bo'lgan belgilarga, ayniqsaj
ularning muhim tomonlarini aks ettirgan belgilariga qaratadi. Masalan, bolalar turli hasharotlarni
kuzatar ekanlar, ularningi oltitadan oyoqchasi borligini bilib oladilar. Tarbiyachi kuzatilayotgan
jism va hodisalarni qiyoslash uchun vazifa topshirar ekan, bolalarning mustaqil ishlashga qiynalib
qolgan hollaridagina yordam berishga harakat qiladi.
Xuddi o'rta guruhdagidek kuzatish natijalari haqidagi og'zakil hisobot iloji boricha mustaqil
bo'lishi lozim. Kuzatish natijalari™ bolalar rasmlarda, yasagan buyumlarida aks ettirishlari
mumkin.