Bolalarning nutq madniyatini o'sishida oilaning o’rni mundarija: Kirish



Yüklə 138,5 Kb.
səhifə10/13
tarix12.04.2023
ölçüsü138,5 Kb.
#96577
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
BOLALARNING NUTQ MADNIYATINI O\'SISHIDA OILANING O’RNI

Ota-onalarga topshiriq.
Muloqotni, munozarani vujudga keltirish uchun ota-onalarga ko‘p uchraydigan jumlalarni tavsiya qilish mumkin. Ularni o‘qib ko‘ring va ular bolalarga qanday ta’sir etishini izohlab bering.
«Maktabga borsang, o‘shanda ko‘rasan.»
«Bilasanmi, sen a’lochi bo‘lsang biz seni juda yaxshi ko‘ramiz.»
«Sen shunday o‘qiki, sen uchun biz qizarmaylik”
Natijasi:
Bu jumlalarning hammasi bolada o‘ziga bo‘lgan ishonchni, maktabga borishga xohishini so‘ndiradi.
Boshqacha qilib aytganda, ota-onalarning o‘z-o‘zlariga bergan bahosi bolasiga berilgan bahodan ustun bo‘ladi. Shuni esda tutingki, bolalarni o‘zi bajara olmaydigan topshiriqlar bilan band qilib qo‘ymang. Bu ularni yolg’on gapirishiga olib keladi. «Agar diktantda xato qilsang ko‘rasan» kabi. Bu jazolashga taqlid hisoblanadi. Jazolangan bolada ota-onasiga nisbatan dushmanlik paydo bo‘lishiga olib keladi.
Nutqni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari: til, nutq, nutqiy faoliyat. Til – bu ijtimoiy hodisadir. O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan har bir xalqning ona tili uning milliy o‘ziga xosligi va ma’naviy madaniyatining yorqin ko‘rsatkichidir.
Til tafakkur bilan monand bog’langani holda ongni shakllantiradi. Nutq va tafakkur o‘rtasidagi bog’liqlik nafaqat psixologik jarayonlarning chuqur bosqichlarida, balki ijtimoiy hodisalar darajasida ham namoyon bo‘ladi. So‘zning insonga, uning xulq-atvoriga ko‘rsatadigan ta’siri barchaga yaxshi ma’lum. «Garchi til bilan tafakkur bir-birisiz yashay olmasa ham ular o‘zida aynan bir hodisani ifodalamaydi. Tafakkur – ob’ektiv borliqning intihosi, til esa – ifoda usuli, fikrni boshqa kishilarga berish va mustahkamlash vositasi. So‘z bilan tushuncha dialogik tarzda bir-birini taqozo etadi1.
Hozirgi paytda mamlakatimizda tillar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda ikki tamoyil mavjud: bir tomondan, milliy tillarning yanada rivojlanishi va takomillashuvi, o‘zga tomondan esa – o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi ahamiyatining oshishi ro‘y bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va yuzaga kelgan iqtisodiy ehtiyojlar mamlakatdagi ko‘p sonli aholining ona tili bo‘lgan o‘zbek tilini davlat tili sifatida o‘rganishni shart qilib qo‘ydi, bu esa ko‘p millatli jamiyat sharoitida katta ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.
Tildan foydalanish – bu ijtimoiy faoliyatning muayyan turi sohasida kishilarning o‘zaro muloqotidir. Hozirgi davr nuqtai nazaridan olib qaralganda quyidagilar eng muhim sohalar hisoblanadi:
- xo‘jalik faoliyat sohasi;
- ijtimoiy-siyosiy faoliyat sohasi;
- maishiy soha;
- uyushtirilgan muloqot sohasi;
- badiiy adabiyot sohasi;
- ommaviy kommunikatsiya sohasi;
- estetik ta’sir ko‘rsatish sohasi;
- xalq og’zaki ijodiyoti sohasi;
- ilm-fan sohasi;
- ish yuritishning barcha turlari sohasi;
- shaxsiy istiqbol sohasi;
- diniy soha.
Biz ko‘rib chiqayotgan jihatdan olinganda esa eng dolzarbi maishiy soha va uyushtirilgan ta’lim sohasidir.
Ko‘p yillik amaliyot shuni ko‘rsatdiki, bolalikda bilingvizm (ikki tillilik) bola hayotida har bir tilning tutgan o‘rniga, uning ikki tillilikdan qaysi vaziyatlarda va qay darajada foydalanishiga bog’liq holda shakllanadi. Maktabgacha yoshda ikki tillilik shakllanishining quyidagi o‘ziga xos holatlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
- bola tug’ilgan paytidan boshlab ikki tilli oilada bir tildan o‘zga tilga o‘tib muomala qilish sharoitida tarbiyalanadi;
- bola oilada ona tilida so‘zlashadi, undan tashqarida esa (qo‘shnilar, qarindoshlar va boshqa shaxslar bilan) o‘zga tilni o‘zlashtiradi;
- bola o‘zga tilni aniq maqsadga yo‘naltirilgan mashg’ulotlarda va ulardan tashqari vaqtlarda maktabgacha ta’lim muassasasida egallaydi.
Psixolingvistik adabiyotlarda yozilishicha, haqiqiy ikki tillilik faqat odam hech bo‘lmaganda bitta tilda har qanday fikrni mos tarzda ifodalashga qodir bo‘lgan taqdirdagina rivojlanadi. Agarda nutq bironta tilda ham to‘laqonli shakllanmagan bo‘lsa, bu holda fikr tuzilmasi buzilib ketadi va o‘z fikrini ifodalashga bo‘lgan intilish muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, bu esa nafaqat psixologik ezilishlarga, balki muloqot sifatidagi chuqur yo‘qotishlarga va inson shaxsiga ziyon yetishiga olib keladi. Yarim tillilik deb ataladigan bunday hodisa, umuman olganda, jamiyat uchun ham ancha xavflidir, chunki bunda uning a’zolarining muayyan qismi hissiyotlarini boshqara olmaydi hamda o‘z hissiyotlari, ehtiyojlari, istak-xohishlarini tegishli tarzda so‘z shakliga keltira olmaydi. Agarda inson xohlagan narsasini ayta olmasa, u boshqalar bilan teng ravishda raqobatlashishga, kommunikatsiyaning odatdagi shakllaridan foydalanishga qodir bo‘lmay qoladi hamda u o‘z-o‘zini boshqarishning qandaydir boshqa shakllariga murojaat qilishga, ba’zan esa zo‘ravonlik qilish, kuch ishlatishga majbur bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan holda, ilk yoshdan boshlab individning nutqiy rivojlanishini tuzatishni to‘g’ri tashkil etish zarurdir. «Ilk start» ona tilini qabul qilishga va keyinchalik har qanday boshqa tilni o‘zlashtirib olishga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi». Til qanchalik oldin egallab olinsa, bilimlar ham shunchalik oson va to‘liqroq o‘zlashtiriladi» (N.I.Jinkin)2.
Bola tug’ilgan paytidan boshlab ijtimoiy mavjudot hisosblanadi. Uning har bir yosh bosqichidagi ijtimoiy rivojlanishi o‘z xususiyatlariga, vazifa va mazmuniga ega bo‘lib, bularni amalga oshirish uchun pedagogika sohasidagi ishlarga tegishli shart-sharoitlarni yaratish darkor.

Yüklə 138,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin