Book · December 022 citations reads 28,319 authors


partiyadan butunlay holi qilindi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/38
tarix20.06.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#132909
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
(1)


partiyadan butunlay holi qilindi. 
Umuman, XX asrning 80-yillari ro„y bergan ulkan siyosiy voqealar 
jahon taraqqiyotini keskin o„zgartirib yubordi, qarama-qarshilikka, sinfiy 
ziddiyatga, o„zaro kamsitishlarga va zo„ravonlikka asoslangan, besamar 
“sotsialistik taraqqiyot” yo„lini mahkam ushlagan, dunyoning oltidan bir 
qismida umumbashariy g„oyalarni rad etib, faqat kuch ishlatish va 
xalqlarni qaramlikda saqlab turish yo„lini amalga oshirib kelgan yirik va 
so„nggi imperiyalardan biri bo„lgan SSSRning parchalanib ketishi 
dunyoda yangicha siyosiy, ijtimoiy, ma‟naviy qiyofa kasb etdi. 
Mustamlakachilikning uslubiga asoslangan mustabid imperiya o„rnida 
umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va demokratiya tamoyillarini o„z 
taraqqiyotining asosiy yo„nalishi sifatida belgilab olgan mustaqil davlatlar 
paydo bo„ldi. O„zbekiston Respublikasining qaramlik asoratidan qutulib, 
davlat mustaqilligini qo„lga kiritganligi xalqimiz taqdirida buyuk 
o„zgarishlar yasadi. 
Masalan, O„zbekiston mustaqilligi haqida gap borganda, shubhasiz
O„zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilingan 


26 
O„zbekiston Respublikasi “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ning o„rni va 
ahamiyatiga alohida to„xtalish lozim. Zero, bu muhim hujjat 
O„zbekistonning mustaqillikka erishishida qo„yilgan navbatdagi muhim 
qadamlardan biri edi. Bu umumdavlat ahamiyatiga ega bo„lgan 
Deklaratsiyani qabul qilishda respublika Oliy Soveti deputatlari faollik 
ko„rsatdilar. O„zbekistondagi tarixiy shart-sharoit va vaziyatni hisobga 
olgan 200 dan ortiq deputat X11 chaqiriq respublika Oliy Sovetining 
ikkinchi sessiyasi (1990-yil 18-iyunda) boshlanishidayoq mustaqillik 
Deklaratsiyasi qabul qilishni kun tartibiga kiritishni va kechiktirmasdan 
shu sessiyada uni qabul qilishni qat‟iy talab etdilar. 
O„zbekiston SSR Oliy Soveti Rayosati a‟zolari, komissiya raislari va 
muovinlari “Mustaqillik Deklaratsiyasi” xususida fikrlashib, deputatlar 
fikrini olish va so„ng uni sessiyaga olib chiqish lozim deb topdilar. 
19-iyun kuni 40 dan ortiq deputat, doimiy komissiyalarning raislari, 
huquqshunoslar tayyorlagan Deklaratsiya matni batafsil ko„rib chiqildi. 
Natijada bu masala 20-iyun kuni sessiyada kun tartibiga kiritildi. 
“Mustaqillik Deklaratsiyasi” deputatlar tomonidan moddama-modda, 
bandma-band muhokama qilindi, har bir millat o„z taqdirini o„zi belgilashi, 
Deklaratsiya qoidasi bilan kafolatlanishi qayta-qayta ta‟kidlandi. Unda 
o„zbek xalqining asrlar davomida qo„lga kiritgan davlat qurilishi va 
madaniy taraqqiyot borasidagi boy tarixiy tajribasi va an‟analari hisobga 
olinishi uqtirildi. Sessiyada qabul qilingan “Mustaqillik Deklarssiyasi” 
kirish qismiga quyidagicha yozib qo„yildi: 
“O„zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi o„zbek 
xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan an‟analari, 
har bir millatning o„z taqdirini o„zi belgilash huquqini ta‟minlashdan 
iborat oliy maqsadi, O„zbekistonning kelajagi uchun tarixiy mas‟uliyatni 
chuqur his etgan holda xalqaro huquq qoidalari, umumbashariy 
qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib O„zbekiston Sovet 
Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e‟lon qiladi”.
Shuningdek, birinchi moddada: “O„zbekiston SSRning demokratik 
davlat mustaqilligi respublikaning o„z hududida barcha tarkibiy qismlarni 
belgilashda va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir” – deb 
belgilab qo„yildi. Sessiya qabul qilgan “Mustaqillik Deklaratsiyasi”
xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi. Shu kundan 
boshlab respublikada O„zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir 
masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. 1991 yil 15-fevralda 
O„zbekiston Oliy Kengashi “O„zbekistonning davlat ramzlari to„g„risida” 
maxsus qaror qabul qildi.


27 
O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qabul qilgan qonunlar. 
O„zbekiston Prezidentining farmonlari, hukumat qarorlari katta 
ahamiyatga ega bo„lib, ular respublikaning iqtisodiy va siyosiy jihatdan 
mustaqil rivojlanish yo„liga bevosita qaratila boshladi. 
XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq Ittifoqdagi o„zgarishlar, 
hamda yuzaga kelgan vaziyat o„zbek xalqining mustaqillik uchun bo„lgan 
kurashini tezlashtirib yubordi. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin