5
“O„zbekistonning eng yangi tarixi” o„quv fanining predmeti, maqsadi
va vazifalari. Mustaqillikka erishish arafasida O„zbekistondagi
ijtimoiy–
siyosiy jarayonlar
Ushbu mavzuni yoritishda o„qituvchiga
dars davomida uni metodik
jihatdan yuqori saviyada o„tkazish maqsadida quyidagi texnologiyalardan
birini qo„llash tavsiya etiladi:
Insert usuli – ushbu usulning maqsadi quyidagidan iborat. U
tinglovchilarga yangi axborotlar tizimini
qabul qilish va bilimlarni
o„zlashtirilishini yengillashtirish maqsadida qo„llaniladi, shuningdek, bu
usul tinglovchilar uchun xotira mashqi vazifasini ham o„taydi.
Usulni amalga oshirish tartibi:
- O„qituvchi mashg„ulotga qadar mavzuning
asosiy tushunchalari
mazmuni yoritilgan matnni tarqatma yoki taqdimot ko„rinishida
tayyorlaydi;
- Yаngi mavzu mohiyatini yorituvchi matn ta‟lim oluvchilarga
tarqatiladi yoki taqdimot ko„rinishida namoyish etiladi;
- Tinglovchilar individual tarzda
matn bilan tanishib chiqib, o„z
shaxsiy qarashlarini maxsus belgilar orqali ifodalaydilar. Matn
bilan ishlashda tinglovchilar yoki qatnashchilarga quyidagi
maxsus belgilardan foydalanish tavsiya etiladi:
belgilar
1-matn
2-matn
3-matn
“V” – tanish ma‟lumot
“?” – mazkur ma‟lumotni tushunmadim
“+” – bu ma‟lumot men uchun yangilik
“-” – bu fikr yoki mazkur ma‟lumotga
qarshiman
Belgilangan vaqt yakunlangach, ta‟lim oluvchilar uchun notanish va
tushunarsiz bo„lgan ma‟lumotlar o„qituvchi
tomonidan tahlil qilinib,
izohlanadi, ularning mohiyati to„liq yoritiladi. Savollarga javob beriladi va
mashg„ulot yakunlanadi.
Ikkinchi tavsiya etiladigan usul – bu blits – so„rov usuli bo„lib, unda
o„qituvchi dars boshlanishida yoki dars davomida talabalarning mavzu
bo„yicha bilim va ko„nikmalari qanday
shakllanayotganligini qisqa
savollar tashlash orqali o„rganishga harakat qiladi. Bu usul dars davomida
talabalarga mavzuni eshitishda diqqatini bir yerga jamlashlariga yordam
beradi.