Book · January 022 citations reads 484 author



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

 
ILM 
 
Yer sharini ulkan bir qurilish maydoni deya tasavvur qilaylik. Unda har 
birimizning o‘z vazifamiz bor. Masalan, g‘isht bilan bog‘liq jarayonni olaylik. 
Birov g‘isht quyadi. Boshqa bir kishi esa shu g‘ishtdan ajoyib binolar quradi. 
Uchinchi toifa odamlar esa na yaratadi, na quradi. Ular faqat kuzatuvchilar va 
tahlilchilardir. Odamlarning ilmga munosabati ham xuddi shunday. Shu asosda 
olimlarni uch toifaga bo‘lish mumkin: 
1. Ilmni yaratuvchilar (g‘isht quyuvchilar kabi).
2. Ilmni tatbiq etuvchilar (g‘ishtdan bino quruvchilar kabi).
3. Ilmni kuzatuvchilar (g‘ishtni kuzatuvchilar kabi).
Birinchi toifa olimlar tafakkur va tasavvur mahsulini ma’lum bir shaklga 
soladi. Ilmni yaratadi.
Ikkinchi toifa olimlar esa ilmni tatbiq etuvchilar bo‘lib, mavjud ilmlar 
asosida yangi qarashlarni shakllantiradilar. Egallagan har bir ilmini amalda 
qo‘llab ko‘rishadi. Ular uchun amaliyot eng dolzarb ahamiyatga ega. Tajriba 


 127 
natijasida kashfiyotlar yaratadilar, o‘z qobiliyatlarining yangi ufqlarini ochishadi. 
Shu bilan birga, bu toifa kishilar har qanday sohada mustaqil fikrlaydigan
mavjud narsadan yangidan-yangi narsalar yasay oladigan, o‘zlarida buyuk 
yaratuvchilik qobiliyatini tarbiyalab boradigan kishilardir. Ilmda bu toifa katta rol 
o‘ynaydi. 
Uchinchi toifa olimlar kimlardir tomonidan yaratilgan ilmlarni tinmay 
kuzatadi va tahlil qiladi. Obrazli qilib aytganda, oftobda quriyotgan g‘ishtlarni 
kuzatadi, aytarli hech ish qilmasa-da, g‘ishtlarga termulib, unga mo‘ltirab, belgi-
xususiyatlarini tavsiflab o‘tiraveradi. Ko‘p bo‘lsa, ahyon-ahyonda o‘sha 
g‘ishtlarni u yerdan bu yerga olib taxlaydi, xolos. Ammo g‘isht quya bilmasligi 
va undan biror narsa qura olmasligiga qaramasdan, u haqda ko‘p narsani biladi. 
Demak, bunday kishilar yangi ilm ham yaratmaydi, uni amaliyotga tatbiq ham 
qila olmaydi, balki tegishli ilm haqida “ilm”ga ega bo‘ladilar, xolos.
Biz ilm hosil qilar va egallar ekanmiz, o‘zimizga quyidagi savollar bilan 
murojaat qilishimiz lozim. Yaratgan va egallagan ilmimiz menga va jamiyatga 
qanday naf beradi? Egallangan ilmdan qanday yangi ilm yaratish mumkin? Ilmni 
amaliyotga bilan qanday bog‘lash mumkin? Bu savollar ilm egallash jarayonining 
asosiy yo‘ldoshi bo‘lishi lozim. Shu tariqa barchamiz ilmi yo‘lida foydali va 
maqsadli harakat qila boshlaymiz. Natijada ilmda jamiyat uchun hech qanday 
foydasiz, befarq kuzatuvchiga aylanib qolishdan xalos bo‘lamiz.

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin