Book · January 022 citations reads 484 author


sukut  (jim turish,  gapirmaslik )



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

sukut 
(jim turish, 
gapirmaslik

ham kiradi va tinglashga aloqadorligi (aynan emasligini ham 
ta’kidlash lozim). Muloqot jarayonida sukut situativ, sotsial va psixologik omillar 
bilan bog‘liq holda kommunikativ mazmun ifodalaydi. Ammo muloqot 
jarayonidan tashqari hollarda (masalan, uyqu, yolg‘izlik kabi) kommunikativ 
mazmun ifodalamasligi tabiiy.
Darhaqiqat, sukutning muloqot jarayonida naqadar ahamiyatli ekanligini 
Sa’diy Sheroziy o‘z misralarida shunday bitgan: 
Oqillar nazdida gar o‘ltirish odobdir, 
Maslahat tashlaganda so‘zga ko‘rsatish himmat. 
Ikki narsa aqlga sig‘maydi agar bilsang, 
So‘zlash paytida sukutu keraksiz joyda suhbat
71

Sukut saqlash xam o‘ziga xos ijtimoiy qiymat kasb etadi. Masalan, o‘z dil 
roziligini aytishda, o‘tganlarning ruhini shod etib, Qur’on tilovat qilib, duolar 
o‘qib, ularni esga olib sukut saqlashda, xafa bo‘lish, indamaslik, arazlashganda, 
mensimaslik holatida, kesatiq va kinoya kabilardir.
Sharq mutafakkiri Muhammad Sodiq Qashg‘ariy yaxshi kishilar odobi 
haqida bitilgan kitobida bu hakda shunday deydi: “ ... (yaxshi kishi) o‘zini 
beadobona so‘zdin va fe’ldin yamon harakatdin va noxamvor (noo‘rin) 
sukunatdin saqlag‘ay”
72

Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romanidan olingan quyidagi parchada 
sukut tahqirlash mazmunini anglatadi:
70
Tohir Malik. Shaytanat. Birinchi kitob. – Toshkent: “Sharq” NMAK, 1994. – B. 30. 
71
Donolar gulshani.Tuzuvchilar: B. Mamedov, B.To‘xliev. – Toshkent: O‘qituvchi, 1989. – B.39. 
72
Muhammad Sodiq Qashg‘ariy. Odob as- solihin // Sharq yulduzi, – 1990. - № 5. – B.93.


 124 
“... Otabek bu cho‘ltoq supurgini tanidi va uning istehzolarini anglab, 
ma’nosiz bu savollarga javob berib o‘lturishdan sukutni xayrlik topdi. Go‘yo 
o‘zining bu sukuti bilan Musulmonqulga ma’nolik bir javob qilar edi. 
Musulmonqul bu sukutdan tahqirlandi, tutuni ko‘kka ko‘tarilar ekan baqirdi: 

Nega javob bermaysiz?!”
73
Sukut, tabiiyki, asosan, tinglovchiga, aniqrog‘i, tinglovchining so‘zlovchiga 
o‘tishi jarayoniga xos xislat. Shuning uchun, o‘zbek nutq odobiga qo‘ra, o‘rinsiz 
yoki bema’ni savolga sukut bilan javob berish, uni eshitmaganga olish, suhbatni 
buzmaslik yuksak odob – hatto Mirza Kenjabekov talqinida ibodat – sanaladi: 
Ibodatdir biror zolim-jafokorga desang haq so‘z, 
Va nodonga sukut saqlash, sukunat ham ibodatdir
74

Turkman va kavkaz xalqlari odatiga ko‘ra, kelinlar ma’lum muddat (asosan, 
farzand ko‘rgunlaricha) qaynona va qaynotalariga gapirmaslik odatlari – hurmat 
ma’nosini ifodalashi sukut ifodalaydigan kommunikativ mazmunlardan biri – 
tahqirlashning butunlay aksidir. 

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin