Ayollar va erkaklar nutqida fonetik xususiyatlar ham farqlanadi.
O‘zbek tilida ayollar nutqida unli fonemalarni cho‘zib talaffuz qilish (k-a-a-a-tta,
uz-o-o-oq, bal-a-a-a-nd), undosh fonemalarni ikkilantirish (ma-z-z-za, esh-sh-
shak, bashsh-shara)kabi fonetik hodisalar ko‘p uchrasa, erkaklar nutqida bunday
holat ancha kam kuzatiladi. Ayollarda mantiq urg‘usi juda faol qo‘llanadi, pauza
esa erkaklar nutqiga nisbatan juda qisqa bo‘ladi.
Ayollar va erkaklar nutqida qo‘llanuvchi leksemalar ham o‘ziga xos
ahamiyatga ega.
Tildagi yangilanish jarayonlari ayollarga nisbatan erkaklar
45
tomonidan tez qabul qilinib, ilmiy va kasb-hunarga oid yangi leksemalar erkaklar
nutqida ko‘proq va faolroq. Shuningdek, ayollar kundalik turmushda
neologizmlardan unumli foydalangan holda, rasmiy muloqotda undan qochishga
harakat qilishadi.
O‘zbek tilida ayollar va erkaklar nutqi sintaktik jihatdan ham tahlil
qilinadi.
Ayollar suhbatdoshining fikriga qo‘shilish yoki qo‘shilmasligiga va
shaxsiy munosabat ifodalashda suhbatdoshini xafa qilib qo‘ymaslikka, iloji
boricha uning ko‘ngliga yoqadigan tarzda murojaat qilishga harakat qilishadi.
Masalan, keyinroq borsak bo‘lmaydimi, keyinroq borsak bo‘lar ekan, keyinroq
boraylik, keyinroq bora qolaylik, keyinroq bora qolaylik, maylimi?, keyinroq
borsak nima deysiz? kabi. Erkaklar esa bu holatda keyinroq boramiz, keyinroq
borsak bo‘ladi, keyinroq ham borsak bo‘ladi, keyinroq borsak ham bo‘laveradi
ifoda shakllaridan foydalanishadi.
Ayollar va erkaklar muloqot madaniyati о‘ziga xos xususiyatga ega. О‘zbek
tilshunosligida keyingi yillardagi tadqiqotlarda oz bо‘lsa-da, bu haqda yoritib
о‘tilgan. Jumladan, S. Mо‘minov, Sh. Iskandarovalarning ilmiy tadqiqotlarida
buni kо‘rish mumkin . Muloqotning jins jihatidan xoslanishi muhim ahamiyat
kasb etib, sotsiolingvistikaning о‘rganish muammolaridan biri sanaladi. Murojaat
shakllarini jins jihatidan tahlil qilganda, erkak va ayol kishilarning nutqida
qо‘llaniladigan murojaat shakllari hamda erkak va ayol kishiga nisbatan
qо‘llaniladigan murojaat shakllari tarzida tahlil qilish lozim.
О‘zbek tilida shunday iboralar borki, ular faqat erkaklar nutqidagina
qо‘llaniladi. Jumladan, “burnini yerga ishqamoq”, “dabdalasini chiqarmoq”,
“jag‘ini ezib qо‘ymoq”, “abjag‘ini chiqarmoq”, “yulduzni benarvon uradigan”
kabi kо‘plab iboralar asosan erkaklar nutqida qо‘llanishi bilan о‘ziga xoslik kasb
etadi. Xotin-qizlar nutqiga esa kо‘proq “aylanay”, “о‘rgulay”, “qoqindiq”,
“girgitton bо‘lay” singari sо‘z va iboralar xos bо‘lib, ular turli nutqiy vaziyatlarda
ijobiy ma’no nozikliklarini ifodalaovchi leksik vositalar hisoblanadi. Shuningdek,
ayollar va erkaklar tomonidan qо‘llanish xususiyatiga kо‘ra ayol va erkakka
nisbatan qо‘llanilishiga kо‘ra iboralar ham jinsga munosabati nuqtayi nazaridan
farqlilik kasb etadi.
Fikr ifodalash uslubining o‘ziga xosligi, gaplarning grammatik qurilishi,
emotsional-ekspressiv, baholovchi birliklarning ishtirok etishiga ko‘ra ayollar va
erkaklar nutqi keskin farqlanadi. Bu esa erkak yoki ayolning jamiyatda egallab
turgan ijtimoiy mavqeyi, turmush tarzi, voqelik faktlariga munosabati, lisoniy
zaxirasi kabi omillar bilan bog‘liq.
Insonning fikrlash jaravoni uning tili bilan bog‘lanadi. Til va tafakkur
aloqadorligi haqida to‘xtalar ekan, Y. N. Panov mashhur faylasuf va psixologlar
fikrini keltirib o‘tadi: “O‘tmishning ulug‘ faylasuflari tilning tafakkur jaravoni
46
bilan aloqasini doimo ta’kidlab kelganlar. XVIII asrning mashhur faylasufi
Immanuil Kant yozadi: “Fikrlash – bu, o‘zning o‘zi bilan gaplashishni anglatadi...
o‘zning o‘zini (esda qolgan narsani tasavvur etish orqali) botiniy eshitishini
anglatadi”. Shu ma’noda P. V. Kopnin yozadiki, “til bilimning belgilar sistemasi
ko‘rinishida yashash shaklidir”.
Dostları ilə paylaş: |