Book · January 022 citations reads 484 author


MULOQOTDA TINGLASH VA SUKUT MADANIYATI



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

 
MULOQOTDA TINGLASH VA SUKUT MADANIYATI 
 
Nutqiy muloqotda so‘zlovchi va tinglovchining o‘rni benihoya katta, har 
ikkala tomon ham o‘z-o‘zicha mustaqil maqsadga ega bo‘ladi. So‘zlovchi har 
qanday NMda nimanidir aytishni maqsad qiladi, bu maqsad tinglovchi 
tasavvurida nima uchun va nima niyat bilan so‘zlanilayotganini his etishdan 
iborat. Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirra (so‘zlovchi va tinglovchi) 
ning qanchalik o‘zaro mosligi, bir-birini to‘ldirishiga bog‘liq. So‘zlovchi ma’lum 
bir axborotni tinglovchiga yetkazishda uni turli shakllarda berishni o‘z oldiga 
maqsad qilib qo‘yadi va bunda u quyidagi maqsadli usullardan foydalanishi 
mumkin: 
1)
axborot yetkazish; 
2) iltifot ko‘rsatish; 
3) boshqaruv (regulyativ); 
4) xitob (apelyativ); 
5) ta’sir etish; 
6) hayajon; 
7) maslahat, undash; 
8) tabriklash va h.k. 
Tinglovchining maqsadi –tinglash. Mashhur amerikalik notiq psixolik Deyl 
Karnegi “Yaxshi suhbatdosh–yaxshi gapirishni emas, balki yaxshi tinglashni 
biladigan suhbatdoshdir” deganda aynan shu qobiliyatning insonda rivojlangan 
bo‘lishini nazarda tutgan edi
60

Tinglash – muloqotning eng muhim komponenti. Tinglash san’atini puxta 
egallamagan kishi hech qachon sog‘lom munosabat o‘rnata olmaydi. Tinglay 
bilmaslik og‘ir ma’naviy va, hatto, sezilarli iqtisodiy zarar keltirishi ham 
mumkin. Afsuski, muloqot ishtirokchilari ko‘p hollarda tinglash kuchli psixik 
vosita ekanligini unutib qo‘yishadi. Suhbatdosh so‘zlarini eshitamiz, ammo 
eshitish 
va 
tinglash
bir xil narsa emas. 
Tinglash – faol jarayon, u fikrning ma’nosini, so‘zlovchining maqsadini 
anglashga intilish kabilarni o‘z ichiga olgani bois tushunish bilan chegaradosh. 
Tinglashni ikki guruhga ajratish mumkin:
a) refleksiv;
b) norefleksiv
61
.
60
Карнеги Д. Как завоевать друзей и оказывать влияние на людей. –Тошкент: “Шарқ” НМАК, 1992. – С. 
282. 
61
Формановская Н. Речевой этикет и культура общения. – М.:Высшая школа,1989. –С.187. 


 120 
Refleksiv tinglashda adresat so‘zlovchi fikrini uqishga, o‘ziga singdirishga, 
uning bayoniga avvalo, har xil ifodaviy usullar (yuz, ko‘z, va boshqa a’zolarning 
har xil holati) bilan munosabat bildirish (asosan, uqish, anglash, o‘zlashtirish, 
hayrat, tushunmaslik kabilar)ga qaratilgan bo‘ladi. Refleksiv tinglashda adresat 
muloqotga so‘zlovchi mavqeida kirishganda uning fikri kommunikator 
(so‘zlovchi) bayoni bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. 
Norefleksiv tinglash so‘zlovchi kuchli emotsional kechinma (musibat, alam 
yoki aksincha shod-xurramlik) larni boshdan kechirayotganda va tushunadigan 
tinglovchiga muhtoj bo‘lganda qo‘llanadi, ya’ni suhbatdosh o‘z kechinmalari 
bilan o‘rtoqlashmoqchi bo‘lganda ishlatiladi.
Norefleksiv 
tinglashda 
javoblar 
minimallashtiriladi. 
Ular 
neytral, 
suhbatdoshni o‘z fikrini davom ettirishga undaydigan bo‘lishi kerak. Ularning 
eng keng tarqalganlari “Shundaymi?”, “Davom eting, bu juda qiziq-ku”, “Ha, ha 
tushunayapman”, “Buni eshitishdan juda xursandman”, “Xo‘sh, xo‘sh, xo‘sh”, 
“Shunaqa gaplar deng” kabilar. Bunday javoblar suhbatdoshni ruhlantiradi. 
Tinglashning ham xuddi so‘zlashdagi kabi texnikasi, usullari bor. Masalan, 
so‘zma-so‘z qaytarish yoki boshqacha talqin qilish. Birinchisi suhbatdoshni 
qo‘llab-quvvatlashni bildiradi. Ikkinchi usul – so‘zlovchining so‘zlarini tinglab, 
undagi asosiy g‘oyani muxtasar, o‘zining talqinida ifoda etish. Bundan tashqari, 
tinglash jarayonida “Yo‘g‘-e?”, “Nahotki?”, “Yashang!”, “Qarang-a!”, “Qoyil!” 
kabi luqmalar bilan suhbatdosh so‘zlashga undab turiladi. 
Mutaxassislarning aniqlashicha, ishlayotgan kishilar vaqtning 45% ini 
kimlarnidir tinglashga sarf qilar ekan, odamlar bilan doimiy muloqotda 
bo‘ladigan – savdo xodimlari, aloqachilar, rahbarlar, muxbirlar 35-45% oylik 
maoshlarini odamlarni tinglaganliklari uchun olar ekanlar
62
. Bundan xulosa 
chiqadiki, kommunikatsiyaning eng qiyin tarkibiy qismidan hisoblangan tinglash 
qobiliyati odamga so‘zlashga nisbatan ko‘proq foyda keltirar ekan.
Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” dostonida tinglashning foydasi, so‘zlash 
mas’uliyatining kattaligi xususida shunday fikr bildiradi: 
Bu Aytoldы aydы sөzүg bilgәdin 
Eshitgu biligsizkә aysa kedin 
 
Ulug‘dыn eshitgү kerәklig sөzүg 
Kichigkә ayu bergү tusa өzүg 
 
Өkүsh tыңlag‘u sөz birәr sөzlәgү 
Menә mundag‘ aydы biliglig bөgү 
62
Мадэлин-Беркли Ален. Забытое искусство слушать. – Санкт-Петербург:Питер,1977. – С. 41. 


 121 
Өkүsh sөzlәyү bilgә bomas kishi 
Өkүsh eshtү bilgә tүz bashы 
 
Ag‘ыn bolsa yalңuq bilir ham bilig 
Yaңu bolsa tegmәs biligkә әlig. 

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin