Book · January 022 citations reads 484 author



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

Mazmuni: 
Oyto‘ldi aytdi: donodan tinglash, 
So‘ng nodonga so‘zni kerakdir aytish. 
 
Lozim so‘zni ulug‘lardan eshitmoq, 
Tutolsa o‘zini, kichikka aytmoq. 
 
Ko‘p tinglab, oz-ozdan kerak so‘zlamak, 
Donodan menga bu ibratdir demak. 
 
Ko‘p so‘zlagan kishi sanalmas dono, 
Barchaga bosh bo‘lar tinglagan dono. 
 
Kamgap bo‘lsa, kishi bilimli bo‘lar, 
Ezmaning bilimga ne vaqti qolar.
63
Tinglash so‘zlashdan ham ikki karra qiyinroq ekanligini quyidagi rivoyatda 
ko‘rish mumkin. “
Bir kuni qadimgi yunon faylasufi Arastuning oldiga juda ham 
sergap yosh yigit kelib, unga notiqlik san’atini o‘rgatishni iltimos qilibdi. U 
uzundan-uzoq gapirib bo‘lgandan so‘ng Arastudan o‘qish uchun qancha haq 
to‘lash lozimligini so‘rabdi. 
– Sizdan boshqalarga qaraganda ikki barobar ko‘proq haq olinadi, – 
qovog‘ini solib javob beribdi faylasuf. 
– Nima uchun? – hayron bo‘libdi yigit. 
– Chunki siz bilan ikki barobar ishlashga to‘g‘ri keladi: sizga so‘zlashni 
o‘rgatishdan avval jim turishni(tinglashni) o‘rgatish lozim
...”
64
Shuning uchun
S. Mo‘minovning “So‘zlashish san’ati” risolasi, Azim Suyunning “Azizlarim…” 
63
Yusuf xos Hojib. Qutadg‘u bilig. Nashrga tayyorlovchi Q.Karimov.2-nashr. Toshkent: Fan. 1972.- B.204-
205. 
64
Mo‘minov S. So‘zlashish san’ati. – Farg‘ona, 1997. - B.5. 


 122 
bayti epigraf sifatida qo‘yilgan asari “Avval tinglashni o‘rgan” da’vati bilan 
boshlanadi. 
Tinglash kommunikantlar maqsadida uyg‘unlik mavjud bo‘lgan taqdirdagina 
amalga oshadi. Suhbatdoshlar orasida maqsad uyg‘unligi bo‘lmasa, xalq iborasi 
bilan aytganda, suhbat qovushmaydi yoki uziladi, ya’ni muloqot jarayoni 
maqsadga erishmaydi. Tilshunos S. Mo‘minov bu haqda fikr yuritib, choyxonada 
o‘ta ta’sirchanlik va kuchli hissiyot bilan Yusufjon qiziq uchun mutlaqo maqbul 
bo‘lmagan mavzuda – qudalaridan shikoyat qilib “dardini to‘kayotgan” kishi 
suhbatiga chek qo‘yish uchun o‘rnidan turib itga salom berganligi lavhasi 
keltirgan
65
. Shunga yaqin, lekin endi kishi tabiati bilan aloqador holatni Tohir 
Malikning “Shaytanat” asaridagi Jamshid ismli qahramon tasvirida ham ko‘rish 
mumkin. Muallif tasvirlaganidek, 
“Jamshid gapdan ko‘ra ishni ma’qul 
ko‘radigan yigit edi. U bilan o‘n kun turib, birga yurib, to‘rttagina gap 
so‘rasangiz, hushiga kelsa, ikkitasiga javob qaytarar, xohlamasa, shu ikkita gap 
ham yo‘q edi. ….Jamshid hamisha dangal gaplashishga o‘rgangan”
66
. Shunday 
kamgap odam suhbatini yozuvchi quyidagicha tasvirlaydi:
Elchin uni gapga solish uchun:
– Cheksam maylimi? – deb so‘radi. Jamshid yo‘ldan ko‘z uzmagan holda 
“ha”, deb qo‘ydi
67

– Bek akangiz salomatmilar, ko‘rmaganimga ham o‘n yil bo‘ldi, – dedi 
Elchin. 
Jamshid unga bir qarab oldi-yu, indamadi. Demak, ahvol chatoq, deb 
o‘yladi Elchin
68

Kommunikantlar maqsadida uyg‘unlik bo‘lmasa – ko‘p hollarda adresant 
maqsadini adresat qabul qilmasa – yuqorida ko‘rganimizdek, muloqot buziladi, 
maqsadiga erishmaydi va uziladi. 
Kommunikantlarning madaniy saviyasi, ijtimoiy-ma’naviy dunyosi va yana 
juda ko‘p omillarni hisobga olgan holda muloqot turli ko‘rinishlarda uziladi. 
Masalan, S. Mo‘minov tasvirlagan holatda adresat adresant maqsadidan tamoman 
boshqa mavzuga yoki faoliyatga o‘tadi (“dard”ini to‘kayotgan kishi iztiroblariga 
mutlaqo befarqligini namoyish qilish uchun tamoman boshqa ishga – 
suhbatdoshini qo‘yib, o‘rnidan turib itga salom beradi)
69
. “Shaytanat”dan 
keltirilgan lavhada esa adresat muloqotga aslo kirishmaydi. Muloqot ba’zan 
65
. Mo‘minov S. O‘zbek muloqot xulqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari. Filol. fan. doktori. ... diss. – 
Toshkent, 2000. – 235 b.
66
Tohir Malik. Shaytanat. Birinchi kitob. – Toshkent: “Sharq” NMAK, 1994. – B. 30. 
67
Tohir Malik. Shaytanat. Birinchi kitob. – Toshkent: “Sharq” NMAK, 1994. – B. 34 
68
Tohir Malik. Shaytanat. Birinchi kitob. – Toshkent: “Sharq” NMAK, 1994. – B. 34. 
69
Mo‘minov S. O‘zbek muloqot xulqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari. Filol. fan. doktori. ... diss. – Toshkent, 
2000. – 235 b. 


 123 
adresat tomonidan ancha keskinlik, hatto qo‘pollik bilan to‘xtatilishi mumkin. 
Masalan:
– Tanimaysiz. Bir yaxshi odamni duo qilavering. Shu odam sizga muruvvat 
qilmasa, qamoqda chirib ketardingiz. 
– Yaxshi odam… Qilich Sulaymonovmi? 
Yigit javob bermadi.

Asadbekmi ? 

Sergap odam ekansiz! – yigit shunday deb jerkib berdi 
70

Yuqoridagilardan xulosa qilib ayta olamizki, NM tushunchasi mohiyatan 
so‘zlovchining maqsadi bilan bog‘liq ekan, so‘zlovchi o‘z faoliyatini tinglovchiga 
moslashtira bilishi, tinglovchi esa so‘zlovchi saviyasini bilishi, tinglashga tayyor 
bo‘lishi kerak; so‘zlovchi va tinglovchining har biri o‘ziga xos bo‘lishiga 
qaramay, maqsadlarida uyg‘unlik bo‘lmasa, muloqot samara bermaydi.
Muloqot jarayonida
fonatsion noverbal vositalar 
sirasiga 

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin