sotsiolingvistikaning
predmeti
ni qisqacha “inson va jamiyat”, deb belgilash mumkin.
Ferdinand de Sossyur davridan boshlab lingvistikada til tadqiqining sinxron
va diaxron jihatlari farqlanadi. Shunga ko‘ra, sinxron lingvistika va diaxron
lingvistika
ajratiladi.
Olimlar
bunday
bo‘linishning
shartli
ekanligini
ta’kidlaydilar, binobarin, tilning u yoki bu holatini tadqiq etishda (sinxron
lingvistikaning shug‘ullanish sohasi) uning tarixiy omili(diaxron lingvistikaning
o‘rganish predmeti)ni ham hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, aksincha, til tarixining samarali tadqiqi ba’zan tilning u yoki bu
davrdagi rivojlanish holatini tavsiflovchi sinxron rivojlanishning muayyan bir
paytini qiyoslash yo‘li orqali amalga oshiriladi. Tilni o‘rganishdagi bunday
sinxron va diaxron bo‘linish sotsiolingvistikada ham mavjud. Sinxron
sotsiolingvistika til va jamiyat munosabatlarini, diaxron sotsiolingvistika til
rivojlanishining jamiyat rivojlanishi bilan aloqasini tavsiflovchi jarayonlarni
o‘rganadi.
10
Wunderlich D. Zum Status der Soziolinguistik // Aspecte der Soziolinguistik. – Frankfurt,1971. – P. 316-
317.
11
Эрвин-Трипп С. М. Язык. Тема. Слушатель. Анализ взаимодействия // Новое в лингвистике. Вып.
VII. Социолингвистика. – М., 1975. – С. 336.
16
Sinxron sotsiolingvistika
til va jamiyat aloqalariga tegishli munosabatlar va
jarayonlarni o‘rganadi. Munosabatlar bu aloqalarning statikasini, jarayonlar esa
ularning dinamikasini ifodalaydi.
U yoki bu til egasi muayyan ijtimoiy xususiyatlarga, xususan, ma’lum ta’lim
darajasi, kasb-hunar, qadriyatlar yo‘nalishi tizimi va boshqalarga ega. “Til egasi”
va “ijtimoiy xususiyatlar egasi” maqomining o‘zaro munosabati zamonda o‘tib
boruvchi qandaydir jarayonlar bilan bog‘liq emas. Lekin turli ijtimoiy tabiatga
ega bo‘lgan kishilarning tildan foydalanish xususiyatlarini mazkur shart-
sharoitlardan tashqarida, nutqiy muloqot jarayonini kuzatish orqaligina tadqiq
etish mumkin. Statika dinamika bilan o‘rin almashadi
12
.
Ko‘p tilli jamiyatda tillar til egalari orasida ularning etnik xosligiga ko‘ra
taqsimlanadi: masalan, hozirgi Rossiyada ruslar bilan birga tatarlar, yoqutlar,
osetin va boshqa xalqlar ham istiqomat qiladi, ularning har biri o‘z ona tiliga ega.
Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, tillar va etnoslar orasidagi munosabat bir xil
bo‘lmaydi: bir tomondan, ko‘p millat vakillari o‘z ona tilidan tashqari shu
jamiyatda keng qo‘llanuvchi boshqa tillardan ham foydalanadilar; boshqa
tomondan, shunday tillar borki, masalan, suaxili tili, “bu tilda so‘zlashuvchi tub
etnik qatlam yo‘q, chunki Afrikada ona tili suaxili bo‘lgan avtoxton etnosi
mavjud emas”
13
.
Yana bir misol. Qandaydir milliy tilni uning ijtimoiy differensiatsiyasi
nuqtayi nazaridan tasvirlashda, odatda, unda muayyan til tizimlari – adabiy til
shakllari, hududiy dialektlar, kasbiy va ijtimoiy jargonlar, shahar koynesi va
h.k.ning mavjudligi qayd qilinadi. Mazkur til tizimlari bir-biridan ihotalanmagan
holda mavjud, ya’ni ular o‘zaro munosabatda bo‘ladi. So‘zlashuvchilar bu til
tizimlaridan qanday foydalanadi? Ularning funksional munosabati qanday
bo‘ladi? – kabi savollarga javob berilar ekan, tilning ijtimoiy differensiatsiyasini
tavsiflovchi statikadan mazkur tilni tarkib toptiruvchi ost tizimlarning vazifalari
dinamikasiga o‘tiladi.
Sinxron sotsiolingvistika sohasiga lisoniy ijtimoiylashuv, tilni o‘zlashtirishni
ijtimoiy rollar tizimini o‘zlashtirish, “vaziyat grammatikasi” asoslarini bilish va
boshqalar bilan bog‘liq holda o‘rganish ham kiradi. Sinxron sotsiolingvistikaning
shug‘ullanish sohasi haqida L. Nikolskiy, J. Fishman, J. Gampers va D. Hayms
tahriri ostida nashr qilingan “Directions in sociolinguistics” (1972)da batafsil
ma’lumot berilgan.
12
Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. – М., 2001. – C. 170.
13
Рябова И. С. Различия в функциональном членении суахили в Танзании и Кении // Функциональная
стратификация языка. – М., 1985. – С. 107.
|