14
berish, hatto, u yoki bu yo‘nalishning tasodifiy aloqasini ochib berishdan
iboratdir. Sotsiolingvistikaning asosiy vazifalaridan biri mazkur variatsiyalarning
haqiqatan ham “erkin” emasligi, ularni sistematik, sotsial farqlar bilan o‘zaro
aloqada ekanligini ko‘rsatib berishdir. Til farqliligini ana shunday keng planda
tushunish sotsiolingvistikaning asosiy obyekti sanaladi
7
.
Fransuz tilshunoslarining fikriga ko‘ra, diskurs tahlili, til me’yori,
variantlilik, diglossiya kabi muammolar sotsiolingvistikaning obyekti hisoblandi.
Sotsiolingvistika tilning ijtimoiy tabiatini, uning ijtimoiy funksiyalarini,
shuningdek, ijtimoiy omillarning tilga ta’sirini o‘rganadigan fandir. Ikki yoki uch
til amal qilayotgan jamiyatlarda sotsiolingvist quyidagi savollarga javob olishi
uchun bir necha til funksiyalari mexanizmini ularning o‘zaro ta’sirida tadqiq
qilishi lozim. Ular ijtimoiy hayotning qaysi sohalarida qo‘llaniladi? Mavqeyi va
funksiyalariga ko‘ra ular orasidagi o‘zaro munosabat qanday bo‘ladi? Qaysi til
“hukmronlik qiladi”, ya’ni qaysi til davlat tili yoki asosiy muloqot vositasi
sifatida rasman qabul qilingan va qaysi tillar so‘zlashuv tili hisoblanadi? Ikki
tillilik qanday sharoitlarda va qaysi shakllarda yuzaga keladi? Bunga o‘xshash
savollarga javob berish sotsiolingvistikaning salohiyatiga kiradi
8
.
Demak,
Dostları ilə paylaş: