15
ajraladigan sotsiologik o‘lchovlari bilan bog‘lanishini istiqbolli yondashuvlardan
biri, deb hisoblagan
10
.
Amerika
sotsiolingvistikasining
tadqiqotchisi
S.
M.
Ervin-Tripp
kommunikatsiya jarayonidagi partner (muloqot ishtirokchi)larning verbal
muomalasiga
sotsiolingvistikaning
asosiy
predmeti
sifatida
qaraydi:
“Sotsiolingvistika
ishtirokchilarning
holatga,
mavzuga,
o‘zaro
ta’sir
funksiyalariga, shakl va baholarga ko‘ra verbal muomalasi bilan ish ko‘radi.
Mazkur ta’rifning markazi verbal muomala (so‘zlashuv va uning muqobillari)
hisoblanadi. Bu o‘rinda sistemani to‘liq tavsiflash uchun lingvistik belgilarning
funksional muqobillari sanalgan ishoralar va tasvirlarni ham kiritish lozim
bo‘ladi. Biroq verbal muomala yuqori darajadagi to‘liq sistema sifatida o‘zini har
joyda namoyon qiladi. Shunga ko‘ra, uni qulay boshlang‘ich nuqta deyish
mumkin”
11
.
Buyuk Britaniya sotsiolingvistikasining predmeti, asosan, turli qatlamlar va
sinflarning til qo‘llashini o‘rganish bilan cheklanadi. Binobarin, “til to‘siqlari”,
“yoyiq va yig‘iq kod”, “kompensatsiyali ta’lim” kabi masalalar keng tadqiq
etiladi. Mazkur muammolar sotsiolingvistik xususiyatga ega bo‘lsa-da,
hodisalarning asl mohiyati ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan bog‘liq.
Yuqoridagi
fikrlardan
kelib
chiqqan
holda,
Dostları ilə paylaş: