137
istayman. O‘tgan gal bora olmagan edik. Balki yana bir bor Bobur qabrini ziyorat
qilarman. Parvona Ma’sumaning yuzini aniqroq ko‘rish uchun egildi. Opasining
chehrasidan hazil alomatlarini izlagan Parvona oy yog‘dusida Ma’sumaning
bo‘shliqqa xotirjam boqib turgan ko‘zlarini ko‘ra oldi xolos.
– Yayov borganda bu kamida ikki kunni oladi-ku. Balki uch kun ham olar. –
Eshigi oldida bizni ko‘rib hayratlangan Nabini bir tasavvur qilgin. –
U qayerda
yashashini ham bilmaymiz hatto. – Biror eshikni qoqib so‘rarmiz. Buning qiyin
joyi yo‘q. – Bu ahvolingda u yerga qanday qilib yetib boramiz, Ma’suma? Bugun
ish bilan ketganingda, uyga mulla Shahib kelgan edi. Uzoq suhbatlashdik. Bir
necha kunga Kobulga ketayotganimizni aytdim. Faqat ikkimiz xolos. Oxiri u
bizga oq fotiha berdi.
Shuningdek, xachirini ham. Ko‘rib turganingdek, ish
pishgan. – Sening esing joyida emas, – dedi Parvona. – Mana, nimani
xohlayapman. Shu mening istagim.
Kunlardan bir kuni erta tongda o‘n yettiga qadam qo‘ygan
egizak qizlar
emanning baland shoxlaridan birida oyoqlarini osiltirgancha o‘tirgan edilar.
“Sabur meni so‘ramoqchi”, dedi Mas’uma baland shivirlab. “Seni so‘ramoqchi?”
Parvona boshda buni darhol tushunib yetmadi. “Albatta, o‘zi emas, – kulib
yubordi Ma’suma kafti bilan og‘zini bekitib. – Otasi keladi sovchilikka». Parvona
endi fahmladi. Yuragi orqaga tortib ketdi. “Qayerdan bilasan?” so‘radi u tong
qotgan lab larini zo‘rg‘a ochib. Ma’suma so‘zlab bera boshladi, so‘zlar lablaridan
to‘xtovsiz quyila ketdi, ammo ular Parvonaning qulog‘iga arang yetib borardi.
Qizning ko‘z oldiga Ma’suma bilan Saburning nikoh to‘ylari keldi. Yasanib olgan
bolalar qo‘llarida gullar bilan to‘lib-toshgan xina idishini ko‘tarib borar, ularning
ortidan raqqoslar ko‘rinardi. Sabur Ma’sumaning
mushtini ochib, kaftiga xina
surtdi, so‘ng oppoq tasma bilan bog‘lab qo‘ydi. Duolar... Oq fotihalar...
Sovg‘alar... Ikki yosh tilla ipak harir ortida bir-biriga termulib boqishar, qoshiqda
sharbat tutishar edi. Parvona ham o‘sha yerda. Yuraklari sirqirab, parcha-parcha
bo‘lsa-da, kulib turib chapak chalishga, o‘zini baxtiyor tutishga mahkum. Shamol
qattiq esib,
shox-shabbalar tebranib, yaproqlar to‘kildi. Parvona o‘rniga
mahkamroq o‘rnashib oldi
Dostları ilə paylaş: