Bosh ilmiy metodik markazi


II. BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OLIY TA’LIM TIZIMIDAGI TALABALARIDA TADBIRKORLIK LAYOQATINI SHAKLLANTIRISHNING BUGUNGI HOLATI TAHLILI VA UNI RIVOJLANTIRISH



Yüklə 435,96 Kb.
səhifə22/25
tarix07.01.2024
ölçüsü435,96 Kb.
#201261
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
ISH OXIRGISI Oktyabr oyiga18.10.2023

II. BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OLIY TA’LIM TIZIMIDAGI TALABALARIDA TADBIRKORLIK LAYOQATINI SHAKLLANTIRISHNING BUGUNGI HOLATI TAHLILI VA UNI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI
2.1. O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi islohotlarning rivojlanish yo’nalishlari.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tegishli davrga mo‘ljallangan maqsadli parametrlar va asosiy yo‘nalishlardan kelib chiqib, har yili alohida tasdiqlanadigan “Yo‘l xaritasi” orqali bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim Fan va Innovatsilar vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi hamda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari kengashi negizidan davlat notijorat tashkilot shaklidagi Respublika oliy ta’lim kengashini tashkil etish belgilangan. Kengashning asosiy vazifalari etib esa quyidagilar belgilangan:
-professor-o‘qituvchilar, talabalar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish, jamoatchilik va ish beruvchilarning fikrini o‘rganish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni tahlil qilish orqali oliy ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish yuzasidan tavsiyalar ishlab shiqish;
-oliy ta’limni davlat tomonidan boshqarish tizimi samaradorligiga va professor-o‘qituvchilar ushun yaratilgan sharoitlar, ular tomonidan ta’lim berishda qo‘llanilayotgan ta’lim-tarbiya usullarining ta’sirchanligiga xolisona baho berish;
-ta’lim berishda yuqori sifatni ta’minlash yuzasidan ta’sirshan jamoatshilik nazoratini o‘rnatish, bu borada ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilish;
-oliy ta’lim muassasalari faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va xolislikni ta’minlash, korrupsiyaga sharoit yaratuvshi omillarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
-oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va pedagoglarning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni mazmunli va maqsadli tashkil etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish xalqaro aloqalar natijadorligini tahlil qilib borish, qo‘shma dasturlar samaradorligini baholash, hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish, chet ellik professor-o‘qituvshilar va xorijdagi vatandoshlarni oliy ta’lim tizimiga jalb etish bo‘yisha takliflar tayyorlash;
-oliy ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini baholash va takomillashtirish bo‘yisha xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish asosida ularni respublika oliy ta’lim muassasalari sharoitida qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Kengashning faoliyati natijalari, ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining hay’at majlisida yiliga kamida ikki marta Kengash a’zolari bilan birgalikda ko‘rib chiqiladi, natijasi yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi;
-Kengash tomonidan tayyorlangan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tarkibida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda oliy ta’lim muassasalari tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqiladi, ular Kengashga vazifalarini amalga oshirishda har tomonlama ko‘mak beradilar, so‘ralgan zarur ma’lumotlarni taqdim etib boradilar;
-Kengash faoliyati natijalari, oliy ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar yuzasidan har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Kengash faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Hukumat qarorini qabul qiladi.
O‘zbekistonda tadbirkorlik jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari mujassamlashgan, yaqqol namoyon boladigan hamda tez rivojlanib borayotgan va harakatchan sohasiga aylanib bormoqda. Mamlakatda bozor munosabatlarining shakllanishi va iqtisodiy taraqqiyotida uning o‘rni va roli tobora sezilarli tus olib bormoqda. Tadbirkorlik ideologi hisoblangan XX asr buyuk iqtisodchisi Yozef Shumpeter (1883 - 1950- yillar): “Tadbirkorlikning jamiyat ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotidagi hal qiluvchi rolini u bo’lmagan joyda juda his qilish mumkin”, deb ta'kidlab o‘tgan. Tadbirkorlikka oid dastlabki ilmiy tadqiqotlar XVIII asr buyuk allomalari R. Kantil’on, A. Tyurgo, F. Kene, A. Smit, J. B. Sey va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan. Demak, “tadbirkor”, “tadbirkorlik” tushunchalarining paydo bolishi shu davrga to‘g‘ri keladi. Keyinchalik bunday tadqiqotlar kengayib, alohida ilmiy yo‘nalish tusini olgan, ularning natijalarini amaliyotda qo‘llash esa iqtisodiyotga samarali ta’sirini namoyon qila boshlagan. Shunday natijalardan biri “tadbirkorlik” tushunchasining shakllanishi va mazmun-mohiyatining aniqlanib, boyitilib borishi hisoblanadi. XX asrda tadbirkorlikni ilmiy-amaliy tahlil qilishda yangi Avstriya maktabi atoqli vakili bolgan U. Shumpeter katta rol o‘ynaydi. U tadbirkorlikning harakatchan iqtisodiy jarayondagi rolini, uning yaratuvchanlik funksiyasini aniqlaydi, tadbirkorning psixologik qiyofasini chizadi. Unga ko‘ra, tadkbirkor iqtisodiyotni harakatlantiruvchi asosiy kuchdir. Tadbirkorlikka ayrim hollarda o‘z-o‘zidan mavjud boigan narsa deb, e'tiborsizlik bilan qarashlarni tanqid qilib, tadbirkorlik bolmagan iqtisodiyotni tasavvur qilib ko‘rishni tavsiya etadi. U tadbirkorning energiyasi, irodasi, intilishi investitsiya siklini harakatga keltiradi, texnikaviy 7 taraqqiyotning yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilishiga imkon yaratadi, inqirozga uchragan iqtisodiyotni qayta jonlantiradi va tiklaydi deb e’tirof etadi. Shumpeter tadbirkorlik faoliyatining maqsadlari, tadbirkorning intilish sabablarini o‘rganib, uning psixologik qiyofasini quyidagicha ifodalaydi: 1) haqiqiy tadbirkorda hukmronlik qilish, egalik qilishga intilish moddiy farovonlikka erishishdan ham kuchliroq rivojlangan bo‘ladi; 2) iroda tadbirkorni g‘alabaga yetaklaydi, foyda esa uning uchun muvaffaqiyat barometri bo‘lib xizmat qiladi; 3) haqiqiy tadbirkor ijod va yaratishga intiladi va uning quvonchini his qiladi. Shumpeter iqtisodiy rivojlanish - bu ishlab chiqarish omillarining uyg‘unlashtirish bosqichlaridan iborat bo‘lgan jarayon, degan gipotezani ilgari suradi. Bu ishlab chiqarish omillarining har bir yangicha uyg‘unlashtirish iqtisodiy rivojlanishning bir bosqichi hisoblanadi degan gapdir. Bunday yangicha uyg'unlashtirishlarni amalga oshirishga esa faqat tadbirkor qodir. U novator, yaratuvchi, ixtirochi bo‘lgani tufayli yangi uyg‘unliklari, ya’ni oldin ma’lum bo'lmagan ne’matlarni ishlab chiqarishni, xomashyoning yangi manbalarini, yangi texnologiyani, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning mukammal tizimlarini o‘zlashtirib, muvaffaqiyatga intiladi va erishadi. Shuning uchun ham tadbirkor iqtisodiyotni rivojlantirish va modernizatsiya qilishda markaziy o‘rin egallaydi. Demak, tadbirkorlik novatorligi yangi tovarlar, xizmatlar, texnologiyalar, usullar yaratish bilan bog‘liq bo'lib, iqtisodiy samaradorlikni tamoman yangi bosqichga chiqarishga qodir bo'ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
2019 yil 1 dekabr kuniga qadar 2030 yilga qadar respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quasquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Yedusation yoki Asademis Ranking of World Universities) reytingining birinshi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinshi 500 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritishni, bunda mazkur oliy ta’lim muassasalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutuvshi shora-tadbirlar rejasini ishlab shiqish jarayoni amalga oshirilmoqda5;
Bunda har yili 1 dekabrga qadar o‘tayotgan yil bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” bajarilishi yakunlarini puxta o‘rganish asosida Konsepsiyani kelgusi yilda amalga oshirish bo‘yisha “Yo‘l xaritasi” loyihasini ishlab chiqilib uni amalga oshirish tegishli rejalar asosida olib boriladi;
“Yo‘l xaritalari” ning bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring yuritish va uning natijalarni yakuniy hisobot shaklida sarhisob etib boriladi.
Mazkur Farmonda nazarda tutilgan shora-tadbirlar ni moliyalashtir ish manbalari etib quyidagilar belgilangan:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
-oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari;
-jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
-xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar kreditlari (qarzlar), grantlari mablag‘lari;
-qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida mazkur Farmonning maqsad va vazifalarini keng yoritish bo‘yisha chiqishlar va tematik ko‘rsatuvlar tashkil etish bo‘yisha muntazam faoliyat olib boradi.


2.2. O‘zbekistonda Oliy toifali kadrlar tayyorlashda Universitet 3.0. modelini joriy qilish talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirishning muammolari va istiqbolli yeshimlari.
Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy bilimi, ko‘nikmalari va mahoratini uzluksiz yangilab borish mexanizmining joriy etilishi, zamonaviy talablarga muvofiq oliy ta’lim sifatini ta’minlash ushun muhumdir6.
Bizning zamonamizdagi Oliy ta’lim tizimining asosiy vazifalari sivilizatsiyalashgan dunyo ilgari surgan yangi texnologik yoki (to‘rtinshi sanoat) inqilobga kiritish zarurati bilan belgilanadi. Ushbu inqilobning mazmuni ommaviy standartlashtirilgan ishlab shiqarishdan zamonaviy texnologiyalarga asoslangan individual mahsulotni moslashuvshan, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga o‘tishdir. Ikkinchisiga kvant texnologiyalari, yangi va ko‘chma energiya manbalari, simsiz aloqa texnologiyalari, katta ma’lumotlar, tarqatilgan ro‘yxatga olish tizimlari, robototexnika, neyrotexnologiyalar, sun’iy intellekt, virtual va kengaytirilgan reallik texnologiyalari va biologik ob’ektlarning xususiyatlari kiradi. Raqamlashtirish, kompuyuter dizayni, platforma yechimlaridan foydalanish allaqashon kompaniyalarning funksionalligi va bozorlar tarkibini tubdan o‘zgartirmoqda. Prinsipial ravishda yangi mahsulotlarning chiqarilishi ko‘plab eski bozorlarning yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi va taqsimlangan iqtisodiyot tamoyillari asosida, ya’ni avtonom institutsional sub’ektlar orasidagi gorizontal aloqalarning global tarmog‘ida AeroNet (uchuvshisiz ushish apparatlarining taqsimlangan tizimlari); MariNET (ekipajsiz dengiz transportining taqsimlangan tizimlari); AutoNet (haydovchisiz transport vositalarining taqsimlangan tarmog‘i); HealthNet (yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlarning taqsimlangan tizimlari bozori); NeuroNet (ong va ruhiyatning sun’iy tarkibiy qismlari tarqatilgan); EnergyNet (taqsimlangan energiya); FoodNet (taqsimlangan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish tizimlari bozori). Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, inqilobiy texnologik o‘zgarishlarning cho‘qqisi 2020-2030 yillarga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtga kelib, nafaqat iqtisodiyotning tuzilishi tubdan yangilanadi, balki mamlakatlarning keskin qutblanishi kuzatiladi, ularning ba’zilari texnologik yetakchilar rolini o‘ynaydi, boshqalari esa texnologik atrof-muhitga aylanadi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda davlat va hukumat darajasida jadal texnologik rivojlanishni amalga oshirishga qaratilgan harakatlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda 2030 yilgasha mo‘ljallangan "Oliy ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi" strategik dasturi, "Raqamli iqtisodiyot", "Ilm-fan", "Ta’lim", "Kichik biznes va yakka tartibdagi tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash" milliy loyihalari amalga oshirilmoqda. Bunday sharoitda O‘zbekiston ushun ustuvor vazifalar hozirgi va kelajakda yangi texnologik muammolarga javob bera oladigan ilmiy bazani va ta’lim muhitini shakllantirish, yetakshi oliy o‘quv yurtlari bazasida yangi texnologiyalar va yangi bozorlarni yaratish markazlarini tayyorlash va loyihalarni amalga oshirishdan iborat. Hozirgi kunda xalqaro ta’lim makonida keng qo‘llanilayotgan Universitet 3.0 konsepsiyasi universitetlarga ularning vazifalari sonini hisobga olgan holda "raqamli kod" berilishini o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, agar universitet faqat o‘quv faoliyati bilan shug‘ullanadigan bo‘lsa, unga Universitet 1.0 nomi berilgan. Bunday universitet bilimlarni tarjima qilish, o‘qitish va ijtimoiy liftni amalga oshiradi. Ikkita vazifani bir vaqtning o‘zida bajarish - o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlari, Universitet 2.0 maqomini oladi. Uning vazifalari bozor ishtirokchilari ushun tadqiqot va maslahat xizmatlari orqali yangi bilimlarni shakllantirishdan iborat. Universittet 2.0 sanoat buyurtmalari bo‘yicha tadqiqotlar olib boradi va buyurtma asosida tayyorlangan texnologiyalarni yaratadi. Bundan keyingi texnologik rivojlanish darajasi universitet 3.0 uchun xosdir, bu yerda uchinchi vazifa - bilim va texnologiyalarni tijoratlashtirish paydo bo‘ladi. Bunday universitet intellektual mulk huquqlarini boshqaradi, tadbirkorlik ekotizimini, texnologiya bozorlarini istiqbolli shakllantiradi va global miqyosda mamlakatning iqtisodiy ustunligini yaratish ushun platformaga aylanadi. Aynan shunday universitetlar zamonaviy texnologik inqilobning yuzini belgilaydi.
Universitet 3.0 konsepsiyasi Delft Texnologiya Universitetining (Niderlandiya) tadbirkorlik va innovatsiyalar bo‘yisha professori J. Vissem tadqiqotlariga asoslanadi. Uning fikriga ko‘ra, zamonaviy universitetning vazifalari tarkibi va soni quyidagi sabablarga ko‘ra o‘zgarib bormoqda:
1) Nazariy va amaliy tadqiqotlarning integratsiyalashuvi tobora kuchayib bormoqda, chunki dunyodagi yetakshi universitetlar tobora ko‘proq alternativ davlat moliyalashtirish manbalariga ehtiyoj sezmoqda va shuning uchun yuqori texnologiyali kompaniyalar bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor;
2) Monodissiplinardan fanlararo ilmiy tadqiqotlarga o‘tish;
3) Eng yaxshi talabalar, o‘qituvchilar ushun shartnomalar tuzish, ixtirolar va nou-xaularni amalda tatbiq etishda yetakshilik uchun universitetlarning global tanlovini kushaytirish;
4) Universitetlarning yaratgan bilimlaridan yangi foyda olish istagi, ularning iqtisodiy o‘sishni davlat siyosatidagi rolini oshirish;
5) Tobora murakkablashib borayotgan sharoitda universitetlarning iqtisodiy samaradorligini ta’minlash zaruriyati;
6) Talabalarning ommaviy oqimi munosabati bilan zamonaviy universitetlarda ommaviy va elita ta’lim dasturlarini farqlash bo‘yisha tajriba o‘tkazishdir.
3.0 kodi AQSh, Buyuk Britaniya va Xitoyning yetakshi universitetlariga berilgan. Ular haqiqatdan 5-10 yil oldin bo‘lgan iqtisodiy va texnologik muhitni shakllantiradi. Aynan shu muhitdan kompaniyalar 10-15 yil ishida global biznesning yetakshisiga aylanayotgani tufayli yangi tarmoqlar o‘sib bormoqda.
Zamonaviy mamlakatlarda Universitet 3.0 konsepsiyasining shakllanishini kuzatsak. Umuman olganda, XX asrda AQSh va Yevropa mamlakatlarida universitet ta’limining rivojlanishi ilmiy va texnik taraqqiyot bilan chambarchas bog‘liq edi. Innovatsiyalarga nisbatan o‘sib borayotgan talab universitetlarni faol innovatsiyalar ushun katalizatorga aylantirdi. XX asrning ikkinchi yarmida rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida innovatsion jarayonlar va mahsulotlarni rag‘batlantirishning tabiiy mexanizmlari nihoyatda rivojlanganligini hisobga olish muhim, bunda uchinchi avlod universitetlarining yangi missiyasini amalga oshirishning iloji yo‘q edi. Ushbu mexanizmlarning asosini venchur kapital kompaniyalari va yuqori tavakkalchilikka ega loyihalar va startaplarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydigan korporativ venchur kapital fondlari tashkil etdi. Hozirgi vaqtda korporativ venchur kapitali fondi AQShda venchur iqtisodiyotining 25 foizini tashkil qiladi. Ularning sa’y-harakatlari tufayli ixtirolar va kashfiyotlar sohasi va biznes sohasi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning samarali tizimi yaratildi, bu iqtisodiyotga kirib borishni va barcha istiqbolli texnologik g‘oyalarni tezkor amalga oshirishni ta’minlaydi. Biz ta’kidlaymizki, innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni rag‘batlantirish mexanizmlari intellektual mulk faoliyatining barcha sub’ektlari, shu jumladan universitetlar huquqlarini aniq belgilab beradigan va intellektual mulkni sotishdan olinadigan haqni taqsimlash tartibi va nisbatlarini aniq belgilab beruvshi intellektual mulk qonunchiligiga asoslangan. Shuningdek, AQShda universitetlarning deyarli yarmi xususiy va intellektual mulk egalari sifatida tadbirkorlik va tijorat faoliyatida qatnashishda hech qanday cheklovlar mavjud emasligi muhimdir.
80-yillarning boshlarida AQSh va Yevropa mamlakatlari iqtisodiyotni va davlat sektorini davlat tomonidan tartibga solish ko‘lamining qisqarishini boshladilar va bozor mexanizmlarining roli kuchayib bordi. Bu davrda universitetlarning avtonomiyasi kuchaydi, ularning rahbariyati kengroq vakolatlarga ega bo‘ldi, davlat hatto davlat universitetlaridan iqtisodiy samaradorlik, mehnat bozori talablariga yo‘naltirish va strategik rejalashtirishdan foydalanishni talab qildi. Bu davrda universitetlar o‘rtasida institutsional hamkorlik kushayib, boshqaruv funksiyalari yuqoriga, masalan, Yevropa Ittifoqi, IHRT mamlakatlari, Buyuk Britaniya va Italiyada mintaqaviy darajada amalga osha boshladi.
90-yillarda universitet vazifalarini ajratish belgilandi, ularning mintaqaviy iqtisodiy faoliyatda, ilmiy dasturlarni amalga oshirishda ishtiroki boshlandi. Universitetlar davlat-xususiy sheriklik va ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikning milliy tizimlarida ishtirok etib, fanlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydilar Neo-Wberiya (NW-model) konsepsiyasiga kelsak, u davlatga ta’limni boshqarish va ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishda asosiy rolni belgilaydi. Bu uning birinchi ikkita modeldan asosiy farqi bo‘lib, ta’lim sohasidagi davlat islohotlarini kuchaytirishga va universitetlarning avtonomiyasiga qaratilgan. NW-modelidagi ta’lim bozor mahsuloti sifatida emas, balki o‘z mamlakati fuqarolari ushun davlat xizmati sifatida ko‘rib chiqiladi.
Universitet 3.0 konsepsiyasini amalga oshirish istiqbollari qanday? Mamlakatimizda rivojlangan oliy ta’lim tizimi hali ham XX asrning ikkinchi yarmidagi sanoat madaniyatiga yo‘naltirilgan, hamda innovatsion va texnologik yutuqlar talablariga javob bermaydi. Masalan, Rossiyada bu borada yondashuv paydo bo‘ldi, unga muvofiq davlat universitetlarning vakolatlari va rivojlanish istiqbollarini belgilaydi. Ushbu an’ana natijasida, ular allaqachon ta’kidlab o‘tganidek, vakolatlar va bozor tendensiyalarini shakllantirish sohasida "trendetters" ga aylangan oliy ta’limda dunyo yetakchilaridan ortda qolmoqdalar. Rossiya Federatsiyasining 2020 yilgasha bo‘lgan davrda Innovatsion rivojlanish strategiyasida ta’lim sohasidagi ustuvorlik "universitetlarda ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish sektorini rivojlantirish, universitetlarning iqtisodiyotning real sektoridagi yetakshi kompaniyalar va ilmiy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligini chuqurlashtirish ta’lim va tadqiqot dasturlari tarmog‘ini tashkil etish" deb nomlangan, lekin shu bilan birga, rus innovatsion tizimi "tub o‘zgarishlar va yangi texnologiyalarni yaratishga emas, simulyatsiya tomon yo‘naltirilgan. Hozirgi kunda Rossiyada yalpi ichki mahsulotida ilm-fan iqtisodiyotiga tegishli sohalar ulushi 15 foizni tashkil etadi, Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida bu ko‘rsatkish-35 foizni, AQShda-45 foizni tashkil etadi.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh. M.Mirziyoevning 2020 yil 13 fevral kuni axborot texnologiyalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbirda keltirilgan statistik ma’lumotlariga muvofiq hozirda AQShda zamonaviy innovatsiyalarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning yalpi ishki mahsulotdagi ulushi 10,9 foizni, Xitoyda 10 foizni, Hindistonda 5,5 foizni tashkil etadi. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkish esa 2 foizdan ham oshmaydi7.
O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqishga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish nazarda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgasha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq:
O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasida hayotimizga bosqichma-bosqich “Universitet 3.0” tushunchasini joriy etish masalasi ta'kidlangan. Bu tushuncha nimani anglatadi? Universitetlar tarixiy rivojlanish yo'lida bir nechta modellar orqali o'tib kelmoqda.Eng birinchi navbatda, an'anaviy va mumtoz “Universitet 1.0” modeli mavjud bo'lib, unda faqat ta'lim berish ustuvor vazifa bo'lgan. Muallim ma'ruza o'tadi, talaba konspekt yozib boradi.“Universitet 1.0”, ya'ni “birinchi avlod universiteti” faqat ta'lim berish makoni bo'lib, uning maqsadi bilim etkazib berishdan iborat. Keyinchalik shakllangan “Universitet 2.0” (“ikkinchi avlod universiteti”) modeli ta'lim berishga qo'shimcha ravishda ilmiy tadqiqot ham olib borishga ixtisoslashgan dargoh sanaladi. XIX asrdan boshlab rivojlangan ta'lim muassasalari “tadqiqot universitetlari” deb ataladi. “Universitet 2.0” ilmiy tadqiqot faoliyati orqali yangi bilimlarni yaratadi; bozor ishtirokchilari uchun konsalting xizmatlari markazi bo'ladi; sanoat tomonidan buyurtmalar bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib boradi, yangi texnologiyalarga asos soladi.
“Uchinchi avlod universiteti”, yoki «Universitet 3.0”, esa fan-ta'lim bilan bir qatorda innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyati bilan ham shug'ullanadi.
“Universitet 3.0”da tadbirkorlik madaniyati rivojlangan bo'lib, ishbilarmon doiralar vakillari bilan samarali muloqot o'rnatilgan bo'ladi. Bunday universitetda texnologik startaplar yaratilib, patentlar muntazam ro'yxatdan o'tkaziladi. Kaliforniya shtatidagi Kremniy vodiysi bunga yaqqol misol.
Tadqiqotlarga ko'ra, dunyo universitetlari umumiy sonining atigi 0,3 foizi “Universitet 3.0” modeliga mos, deb tan olinar ekan.
Mamlakatimiz universitetlari oldida 2030-yilga qadar ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish masalasi qo'yilgan. Bu holda oliygohlarimiz xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar reytinglarida yuqori o'rinlarni egallash imkoni bo'ladi.Va nihoyat “Universitet 4.0” yuqoridagi barcha sifatlarni o'zida jamlab, u raqamlashtirilgan va biznes jarayonlari avtomatlashtirilgan makon sanaladi. “Universitet 4.0” yuqori texnologiyali sanoatni rivojlantirishda yetakchiga aylanib, ommaviy ishlab chiqarishdan iste'molchilarning individual talablari asosida xizmatlar yetkazadi.
Bu borada “Universitet 4.0” talabalarning individual ehtiyojlari asosida o'quv reja va dasturlar tayyorlaydi. “Universitet 4.0” talabalarning nafaqat bilimi, balki ijtimoiy ko'nikmalariga ham ustuvor e'tibor qaratadi. Axborot haddan ziyod tarqalgan bir davrda aynan “uchinchi” va “to'rtinchi” avlod universitetlar o'quv jarayonini shiddat bilan o'zgarayotgan voqelikka moslashtirish qobiliyatiga egadir.
Yа’ngi avlod universitlariga bosqichma-bosqich o'tish global ta'lim jarayonlariga integratsiya imkoniyatini beradi. An’anaviy universitetlar zamon talablariga mos kela olmayapti. Ta'lim berish muhim, lekin kifoya emas. Nazariy tadqiqotlar muhim, lekin ular voqelikdan uzilgan bo'lsa, nazariy darajada qolib ketadi. Bugungi avlod universitetlarimiz ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirishni o'rganishi kerak. Bu ularni mahalliy va xalqaro darajada nufuzini va ishonchini oshiradi. Faqatgina moslashuvchan oliygohlargina raqobatga dosh bera oladi.Oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish;
O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining flagmaniga aylantirish; respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quasquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Yedusation yoki Asademis Ranking of World Universities) reytingining birinshi 1000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, shujumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinshi 500 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish; oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqishma-bosqish kredit-modul tizimiga o‘tkazish;
-xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish, jumladan, o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga bosqishma-bosqish o‘tish;
-oliy ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqishga ko‘tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
-oliy ta’lim muassasalarining akademik mustaqilligini ta’minlash;
-oliy ta’lim muassasalarida ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bog‘liqligini nazarda tutuvshi “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish.


XULOSA
Hozirgi vaqtda yurtimizda jadal texnologik rivojlanish amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda 2030 yilgasha mo‘ljallangan "Oliy ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi" strategik dasturi, "Raqamli iqtisodiyot", "Ilm-fan", "Ta’lim", "Kichik biznes va yakka tartibdagi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash" doirasida yo‘l haritasi ishlab chiqilib, jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Bunday sharoitda O‘zbekiston uchun ustuvor vazifalar etakchi universitetlar bazasida yangi texnologiyalar va yangi bozorlarni yaratish, innovatsion ishlab chiqarishga asoslangan “Texnopark” markazlarini tayyorlash va loyihalarni amalga oshirishdan iborat.
Bugungi kunda xalqaro ta’lim makonida keng qo‘llanilayotgan Universitet 3.0 konsepsiyasi universitetlarga ularning vazifalari sonini hisobga olgan holda "raqamli kod" berilishini qamrab oladi. Shunday ekan, agar universitet faqat o‘quv faoliyati bilan shug‘ullanadigan bo‘lsa, unga Universitet 1.0 nomi berilgan. Bunday universitet bilimlarni tarjima qilish, o‘qitish va ijtimoiy bosqichni amalga oshiradi.
Ikkita vazifani bir vaqtda bajarish - o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlari, Universitet 2.0 nomini oladi. Uning vazifalari bozor ishtirokshilari uchun tadqiqot va maslahat xizmatlari orqali yangi bilimlarni shakllantirishdan iborat. Universitet 2.0 sanoat buyurtmalari bo‘yicha tadqiqotlar olib boradi va buyurtma asosida tayyorlangan texnologiyalarni yaratadi. Oliy ta’lim muassasalari rivojlanishining undan yuqori pog‘anasi universitet 3.0 ushun xosdir, bu erda ushinshi vazifa - bilim va texnologiyalarni tijoratlashtirish paydo bo‘ladi. Bunday universitet intellektual mulk huquqlarini boshqaradi, tadbirkorlik ekotizimini, texnologiya bozorlarini istiqbolli shakllantiradi va global miqyosda mamlakatning iqtisodiy ustunligini yaratish ushun platformaga aylanadi. Aynan shunday universitetlar zamonaviy texnologik inqilobning yuzini belgilaydi.
Universitet 3.0 konsepsiyasi innovatsion tadqiqotlariga asoslanadi. Universitetning vazifalari tarkibi va soni quyidagisha ko‘rinishda o‘zgarib boradi:

  • nazariy va amaliy tadqiqotlarning integratsiyalashuvi tobora kuchayib, dunyodagi yetakchi universitetlar tobora ko‘proq nodavlat moliyalashtirish manbalariga ehtiyoj sezadi va shuning uchun yuqori texnologiyali kompaniyalar bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor hisoblanadi;

  • fanlararo ilmiy tadqiqotlarga o‘tish jadallashadi;

  • eng yaxshi talabalar, o‘qituvshilar uchun shartnomalar tuzish, ixtirolar va nou-xaularni amalda tatbiq etishda yetakchilik ushun universitetlararo global tanlov kuchayadi;

  • universitetlar yaratgan bilimlardan yangi foyda olishga bo‘lgan istagi, davlatning iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir etadi;

  • tobora murakkablashib borayotgan sharoitda universitetlarning iqtisodiy samaradorligini ta’minlash zaruriyati asosiy vazifa hisoblanadi;

  • talabalarning bunday universitetlarga qiziqishi universitetning ta’lim dasturlari va ta’lim sifatiga bog‘liq hisoblanadi.

Innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni rag‘batlantirish mexanizmlari intellektual mulk faoliyatining barcha sub’ektlari, shu jumladan universitetlar huquqlarini aniq belgilab beradigan va intellektual mulkni sotishdan olinadigan haqni taqsimlash tartibi va nisbatlarini belgilab beruvshi intellektual mulk qonunchiligiga asoslangan. Shuningdek, OTMlarning xususiy va intellektual mulk egalari sifatida tadbirkorlik va tijorat faoliyatida qatnashishda hesh qanday cheklovlar mavjud emasligi muhimdir.
Xulosa qilib aytganda, oliy ta’lim tizimida Universitet 3.0 konsepsiyasi doirasida joriy etilayotgan ushbu modulli texnologiyalar bugungi kunda o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lib, ularni takomillashtirish va samaradorligini ta’minlash orqali ijobiy natijalarga erishish mumkin, qolaversa bilim, ko‘nikma va malakalari shakllanishini bosqichma-bosqich ta’minlab beradi. Talaba modullar bilan ishlash jarayonida o‘quv-biluv faoliyati oldiga qo‘yilgan maqsadga mustaqil ravishda to‘liq erishadi. O‘qitiladigan fanlarning o‘quv mashg‘uloti va ularning loyihalarini tuzib chiqishda asosiy hisoblanadi. Bu esa talabalarni o‘quv materialini samarali o‘zlashtirishlarini ta’minlaydi. Ushbu jarayonni amalga oshirish uchun quyidagi masalalar yechimini topish talab etiladi:
Fanlarni o‘qitishda modulli o‘qitish texnologiyasini qo‘llashning o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatib berish;

  • fanlar modulli o‘qitish texnologiyasi tamoyillari asosida o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalash bosqichlarini ishlab chiqish.

Umuman olganda, o‘qitishning modulli yondashuvini yanada takomillashtirish maqsadida quyidagilarni tavsiya qilmoqchimiz:

  • zamonaviy o‘qitishning modul tizimi asosan chet el tajribalariga asoslanganligini hisobga olgan holda, uni tadbiq etish ushun avvalo, shart- sharoit yaratilgan bo‘lishi kerak;

  • zamonaviy o‘qitishning modul tizimi chet el tajribalariga asoslanganligi ushun uni o‘quv jarayonida o‘qitishda milliy mentalitet va manfaatlarni hisobga olish hamda qo‘shib olib borish;

  • uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarida o‘qitishning modul usulini tadbiq etish va joriy etish;

  • barcha o‘quv-uslubiy materiallarini modul tizimiga to‘laligicha o‘tkazish kerak;




Yüklə 435,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin