Bosh ilmiy metodik markazi



Yüklə 435,96 Kb.
səhifə21/25
tarix07.01.2024
ölçüsü435,96 Kb.
#201261
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
ISH OXIRGISI Oktyabr oyiga18.10.2023

Ijtimoiy innovatsiya – bu sotsium hayot faoliyatini yangilashning zamonaviy usuli: ta’lim, xizmat ko‘rsatish, boshqaruv tizimi, ijtimoiy yordam va ijtimoiy muommolarni hal etish.
Innovatsion tabirkorlik – texnik-texnologik va sotsio ijtimoiy yangiliklarni yaratish va tijoratlashtirish maqsadida foydalanish jarayoni.
Zamonaviy global iqtisodiyot 3 ta kitlar ustida turadi:
1) bilim;
2) texnologiya;
3) tadbirkorlik tashabbuskorligi.


TADBIRKORLIK UNIVERSITETI(TU) MISSIYaSI:

  1. madaniy-ta’lim;

  2. ilmiy-tadqiqot;

  3. innovatsion-tadbirkorlik.

Tadbirkorlik Universiteti U 2 ta tashkilot bilan o‘zaro uyg‘unlashadi: ilmiy-o‘quv va tadbirkorlik va 2 ta vazifani hal etadi: 1) bo‘lg‘usi tadbirkorlarni tayyorlaydi va 2) o‘zi tadbirkor-innovator sifatida namoyon bo‘ladi.
3-jadval
Antreprenerlik(tadbirkorlik) universiteti matritsasi

Resurslar cheklanganligi
bartaraf etish Innovatsion tadbirkorlik

Inson resurslari yetishmasligi bartaraf etish

Moliyaviy resurslar yetishmasligini bartaraf etish

Axbrot resurslari yetishmasligini bartaraf etish

Bilimlarni generatsiyalash sohasidagi cheklovlarni bartaraf etish

60%

50%

40 %

Dars berish sohasidagi cheklovlarni bartaraf etish

40%

60%

30%

Bilimlarni amaliyotga joriy etish sohasidagi cheklovlarni bartaraf etish

70%

90%

80%

Tadbirkorlik Universiteti muhitga ikkita omil, ya’ni innovatsion-itellektual salohiyat va tadbirkorlik tashabbusi (kreativ PO‘ va talabalar) omillari orqali ta’sir etadi. Genri Iskovisning “Uchtalik spiral” modelida hukumat, biznes va ta’lim bir-biri bilan chambarchas bog‘liq holda, bunda universitet asosiy rolni o‘ynaydi. Ya’ni uch tomonlama harakat ishga tushadi: bozor dinamikasi – bilimlarni yaratish dinamikasi – innovatsiyalar sohasida siyosiy va qonunchilik aktlarining dinamikasi.
To‘rtinchi spiral” tamoyili g‘oyasi, ya’ni universitetning davlat, biznes va texnoparklar (iste’molchi buyurtmachilarning manfaatlarini ifodalovshi sifatidagi) bilan hamkorligi rivojlanmoqda.
Tadbirkorlik universiteti rivojlanishining yagona yo‘li bo‘lib strategik hamkorlar - universitetlar, texnologik platformalar, innovatsion hududlar, klasterlar, hukumat, davlat korporatsiyalari bilan birlashishni o‘rganish va o‘zaro foydali hamkorlik hisoblanadi.
Tadbirkorlik universteti mahalliy va global dunyoda strategik hamkorlarni izlash, ya’ni qachonki ularning kelishlarini kutmasdan ularga o‘z hamkorligini taklif etish orqali o‘zi hamkorlar bilan o‘zaro munosabatlarning yangi madaniyatini shakllantirishi lozim. Shuningdek, tashqi aloqalardagi institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirgan holda “chegarasiz oliy ta’lim”, “ochiq ta’lim” va shu kabi dasturlarni amalga oshirishi lozim. Hukumat bilan avtomonlik va maqom, davlat grantlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar mobilligi masalalari va soliqqa tortish, kreditlash, lizing va boshqa masalalar bo‘yicha muzokaralarni olib borishi darkor. Sababi rivojlangan mamalakatlarda universitetlar alohida hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi muvaffaqiyatining muhim tezlashtiruvchisi hisoblanadi.
Bugungi kunda tadbirkorlik universitetlarini baynal-minallashtirishning maqsadi- o‘zida ijodiy, tadbirkorlik va kommunikativ ko‘nikmalarini mujassamlashtirgan “global innovatorlar” sifatiga ega bo‘lgan bitiruvchilarni tayyorlashdan iborat. Jahonning globallashuvi – talabalar jahon fuqarosi- xalqaro standartlardagi diplomlar tushunchasini keltirib chiqarmoqda.
Hozirgi davrda har bir mamlakat oldida global bozorning ayovsiz talablariga javob berish ushun, ya’ni xalqaro musobaqalarning yangi shakli - “yangi texnologiyalar va ta’limni quvish” jarayonida “bosimga tushgan” holatda qolmaslik masalasi kun tartibida turibdi. Bu o‘z navbatida bugungi davr talablariga javob beradigan, ya’ni nafaqat mamlakat ichkarisida balki xalqaro darajada faoliyat yurita oladigan yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash masalasini birinchi o‘ringa qo‘yadi.
Universitetlar orasidagi xalqaro hamkorlikning muhim yo‘nalishi bo‘lib sivilizatsiyalararo sinergiya - G‘arb va Sharq qadriyatlarini o‘zida mujassamlashtirish hisoblanadi. Turli mamlakatlarning ma’lum sohalar amaliyotidagi yetakshi professorlarining o‘zaro mustahkam aloqalarini o‘rnatish, ya’ni “to‘rsimon ta’lim konsepsiyasi”ning asosiy tashkil etuvchisi hisoblangan xalqaro darajadagi loyihalar bilan ishlash bunga misol bo‘ladi. Bugungi kunda jahondagi eng mashhur ta’lim platformasi Massive Open Online Sourses (MOOS) hisoblanadi. Bundan tashqari INSEAD, UDEMY xorijiy onlayn-ta’limi ham turli mamlakatlardan millionlab talabalarga ega. Universitetlar jahon ta’lim makoniga qo‘shilishi ushun qator masalalarni hal etishlari lozim.
UCH QIRRALI SPIRAL” MAKONI



Yüklə 435,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin