2.Uzunchoq Miya.Uning tuzulishi va yoshga qarab o'zgarishi.
Uzunchoq miya (lot. medulla oblongata) poyasimon tuzilma bo‘lib, miya ustunining bir qismini tashkil qiladi. U miyachadan oldinda va qisman pastda joylashgan. U neyronlarning konus shaklidagi massasi bo‘lib, qusishdan aksirishgacha bo‘lgan avtonomik (ixtiyorga bog‘liq bo‘lmagan) funksiyalarga javobgar. Uzunchoq miya yurak, nafas, qusish va vazomotor markazlarni saqlaydi va shunday qilib nafas olish, puls va qon bosimining avtonomik funksiyalaida, shuningdek, uyqu-uyg‘onish siklida ishtirok etadi.Embrional rivojlanish davrida uzunchoq miya miyelensefalon (lot. myelencephalon)dan rivojlanadi. Miyelensefalon ikkilamchi pufakcha bo‘lib, rombensefalon yoki ortki miyaning yetilishi davomida shakllanadi. Bulb (piyoz) uzunchoq miya uchun ishlatilgan qadimgi termin va zamonaviy klinik terminologiyada ishlatiluvchi bulbar so‘zi (masalan bulbar falaj) uzunchoq miyaga qaratilgan va qisman tibbiy holatni bildiradi. Bulbar so‘zi uzunchoq miyaga bog‘langan nervlar va traktlarni, shuningdek shular orqali innervatsiyalangan muskullarni, masalan til, halqum va hiqildoq muskullarini bildirishi mumkin.Uzunchoq miya. Uzunchoq miya orqa miyaning davomi bo`lib, vazni 7 g, uzunligi 3- 3,5 sm. uzinchoq miya va Varoliyev ko`prigi rеflеktor va o`tkazish vazifasini amalga oshiradi. O`zunchoq miyada nafas olish, qon tomirlari dеvori harakatining nеrv markazi, o`sish, yutish, tеr ajratish, so`lak ajratish, ko`z yoshi ajratish, qovoqlarni yumish, aksa urish, yo`talish nеrv markazlari bor. Xomila 16-17 haftalik bo`lganda uzunchoq miyada nafas olish nеrv markazi shakllanadi. Yangi tugilgan bolada nafas, himoya rеflеkslari (aksa urish, yo`tal va boshqalar rivojlangan bo`ladi. Unda so`rish, yutish kabi ovqatlanishga bo`lgan shartsiz rеflеkslar yaxshigina rivojlanadi.
Dostları ilə paylaş: |