Bosh Miyaning Umumiy Ko'rinishi. Bosh Miya asosi. 12Juft bosh miya nervlari chiqish yo'llari


IV-Qorincha,Rombsimon Chuqurcha,Rombsimon chuqurchada bosh miya nervlarining o'zgarishlarining joylashishi



Yüklə 244 Kb.
səhifə4/19
tarix02.01.2022
ölçüsü244 Kb.
#39565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
1-7-Anat javoblari

4.IV-Qorincha,Rombsimon Chuqurcha,Rombsimon chuqurchada bosh miya nervlarining o'zgarishlarining joylashishi.

To‘rtinchi  qorincha  (ventriculus    quartus)  rombsimon  miya  pufagining hosilasidir. Uning devorlari hosil bo‘lishida uzunchoq  miya,ko‘prik,miyacha  va rombsimon  miya  siqig‘i  ishtirok  etadi.  To‘rtinchi  qorincha shakl  jihatidan  chodir (palatka)  ko‘rinishiga  ega.  Uning  tubini  uzinchoq  miya  va  ko‘prikni  orqa  yuzasi hosil qilib ko‘rinishi rombga o‘xshaydi. Shuning uchun uni rombsimon chuqurcha deb  ataladi.  Bu  yuzada  uzunchoq  miya  bilan  ko‘prik  o‘rtasida  ko‘ndalang yo‘nalgan miya hoshiyalari (stria medullaris) joylashgan. To‘rtinchi  qorinchaning  tomi  (tegmen  ventriculi  quarti)  rombsimon chuqurcha  ustida  cho‘qqi  shaklida  joylashadi.  Uning  oldingi  yuqori  devorini miyachaning  ustki  oyoqchalari  va  ular  o‘rtasida  tortilgan  miyaning  ustki  yelkani (velum medularesuperius)  hosil qiladi. To‘rtinchi qorinchaning orqa devorini esa miyaning  pastki  yelkani    (velum  medullare  inferius)  hosil  qladi.  Unga  ichki tomondan IV qorinchaning tomirli asosi (tela choroidea  ventriculi guarti) tegib turadi. Tomirli asos IV qrinchaning tomirli to‘rni hosil qladi. Rombsimon chuqrchaning fossa rhomboidea)yuqri tomonlarini miyachaning  ustki  oyoqhalari,  pastki  tomonlarini  esa  miyachaning  pastki oyoqhalari  hosil  qladi.  Uning  pastki  burchagida  joylashgan  toq  o‘rta  apertura (apertura mediana ventriculi quarti) (Majandi teshigi) orqa miyaning markaziy kanaliga  qo‘shib  turadi.  Yuqori  burchagidagi  teshik  orqali    miya  suv  yo‘li vositasida  III  qorinchaga  qo‘shiladi.  Rombsimon  chuqrchaning  yon  burchaklari tashqi  cho‘ntaklar  (recussus  lateralis)  hosil  qiladi.  Undagi  juft  tashqi  apertura (apertura  laterelis)  esa  bosh  miyani  to‘r  parda  osti  bo‘shlig‘iga  qo‘shib  turadi. Rombsimon  chuqurchaning  o‘rtasida  ustki  burchakdan  pastki  burchakkacha  o‘rta egat  (sulcus  medianus)  joylashadi,  uning    yon  tomonlarida  juft  medial  tepalik (eminentia  medialis)  joylashib,  tashqi  toponidan  chegaralovchi  egat  (sulcus limitans)  bilan  ajrab  turadi.  Rombsimon  chuqurchaning  pastki  qismida  medial tepalik  torayib,  til  osti  nervi  uchburchagiga  (trigonum  nervi  hypoglossi)  o‘tib ketadi.  Undan  chetroqda  adashgan  nerv  uchburchagi  (trigonum  nervi  vagi) joylashgan.  Rombsimon  chuqurchaning    pastki  qismida  havorang  soha  (locus caeruleus)    va  kulrang  tasma  (taenia  cinera)    pastki  burchagida  esa  yopqich (obex)  ko‘rinadi.    Medial  tepachaning  yuqori  ko‘prik  qismida  yuz  tepaligi (colliculus  facialis)  bor.  Rombsimon  chuqurchaning  yon  burchaklari  sohasida dahliz-chig‘anoq nervi o‘zaklari yotadigan vestibulyar maydon (area vestibularis)  joylashgan.  Vestibulyar  maydondan  o‘rta  egatga  qarab  yo‘nalgan  miya  hoshiyasi (stria  medullaris  ventriculi  quarti)    rombsimon  chuqurchani  yuqori  va  pastki uchburchaklarga ajratadi. Sezuvchi  o‘zaklar  rombsimon  chuqurchada  lateral,  harakat  o‘zaklari medial,  vegatativ  o‘zaklar  esa  ularning  o‘rtasida  joylashadi.  Rombsimon chuqurchaning  pastki  uchburchagi  sohasida,  uzunchoq  miyaning  oq  moddasi o‘rtasida IX-XII juft nervlarining o‘zaklari simmetrik joylashadi.XII  juft,  til  osti  nervining  (n.  hypoglossus)  bitta  harakatlantiruvchi  o‘zagi bo'ladi.


Yüklə 244 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin