19.Bel chigali (plexus lumbalis) yuqorigi uchta bel ( LMn), shuningdek, qisman XII ko'krak (Thxii) va IV bel (Lev) orqa miya nervlarining oldingi tarmoqlaridan hosil bo'ladi (286-rasm). Bel chigali bel umurtqalarining ko'ndalang o'siqchalarini old tomonida, belning kvadrat mushagining oldingi yuzasida, katta hel mushagining orqasida joylashadi. Uning tarmoqlari katta bel mushagining chekkalaridan yoki uni teshib chiqib, qorin devoriga, oyoqqa va tashqi jinsiy a’zolarga yo'naladi. Bel chigalidan quyidagi tarmoqlar chiqadi: 1. Mushak tarmoqlari (rr. musculares) ko'p sonli bo'lib, belning kvadrat mushagi, belning katta va kichik mushaklari, shuningdek. belning ko'ndalang o'siqchalar oralig'dagi mushaklami innervatsiya qiladi. 2. Yonbosh-qorin osti nervi (n. iliohypogastricus) belning kvadrat mushagining oldingi yuzasidan chiqib, tashqi tomonga qovurg'a osti nerviga parallel yo'naladi.Qorinning ko'ndalang mushagini teshib o'tib, u bilan qorinning ichki qiyshiq mushagi o'rtasida qorin to'g'ri mushagiga yo'naladi. Bu nerv qorinning lateral guruh mushaklari va qorinning to'gri mushagini innervatsya qiladi. Uning oldingi teri tarmog'i (r. cutaneus anterior) qorinning oldingi devorini pastki qismi terisini innervatsiya qiladi, lateral teri tarmog'i (r.cutaneus lateralis) esa dumbaning ustki lateral yuzasi va sonning lateral yuqori sohasi terisini innervatsiya qiladi. 3.ilioinguinalis) yuqoridagi nervga parallel yodialadi. Bu nerv qorinning kodidalang va ichki qiysliiq mushaklari odtasidan odib, qorinning lateral guruh mushaklarini innervatsiya qiladi va chov kanaliga kiradi. Chov kanalining tashqi teshigidan chiqqach erkaklarda yorg'oqning oldingi nervlari (nn. scrotales anteriores)bodib, chov va qov sohasi, erlik olati ildizi, yorg'oq terisini, ayollar jinsiy lablarining oldingi nervlari (nn. Labiatesanteriores) bo'lib katta jinsiy lablar terisini innervatsiya qiladi. 4. Son-jinsiy nervi (n. genitofemoralis) katta bel mushagini teshib o‘tib ikki: jinsiy va son tarmoqlariga bo Mi uadi .Jinsiy tarmogd (r. genitalis) chov kanaliga kirib erkaklarda moyakni ko'taruvchi mushakni, moyakning go'shtdor pardasini va terisini, hamda sonning medial yuzasi terisini innervatsiya qiladi. Ayollarda bachadonning yumaloq boylamini, katta jinsiy lablar terisini, shuningdek, son kanali tashqi teshigi sohasi terisini innervatsiya qiladi. Son tarmogd (r. femoralis)tomirlar sohasi botigddan odgach, son uchburchagi sohasi terisini innervatsiya qiladi. 5.' Son terisining lateral nervi (n. cutaneus femoris lateralis) katta bel mushagining lateral chekkasidan chiqib, yonbosh mushagining oldingi yuzasida pastga va tashqariga yo‘naladi. Chov boylamining lateral qismi ostidan songa odadi va sonning lateral yuzasi terisini tizza bo'gdm igacha innervatsiya qiladi. 6. Yopqich nerv (n. obturatorius) katta bel mushagining medial chekkasidan pastga yo'nalib kichik chanoq bo'shlig'iga tushadi. O'z nomidagi arteriya va vena bilan birga yopqich kanal orqali o'tib sonning yaqinlashtiruvchi mushaklari o'rtasiga chiqadi. Yopqich nerv bu yerda ikki tarmoqqa bo'linadi. Oldingi taimoqning (r. anterior)mushak tarmoqlari (rr. musculares)taroqsimon, sonni yaqinlashtiruvchi uzun va kalta mushaklarini innervatiya qiladi. Uning teri tarmog'i (r. cutaneus) soiming medial yuzasi terisini innervatsiya qiladi. Orqa tarmoqning (r. posterior) mushak tarmoqlari (rr. musculares)sonni yaqinlashtiruvchi kalta mushak orqasidan yo'nalib, tashqi yopqich va sonni yaqinlashtiruvchi katta mushakni innervatsiya qilsa, uning bo'g'im tarmog'i (r. articularis)chanoq-son bo'g'imi xaltasini innervatsiya qiladi. 7. Son nervi (n. femoralis) bel chigalining eng katta tarmog'i. U katta bel va yonbosh mushaklarming o'rtasidagi egat bo'ylab yo'nalib, mushaklar sohasi botig'i orqali son uchburchagiga chiqadi (287-rasm). Chov boylamidan biroz pastroqda son nervi quyidagi tarmoqlarga bo'linadi: a) mushak tarmoqlari (rr. musculares)tikuvchilar mushagi, taroqsimon mushak va sonning to'rt boshli mushagini innervatsiya qiladi; b) oldingi teri tarmoqlari (rr. Cutaneianteriores) 3-5 ta bo'lib, sonning oldingi medial yuzasi terisini innervatsiya qiladi; d) teri osti nervi (n. saphenus) son arteriyasi bilan yaqinlashtiruvchi kanalga kirib, uning oldingi teshigi orqali chiqadi. So'ngra tikuvchilar mushagi payi ostidan o'tib, son suyagini medial do'ngligi orqasidan pastga yo'naladi va sonning serbar fassiyasini teshib o'tadi. Tizza bo'g'imi sohasida tizza bo'g'imini medial yuzasi, tizza qopqog'i, boldiming yuqori qismi oldingi yuzasi terisini innervatsiya qiluvchi tizza osti tarmog'ini (r.infrapatellaris) beradi. Teri osti nervi boldirda oyoqning katta teri osti venasining yonidan yo‘nalib, boldirning oldingi medial yuzasi terisini innervatsiya qiluvchi boldir medial terisining tarmoqlarini (rr. cutanei cruris mediates)beradi. Oyoq panjasida esa teri osti nervi uning medial chekkasi terisini to bosh barmoqqacha innervatsiya qiladi.