(decussatio lemnisci medialis) hosil qiladi va medial qovuzloq tarkibiga kiradi. Medial qovuzloq (lemniscus medialis) tarkibida ikkinchi neyron tolalari ko'prik va o'rta miyaning qoplamasidan o'tib ko'ruv bo'rtig'ining lateral-ventral o'zagida tugaydi.
50.29-savolga qara
51.16-savolga qara
52.12-savolga qara
53.29-savoldan yoz
54.41-savoldan yoz
55. Bosh miya markazlarining joylashuvini o‘rganish jarayonida biz organizmning o'zida bo‘layotgan o'zgarishlar va tashqi muhitning organizmga ta’siriga moslashuvida ro'y beradigan nerv boshqaruvida qaysi markazlarning qanday ahamiyati borligini bilamiz. Bosh miya po'stlog'i markazlarini I.P.Pavlov analizatorning miyadagi oxirgi qismi deb atagan. Analizator bu murakkab nerv mexanizmi boiib, u tashqi qabul qiluvchi apparatdan boshlanib miyada tugaydi. Analizator yordamida tashqi muhitning murakkab ta’siri alohida qismlarga boiinadi va tahlil qilinadi. Boshqa analizatorlar bilan aloqada ma’lum ish bajariladi. Miya markazi tekis chegaraga ega boimay, «o'zak» hamda «yoyilgan» qismlardan tashkil topadi. O'zak retseptoming po'stloqdagi to'g'ri va chuqur proeksiyasi bo'lib, yuqori tahlil qiluvchi asosiy qism hisoblanadi. Yoyilgan elementlar o'zak atrofida joylashgan boiib, ularda ancha sodda va elimentar tahlil sodir boiadi.
Markazning o'zak qismi shikastlanganda yoyilgan elimentlar maium darajada o'zakning yo'qolgan faoliyatini qoplab turadi. Har xil analizatorlaming yoyilgan elimentlari egallagan sohasi bir-biriga qo'shilib ketadi: Hozirgi vaqtda miya po'stlog'i bir butun qabul qiluvchi yuza hisoblanadi.
56.14-17 savollarga qara
57.22-savolga qara
58.2-savolga qara
59.3-savolga qara
60.21-savolga qara
61. Ko'prik (pons) sut emizuvchilarda plashch taraqqiyotiga bog'liq ravishda payda bo'ladi. U odamda yaxshi rivojlangan bo'lib, ko'ndalang bolish shaklida. U yuqoridan miya oyoqchalari, pastdan esa uzunchoq miya bilan chegaralanadi. Uzunchoq miya bilan ko'prik o'rtasida egat (sulcus bulbopontinus) yotadi. Yon tomonga ko'prik torayib, miyachaning o'rta oyoqchasiga (pedunculi cerebellaris medius) o'tib ketadi. Ko'prikning tashqi chegarasini uch shoxlik va yuz nervlari ildizlari o'rtasidagi chiziq (linea trigemenofacialis) hosil qiladi. Ko'prikning ventral yuzasi ko'ndalang yo'nalgan tolalardan iborat bo'lib, o'rtasida asosiy arteriya egati (sulcus a. basillaris) joylashgan, uning dorsal yuzasi IV qorincha tubini hosil qilishda ishtirok etadi. Ko'prikning ko'ndalang kesmasi (107-rasm) markazida ko'ndalang tolalar to'plami - trapetsiyasimon tana (corpus trapezoideum) joylashgan. Uning tolalari o'rtasida trapetsiyasimon tananing oldingi va orqa o'zaklari yotadi. Trapetsiyasimon tana ko'prikni orqa yoki qopqoq qismi (tegmentum pontis) va oldingi yoki asosiy qismga (parsbasillaris) ajratadi. Ko'prikning oldingi qismi bo'ylama va ko'ndalang tolalar va ular o'rtasida joylashgan ko'prikning xususiy o'zaklaridan iborat. Bo'ylama tolalar piramida, po'stloqo'zak va po'stloq-ko'prik yo'llari tolalaridan iborat bo'lib, ular ko'prikning xususiy o'zaklarida tugaydi. Bu o'zak hujayralari tolalari ko'ndalang tolalami hosil qilib, miyachaning o'rta oyoqchasi tarkibida miyacha po'stlog'iga boradi.
62. O'rta miya (mesencephalon) bosh miyaning nisbatan sodda tuzilishga ega qismi. U filogenezda ko'ruv va eshituv analizatoriarining ta’siri ostida rivojlanadi. Odamda oxirgi miya po'stlog'ida ko'ruv va eshituv markazlari paydo bo'lganidan so'ng, o'rta miyadagi markazlar po'stloq osti markazlari holatiga tushib qoladi. O'rta miya uchinchi miya pufagidan taraqqiy etadi. U pufakcha devoriari bir tekis kengayib, dorsal qismidan o'rta miya tomi, ventral devoridan miya oyoqchalari hosil bo'ladi. Uning qoldiq bo'shlig'i III va IV qorinchalami qo'shib turuvchi miya suv yo'liga aylanadi. O'rta miyaning ventral yuzasi yuqoridan (oldindan) ko'ruv yo'llari va so'rg'ichsimon tana, orqadan esa ko'prikning oldingi chekkasi bilan chegaralanadi.O'rta miyada uning taraqqiyoti bilan bog'liq bo'lgan quyidagilar joylashgan:1. Po'stloq osti ko'ruv markazi va ko'z mushaklarini innervatsiya qiluvchi nerv o'zaklari.2. Po'stloq osti eshituv markazi.3. Bosh miya po'stlog'ini orqa miya bilan bog'lovchi pastga tushuvchi va yuqoriga chiquvchi o'tkazuv yo'llari.
63. Oraliq miya (diencephalon) murakkab tuzilishga ega. U o'rta miya bilan oxirgi miya oralig'ida joylashgan. Taraqqiyoti va faoliyatiga ko'ra oraliq miyani ikki qismga: 1. Orqa (dorsal) filogenez nuqtayi nazaridan yangi, afferent yo'llar markazi bo'rtiq sohasi. 2. Oldingi (ventral) filogenez jihatidan eski, oliy vegetativ markaz bo'rtiq osti sohasidan iborat.Bo'rtiq sohasi (thalamencephalon), o'z navbatida, к o‘ruv bo'rtig'i, bo'rtiq orqasi va bo'rtiq usti sohalariga bo'linadi.Ko'ruv bo'rtig'i (talamus opticus) III qorinchaning ikki yon tomoniga joylashgan oval shakldagi kulrang modda to'plamidan iborat. (1 1 1-rasm). Uning oldingi uchi torayib oldingi bo'rtiqni (tuberculum anterius), orqa uchi esa kengayib yostiqchani (pulvinar) hosil qiladi. Ko'ruv bo'rtig'ining ichki yuzasi III qorincha bo'shlig'ining yon devorini, ustki yuzasi esa yon qorinchalar markaziy qismining tubini hosil qiladi.Uning ustki yuzasi ichki yuzasidan ingichka oq miya hoshiyasi (striamedullaris thalami) bilan ajrab turadi. O'ng va chap ko'ruv bo'rtiqlarining ichki yuzasi o'zaro bo rtiqlararo bitishma (adhesio interthalamica) vositasida qo'shiladi. Uning lateral yuzasi ichki kapsulaga tegib turadi.
64. Dumg'aza chigali (plexus sacralis) Vbel (LJ, yuqoridagi to'rtta dumg'aza ( S^Sp,), qisman IV bel (Lw) orqa miya nervlarining oldingi shoxlarming qo'shilishidan hosil bo'ladi. Dumg'aza chigali asosi dumg'aza suyagining chanoq teshiklariga, uchi esa katta o'tirg'ich teshigiga qaragan uchburchak shaklida bo'lib, chanoq fassiyasi bilan noksimon mushak o'rtasida yotadi. Dumg'aza chig'alining shoxlari uzun va qisqa guruhlarga bo'linadi.Dumg'aza chigalining qisqa shoxlariga mushaklarga boruvchi shoxlar, ustki va pastki dumba nervlari, shuningdek, uyatli nerv kiradi.1. Mushaklarga boruvchi nervlar (n. musculi obturatorius internus,n.musculi piriformus, n.musculi quadratus femoris) noksimon mushak osti teshigi orqali chiqib shu nomdagi mushaklami innervatsiya qiladi.2. Yuqorigi dumba nervi (n. gluteus superior) chanoq bo'shlig'idan noksimon mushak usti teshigidan shu nomdagi arteriya va vena bilan tashqariga chiqib, o'rta va kichik dumba mushaklari orasida yotadi. Bu nerv o'rta va kichik dumba hamda sonning keng fassiyasini taranglovchi mushaklami innervatsiya qiladi.3. Pastki dumba nervi (n. gluteus inferior) chanoq bo'shlig'idan noksimon mushak osti teshigi orqali o'z nomidagi arteriya va vena, o'tirg'ich nervi, uyatli nerv va sonning orqa teri nervi bilan birga chiqadi. Nerv katta dumba mushagini va chanoq-son bo'g'imi xaltasini innervatsiya qiladi.4. Uyatli nerv (n. pudendus) chanoq bo'shlig'idan noksimon mushak osti teshigi orqali chiqib, o'tirg'ich o'simtasining orqasidan aylanib o'tib, kichik o'tirg'ich teshigi orqali o'tiig'ich-to'g'ri ichak chuqurchasiga kiradi. Bu chuqurchada oldinga tomon yo'naladi va undan quyidagi shoxlar chiqadi:a) pastki to'g'ri ichak nervlari (nn. rectales inferiores) tashqi teshikni qisuvchi mushakni va tashqi teshik sohasidagi terini innervatsiya qiladi; b) oraliq nervlari (nn. perineales) o'tirg'ich-g'ovak tana, so'g'on-g'ovak tana, oraliqning yuza va chuqur ko'ndalang mushaklarini hamda oraliq terisini innervatsiya qiladi; d) orqa yorg'oq nervlari (nn. scrotalis posteriores)erkaklarda yoig'oqning orqa yuzasi terisini; ayollarda katta uyatli lablar nervlari (nn. labiates posteriores) katta uyatli lablar terisini innervatsiya qiladi. Uyatli nervning oxirgi shoxi olotning (klitoming) dorsal nervi (n. dorsalispenis) (clitoridis) shu nomdagi arteriya bilan siydik-tanosil to'sig'idan o'tib olotning (klitoming) g'ovak tanasi va boshini, olot terisini, ayollarda katta va kichik uyatli lablami, oraliqning chuqur ko'ndalang mushagi va uretrani qisuvchi mushakni innervatsiya qiladi
65. Bosh miya yarimsharlarida umng ustini qoplagan po'stloqdan tashqari kulrang moddalar ham bo'ladi. Ular yarimshaming oq moddasi ichida alohida o'zaklar shaklida joylashgani uchun ulami markaziy yoki miya asosi (bazal) o'zaklari deb ataladi. Bazal c'zaklarga quyidagilar kiradi: 113-rasm) 1) targ'il tana; 2) ixota; 3) bodomsimon twia.Targ‘il tana (corpus striatum) ikkita yirik: dumli vs yasmiqsimon o'zaklardan iborat bo'lib, miya kesmalaridn cq va kulnng hoshiynlar ko'rinishida bo'ladi.Dumli o'zak (nucleus caudatus) yasmiqsimon o'zakdan yuqoriroq va ichki tomonda joylashib, undan ichki xaltaning oldingi oyoqchasi vositasida ajrab turadi. 0 ‘zakning oldingi qismi kengaygan bo'lib, boshchasi (caputnuclei caudati) deyiladi. TJ yon qorinchaning oldingi shoxini tashqi devorini hosil qiladi. O'zakning orqa toraygan qismi - dumi (cauda nuclei caudati)pastga qarab burilib, yon qorinchaning pastki shoxini ustki devorini hosil qilib, bodomsimon tanagacha yetib boradi. Dumli o'zak ichki tomondan ko'ruv bo'rtig'idan stria terminalis bilan chegaralanib turadi. O'zakning o'rta qismi-tanasi (corpus nuclei caudati) tepa bo'lagi ostida yon qorinchaning markaziy qismini pastki devorini hosil qiladi. Oldingi tomonda dumli o'zakning boshi yasmiqsimon o'zak qobig'i bilan birikadi. Orqa tomonda bu o'zaklar o'zaro ichki kapsulaning oq tolalari vositasida qo'shiladi va targ'il tanani hosil qiladi.
66. Bosh miya yarimsharining ust tomondan qoplagan po'stloq ostida oq modda qatlami yotadi. Yarimshaming oq moddasi bir-biri bilan kesishib joylashgan, vazifasi, yo'nalishi va kelib chiqishi jihatidan bir-biriga o'xshamagan nerv tolalaridan iborat. Bu nerv tolalarini uch asosiy tizimga ajratish mumkin.Assotsiativ tolalar bitta yarimshaming turli qismlarini bir-biri bilan bog'laydi. Agar assotsiativ tolalar miya po'stlog'ida bir nerv hujayrasini boshqa bir hujayra bilan bog'laganda po'stloqdan tashqariga chiqmasa, uni intrakortikal assotsiativ tolalar deyiladi. Agar tolalar po'stloqdan tashqariga oq moddaga chiqib boshqa sohadagi po'stloq hujayralari bilan bog'lansa, ekstrakortikal tolalar deyiladi. Ekstrakortikal tolalar ikki guruhga: qisqa va uzun tolalarga bo'linadi. Qisqa tolalar yonma-yon turgan ikkita pushtani birbiri bilan bog'laydi va yoy shaklida bo'lgani uchun yoysimon tolalar (fibraearcuatae) deyiladi. Uzun tolalar yarimsharlaming bo'laklarini bir-biri bilan bog'lab bir necha tutamni hosil qiladi:1. Ustki bo'ylama tutam (fasciculus longitudinalis superior) peshona bo'lagining ustki lateral yuzasi po'stlog'ini ensa, tepa va chakka bo'lagining orqa qismi bilan bog'lab turadi.2. Ilgaksimon tutam (fasciculus uncinatus) yarimsharlar peshona bo'lagining pastki oldingi yuzasini chakka bo'lagining oldingi qismi bilan qo'shadi.3. Belbog' (cingulum) peshona bo'lagining medial yuzasi po'stlog'ini tepa bo'lakning medial yuzasi va chakka bo'lak po'stlog'ining orqa qismiga bog'laydi.4. Pastki bo'ylama tutam (fasciculus longitudinalis inferior) chakka bo'lagining ostki yuzasi po'stlog'ini ensa bo'lak po'stlog'i bilan qo'shadi
67. Bosh miya po'stlog'i (cortex cerebri) miya yarimsharlarining ustidan qoplagan kulrang modda qatlami bo'lib, juda murakkab hayotiy vazifani bajaradi. U organizmning hamma qismlari va tashqi muhitdan nerv yo'llari va sezgi a’zolari orqali kelayotgan ta’sirlami qabul qiladi, ulami tahlil qilib, bir-biriga bog'laydi (sintez). Shuning natijasida odam oiganizmi tashqi muhit ta’siriga moslashish xususiyatiga ega.Bosh miya markazlarining joylashuvini o'rganish jarayonida biz organizmning o'zida bo'layotgan o'zgarishlar va tashqi muhitning organizmga ta’siriga moslashuvida ro'y beradigan nerv boshqaruvida qaysi markazlarning qanday ahamiyati borligini bilamiz.Bosh miya po'stlog'i markazlarini I.P. Pavlov analizatoming miyadagi oxirgi qismi deb atagan. Analizator bu murakkab nerv mexanizmi bo'lib, u tashqi qabul qiluvchi apparatdan boshlanib miyada tugaydi. Analizator yordamida tashqi muhitning murakkab ta’siri alohida qismlarga bo'linadi va tahlil qilinadi. Boshqa analizatorlar bilan aloqada ma’lum ish bajariladi
68. 19-savolga qara
69-49-savolga qara
71.18-savolga qara
72.29-savolga qara
A7
Dostları ilə paylaş: |