Orqa miyaning taraqqiyotiOrqa miya nerv nayining orqa qismidan taraqqiy etadi. Dastlabki davrda nerv nayini devori bir xil qalinlikka ega boiadi. Keyinchalik uni lateral qismlari tez o‘sib kengaya boshlaydi. Oldingi va orqa devorlari o‘sishdan qolib, astasekin tez o‘sayotgan lateral devorlari ichiga botib kiradi. Natijada orqa va uzunchoq miyaning oldingi va orqa o‘rta egatlari paydo boiadi. Nerv nayi bo‘shlig‘ining ich tomoni yon devorida uncha chuqur bodmagan bo‘ylama chegaralovchi egatlar paydo boiib, nerv nayining lateral qismlarini oldingi asosiy va orqa qanotsimon plastinkalarga ajratadi. Asosiy plastinkadan kulrang moddaning oldingi ustuni va uni o‘ragan oq modda yoki harakatlantiruvchi heyronlarining o‘siqlari rivojlanadi. Qanotsimon plastinkadan esa kulrang moddaning orqa ustuni oraliq neyronlar tanasi va ulami o‘ragan oq modda yoki orqa tizimcha, sezuvchi neyronlaming o‘siqlari rivojlanadi. Nerv nayi bilan ektoderma o‘rtasida joylashgan medulyar taroqchadan nerv nayining birikish davrida ganglioz plastinka hosil boiadi. Bu plastinka ikki simmetrik ganglioz bolishga boiinib, nerv nayini yon tomoniga suriladi. Keyinchalik undan orqa miya tuguni va bosh miya nervlarining sezuvchi tugunlari hosil boiadi. Ganglioz bolish hujayralari shuningdek, avtonom nerv tizimi periferik qismini hosil qiluvchi kurtak hamdir. Orqa miya tugunida joylashgan neyroblastlar bipolyar hujayralar shaklida boiadi. Ulaming markaziy o‘siqlari orqa miyaga kiradi va sezuvchi orqa ildizni hosil qiladi. Pereferik o‘siqlari tashqariga yo‘naladi va har xil turdagi retseptorlami hosil qiladi. Homila hayotining boshlangich davrlarida nerv nayi tananing bor bo'yiga cho‘zilgan, keyinchalik uning kaudal qismi reduksiyaga uchraganidan so‘ng boiajak orqa miyani pastki qismi asta-sekin torayadi va oxirgi ipni hosil qiladi. Homila taraqqiyotining boshlang‘ich davrida orqa miya umurtqa kanalining bor bo‘yiga joylashgan bodadi. Uchinchi oydan boshlab orqa miyaning o‘sishi umurtqa kanalidan orqada qola boshlaydi. 4 oylik homilada orqa miya I dumg‘aza yoki V bel umurtqasi sohasida bodsa, 7 oylikda III—IV bel umurtqasiga yetadi. Yangi tugdlgan bolada II yoki III—bel umurtqasi pastki qirrasida bodsa, bir yoshda I—II bel umurtqalari sohasiga yetadi va keyinchalik bu chegara o‘zgarmaydi. Umurtqa pog‘onasi va orqa miyaning uzunligi bir-biriga mos kelmasligi natijasida nervlar yo‘nalishi o‘zgaradi va bel, dumg£aza nervlaridan otning dumi (cauda equina) hosil bodadi. Taraqqiyot davrida orqa miyaning shakli ham o‘zgaradi. Qod va oyoq kurtaklari o‘sishi bilan birgalikda bo‘yin va bel kengaymalari bola hayotining birinchi yilida ancha tez takomillashadi. Yangi tugdlgan chaqaloqda orqa miyaning uzunligi 14-16 sm bodib, 10 yoshda ikki barobar uzayadi. Orqa miyaning kengligi nisbatan sekin o‘sib, 12 yoshda 2 marta kattalashadi va keyingi davrlarda o‘zgarmaydi. Uning ko‘krak segmentlari bel va dumg‘asa qismlariga nisbatan tez o‘sadi. Yangi tugdlgan chaqaioq orqa miyasi og‘irligi 5,5 g bodib, bir yoshda 10 g, 7 yoshda 19 g va 20 yoshda 30 g bodadi. Orqa miyaning markaziy kanali kattalarga nisbatan kengroq. Bola hayotining birinchi ikki yilida kulrang va oq moddalar massasi ko‘payishi bilan birga markaziy kanal torayadi. Bola hayoti davomida orqa miyaning oq va kulrang moddalari bir tekis o‘smaydi. Agar kulrang moddaning hajmi 5 marta ko'paysa, oq modda 14 marta ko'payadi, ohunki kulrang moddada joylashgan xususiy segmentar apparat o'z taraqiyotini nerv yoilariga nisbatan ilgariroq tugatadi.