25. To‘rtinchi qorincha (ventriculus quartus) rombsimon miya pufagining hosilasidir. Uning devorlari hosil boiishida uzunchoq miya, ko‘prik, miyacha va rombsimon miya siqig'i ishtirok etadi. To‘rtinchi qorincha shakl jihatidan chodir (palatka) ko‘rinishiga ega. Uning tubini uzinchoq miya va ko‘prikni orqa yuzasi hosil qilib, ko‘rinishi rombga o‘xshaydi. Shuning uchun xmi rombsimon chuqurcha deb ataladi. Bu yuzada uzunchoq miya bilan ko‘prik o'rtasida ко‘ndalang yo‘nalgan to'rtinchi qorinchaning miya ipchalari (striae medullaresventriculi quarti) joylashgan. To‘rtinchi qorinchaning tomi (tegmen ventriculi quarti) rombsimon chuqurcha ustida chodir (fastigium) shaklida joylashadi. Uning oldingi yuqori devorini miyachaning ustki oyoqchalari va ular o'rtasida tortilgan miyaning ustki chodiri (velum medullare superius)hosil qiladi. To'rtinchi qorinchaning orqa devorini esa miyaning pastld chodiri (velummedullare inferius) hosil qiladi. Unga ichki tomondan IV qorinchaning qon tomirli asosi (tela chorioidea) tegib turadi. Tomirli asos IV qorinchaning qon tomir chigalini hosil qladi. Rombsimon chuqurchaning (fossa rhomboidea)yuqori tomonlarini miyachaning ustki oyoqchalari, pastki tomonlarini esa miyachaning pastki oyoqchalari hosil qiladi. Uning pastki burchagida joylashgan toq o‘rtaliqdagi teshik (apertura mediana) (Majandi teshigi) to‘rtinchi qorinchani orqa miyaning markaziy kanaliga qo'shib turadi. Yuqori burchagidagi teshik. orqali to‘rtinchi qorincha miya suv yoTi vositasida III qorinchaga qo'shiladi. Rombsimon chuqurchaning yon burchaklari lateral cho'ntak (recessus lateralis) hosil qiladi. Rombsimon chuqurchadagi juft lateral teshik (aperturelateralis) esa to'rtinchi qorinchani bosh miyaning to'rsimon parda ostidagi bo'shlig'iga qo'shib turadi. Rombsimon chuqurchaning o'rtasida ustki burchakdan pastki burchakkacha o'rta egat (sulcus medianus)joylashadi. Uning yon tomonlarida juft medial tepacha (eminentia medialis) joylashib, tashqi tomonidan chegaralovchi egat (sulcus limitans) bilan ajralib turadi. Rombsimon chuqurchaning pastki qismida medial tepalik torayib, til osti nervining uchburchagiga (trigonum nervi hypoglossi)o'tib ketadi. Undan chetroqda adashgan nervning uchburchagi (trigonum nervi vagi) joylashgan. Rombsimon chuqurchaning pastki qismida havorang soha (locus caeruleus) va kulrang tasma (taenia cinerea), pastki burchagida esa yopqich (obex) ko'rinadi. Medial tepachaning yuqori ko'prik qismida yuz nervi tepaligi (colliculus facialis)bor. Rombsimon chuqurchaning yon burchaklari sohasida dahliz-chig'anoq nervi o'zaklari yotadigan dahliz maydoni (area vestibularis) joylashgan. Dahliz maydonidan o'rta egatga qarab yo'nalgan to'rtinchi qorinchaning miya ipchalari (stria medullares ventriculi quarti)rombsimon chuqurchani yuqori va pastki uchburchaklaiga ajratadi. Rombsimon chuqurcha tubida bosh miya nervlarining o'zaklari (256-rasm) joylashadi. Sezuvchi o'zaklar rombsimon chuqurchada lateral, harakat o'zaklari medial, avtonom o'zaklar esa ulaming o'rtasida joylashadi. Rombsimon chuqurchaning pastki uchburchagi sohasida, uzunchoq miyaning oq moddasi orasida IX-XII juft nervlarining o'zaklari simmetrik joylashadi. XII juft, til osti nervining (n. hypoglossus)bitta harakatlantiruvchi o'zagi (nucleus n. hypoglossi) bo‘lib, til osti uchburchagi ichida joylashgan. XI juft, qo‘shimcha nervning (n. accessorius) harakatlantiruvchi o'zagi (nucleus nervi accessorii) rombsimon chuqurchada ikki nervga qarashli o‘zakdan lateral va pastroqda yotadi. Bu o‘zak orqa miyaga tomon davom etib, uning yuqorigi 5-6 segmentlari sohasida oldingi shoxlarga yaqin joylashadi. X juft, adashgan nervning (n. vagus)uchta o'zagi bor. 1. Ikki nervga qarashli o‘zak (nucleus ambiguus) harakatlantiruvchi IX va X juft nervlar uchun umumiy bodib, rombsimon chuqurchaning pastki bodagini lateral qismida toft formatsiya ichida joylashgan. 2. Yakka yodning o‘zagi (nucleus tractus solitarii) - sezuvchi o‘zak. 3. Adashgan nervning parasimptik orqa o'zagi (nucleusposterior n. vagi) adashgan nerv uchburchagi sohasida joylashadi. IX juft, til-halqum nervining (n. glossopharyngeus)ham uchta o'zagi bor. 1. Uning harakatlantiruvchi ikki nervga qarashli o'zagi (nucleus ambiguus)IX-X nervlar uchun umumiy. 2. Yakka yodning o'zagi (nucleus tractus solitarii) - sezuvchi o'zak. 3. Parasimpatik, pastki so dak ajratuvchi o‘zak (nucleussalivatorius inferior) uzunchoq miya olivasi bilan ikki nervga qarashli o‘zak o‘rtasida toft formatsiyada joylashgan.Rombsimon chuqurchaning ustki uchburchagi sohasida, ko‘prikning oq moddasi o'rtasida V-VIII juft bosh miya nervlarining o‘zaklari joylashadi. VIII juft, dahliz-chig‘anoq nervi (n. vestibulocochlearis)o‘zaklari ikki guruhga bodinadi. Bu o'zaklar dahliz maydoni sohasida joylashadi. Ularning ikkitasi eshituv a’zosiga taalluqli. 1. Oldingi chig‘anoq o‘zagi (nucleus cochlearisanterior). 2. Orqa chig‘anoq o‘zagi (nucleus cochlearis posterior). Bu o‘zaklarda spiral tugun neyronlarining oftiqlan tugaydi. Vestibulyar o'zaklar to'rtta: 1. Medial dahliz o‘zagi (nucleus vestibularismedialis) (Shvalbe o‘zagi). 2. Lateral dahliz o‘zagi (nucleus vestibularis lateralis) (Deyters o‘zagi). 3. Ustki dahliz o'zagi (nucleus vestibularis superior)(Bexterev o'zagi). 4. Pastki dahliz o‘zagi (nucleus vestibularis inferior) (Roller o'zagi). Bu o‘zaklar parda labirintning muvozanat sohalaridan keluvchi impulslami qabul qiladi. VII juft, yuz nervining (n. facialis)uchta o‘zagi bor. 1. Yurik harakatlantiruvchi yuz nervining o‘zagi (nucleus nervi facialis) ko‘prikni toftsimon formatsiyasi ichida yuz nervi tepaligidan chekkaroqda ancha chuqur joylashadi. Bu o'zak hujayralarining o'siqlari harakatlantiruvchi ildizni hosil qiladi. Sezuvchi va parasimpatik o‘zaklar VII juft tarkibiga qo‘shilgan oraliq nerviga (n. intermedius) tegishli. 2. Sezuvchi, yakka yodning o‘zagi (nucleus tractus solitarii) VII, IXjuft nervlar uchun umumiy bodib, rombsimon chuqurchani tubida til osti nervi uchburchagidan lateral joylashadi. Bu o‘zak hujayralari ko'prikning qopqoq qismidan to orqa miyani I segmentigacha tarqalgan. Unda tam sezuvchi nervtolalari tugaydi.