Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Zokir Toshtemirovich Mamadiyarov. 2022. Risk Management in the Remote Provision of Banking Services in the
Conditions of Digital Transformation of Banks. In The 5th International Conference on Future Networks & Distrib-
uted Systems (ICFNDS 2021). Association for Computing Machinery, New York, NY, USA, 311–317. https://doi.
org/10.1145/3508072.3508119
2. Abdikarimova D. R. Bank kreditlari garov ta’minotini baholash. Monografiya. – T. : “Iqtisod-Moliya”, 2016. – 168 b.
3. Платонова Ю.Ю., Зайченко С.Е. (2011). Инструменты управления портфелем проблемных кредитов
в современных условиях. Финансы и кредит, (4 (436)), 29.
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 28-sentyabrdagi 24/5-sonli qarori “Qarz olu-
vchi jismoniy shaxslarning qarz yukini tartibga solish to‘g‘risidagi” nizomi Yusupova O. A. (2016). Организация
администрирования проблемной задолженности в кредитном портфеле коммерческого банка. Финансовая
аналитика: проблемы и решения, (10 (292)), 54–66.
5. Abdikarimova D. R. Banklar garov ta’minotini baholash zarurligi va asosiy tamoyillari.// “Moliya” jurnali. – Toshkent,
2015. – №4. – B. 58–63. (08.00.00; №12)
6. Abdikarimova D. R. O‘zbekistonda baholash institutining shakllanish va rivojlanish bosqichlari.// “Moliya” jurnali.
– Toshkent, 2016. – №1. – B. 93–98.
7. https://cbu.uz/oz/statistics/bankstats/351773/
199
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
YANGI O‘ZBEKISTON
TARAQQIYOTIDA SUG‘URTA
MUNOSABATLARINI AMALGA
OSHIRISHNING AHAMIYATI VA
ZARURLIGI
Abduturapova Dildora Farxodjon qizi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya:
Iqtisodiy kategoriya sifatida sug‘urtaning pul munosabatlari tizimida boshqa rivojlangan davlatlar singari
yurtimizda ham alohida o‘ringa ega ekanligini olib borilayotgan islohotlardan ham ko‘rishimiz mumkin. Ushbu maqolada
sug‘urta oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan tabiiy va boshqa hodisalar ro‘y berishi oqibatida ko‘rish mumkin bo‘lgan zararlarni
qoplash bilan bog‘liq bo‘lgan maqsadli pul fondlarining jamg‘arilishi va undan foydalanish maqsadida amalga oshiriladi-
gan pul munosabatlari yig‘indisi sifatida yoritilgan hamda tahlillar, kuzatuvlar asosida uning bozordagi holati o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar:
sug‘urta, sug‘urta mukofoti, transformatsiya, risklar.
Аннотация:
Из проводимых реформ видно, что страхование как экономическая категория занимает особое место
в системе денежных отношений как в нашей стране, так и в других развитых странах. В данной статье страхова-
ние выделено как сумма денежных отношений, осуществляемых в целях накопления и использования целевых
денежных средств, связанных с возмещением убытков, возникающих в связи с наступлением непредвиденных
природных и иных событий, и его положением. на рынке изучается на основе анализов и наблюдений.
Ключевые слова:
страхование, страховая премия, трансформация, риски.
Abstract:
We can see from the ongoing reforms that insurance as an economic category has a special place in the system
of monetary relations in our country as well as in other developed countries. In this article, insurance is highlighted as a
sum of monetary relations carried out for the purpose of accumulation and use of target money funds related to the com-
pensation of damages that can be seen due to the occurrence of unforeseen natural and other evens, and its situation in
the market is studied based on analyzes and observations.
Key words:
insurance, insurance premium, transformation, risks.
K I R I S H
Hozirgi paytda yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyatda sug‘urta xizmatlarini amalga oshiruvchi korxonalar faoli-
yatida samaradorligini oshirish eng muhim masalalardan biriga aylanmoqda. “Swiss Re Institute” ning so‘nggi
xalqaro sug‘urta hisobotiga ko‘ra2023-yilda jahon sug‘urta bozorining barqaror o‘sishini bashorat qilmoqda.
Nominal nuqtayi nazardan, global sug‘urta mukofotlari 2022-yilda birinchi-marta 7 trln. dollar yoki 6,1 %ga os-
hdi, bu barqaror bandlik, daromadlarning o‘sishi, bozor sharoitlarining keskinlashishi va pandemiyadan keyin
o‘lim xavfidan xabardorlikni oshirish bilan ta’minlandi. Sug‘urtalashda global iqtisodiyotning pastlashi va ko‘p
yillik inflyatsiya o‘sishi keyingi 24 oy ichida ko‘rsatkichlarning kutilganidan 1,2%ga past bo‘lishi kutilmoqda”
1
.
Xorijiy kompaniyalarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, sug‘urta kompaniyalaridagi so‘nggi innovatsiyalar va
ularni kkompaniyalargataklif etish, zamonaviy innovatsion yondashuvlarni sohaga jalb qilish, sohadagi kadrlar-
ning malakasi va ko‘nikmalarini oshirish, iqtisodiyotdagi sug‘urta turlarining raqamlashtirilishiga zamin yaratish,
investitsion loyihalarni soha rivojiga yo‘naltirish va bunda yangi usul hamda mexanizmlardan foydalanishga
katta e’tibor qaratish lozim bo‘lib qolmoqda. Bu esa o‘z navbatida sug‘urta kompaniyalaridagi ilmiy tadqiqotlarni
kengaytirish va chuqurlashtirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.
1
https://www.insur-info.ru/press/176035/
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
200
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
M A V Z U G A O I D A D A B I Y O T L A R TA H L I L I
Sug‘urta xizmatlari sohasida iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish xususidagi yondashuvlar hamda amaliy jihat-
larini o‘rganish bo‘yicha S. A. Osenko, O. N. Kozlova, I. S. Yaroshenko, R. T. Yuldashev
2
va boshqalar tomoni-
dan ilmiy tadqiqotlar olib birilgan.
Mahalliy olimlar qatoriga T. Iminov, H. Sobirov, X. Shennayev, Q. Qo‘ldoshev, D. Baratova, I. Ochilov,
N. Iminova, I. X. Abduraxmonovlarning
3
ishlari kiritish mumkin.
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I
Tadqiqotda ilmiy abstraksiya, tizimli tahlil, iqtisodiy-matematik modellashtirish, ekspert baholash, progno-
zlash va boshqa standart usullardan foydalanilgan.
TA H L I L VA N A T I J A L A R
Sug‘urta bozorining rivojlanishi, uning mamlakatimizda tutgan o‘rni, sug‘urta jarayonlarini faollashtirish ko‘p
jihatdan sug‘urta xizmatlarining sifatiga, ayniqsa, sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta qoplamasining holati,
sug‘urtaning mamlakatdagi mavqeyi, aholining sug‘urta madaniyati va ularning sug‘urtaga bo‘lgan ishonchi
bilan uzviy bog‘liqdir. Bunda avvalo, sug‘urta xizmatlarini takomillashtirish, sug‘urtalanuvchilarning mulkiy man-
faatlarini himoya qilishni ta’minlovchi yangi mexanizmlar va raqobatbardosh sug‘urta mahsulotlarini izchil joriy
etish orqali sug‘urta biznesini jadal rivojlantirish mumkin bo‘ladi.
Ayniqsa, raqamlashtirish, risklarning yangi turlari va mijozlarning talablari sug‘urta sohasini tubdan o‘zgar-
tirib, iste’molchilar uchun har taraflama qulay, ham arzon, ham sifatli xizmatlarni joriy qilishni taqozo etmoqda.
Shu munosabat bilan, bugungi kunda sug‘urta munosabatlarining zamonaviy bosqichlari, jahon sug‘ur-
ta bozorining integratsiyalashuv jarayoni o‘zbek moliya bozorida sug‘urta munosabatlarining transformatsion
o‘zgarishlarini talab etmoqda.
Transformatsiya atamasi (lot. Transformatio) – qayta o‘zgarish, qayta hosil bo‘lish) degan ma’noni an-
glatadi. Barcha sohalar ham zamonga, talabga va taraqqiyotga qarab transformatsiyalanib, o‘z davriga mos-
lashib boradi. Bu esa avvalo bozor tuzilmasi bilan o‘zaro bog‘liqdir. Sug‘urta bozorining tuzilmasi – bu sug‘ur-
ta munosabatlarida ishtirok etuvchi institutlar o‘rtasidagi turli nisbatlar orqali, ya’ni uning subyektlari (sug‘urta
kompaniyalari, sug‘urtalovchilar) va obyektlari (sug‘urta turlari va texnologiyasi) o‘rtasidagi oldindan tanlangan
mezonlarga muvofiq vujudga keladigan va qayta ishlab chiqilgan nisbatlar o‘rtasidagi jarayonlardir (1.2-rasm).
Keng ma’noda sug‘urta bozori – pul munosabatlarining bir ko‘rinishi, tor ma’noda iqtisodiy makondir. U yirik
segmentlardan iborat bo‘lib, bular sug‘urtalovchilar (sug‘urta kompaniyalari), sug‘urtalanuvchilar (jismoniy va
yuridik shaxslar) hamda sug‘urta xizmatlaridan iborat.
1-rasm:
Sug‘urta munosabatlari tuzilmasi
4
2
Осенко С. А. Административная ответственность всфере страхования / С. А. Осенко // промышл.-торговоеправо. – 2016.
– No 4. – С. 26–29./Козлова О.Н., Котова О.Н., Литвинова Э.Ю. Актуальные проблемы страхования жизнии их решение с
использованием маркетингового подхода // Экономические и гуманитарныенауки. 2017. No 5. С. 75–88/Ярошенко И.С. Право
социального обеспечения: учеб. Пособие. Киев: КНЭУ, 2005, 232 б./ Юлдашев. Введение в продажу страхования. – М.: 2005.
6-бет.
3
Iminov T. K. Sug‘urta bozori islohotlari rivojlanish bosqichida. //Xalq so‘zi, 2021-yil 8-yanvar, №5 (7785)./ Sobirov H. R. Sug‘urta:
100 savol va javob. – T. : “Mehnat” , 1998-yil. 16-bet. / X. M. Shennayev, I. K. Ochilov, S. E. Shirinov, I. G‘. Kenjayev. Sug‘urta
ishi. – T. : “Taqakkur Bo‘stoni”, 2014-y. 21 bet/ Baratova D. A. O‘zbekistonda jamg‘arib boriladigan hayot sug‘urtasini rivojlantirish
yo‘llari – Dissertatsiya avtoreferati. iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). – Toshkent, 2020-y.; Q. M. Qo‘ldoshev “O‘zbekiston
milliy sug‘urta bozorida o‘zaro sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish masalalari” “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron
jurnali. № 2,-mart-aprel, 2019-y. Иминова Н.А. Управление экономическими рисками в сфере связи и информатизации. Дис.
канд. экон. наук. – Т.: ТАТУ, 2011. –188 с. I. X. Abduraxmonov. Sug‘urta nazariyasi va amaliyoti: o‘quv qo‘llanma. – T. : “Iqtisod-Moli-
ya”.–2018.–40 b.
4
Muallif ishlanmasi
201
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
Sug‘urta munosabatlari tuzilmasi quyidagi shartlarga asoslanadi:
●
pul-kredit, byudjet, valyuta kabi moliyaning muhim bo‘g‘inlarining rivojlanish darajalari va ko‘lami o‘rtasi-
dagi nomutanosibliklarni bartaraf etish;
●
mamlakat aholisining hayot sifatini yaxshilashga iqtisodiy va moliyaviy xavfsizlik bilan bog‘liq bo‘lgan
mulkiy manfaatlarini himoya qilish;
●
iqtisodiy rivojlanishda investitsion salohiyat bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan pul-kredit munosabatlarini, shu
jumladan, sug‘urta kompaniyalari tomonidan yo‘lga qo‘yish.
Jahon iqtisodiyotidagi innovatsion jarayonlarni, shu jumladan, O‘zbekistonning bosqichma-bosqich inte-
gratsiyalashuvi milliy sug‘urta bozorining barqaror rivojlanishini taqazo etmoqda. Umumiy olganda sug‘urta
bozori – bozor infratuzilmasidagi sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasidagi munosabatlarni ta’minlovchi
murakkab jarayonlarnio‘z ichiga olib, bunda jamiyatni ijtimoiy himoyasini ta’minlash maqsadida sug‘urta fondini
tashkil etish va taqsimlashga ixtisoslashgan pul munosabatlarini amalga oshiruvchi tashkilot hamda sug‘urta
jarayonini amalga oshiruvchi kompaniyalar majmui sifatida qaraladi.
Sug‘urta munosabatlarini amalga oshirishda ko‘pincha birnechta omillar tufayli murakkab bo‘lgan. Biroq,
bugungi kunda boshqa sohalar singari, sug‘urta tashkilotlari ham raqamli texnologiyalari bilan o‘zgarib bormo-
qda va bu mijozlar auditoriyasiga qaratilgan. Ilgari sug‘urta munosabatlariga kirishishda kompaniyalar bilan mi-
jozlar o‘rtasida aloqalar kam bo‘lgan, asosan sug‘urtalovchilar o‘z mijozlari bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish
imkoniyatiga deyarli ega emasdilar. Ko‘pincha mijozlar kompaniya bilan sug‘urta hodisisasi ro‘y berganda,
yoki sotuv jarayonida munosabatga kirishganlar. Bu boshqa soha bilan taqqoslaganda mijoz haqida ma’lumot
yig‘ish va ularning istaklarini o‘rganish uchun juda kam ma’lumot deganidir.
Ikkinchidan, mijozlar sug‘urta brendiga hissiy jihatdan bog‘liq bo‘lmaganlar. Majburiyat uchun eng qulay
sug‘urta polisini sotib olish bilan kifoyalangan. Bugungi kunda sug‘urta munosabatlarining transformatsiyasi
butun mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Negaki, sug‘urta tarmog‘ining
rivojlanish va faoliyat darajasi, iqtisodiy salohiyati va uning darajasi kompaniyalar kapitali, risklarni boshqarish
darajasi bilan belgilanadi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta kompaniyalar soni dinamikasi yildan yilga ortib borayot-
ganini ko‘rsatmoqda. 2022-yil holatiga ko‘ra sug‘urta tashkilotlarining umumiy soni 41 tani tashkil etdi (1-jadval).
Yurtimiz iqtisodiyotini modernizatsiya qilish bo‘yicha qarorlarni amalga oshirish jarayonida sug‘urta so-
hasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligirasmiy
ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda sug‘urta mukofotlarining umumiy hajmi 6,2trln. so‘mni tashkil etdi, bu o‘tgan
yilning shu davriga nisbatan 59,7% yuqori.
1-jadval:
O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorining subyektlari5
, dona
Dostları ilə paylaş: |