Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

Kuchli tarafi
Kuchsiz tarafi
Yirik tadbirkorlikning yuqori daromadli sektori;
Kredit tashkilotlari bilan birgalikdagi faoliyati;
Sug‘urta biznesining birlashtirish va qayta tashkil etish;
Sug‘urta tarmog‘iga ega ekanligi;
Mijozlar sonini yetarli darajada;
Aksariyat kompaniyalar tomonidan barcha zamonaviy 
texnologiyalarni qo‘llanish yo‘lga qo‘yilganligi;
Sug‘urta agentlari soni ortib borayotgani;
Sug‘urta faoliyati turlariga bog‘liq holda 
differensiatsiyalanishi.
Malakali kadrlar yetishmasligi;
Zamonaviy biznes mexanizmlardan foydalanilmaslik;
Marketing faoliyatini rivojlanmaganligi;
Past kapitalizatsiya;
Mijozlarga e’tiborning sustligi;
Yuqori xarajatlilik;
Rentabellik past;
Mijozlarning ishonchsizligi.
Sug‘urta infratuzilmasini ratsional shaklanmaganligi;
Bozor ishtirokchilarining mobil ilova orqali faoliyat 
yuritmayotganligi.
Imkoniyatlar
Xavf
Respublika bo‘yicha istalgan nuqtasiga xizmatlarni 
yetkazib berishi;
Zamonaviy sug‘urta xizmatlarni rivojlanishi;
Sug‘urta hodisasi ro‘y berish riski kam;
Davlat tomonidan sug‘urta faoliyatiga bo‘lgan e’tibor 
hamda olib borilayotgan islohotlar;
Alohida sug‘urta subyektlarining investitsion 
jozibadorligining ortishi;
sug‘urta faoliyatining boshqa subyektlari huquqlari 
himoyasini kuchaytirish, aholining sug‘urta savodxonligini 
va sug‘urtaga bo‘lgan ishonchini oshirish, sug‘urta 
bozorining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash;
Mijozlar bilan masofaviy faoliyat olib borish imkoniyati
Tarif rejalarining takrorlanishi;
Bozor ishtirokchilarining bank faoliyatiga bog‘liqliigi;
Mavjud xizmat ko‘rsatish usullarini eskirganligi;
Jahon moliya bozoridagi barqarorsizlik;
Sug‘urta vositachilari ustidan nazoratning yetarli emasligi;
Qalloblik (firibgarlikning yuqori darajasi);
Sug‘urta hodisasi ro‘y berganda baholash firmalari hamda 
sug‘urta kompaniyasining o‘zaro “kartel” kelishuvlari
Sug‘urta kompaniyalarining zaif tomonlari (ishonchlilikning pastligi va kapitallashuv, mijozga yo‘naltir-
ilmaganligi va boshqalar) mintaqaviy bo‘linmalarning rivojlanishi,agentlik tarmoqlarining shakllanishi hamda 
majburiy sug‘urta turlarini joriy etish orqali osonlashtirilmoqda.Yirik biznes korporativ sug‘urtasining yuqori 
daromadli sektorida o‘rtacha yo‘qotishlari 50%ni tashkil etib, ish jarayoni hamda bu tarmoqning moliyaviy mo-
slashuvchanligini oshiradi. Kredit tashkilotlari bilan o‘rnatilgan aloqalar banklar bilan hamkorlikni uzoq muddat 
davom ettirish hamda rivojlanish imkonini yaratadi.Mijoz bilan o‘zaro aloqalar sust bo‘lganligi tufayli sug‘ur-
talovchilar ko‘pincha o‘z mijozlari bilan munosabatlarni rivojlantirish imkoniyatiga ega emaslar.
Ko‘p hollarda, mijozlar kompaniya bilan ikki holatda munosabatga kirishadilar: sug‘urta shartnomasini tu-
zishda hamda sug‘urta hodisasi ro‘y bergandagina sug‘urta qoplamasini olishda. Ikkinchidan, mijozlar sug‘urta 
brendiga ahamiyat qilmaydilar. Ular uchun sug‘urta sotib olish majburiyatdan boshqa narsa emas va mumkin 
bo‘lgan eng past narxini topishga e’tibor berganlar.
Shu bois, sug‘urta kompaniyalari hamda uning mijozi o‘rtasidagi munosabatlar ayrim faktorlar sabab doim 
murakkab bo‘lgan. Biroq iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari singari sug‘urta bozori ham mijozlarga yo‘naltiril-
gan raqamli texnologiyalar orqali takomillashtirilmoqda. Raqamli texnologiyalar sug‘urta bozorida transformat-
sion jarayonlarni takomillashtirishga yordam beradi. Sug‘urta bozorining rivojlanishi bugungi global olamda 
axborot xavfsizligini ta’minlaydigan dunyodagi innovatsion texnologiyalar bilan raqobatlashishga imkon beradi-
gan raqam li sug‘urta texnologiyalarini samarali joriy etish bilan bog‘liq. Negaki, sug‘urta bozorining o‘zgarishi 
zamonaviy moliyaviy infratuzilmani shakllantirishga yordam beradi.


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
204
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
X U L O S A VA TA K L I F L A R
Yuqorida olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalarni keltirib o‘tamiz:
1. Bugungi kunda korxonalarning moliyaviy barqarorligi tushunchasiga ko‘plab olimlar turlicha izohlanib, 
aynan bir ovozdan “moliyaviy barqarorlik” tushunchasiga tarif berilmagan. Ayniqsa, ko‘p tahlillar ishlab 
chiqrish korxonalari uchun ishlab chiqilgan. 
2. Risklarni boshqarish mexanizmi risklarni boshqarish tizimi singari bir necha darajalardan iborat bo‘la-
di. Ularga: Birinchi daraja – xalqaro; Ikkinchi daraja – milliy; Uchinchi daraja – mahalliy. Bu darajada 
risklarni boshqarish mexanizmi sug‘urta kompaniyasining nazorati, risklarni boshqarish va guruhlarning 
iqtisodiy maqsadlarini amalga oshirish talablarini ta’minlash uchun mikro darajada kompaniyaning faoli-
yatini ta’minlaydi.
3. Davlat tomonidan boshqaruv va o‘z-o‘zini boshqarish o‘rtasidagi ratsional nisbat sug‘urta bozorining 
barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. O‘n yillar ilgari olib borilgan liberallashtirish natijasida o‘z-o‘zini bosh-
qarish e’tibordan chetda qoldi. Sug‘urta boshqaruvidagi, ya’ni davlat tomonidan nazorat va o‘z-o‘zini 
boshqarish o‘rtasidagi nomutanosiblik bozorda nosog‘lom raqobat, qayta sug‘urta salohiyatining yetarli 
emasligi natijasida katta pul oqimlarining chetga chiqib ketishi, agentlar faoliyatining izdan chiqishi nati-
jasida korrupsiyaning yuzaga kelishi, aktuar hisob-kitoblar qilinmasligi va demping narxlar belgilanishi 
oqibatida to‘lov qobiliyati pasayishi, kadrlar yetishmovchiligi kabi jiddiy muammolarni keltirib chiqardi. 

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin