Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə229/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

Usmonov Ziyodulla Ulmas o‘g‘li
TDIU, ʻʻFundamental iqtisodiyot’’ kafedrasi tayanch doktaranti
Annotatsiya:
Iqtisodiyotning liberallashuvi natijasida bozor o‘z-o‘zini tartibga solishini hisobga olgan aksariyat mamlakat-
lar ijtimoiy sohani tartibga solish hamda uni har tomonlama samarali taraqqiy etishida davomiy yordamni ayamaydi. Jum-
ladan, ushbu maqolada ijtimoiy qatlamning faol vakili bo‘lmish ko‘zi ojiz shaxslar mehnat faoliyatidagi mavjud to‘siqlarni 
bartaraf etish va uning inklyuzivligini ta’minlashda xorijiy mamlakatlar tajribasi tahliliy o‘rganib chiqildi. Ko‘zi ojizlar hayotini 
o‘rganish jarayonida ularning jamiyatga intigratsiyalashuvi tarixiy bosqichlarga ajratildi. Ushbu tadqiqot natijasi sifati-
da rivojlangan davlatlar qonunchilik amaliyotida olib borilayotgan tajriba asosida davlatimizda amalga oshirilishi muhim 
bo‘lga taklif va tavsiyalar taqdim etildi.
Kalit so‘zlar:
ishsizlik, ko‘zi ojiz shaxslar, qonunchilik, xorij tajribasi, kvota, ijtimoiy siyosat, moliyaviy imtiyozlar, inklyuzivlik, 
bandlik.
ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ЗАКОНОДАТЕЛЬНОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ ЗАНЯТОСТИ НЕЗРЯЧИХ
Аннотация:
Принимая во внимание саморегулирование рынка в результате либерализации экономики, большин-
ство стран не жалеют постоянной помощи в регулировании социальной сферы и ее эффективного развития во 
всех отношениях. В частности, в данной статье аналитически проанализирован опыт зарубежных стран по устра-
нению существующих препятствий в работе незрячих, являющихся активными представителями социального 
слоя, и обеспечению его инклюзивности. В процессе изучения жизни слепых людей их интеграция в общество 
была разделена на исторические этапы. В результате данного исследования были представлены предложения и 
рекомендации, которые важно реализовать в нашей стране на основе опыта законодательной практики развитых 
стран.
Ключевые слова:
безработица, слепые, законодательство, зарубежный опыт, квота, социальная политика, мате-
риальные льготы, инклюзия, занятость.
FOREIGN EXPERIENCE OF LEGISLATIVE REGULATION OF EMPLOYMENT OF THE BLIND
Abstract:
Taking into account the self-regulation of the market as a result of the liberalization of the economy, most coun-
tries do not spare continued assistance in the regulation of the social sphere and its effective development in all respects. 
In particular, in this article, the experience of foreign countries in eliminating existing obstacles in the work of blind people, 
who are active representatives of the social stratum, and ensuring its inclusiveness, was analyzed analytically. In the pro-
cess of studying the life of blind people, their integration into society was divided into historical stages. As a result of this 
study, suggestions and recommendations were presented, which are important to be implemented in our country based 
on the experience of the legislative practice of developed countries.
Key words:
unemployment, blind people, legislation, foreign experience, quota, social policy, financial benefits, inclusion, 
employment.
K I R I S H
Dunyo tarixiga nazar tashlasak insoniyat yaratilgan davrdan boshlab turli tuzumlarni bosqichma-bosqich 
boshidan o‘tkazdi. Jumladan, inson o‘z ehtiyojini qondirishga zaruriyat sezishi natijasida dastlabki faoliyatini 
uy xo‘jaligadan boshlab, iqtisodiy munosabatlarning global tus olishi o‘z navbatida jahon xo‘jaligiga asos soldi. 
Dunyo aholisi son jihatdan asrdan-asrgacha tobora ko‘payib borish tendensiyasiga egadir. Sog‘lom kishilar 
qatorida ko‘rish qobilyati cheklangan kishilar ham dunyoga kelmoqda hamda sog‘lom insonlar baxtsiz hodisalar 
natijasi o‘laroq ko‘rish qobiliyatlaridan mahrum bo‘lib qolishadi. Insonning ko‘rish qobiliyatidan mahrum bo‘li-
shi ijtimoiy-iqtisodiy hayotda samaradorlikka erishish uchun yengib bo‘lmas to‘siqlarga sabab bo‘ladi. Ushbu 
to‘siqlarni bartaraf etish uchun har bir jamiyatning urf-odatlari bilan bir qatorda qonunchilik yordamga keladi.


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
328
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
Ushbu tadqiqot ishining dolzarbligi shundan iboratki, rivojlanish siklida bo‘lgan mamlakatimiz iqtisodiyotida 
taraqqiy etgan xorijiy davlatlarning ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarni bandlgi va ishsizlik muammo-
lari yechimi uchun davlatning kuchli ijtimoiy siyosat orqani qonunlar darajasida ularning huquqlarini himoya 
qilish amaliyotini o‘rganish, tatbiq qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Rivojlangan davlatlar inklyuziv o‘sish-
ga erishish uchun mavjud imkoniyatlardan maksimal sura’tlarda foydalanishga etibor qaratishmoqda. Bunday 
islohotlar sirasiga ijtimoiy institutlar, ko‘zi ojizlar huquqlarini himoya qiluvchi uyushmalar, nodavlat jamoat bir-
lashmalari hamda turli maqsadli jamg‘armalarni tashkil etilganligini kiritish mumkin.
Dunyo davlatlari tajribasi shuni ko‘rsatadiki. Ko‘zi ojiz shaxslarni shunchaki bandligini ta’minlashgagina 
emas shu bilan birgalikda ularni shaxsiy qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda mehnatda shaxsiy rivojlanishlari 
uchun teng imkoniyat beruvchi raqobat muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Inson kapitalini rivo-
jlantirishga sarflangan har bir investitsiya o‘z samarasini albatta berishidan umidvor davlatlar inklyuziv ish o‘rin-
larini yaratishni rag‘batlantirish uchun subsidayalar, imtiyoz va prefrensiyalarni ajratishda faollik ko‘rsatishmoq-
da. Ushbu islohotlar natijasi o‘laroq ko‘zi ojiz insonlar o‘z shaxsiy faoliyatlarida rivojlanishga erishib, moliyaviy 
holatlarini barqarorlashtirishga muvaffaq bo‘lishmoqda.
Ko‘zi ojiz shaxslar bandligini ta’minlash, qulay mehnat sharoitlarini yaratish, hududlararo infratuzilmani 
muvofiqlashtirish kabi tashkiliy masalalar mavjud muammoning tashkiliy, iqtisodiy jihati bo‘lsa, masalaning psix-
alogik tomoni ularning shaxsiy qobiliyatlari ega ekanliklari to‘g‘risidagi hayot motevatsiyalarni uyg‘otish ya’na bir 
muhim jihatidir. Ko‘zi ojizlar Sog‘lom insonlar kabi mazmunli hayot kechirishlari, moliyaviy barqaror bo‘lishlari, 
axborotni oson o‘zlashtirish va uni qayta ishlash hamda sog‘lom raqobat muhitida o‘z imkoniyotlarini oshkor 
etishi uchun doimo ushbu savollar dolzarbligicha qoladi.

Nima uchun ko‘zi ojizlar majburiy zaxiralangan ish o‘rniga muhtojlar?

Qaysi qonun asosida ko‘zi ojiz shaxslarni uzluksiz va lavozim darajasida ko‘tarila olishni kafolatlaydigan 
tizim yaratish mumkin?

Qanday qilib kvotalangan ish o‘rinlarini amalda samarali ishlayotganligini nazorot qilish mexanizmini 
yaratish mumkin?

Nima uchun ko‘zi ojiz shaxslar daromadi sog‘lom insonlar o‘rtacha daromadidan yuqoriroq bo‘lishi kerak 
va qaysi moliyaviy manba asosida?

Ko‘zi ojiz insonlarning munosib ish bilan bandiligi iqtisodiyotga qanday manfaatlar olib keladi?

Davlatning ijtimoiy siyosatini qonunchilik bilan mustahkamlash doirasida, qanday uslubda qonunlar ish 
beruvchilarni ko‘zi ojiz insonlarni ishga olishga majburlash emas balki ularga motivatsiya berishga xizmat 
qilishi kerak? 
Yuqoridagi va boshqa savollarni javobini toppish uchun rivojlanayotgan mamlakatlar amalda o‘z yechimini 
topayotgan xorij tajribasiga muroajat qilishi lozimdir. 
M A V Z U G A D O I R A D A B I Y O T L A R TA H L I L I
Ko‘zi ojiz odamlar hayotida tadbirkorlik ahamiyati Malayziyalik olimlar nazdida quyidagicha: "Imkoniyati 
cheklangan odamlarni rag‘batlantirish orqali bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi tadbirkorlik bilan shug‘ullanish bandlik 
imkoniyatlari rag‘batlantirish va ishsizlik va bu odamlar qashshoqligini yengadi’’
1
.
Jahon mamlakatlari tajribasidan ma’lumki, ko‘zi ojizlarning huquqlarini himoya qiluvchi dastlabki tashkilot 
tarixi bir asrga borib taqaladi. Misol tariqasida Britaniyada "Milliy ko‘zi ojizlar ligasi 1893-yilda taxminan ko‘zi ojiz 
ishchilar uyushmasi sifatida tashkil etilgan”
2
.
Ko‘zi ojiz insonlarning bandlik, jamoatchilikka intgratsiyalashuvi, shaxsiy faoliyatda samaradorlikka erish-
ish yo‘nalishida tadqiqot o‘tkazgan Amerikalik olim Gerald L. White muammoning quyidagi jihatini izohlagan: 
"aynan ko‘zi ojizlik tushunchasini o‘zi ham ko‘zi ojiz odamlarga raqobatbardosh ish bilan ta’minlanish uchun 
kata to‘siq qo‘yadi”
3

Margaret Anne esa o‘z tadqiqotida mehnat bozoriga kirish jamiyatdagi turli xil ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy 
omillar bilan bir qatorda ,,ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslarning individual bandlik natijasi omillari”
4
muhim 
ahamiyat kasb etishini ta’kidlagan. 
Chilida ko‘zi ojiz talabalarning o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan ularning bandlik jarayoniga intgratsi-
yalashuvi holatini aniqlashga qaratilgan tadqiqotda ularning ta’lim jarayoni kasbga doir malakani shakllantir-

Norhasyikin Rozali, Promoting Social Entrepreneurship among Entrepreneur with Disabilities in Contribution for Community // Pro-
Quest, Malaysia Perlis, 2018-y. 2-b jami 5 b. URL: https://doi.org/10.1051/matecconf/201815005101 MUCET 2017

Akihiro Sugino, Work and the blind identity in Japan with reference to the British experience // ProQuest, London School of Econom-
ics and Political Science, 2014-y. 125-b jami 308 b.

Gerald L. White, Problem-solving, self-efficacy, community integration, and employment of blind adults // ProQuest, University of 
Arkansas 2013-y. 10-b. jami 101 b.

Margaret Anne, Factors correlated with employment outcomes for individuals who are blind or visually impaired, // ProQuest, George 
Mason University, 2004-y. 3=b. jami 159 b.


329
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
masligi, aksincha, "Kam maktablar asosiy ish joylariga yo‘naltiradi, kam maosh bilan va bu odamlarga tayinlan-
gan ish uchun kvotalarni bajarishni qiyinlashtiradi”
5
– deb ta’kidlangan.
Imkoniyati cheklangan mehnatga layaqotli yoshlar o‘rtasida Rossiyada tadqiqotlar o‘tkazildi va ushbu tad-
qiqot natijalari "mehnat motivatsiyasining pasayishi kuzatilmoqda nogironlarning o‘zlari. Rossiya Federatsiyasi 
mehnat vazirligi tomonidan 2015-yilda o‘tkazilgan tadqiqotlar mehnatga layoqatli yoshdagi nogironlarning 17 
foizi ishlamasligini ko‘rsatdi. 2017–2018-yillarda bu foiz turli mintaqalarda ham o‘sdi 30% dan (Moskva) 50% 
gacha (Boshqirdiston Respublikasi)”
6
– ko‘rsatmoqda. Buning asosiy sababi mehnatga bo‘lgan motivatsiyaning 
tushub ketganligi hisoblanada. 
Shuningdek, mavjud islohotlarga qaramasdan nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida dolzarblik kasb etib 
turgan yana bir muammo haqida Vadin Nikita quyidagicha ta’kidlagan: ,, bandlik xizmatlarning samaradorligi bi-
lan bog‘liq va ularning nogironlar bilan ishlashga uslubiy tayyorgarligi muammolar mavjud. Nogironlar orasidan 
ish izlovchilarni umumiy oqimga kiritish mumkin emas.”
7
Ko‘zi ojiz insomlar jamiki nogironlar uchun majburiy kvotalarning belgilab qo‘yilganligi, xalqaro nogironlar 
huquqi to‘g‘risidagi konvensiyasi asosida hamma davlatlarda qonunlarning yaratilishi va ularning bandligini 
ta’minlash uchun ajratilayotgan subsidiya hamda imtiyozlarga qaramasdan hali hanuzgacha ,,asosan xususiy 
biznesning 85 foiz dan oshiqroq”
8
qismi imkoniyati cheklangan shaxslarni o‘z faoliyatlarining qiymat zanjiriga 
qo‘shishni xohlashmaydi.
Respublikamizda so‘nggi yillarda rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shilish uchun olib borilayatgon islohotlar 
qataroga ko‘zi ojiz insonlarni huquqlarini mukammal darajada himoya qilishda xorijiy mamlakatlar tajribasini 
bevosita qo‘llash uchun ,,Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani (Nyu-york, 2006-yil 13-dekabr) rati-
fikatsiya qilish haqida’’
9
qonuni qabul qilinganligi e’tiborga loyiqlidir.
Jumladan, O‘zbekistonda ko‘rish bo‘yicha imkoniyati cheklangan yosh avlodni ochiq mehnat bozoriga 
yuqori malakali kadr sifatida o‘z qimmatlarini topishda qiynalmasliklari uchun dastlab ularning ta’limiga e’tibor 
qaratish kerakligini hisobga olib Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ,,Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bo-
lalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda ta’lim berish sifatini oshirish hamda ular faoliyatini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
10
qarorining qabul qilinishi, ushbu sohani o‘sishi uchun tranpilin 
vazifasini o‘tadi. 
Inklyuziv iqtisodiyotni inklyuziv biznessiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, ko‘zi ojiz shaxslarni mehnatga bo‘lgan 
ehtiyojlarini to‘la qonli qondirish uchun eng avvalo barcha turdagi bizneslarni inklyuziv biznesga aylantirishimiz 
zarur. Shunday ekan ,,oddiy biznesni inklyuziv biznesga aylantirish uchun nima talab etiladi? Javoblardan biri 
– imkoniyati cheklangan aholini qiymat zanjiriga kiritishdir.”
11
TA D Q I Q O T M E TA D O L O G I YA S I
Inklyuziv iqtisodiyot qurishni maqsad qilgan rivojlangan davlatlar nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqa-
ro konvensiyani fundamental hujjat sifatida asos qilib ko‘rish bo‘yicha imkoniyati cheklangan shaxslar uchun 
hukumat tomonida ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan huquqiy hujjatlar vositasida mikrodarajada imkoniyatlar eshigi 
ochib berilmoqda. Ushbu tadqiqot ishida ko‘zi ojiz insonlar bandligini qonuniy tartibga solishning xorijiy davlatlar 
va xalqaro tashkilotlar tajribasi tahliliy o‘rganilib muallif tomonidan uning mohiyati ochib berildi hamda band-
likning rivojlanish tendensiyalari tarixiy bosqichlarga ajratildi. Ushbu jarayonda iqtisodiy tahlil, analiz, sintiz, 
guruhlash va ilmiy abstraksiya metodlaridan foydalanildi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida inklyuziv bandlik 
muammolariga yechim sifatida taklif etilayotgan normativ hujjatlarga qo‘shimchalar kiritish lozim bo‘lgan taklif 
va tavsiyalar ishlab chiqildi. 
TA H L I L VA A N A L I Z L A R
Insoniyat tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, sog‘lom insonlar bilan bir qatorda turli xil nogieonligi bor insonlar 
tug‘ilib kelmoqda. Ular ichida ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan insonlar jamiyatda mustaqil tarzda shaxsiy 
ehtiyojlarini qondirishda murakkab to‘siqlarga duch kelishgan. 

Maritza Fajardo, Pablo J. Castro-Carrasco, Teachers’ subjective theories about the employment integration their blind studens // 
ProQuist, Chili 2020-y. 8-b. jami 11 b. Maritza Fajardo 1 ; Pablo J. Castro-Carrasco

Трудоустройство людей с ограниченными возможностями. Сайт Минтруда РФ. [Электронный ресурс] URL: https://rosmintrud.
ru/employment/resettlement (дата обращения 13.12.2019).

Вадин Н.И. Совершенствование механизма трудоустройства инвалидов в России. // Avtoreferat, Moskva – 2020, 4-b. Jami 33 b.

Россия в цифрах. 2019: Крат. стат. сб./ Росстат – М., Р76 2019 – С. 238.

O‘RQ, Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani (Nyu-york, 2006-yil 13-dekabr) ratifikatsiya qilish haqida // Lex.uz, 695-son, 
08.06.2021 y.
10 Prezident qarori, Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda ta’lim berish sifatini oshirish hamda 
ular faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida // Lex.uz, 209-son, 18.04.2022 y. 
11 Q. Isayev, Har bir inson – bebaho capital // xalq so‘zi, № 34, 18.02.2023-y. 4-b.


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
330
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
Ko‘zi ojiz insonlarni dunyo yaralganidan hozirgi kunga qadar shaxsiy daramodlariga ega bo‘lishlari uchun 
mehnat bozoriga va umuman olganda jamiyatga integratsiyalashuv jarayonini 3 bosqichga ajratishimiz mum-
kin.
1-jadval:
Ko‘zi ojiz shaxslarni jamiyatga intigratsiyalashuv jarayoni
12
1-bosqich
Turgunlik davri: (qadimdan 1800-yillargacha)
2-bosqich
o‘zgarishlar davri: (1800 – 2006-yillar oralig‘i)
3-bosqich
Islohotlar davri: (2006-yildan keyingi davr)
1-bosqichning turg‘unlik davri deb nomlanishiga asosiy sabab, 1800-yilda harbiy maqsadda yaratilgan 
"Charlz Barbierning “Tungi yozuv” nomi bilan ham tanilgan sonografiya jadvalli”
13
yozuvi yaratilmasidan oldin-
gi davrga nazar soladigan bo‘lsak ko‘zi ojiz insonlar savodxonlik darajasi eng past darajada bo‘lib, mehnat 
bozorida deyarli o‘z faoliyatlarini yuritishmagan. Ularning asosiy daromad manbalari xayriya, ehsonlar va ya-
qinlari daromadi bo‘lib, hattoki aksariyat qismi tilamchilikni o‘zlariga kasb qilib olishgan. Albatta, ushbu davrda 
ular ichida iste’dodlari natijasida muvaffaqiyatga erishganlari ham yo‘q emas. Qadimgi davrda ko‘zi ojizlarning 
o‘ziga xos xususiyatlariga e’tibor qaratgan olimlar mavjud misol uchun: ,,Eramizgacha VI-VII asrlarda yashab 
ijod qilgan buyuk Xitoy olimi va faylasufi Konfutsiy (551–479) ko‘zi ojizlarning xotirasi kuchliligi va boshqalarga 
nisbatan yaxshililigiga birinchi bo‘lib e’tibor qaratgan.”
14
2-bosqich 1800–2006-yillar oralig‘idagi muddatni o‘z ichiga olib, ushbu davrda ko‘zi ojizlar hayotida keskin 
burulishlar sodir bo‘lgan. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

1825-yilda 16 yoshli Lui Brayl tomonidan hozirgi kunda amalda bo‘lgan, ko‘zi ojiz aholi uchun muljallan-
gan brayl ya’ni bo‘rtma nuqtalarga asoslangan maxsus yozuvga asos solindi. Brayl yozuvi 1800-yilda 
Charls Barbierning ,,tungi yozuv”ga asoslanganholda yaratilgan.

Brayl yozuvidagi birinchi yozuv mashinasi Frank Xeyven Xoll tomonidan ixtiro qilindi. Xoll ko‘zi ojizlar 
maktabining direktori edi. Uning yozuv mashinkasi 1892 yilda ommaga taqdim etilgan.

Ko‘zi ojizlar huquqlarini himoya qiluvchi dunyo tarixida dastlabki uyushma 1893-yilda Britaniyada Milliy 
ko‘zi ojizlar ligasi nomi asosida tashkil etilgan.

Aynan 1950-yillarda dastlabki brayl bo‘rttirmalari yoki printerlari ishlab chiqarilgan.
Islohotlar davri ya’ni 3-bosqich BMTning nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyaning qabul 
qilinishidan boshlanib, hozirga qadar davom etmoqda. Ushbu davrda chuqur islohotlar amalga oshirilib, jum-
ladan, aksariyat dunyo davlatlari xalqaro konvensiyani ratifakatsiya qildi hamda milliy qonunchiliklarini konven-
siya bandlari talabiga moslashtirishdi. Shuningdek, inklyuziv o‘sish, inklyuziv jamiyat, inklyuziv biznesni rivoj-
lantirish va uning samarasi, inson kapitalini rivojlantirishga bo‘lgan e’tibor dunyo mamlakatlari nazdida dolzarb 
masala sifatida etirof etilib tub islohotlar olib borilmoqda. 
Har bir davlat jahon iqtisodiyotiga intigratsiyalashuv davosida ekan ushbu jamiyatda nogironligi bo‘lgan 
shaxslar huquqlarini kafolatlovchi fundamental hujjat – bu nogironlar huquqlari to‘g‘risida konvensiya hisobla-
nishi shart. Ushbu hujjat BMTning Bosh Assambleya tomonidan 2006-yil 13-dekabrda 61/106 rezolutsiyasi 
asosida qabul qilingan. Bu konvensiya imkoniyati cheklangan shaxslarni kamsitilishiga va ijtimoiy, iqtisodiy, 
siyosiy to‘siqlarga duch kelishini oldini oluvchi xalqaro darajadagi huquqiy asosdir. Ushbu hujjat nogironlar 
huquqlarini amalga oshirish va ulardan boshqa sog‘lom insonlar kabi teng imkoniyatlardan foydalana olishlarini 
kafolatlaydi.
Konvensiyaning ovoz berish tartibisiz qabul qilinganligi shuni ifodala etadiki, jahon hamjamiyati nogironlarn-
ing huquqlarini kafolatlash va huquqlarini himoya qilish zarurligini so‘zsiz tan oladi. Konvensiya “nogironlik” yoki 
“nogiron” tushunchalarini izohlamaydi, ammo jismoniy, aqliy, intellektual, psixik va hissiy buzilishlarni, ya’ni turli 
xil to‘siqlar bilan o‘zaro ta’sirga kirishishida ularga to‘liqligicha xalaqit berishi mumkin va jamiyat hayotida faol 
ishtirok etishlarida ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Shuningdek ushbu konvensiya ko‘zi ojiz shaxslar hayotida muhim ahamiyat kasb etib, 27-modda mehnat 
va bandlik sarlavhasi ostida quyidagi jumlalar keltirilgan: ,, …bu mehnat bozori va ishlab chiqarish muhiti nogi-
ronlar uchun ochiq inklyuziv va ishtirok etish imkoniyati bo‘lgan sharoitda nogiron o‘zi tanlagan va erkinb rozi 
bo‘lgan mehnat orqali turmush kechirishga pul ishlab toppish imkoniyatiga ega bo‘lish huquqini qamrab oladi.’’
15
Konvensiyada majburiyatar ro‘yxati keltirilgan, nogironlarning huquqlarini ta’minlash maqsadida davlat-
larga tirikchilik uchun mehnat qilishini, ya’ni nogiron shaxs erkin tanlagan bo‘lishi yoki o‘z xohishiga ko‘ra rozi 
bo‘lishi va barcha mehnat turlarida nogironligi sababli kamsitilishini oldini olish kabi vazifalarni o‘z zimmasiga 
12 Muallif tomonidan tuzildi.
13 URL: https://www.yoair.com/uz/blog/anthropology-tracing-the-history-and-development-of-braille/ 
14 Respublika bolalar kutubxonasi // internet manba. URL: http://taqvim.uz/uz/event/view/3402
15 Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya – Toshkent: Baktria press, 2013, 35–36 betlar jami 56 b.


331
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
oladi. Nogironlar uchun mehnat bozorlarini ochishni rag‘batlantirgan holda, Konvensiya shu bilan birga shaxsiy 
mehnatning muhimligini ham tan oladi, ayniqsa rivojlanayotgan davlatlarda katta o‘rin tutadi. Konvensiyada 
nogironlarni ta’minlab oqilona tarzda ish joyini moslashtirish zaruriyati haqida ta’kidlangan va nogironlarni ishga 
yollashning ragbatlantirilishi xususiy sektorga tegishli strategiyalar va chora-tadbirlar bilan birga pozitiv dasturli 
harakatlari, rag‘batlantirish va shunga o‘xshash boshqa chora tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Nogironlarni ish bilan 
ta’minlashda shakllantiradigan va takomillashtiradigan mexanizmlar masalasi xorijiy mamlakatlarda o‘rganish 
uchun muhim masala hisoblanadi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, ko‘pgina mamlakatlarda ushbu soha faoliyati 
xalqaro hujjatlarga muvoffiq amalga oshiriladi, ya’ni BMT qoidalari doirasida qabul qilinadi.
Dunyo bo‘ylab ko‘plab mamlakatlar ko‘zi ojiz shaxslarni ish bilan ta’minlash va kengaytirish, ularning 
mehnat faoliyatida ishtirok etishlarini ta’minlash imkoniyatlarini ko‘paytirish bilan yordam berish siyosatini olib 
borishmoqda. Bunday siyosat qonunchilikka rioya qilish orqali amalga oshiriladi va ko‘zi ojiz shaxslarni inkly-
uziya bilan ta’minlaydi. 
Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ko‘rish bo‘yicha noironligi mavjud shaxslarni bandligini ta’minlashda 
kvotalash mexanizmi asosiy instrument vazifasini o‘tab kelmoqda. Jamiyatning ushbu qismini ish bilan ta’min-
lash imkoniyatini yaxshilash uchun yangi kvotalar ajratib boriladi. Davlatlar tajribasidan kelib chiqib kvotalash 
tizimini 3 ta yo‘nalishga ajratish mumkin.
1-rasm:
Dunyo davlatlatlari tajribasi ko‘ra majburiy kvotalash tizimining asosiy yo‘nalishlari
16
Ushbu yo‘nalishlarga quyidagi davlatlarni misol sifatida keltirishimiz mumkin:

1-yo‘nalishga Hindistom

2-yo‘nalishga Tayland

3-yo‘nalishga esa Xitoy, Yaponiya, Belgiya, Gretsiya, Italiya, Germaniya.
Davlatlar kesimida kvotani belgilash sxemasi va uning qiymati turli xil bo‘lishi mumkin; shuningdek kvota 
nogironligi bor shaxslarning ayrim toifalariga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, Yaponiyada dastavval 
kvota faqat quyidagi toifadagi odamlar uchun yo‘naltirigan edi: jismoniy cheklovlari mavjud nogironlar uchun, 
ammo 1998-yildan boshlab kvotalar toifasiga psixalogik va xissiy cheklovlari bo‘lgan shaxslar ham kiritilgan. 
Asosan, kvota bajaralishi shart hisoblanadi, ammo 1980-yillarda Niderlandiyada kvota tavsiyaviy xususiyatga 
ega bo‘lib, ish beruvchi tomonidan bajarilmagan(atigi uning hajmi 3–5% dan oshgan).
Kvotalar samaradorligi masalasi juda munozarali, mamlakatlarda kvotalarni bekor qilish tizimi amaliyoti 
ham mavjud. Masalan, Buyuk Britaniya 3% kvotaga ega bo‘lgan, ammo, 1996-yilga kelib korxona xodimlari 
nogironlarni ish bilan ta’minlash mexanizmidan voz kechishgan. Bu holatga kvotalarni bajaralishini nazorat 
qiluvchi mexanizmning yo‘qligi sabab bo‘lgan. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga yollash maxsus fond orqali 
ma’lum bir miqdordagi summa to‘lanadi. Ushbu mexanizm Avstriya, Vengriya, Germaniya, Polsha, Ruminya, 
Slovakiya, Fransiya, Chexiya, Yaponiya va boshqa bir necha davlatlarda juda ham rivojlangan.
Bu kvota tizimini, birinchilardan bo‘lib mamlakatlar ichida Germaniya foydalanishni boshlagan. Hozirgi kun-
da, Germaniyada kvota qiymati 6% ga teng. Shu bilan birgalikda hukumat tomonidan kvota tizimini samarali 
ishlashi uchun quyidagi jadvalda keltirilgan usulda tashkilotlarga jarima to‘lashni majburiyat etib belgilagan.
16 Muallif tomonidan tuzilgan.


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
332
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
2-jadval:
Germaniyada nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun majburiy kvotalangan ish o‘rinlarini nazorat qilish 
mexanizmi
17

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin