N. N. Ro‘ziyev
O‘zbekiston Respublikasi
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bo‘lim boshlig‘i
Annotatsiya:
Maqolada banklar faoliyatini transformatsiya qilishda raqamlashtirning metodologik asoslari, mazkur yo‘nal-
ishda tadqiqot o‘tkazgan va ilmiy yangilik qilgan olimlarning qarashlari, shuningdek, tijorat banklarida an’anaviy xizmat
ko‘rsatish usulidan raqamli xizmat ko‘rsatishga o‘tishning ahamiyati va istiqbollari xorijiy mamlakatlarning tajribasi asosida
tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
bank, raqamlashtirish, transformatsiya, ekotizim, raqamli bank, “mijozga yo‘naltirilganlik” yondashuvi, IT,
innovatsion texnologiyalari.
НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ВЗГЛЯДЫ НА ВНЕДРЕНИЕ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В КОММЕРЧЕСКИХ
БАНКАХ
Аннотация:
В статье анализируются методологические основы цифровизации при трансформации банковской
деятельности, взгляды ученых, которые проводили исследования и вносили научную новизну в этом направле-
нии, а также важность и перспективы перехода от традиционного метода обслуживания в коммерческих банках к
цифровому сервису на основе опыта зарубежных стран.
Ключевые слова:
банк, цифровизация, трансформация, экосистема, цифровой банк, IT, инновационные техноло-
гии, клиентоориентированность.
SCIENTIFIC-THEORETICAL VIEWS ON THE INTRODUCTION OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN
COMMERCIAL BANKS
Abstract:
The article analyzes the methodological foundations of digitization in the transformation of banking activities, the
views of scientists who conducted research and made scientific innovations in this direction, as well as the importance
and prospects for the transition from the traditional method of service in commercial banks to digital service based on the
experience of foreign countries.
Key words:
banking, digitization, transformation, ecosystem, digital bank, IT, innovational technologies, client-oriented.
K I R I S H
Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining hozirgi bosqichi nafaqat ichki texnologik moderniza-
tsiya, balki jahon iqtisodiyotining muhim chaqiriqlariga moslashish zarurati bilan ham tavsiflanadi. Shu bilan
birga, bank sektorini raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha strategiya ishlab chiqish milliy iqtisodiyot oldida tur-
gan asosiy vazifadir.
Dunyo iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida moliyaviy barqarorlik hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni
kredit mablag‘lari bilan bir maromda ta’minlab turish kelgusi yillarda bank tizimini rivojlantirishning asosiy funk-
sional maqsadlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda rejalashtirilgan barcha islohotlar va milliy loyihalarning
samaradorligi esa mahalliy bank faoliyati transformatsiyaga qanchalik tayyorligiga bog‘liq.
Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kelgusi yillarda bank tizimini trans-
formatsiya qilish, banklardagi davlat ulushini bosqichma-bosqich qisqartirib borish bo‘yicha qator huquqiy
hujjatlar imzolandi.
Aholining barqaror o‘sishi, umr ko‘rish davomiyligi, real daromadlari, ijtimoiy ta’minot, kambag‘allikni qis-
qartirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, tashkilotlarning innovatsion faolligini oshirish, raqamli texnologiyalarni
jadal joriy etish, mamlakat miqyosida iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, iqtisodiyotning yuqori samarali eks-
portga yo‘naltirilgan asosiy tarmoqlarini yaratish – bugungi kunda davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlar-
idan hisoblanadi. Hozirgi vaqtda texnologik va ijtimoiy sohalarga yo‘naltirilgan strategik maqsadlarni amalga
oshirish ko‘p jihatdan bank tizimining samarali ishlashi bilan bog‘liq.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
270
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
M A V Z U G A O I D A D A B I Y O T L A R TA H L I L I
Raqamli industriyani rivojlantirish, xususan raqamli bank xizmatlarini kengaytirish va takomillash tirish
bo‘yicha xorijiy olimlardan A.Bastaria, A. Eliyanab, A.Syabarrudinc, Z. Ariefd, A. P. Emur, W.Wodo, P. Blaskiewicz,
D.Stygar, N. Kuzmalar
[1]
, mahalliy olimlardan N.X. Jumayev
[2]
, N. Sharipova
[3]
, N.R. Ikramova
[4]
, A Azlarova
[5]
,
A.Qosimov
[6]
, Z. Mamadiyarovlar
[7]
ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan.
Bank faoliyatini raqamlashtirish orqali uning samaradorligini oshirish va raqamli infratuzilma rivojlanishin-
ing muhim jihatlari M. Abramova, O.Lavrushin, P.Rouz, A. Sarkisyans, J.Sinki, O.Semenyuta va V. Maznyak
kabi xorijiy olimlar tomonidan keng o‘rganilgan. Bank biznesida raqamli mahsulot qatorini rivojlantirishning
nazariy va amaliy asoslari A.Borisov, A.Gusev, G.Gospodarchuk, P.Druker, Y. Jukov, S.Zubkov, A.Ivanova va
boshqalarning asarlarida yoritilgan. Ular bank mahsulotlari sifatini doimiy ravishda yaxshilash va rivojlantirib
borish zarurligini ta’kidlaydilar.
Uzoq vaqt davomida iqtisodchilar tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish, bank mahsulotlari yaratish
strategiyasi, mijozga yo‘naltirilgan yondashuvni shakllantirishga alohida e’tibor berib kelmoqdalar, jumladan,
V. Alexin, D.Artemenko, A.Arxipov, B.Ananich, Y. Babicheva, I.Balabanov, G.Beloglazova, M. Porter, L.Kroliv-
etska, V. Usoskin, Y. Shirinskaya., Y. Korobov, G.Panova, Y. Rubin, O.Sviridov, M.Sigova, Dj. Soros, R.Sham-
gunov va boshqa olimlarning ilmiy ishlarida ushbu masalalar o‘z ifodasini topgan. Bundan tashqari, bank
sohasida raqamlashtirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatishning innovatsion texnologiyalaridan foydalanish mas-
alalari Avdeeva, S.Zinchenko, B. Nikoletti, F. Paech, N. Radkovskaya, O.Fomicheva va boshqa xorijiy olimlar
shug‘ullangan.
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I
Dunyoning yetakchi mamlakatlarida raqamli texnologiyalardan foydalanish nazariyasi va amaliyoti
zamonaviy bank tizimining ishlashiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu biznes modelni o‘zgartirish, daromad
olish va qiymat yaratish maqsadida raqamli texnologiyalardan foydalanishni o‘z ichiga oladi
[8]
. Bu fenomen
dunyoning iqtisodiyoti eng rivojlangan birinchi besh mamlakati va rivojlanayotgan mamlakatlarga xos ekanligini
turli olimlarning ko‘plab tahliliy sharhlari va fundamental tadqiqotlari tasdiqlaydi. Xususan, S. Karbo-Valverde
va K. Kan Amerika va Yevropa to‘lov tizimlarining samaradorligini tahlil qilib, onlayn bank mahsulotlarining rolini
yuqori baholaydi va ularga kriptovalyuta tomonidan hech qanday tahdid mavjud emasligini ta’kidlaydi
[9]
.
A. Omarini, bank xizmatlarining raqamli transformatsiyasini hisobga olgan holda, O‘rta yer dengizi mam-
lakatlarida yangi texnologik platformalarning o‘ziga xos o‘rni borligini e’tirof etadi
[10]
. T. Axisar va K. Tunay
elektron bank xizmatlarining o‘sib borayotgan samaradorligini ta’kidlasa
[11]
, F. Libana-Kabanilyas tomonidan
Ispaniya o‘tkazilgan tadqiqot mazkur segmentga biznes va odamlar tomonidan qiziqish tobora ortib borayotgan
ko‘rsatadi
[12]
. Bundan tashqari, elektron banking Osiyo
[13]
, Afrika va yaqin Sharqda
[14]
shiddat bilan rivojlan-
ib bormoqda. Shuningdek, O‘zbekistonda ham bank tizimini transformatsiya qilish, xususan, ular faoliyatini
raqam lashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bunga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.05.2020-yilda-
gi PF–5992-sonli “2020–2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish
strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni yaqqol misol bo‘la oladi
[15]
.
N. P. Savina ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar kundan-kunga tarmoqli platformaga o‘tib borayotganini ta’kid-
laydi. Konseptual qarorlarni raqamli formatda bank sektoriga joriy etish – yuqori samaradorlikka ega sun’iy aql
texnologiyalari va kiber xatarlarni oldini oluvchi texnologiyalarga sarmoya kiritish, raqamli bank mahsulotlarini
joriy etish bo‘yicha raqobat, shuningdek, ma’lumotlar bazasi, moliyaviy instrumentlar, boshqaruv mexanizmlari-
ni o‘z ichiga olgan moslashuvchan axborot-kommunikatsiya tizimlaridan foydalanish kabi muhim omillarga ega
yangi biznes modelidir
[16]
.
Hozirda “raqamlashtirish” atamasining bir nechta qo‘shimcha ta’riflari qabul qilingan. Jumladan, Gartner
konsalting kompaniyasi raqamlashtirish bu – mavjud biznes modellarini takomillashtirish ekanligini, raqamli
texnologiyalar orqali qo‘shimcha qiymat yaratish uchun yangi imkoniyatlarning paydo bo‘lishini ta’kidlaydi. U bir
nechta sohalarni qamrab oladi, jumladan: fikrlashdagi o‘zgarishlar, boshqaruvdagi o‘zgarishlar, texnologiyalarni
qabul qilish, resurslarni raqamlashtirish va innovatsiyalarni o‘zlashtirish
[17]
.
K. Mettning so‘zlariga ko‘ra, raqamli transformatsiya murakkab jarayon bo‘lib, unga qiymat yaratishda-
gi o‘zgarishlar, tarkibiy o‘zgarishlar, texnologik va moliyaviy imkoniyatlardan foydalanish kiradi va u hozirda
banklar duch kelayotgan muammolarni hal qilish uchun qo‘l keladi
[18]
.
T. A. Vasilyeva o‘zining ilmiy ishlarida ortiq banklar noyob (unikal) ma’lumotlarning yagona egasi emasligi,
moliyaviy injiniring va moliyaviy instrumentlar rivojlanganligi tufayli endilikda bitimlar banklarning ishtirokisiz
tuzilayotganligini isbotlab, bunga nobank moliya tashkilotlari ishtirokida tuzilayotgan bitimlarni misol tariqasida
keltirib o‘tadi
[19]
. M. Kovalev va G. Golovenchikning fikricha, raqamli bank bu – mobil va onlayn platformadan
foydalangan holda moliyaviy xizmatlarni amalga oshiradigan moliya tashkiloti bo‘lib, shaxsiy ma’lumotlarning
xavfsizligi hamda xizmatlar sifati va tezligini oshiradi
[20]
.
271
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
TA D Q I Q O T M E T O D I K A S I
Mazkur tadqiqotda analitik taqqoslash, mantiqiy va taqqoslama tahlil, guruhlash va ekspert baholash usul-
laridan foydalanilgan. Shuningdek, mavzuga oid xorijiy va mahalliy olimlarning tadqiqot ishlari keng o‘rganilgan
va tahliliy xulosalar bayon etilgan. Raqamli bank xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha xorijiy banklarning tajribalari
o‘rganilib, ulardan mamlakatimizda samarali foydalanish yo‘llari ishlab chiqilgan.
TA H L I L VA N A T I J A L A R
Ilmiy hamjamiyatda “raqamli inqilob” atamasi bilan tez-tez tilga olinadigan raqamli texnologiyalarning tezlik
bilan tarqalishi iqtisodiy tuzilmani tubdan o‘zgartirib, moliya bozorining ishlashi uchun yangi shart-sharoitlar
yaratadi va an’anaviy biznes landshaftning o‘zgarishiga ta’sir qiladi.
Ekspertlik so‘rovlariga ko‘ra, 64 mamlakat rahbarlarining 85 foizi yangi texnologiyalar kelgusi 5 yil ichida
biznesni tubdan o‘zgartirishiga ishonishadi.
Xorijiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, axborot texnologiyalaridan foydalanish iqtisodiyotning bank sektorida
raqobatning kuchayishiga olib keladi, shuning uchun banklar raqamli asrda biznesni tashkil etishning yangi
qonunlari va tamoyillariga ko‘proq rioya qilishga majbur.
Iqtisodiyotdagi yangi hodisalar, uning axborot bilan ta’minlanganlik darajasi va raqamli texnologiyalardan
foydalanish bank xizmatlari sohasiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Raqamlashtirish sharoitida bank biznesini rivo-
jlantirishning maqsadli strategiyasini tanlash va yangi ustuvor modellarni joriy qilishga talab ortib bormoqda.
Ilg‘or texnologiyalarni keng joriy qilish bank xarajatlarni qisqartirish va daromadlarni oshirishga olib kelibgina
qolmay, mijozlarga bank xizmatlaridan avvalgidan ko‘ra qulayroq sharoitlarda foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Shu bilan birga, masofaviy bank xizmatlariga talab kundan-kunga oshib bormoqda. O‘zbekiston aholisin-
ing aksariyati mobil banking xizmatidan foydalanadi, ular smartfonlarni bank xizmatlarini foydalanish va bank
operatsiyalari amalga oshirishning eng afzal vositasi deb hisoblaydi.
Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish sharoitida bank muassasalari duch kelayotgan xavflarning tabiati
va ko‘lami sezilarli darajada o‘zgarib bormoqda. Bularning barchasi nafaqat bank biznes modellariga o‘zgar-
tirish kiritish zaruratini, balki tartibga soluvchilar uchun yangi muammolarning paydo bo‘lishini ham anglatadi.
Raqamlashtirish sur’atining tezlashishi regulyator tomonidan tegishli zaruriy choralar ko‘rilishi kechikishiga va
raqamlashtirish bilan bog‘liq sharoitlarning to‘liq hisobga olinmasligiga olib kelishi mumkin.
Shu munosabat bilan, raqamlashtirish sharoitida banklarni tartibga solishning yangi usullarini ishlab chiq-
ish va ularni amalga oshirishning samarali mexanizmlarini yaratish kabi masalalar juda dolzarb hisoblanadi.
Bank faoliyati transformatsiyasiga texnologik, tashkiliy, bozor, ijtimoiy, siyosiy omillar ta’sir ko‘rsatib, bularn-
ing ahamiyati rivojlanishning turli tarixiy bosqichlarida o‘zgarib turadi. Zamonaviy sharoitda yangi texnologi-
yalarning paydo bo‘lishi va takomillashuvi, ayniqsa, ular ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikning yangi shakllari bilan
birga bo‘lsa, bank transformatsiyasiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Kondratyevning oltinchi sikli jahon iqtisodiyotining davriy o‘zgarishlarini ko‘rsatib berishi bilan ahamiyatli
bo‘lib, uning davri 2018–2050 yillarga to‘g‘ri keladi. Unga ko‘ra, NBIC texnologiyalari sifatida ma’lum bo‘lgan
nano-, bio-, info- va kognitiv texnologiyalar iqtisodiy va xizmat ko‘rsatish jarayonlarining asosi sifatida qayd
etiladi. AQSh, Yevropa Ittifoqi va Yaponiyada joylashgan tadqiqot markazlari ushbu texnologiyalarni yaratishda
yetakchilik qilishi bashorat qilinadi.
Shuningdek, ushbu markazlarning hozirgi yetakchiligiga qaramay, NBIC texnologiyalar turli davlatlar va
ularning milliy iqtisodiy tizimlari uchun boshlang‘ich sharoitlarni tenglashtiradi.
Biroq, aynan shu imkoniyat ko‘p jihatdan bank faoliyati samaradorligi va milliy iqtisodiyotning real sek-
torini kreditlash faoliyatiga bog‘liq. Bank faoliyati va texnologik taraqqiyotning o‘zaro bog‘liqligi O‘zbekiston
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun
bank faoliyatini transformatsiya qilish ham nazariy, ham amaliy jihatdan dolzarbdir.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi raqamli texnologiyalar yordamida mijozlarga zamonaviy bank mahsulotlar va
xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha nazariy asoslar va amaliy tavsiyalar, taqdim etilayotgan xizmatlar doirasini
kengaytirish, mahalliy moliya bozori raqobatbardoshligini oshirish va banklar transformatsiyasini jadallashtirish-
ga qaratilgan turli xil raqamli xizmatlar, vositalar va texnologiyalardan foydalanishga asoslangan bank ekotizim-
lari orqali ularni targ‘ib qilish vositalaridan iborat.
Mahalliy va xorijiy olimlarning raqamli texnologiyalarni banklarda keng joriy qilish bo‘yicha olib borgan tad-
qiqotlari moliyaviy innovatsiyalar va axborot-telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda raqamli
bank mahsulotlarni va xizmatlari ko‘lamini kengaytirish, shuningdek, mijozlarning bank mahsulotlariga bo‘lgan
ehtiyojlarini qondirish orqali raqobatbardoshlikni mustahkamlashini o‘rganish imkonini berdi.
O‘z navbatida, raqamli bank mahsuloti zamonaviy axborot texnologiyalari muhiti talablariga to‘liq javob
beradigan moliyaviy IT texnologiyalari va xizmatlaridan foydalangan holda mijozlarning ehtiyojlarini qondirish-
ga qaratilgan yagona, tartibga solinadigan va standartlashtirilgan bank takliflari to‘plamidir, ularning asosiylari:
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
272
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
a) qulaylik va soddalik;
b) mijozning texnologik talablariga muvofiqligi;
d) ijtimoiy tarmoqlar bilan bilan birlashtirilganlik (integratsiya).
Shunday qilib, raqamlashtirish deganda bu an’anaviy biznes jarayonlar modelini axborot texnologiyalar-
ni qo‘llagan holda o‘zgartirish (klassik shartnomalardan tortib mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlariga qa-
dar), ya’ni texnologik jihatdan yangilash tushuniladi. Shuni ta’kidlash lozimki, endilikda zamonaviy iste’molchi
an’anaviy bank mahsulotlarini qabul qilolmaydi, ammo unga raqamli mahsulot – 24/7 tartibda masofadan kirish
va bank xizmati va mahsulotlaridan, shuningdek, bankning qo‘llab-quvvatlash xizmatidan foydalana olish im-
koniyati kerak.
Bank mahsulotlarini raqamli tarzda taqdim qilishda quyidagi maqsadlarni aniqlash tavsiya etiladi:
●
mijozning ehtiyojlari (istaklari); mahsulot va xizmatdan muntazam foydalanish imkoniyati va tezligi (“shu
yerda va hozir” tamoyili asosida, har qanday qurilma yoki aloqa kanalidan kirish imkoniyati);
●
yirik hajmdagi ma’lumotlarni bir pasda tahlil qilish qobiliyati. Raqamli texnologiyalar va moliyaviy innova-
tsiyalardan foydalangan holda bank mahsulotlari/xizmatlari taklifini shakllantirishning ustuvor yo‘nalish-
lari quyidagilardan iborat:
●
yangi platformalarni yaratish; inson omilini chetlashtirish;
●
“bank va mijoz” interfeyslarini rivojlantirish;
●
raqamli tizimni keng joriy etish bo‘yicha mutaxassislarnig birgalikdagi haraqiti;
●
muqobil savdo platforma (kanal)larini yaratish.
O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida XXI asrda moliya bozori ishtirokchilari faoliyatidagi yetakchi tendensiya
bu – “mijozga yo‘naltirilgan” yondashuv degan xulosaga kelindi. Mazkur yondashuv banklardan mijozlarning
ehtiyojlarini chuqur tahlil qilish, talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni aniqlash va ularni takomillashtirish maq-
sadida bankka eng qisqa vaqt ichida daromadni maksimal darajada oshirish imkoniyatini beradigan raqamli
biznes-modelni joriy qilish imkonini berdi.
Shu bilan birga, “mijozga yo‘naltirilganlik” yondashuvini ichki va tashqi yondashuvlarga bo‘lish mumkin.
Ichki yondashuv mijoz va bank o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini shakllantirishda mijozlarning potensial eh-
tiyojlarini o‘rganish asosida ularni qondirishning eng qulay va foydali usullari o‘zida mujassamlashtirgan bank
siyosati yaratishni anglatadi. Tashqi yondashuv esa yangi mijozlarni jalb qilish orqali bank daromadini oshirish-
ga xizmat qiladigan yangi xizmatlar turlari va zamonaviy texnologiyalarni shakllantirishga zamin yaratadigan
xodimlar va mijozlar o‘rtasidagi korporativ aloqa sifatini anglatadi.
“Mijozga yo‘naltirilgan” bank mahsulotiga taklifini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan ibo-
rat:
●
iste’molchiga bank xizmatlarini to‘g‘ri va qulay shartlarda taqdim etish;
●
ko‘rsatilgan xizmatlarni to‘liq qayd etib borish (fiksatsiya);
●
mijozlarning ehtiyojlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotning mavjudligi, iste’molchilarning maksimal qamrovi va
uni to‘liq qayd etib borish (fiksatsiya);
●
mijozlar ma’lumotlarining to‘liq xavfsizligi;
●
mijozlarga to‘g‘ri va har tomonlama mukammal xizmat ko‘rsatish, mijoz bilan ishlashda samaradorlikni
doimiy ravishda oshirib borish;
●
savdo jarayonini boshqarishni optimallashtirish;
●
segmentlash ishlarni optimallashtirish;
●
moslashuvchan marketing texnologiyalari;
●
savdo tarixini shakllantirib borish;
●
bank bilan bog‘langan har bir mijoz haqidagi ma’lumotlarni maksimal darajada yig‘ish.
Yana shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, raqamli banklarning o‘rtasida o‘zaro raqobat kuchaymoqda. Banklar
mijozlarga taqdim etiladigan raqamli xizmatlar ro‘yxati mijozlarga yakka tartibda yondashib, ularning ehtiyo-
jlaridan kelib chiqqan holda shakllantirmoqdalar. Barcha banklarda mijozga joriy hisob holatini tekshirish, pul
o‘tkazmalarini amalga oshirish, to‘lov uchun elektron hisob-fakturalarni olish (buyurtma qilish), bundan tashqari,
murakkab tizimlar mijozlarga kredit olish uchun ariza berish, o‘z hisoblari haqidagi ma’lumotlarni o‘z kompyu-
terlariga yuklash, kompaniyalar yoki maqsadli fondlarning qimmatli qog‘ozlari, chek daftarchalari va depozit
kitoblarini ko‘rish imkonini beradi
[21]
.
Shuningdek, moliyaviy xizmatlar bozorida Microsoft, Sony, IBM, Yahoo va boshqalar kabi yirik kompani-
yalar faoliyat yuritayotganini, ular ham bank sohasining rivojlanishiga xizmat qiluvchi raqamli texnologiyalardan
faol foydalanayotganini hisobga olish kerak.
Aksariyat an’anaviy banklar o‘z ma’lumotlaridan to‘liq foydalanmaydilar, chunki ularning IT tizimlari raqamli
texnologiyalardan faol foydalanishga tayyor emas, faqat raqamli banklar ularni o‘z faoliyatida amalga oshirish-
ga qodir. Banklarning asosiy e’tibori zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanish yordamida biznes sama-
radorligini optimallashtirish va takomillashtirishga qaratilgan.
273
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
Hozirgi vaqtda raqamli texnologiyalardan foydalanadigan, o‘z mijozlariga turli xil xizmatlarni taqdim etadi-
gan banklar muayyan muammolarga duch kelmoqdalar, masalan:
●
ma’lumotlar bazasining yetishmasligi (mijozlarning ma’lumotlarini yaratish, saqlash va himoya qilish
muammosi);
●
mijozlar haqida shaxsiy ma’lumotlarning yetishmasligi (mijozning hatti-harakati, ehtiyojlari va afzalliklarini
tushunmaslik);
●
bank xizmatlarining cheklangan doirasi (bank mijozlari uchun moliyaviy konsalting xizmatlarini ishga
tushirish imkoniyati)
[22]
. Mutaxassislar bank sektori raqamli transformatsiya jarayonini uchta asosiy yon-
dashuvga bo‘ladilar:
Birinchi yondashuv texnologiyalarni alohida loyiha sifatida joriy etishga asoslangan bo‘lib, bu to‘liq miqyosli
raqamli transformatsiyani anglatmaydi, bundan dunyo banklarining 26 foizi ushbu yondashuvdan foydalanadi-
lar. Shu bilan birga, raqamli transformatsiya uzoq muddatli rejalashtirish va sinov loyihalarni amalga oshirish
asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Ikkinchi yondashuv dastlab raqamli iqtisodiyot ehtiyojlarini qondirish maqsadida sho‘ba kompaniya tashkil
qilish orqali amalga oshiriladi. Bu raqamli transformatsiyaning eng mashhur usuli bo‘lib, undan 42 foizi banklar
foydalanadi. Ushbu yondashuvning asosiy afzalliklari quyidagilar: e’tiborni mijozlarning uzoq muddatli ehtiyo-
jlariga yo‘naltirish; turli soha mutaxassislari (axborot texnologiyalari, dasturiy ta’minot mutaxassislari, analitik va
marketologlar)ni o‘z ichiga olgan jamoalarni tashkilot ichida tuzish, ushbu jamoa yordamida yuqori moslashu-
vchanlik darajasiga erish, shuningdek, mavjudlariga zarar yetkazmasdan faoliyatning yangi yo‘nalishlarini si-
novdan o‘tkazish.
Banklarning raqamli transformatsiyaga uchinchi yondashuv usuli raqamli texnologiyalarni tashkilot faoliya-
tining asosi sifatida belgilab olishga asoslangan. Ushbu usul boshqa yondashuvlar bilan birlashtirilishi mumkin,
ammo bu yondashuv bankning barcha ichki va tashqi jarayonlarini transformatsiya qilish orqali raqamli strate-
giyani yanada to‘liq formatda amalga oshirishni o‘z ichiga olishi bilan ajralib turadi. Banklarning 32 foizi ushbu
yondashuv yordamida raqamli transformatsiyani amalga oshirishmoqdalar.
Boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham bank sektorini, ayniqsa, davlat banklarini transfor-
matsiya qilish jarayoni davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.05.2020-yildagi PF–5992-
sonli “2020–2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi
to‘g‘risida” Farmoniga asosan bank-moliya tizimini rivojlantirishning to‘rtta ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi:
Boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham bank sektorini, ayniqsa, davlat banklarini transfor-
matsiya qilish jarayoni davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.05.2020-yildagi PF–5992-
sonli “2020–2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi
to‘g‘risida” Farmoniga asosan bank-moliya tizimini rivojlantirishning to‘rtta ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi:
●
sektorni qayta qurish – banklarni o‘zgartirish va xususiylashtirish;
●
bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi standartlarini, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini va
boshqalarni joriy etgan holda qonunchilik bazasini takomillashtirish;
●
mijozlarga yo‘naltirilgan xizmatlar, kreditlash mexanizmlari va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish
orqali xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va kengaytirish;
●
kadrlar malakasini oshirish.
Bundan tashqari, strategiyada 2025-yilga borib quyidagi maqsadlarga erishish ko‘zda tutilgan:
●
bank tizimi aktivlarining jami hajmida davlat ulushi bo‘lmagan banklar aktivlari hissasini joriy 15 foizdan
2025-yilga kelib 60 foizgacha oshirish;
●
banklar majburiyatlarining umumiy hajmida xususiy sektor oldidagi majburiyatlar hissasini joriy 28 foizdan
2025-yil yakuniga 70 foizgacha oshirish;
●
2025-yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitaliga zarur tajriba, bilim va nufuzga ega
kamida uchta strategik xorijiy investorlarni jalb qilish;
●
umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlari ulushini joriy 0,35 foizdan 2025-yilga kelib 4 foizga-
cha oshirish.
Strategiya Jahon banki ekspertlari yordamida Moliya vazirligi va Markaziy bank mutaxassislari tomonidan
ishlab chiqilgan. Bunda xalqaro amaliyot va yondashuvlar, jumladan, MDH va Sharqiy Yevropa tajribasi hisob-
ga olingan.
X U L O S A VA TA K L I F L A R
Bank faoliyatini raqamli transformatsiya qilishning uch bosqichdan iborat tuzilishi ishlab chiqildi:
Bank faoliyatini raqamlashtirish o‘z ichiga oladi (1-rasm):
●
birinchi bosqich davomida o‘zaro mijozlar va hamkorlar bilan o‘zaro aloqa kanallari, raqamli mahsulot va
xizmatlar ishlab chiqiladi;
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
274
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
●
texnologik infratuzilmani moslashtirish amalga oshiriladigan ikkinchi bosqich;
●
uchinchi bosqich bankdagi uzoq muddatli o‘zgarishlarni nazarda tutib, bu raqamli muhitda strategik joy-
lashuvga erishish imkonini beradi.
1-rasm:
Bankni raqamlashtirish jarayoni:
Birinchi bosqichda moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talab va taklifning o‘zgarishiga qarab, mijozlar bilan o‘za-
ro aloqalarning raqamli kanallarini joriy qilish, shuningdek, bankni yangi raqobat muhitida samarali faoliyat yurit-
ishiga imkon beradigan moliyaviy mahsulotlarni yaratishdan iborat. So‘nggi yillarda onlayn bank platformalarini
modernizatsiya qilish bilan bir qatorda banklarning sa’y-harakatlari mobil qurilmalar orqali mijozlar bilan o‘zaro
aloqalarning yangi kanallarini rivojlantirishga qaratildi.
Ushbu bosqichda yangi mahsulotlar va o‘zaro aloqaning raqamli kanallarini ishlab chiqish mavjud tex-
nologik infratuzilmani ilgarigi ishlanmalar bilan birlashtirishni taqozo qiladi.
Banklarni raqamlashtirish jarayonining ikkinchi bosqichi texnologik platformani o‘zgartirish, ya’ni uni ilg‘or
texnologiyalarni qo‘llash imkonini beradigan modulli va moslashuvchan infratuzilmaga aylantirishni, shuning-
dek, yangi mahsulotlar yaratish jarayonini jadallashtirishni o‘z ichiga oladi.
Biometrik identifikatsiyani joriy etish, elektron hujjat aylanishiga o‘tish, tranzaksiyalar xavfsizligi darajasini
oshirish, banklarning masofaviy mahsulotlari va xizmatlaridan foydalanishni soddalashtirish va kengaytirish
kabi texnologik jarayonlar faol foydalanilmoqda.
Raqamlashtirishning ikkinchi bosqichdagi yana bir o‘ziga xos xususiyati banklarning biznes jarayonlarni
avtomatlashtirishga bo‘lgan istagi hisoblanadi, bunda asosiy e’tibor nafaqat bek ofisda ishlashga, balki avtomat-
lashtirilgan biznes jarayonlarni front-ofisda joriy qilishga ham qaratilgan. Masalan, banklar mijozning kreditga
layoqatliligini baholash va mijoz yo‘naltirilgan, individual bank mahsulotlari va konsalting xizmatlarini ko‘rsatish
uchun sun’iy intellektga asoslangan murakkab analitik algoritmlardan foydalanadilar.
Raqamli transformatsiyaning uchinchi bosqichida banklar o‘zlarining tarkibiy va operatsion modellarini
soddalashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli tashkiliy o‘zgarishlarni amalga oshiradilar va mijozga yo‘naltirilgan
strategiya ishlab chiqadilar. Tegishli o‘zgarishlar butun tashkilotga, ya’ni filial tarmog‘idan tortib bek ofisgacha
o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, ko‘p hollarda ichki qarshilik obyektiga ham aylanadi, chunki bunday yangiliklarni joriy
etish kredit tashkilotining tashkiliy madaniyatida tub o‘zgarishlarga olib keladi.
Tadqiqot davomida raqamli transformatsiya sharoitida bank sektorining rivojlanish tendensiyalarini tasnif-
landi (1-jadval).
1-jadval
Dostları ilə paylaş: |