45
2.2. Boshlang‘ich sinflarning o‘quv faoliyatini integratsiyalash ta’lim
samaradorligi omili sifatida.
Biz integratsiyaning moxiyatini aniqlash jarayonida uning filosofik,
pedagogik — psixologik va metodik asoslarini aniqlab oldik. Ma‘lumki,
o‗qitish va tarbiya jarayoni bir —biri bilan uzviy bog‗liq, lekin inson
shaxsining shakllanishida tarbiya ustivor axamiyat kasb etadi. Chunki, tarbiya
ta‘lim jarayonining barcha majmuini o‗z ichiga oladi. Zamonaviy intelektual
insonni tarbiyalashda integrativ ta‘limning barcha jixatlari(aqliy, axloqiy,
iqtisodiy, mexnat, estetik, gigienik, xuquqiy, jismoniy tarbiya)ni kamrab oladi
va ularning o‗zaro bog‗likligini ta‘minlaydi.
Integrativ ta‘lim jarayonida o‗quvchi, olamning yaxlitligini, koinot, tabiat
konunlarini, tabiat, jamiyat va insonlarning o‗zaro munosabatlari haqida xar
tomonlama bilimlarga ega bo‗lib kamol topadi. Tabiat go‗zalligini xis qila
olish, undan zavqlanish, e‘zozlash ko‗nikmalariga ega bo‗ladi.
Ta‘limning globallashuvi sharoitida fanlararo uzviylikni kengroq qo‗llash
ayni zaruriyatdir. Fanlararo uzviylik tamoyiliga tayanish ta‘lim muassasalari
o‗quv jarayoni uchun tatbiqiy tus olishi lozim.
Fanlararo uzviylik tamoyili turdosh o‗quv predmetlararo munosabatlarning
murakkab jihatlarini to‗liq o‗zlashtirilishini ta‘minlab, bilimlarning ichki
mohiyatiga kirib borishini ta‘minlaydi, natijada turli tizimlar ichki aloqadorlik,
integirativ yaxlitlik vujudga keladi.
O‗quv jarayonida fanlararo aloqadorlikning amalga oshirilishi ta‘lim sifatiga
kuchli ta‘sir ko‗rsatib:
-
ta‘limni modernizatsiyalash, innovatsion o‗qitish imkoniyatlarini
kengaytirish imkonini beradi;
Fanlararo aloqadorlik ta‘minlangan holda, darsni tashkil qila olgan
o‗qituvchi o‗quvchilarda o‗zining faniga bo‗lgan qiziqishini oshiribgina
qolmasdan, mazkur fanni o‗zlashtirishga yordam beradi. Fanlararo
46
aloqadorlikni tizimli tarzda amalga oshirish natijasida o‗quv tarbiya
jarayonining aloqadorligi sezilarli darajada ortadi.
Maktabning asosiy vazifalaridan biri o‗quvchilarda dunyoga yaxlit, o‗zaro
aloqador bo‗lgan birlik sifatida qarashni, uning global muammolari hamda bu
muammolar yechimini ko‗ra va tushuna bilishni shakllantirishdan iborat.
Ta‘lim mazmunida inson va uning dunyoga bo‗lgan munosabati: ―inson va
tabiat‖, ―inson va jamiyat‖, ―inson va inson‖, ―inson va texnika‖, ―tabiat-inson-
texnika-atrof-muhit‖ muammosi tobora markaziy o‗rin egallamoqda.
Tabiatni o‗rganuvchi fanlarni bir sinfda bir marta o‗rganib bo‗lmaydi. Uni
bog‗cha, maktab, tizimida uzluksiz va uzviylik asosida o‗rganmoq zarur.
Tabiiy fanlar ta‘limi mazmuni inson va tabiat aloqadorligi atrofidagi
muammolarni o‗rganuvchi turli o‗quv fanlariga oid bilimlar uzviyligi va
integratsiyasini aks ettirmog‗i lozim, bu esa tabiiy fanlarga oid bilimlarni sifat
jihatdan yangi o‗zgarishlarga olib keladi. Bu bilimlar o‗ziga xos sintez, tabiiy
fanlarga oid bilimlar va insonparvar yo‗nalishlar majmui sifatida namoyon
bo‗ladi. Ularning tafakkurning tizimli va ehtimolli uslubi sifatida tavsiflanishi
tabiiy bilimlarning ajralib turadigan xususiyatlari sirasiga kiradi.
Aynan uzviylik asosida tashkil etilgan integratsiya biosferani ilmiy bilish,
inson faoliyatini o‗rganish, tinchlik uchun kurash bo‗yicha global masalalarning
yechimini topishda tabiiy fanlarning o‗rnini samarali tarzda belgilab berish
mumkin. Pirovard natijada, bu barcha maktab o‗quv fanlaridagi maxsus bilimlar
bilan umumiy-madaniy bilimlar o‗rtasidagi o‗zaro nisbatning uzviylik asosida
o‗zgarishiga (keyingilarining foydasiga) olib keladi.
Shu tariqa, uzviylik asosida tashkil etilgan integratsiya tabiiy fanlar ta‘limi
mazmunini insonparvarlashtirishning asosiy mexanizmi sifatida namoyon bo‗ladi.
Tadqiqotlarimiz tabiatshunoslik ob‘ektlarini «tabiat – fan – texnika –
jamiyat – inson» uzviylik tizimida o‗rganish tabiiy fanlar ta‘limi mazmunini
insonparvarlashtirishning yagona metodologik asosi bo‗lib hisoblanishini
ko‗rsatib berdi.
47
Yangi didaktik tizimni ishlab chiqishda dunyoni yaxlit idrok etish, tizimli
tafakkur va «tabiat – inson» tizimini aksiologik jihatdan baholash dastlabki ko‗zda
tutilgan maqsad bo‗lib hisoblanadi. Bunday yondashuvda o‗qitishdagi ilmiylik
tamoyili butunlay yangicha sifat kasb etadi.
Ilmiylik mezonlarida zamonaviy ilmiy uslubda fikrlashning bilimlar
oldidagi shubhasiz ustunligi hisobga olinadi.
Tabiiy fanlar mazmunini insonparvarlashtirish konsepsiyasi asosida
integrativ yondashuvni amalga oshirish borasidagi tajribamiz natijalari 3-4-sinflar
uchun «Tabiatshunoslik» kursi dasturining ishlanmasida nisbatan aniq taqdim
etilgan.
«Tabiatshunoslik» kursi konsepsiyasini ishlab chiqishda biz zamonaviy,
rivojlanayotgan jamiyatga o‗tish davrida o‗quvchilar dunyoqarashining real
dunyodagi ob‘ektiv munosabatlarni uzviylik asosida integratsiyalashgan tarzda
aks ettiruvchi «inson – tabiat» tizimidagi o‗zaro aloqadorlik to‗g‗risidagi
bilimlarga asoslangan bo‗lishi kerakligini hisobga oldik. Bunday yondashuv
o‗quvchilarning zamonaviy jamiyatning ma‘naviy timsollari ekologiyaning qat‘iy
talabiga teran bog‗liq ekanini tushunishlariga olib keladi (tabiatdan ilmiy
asoslangan tarzda foydalanishgina insoniyatning omon qolishini ta‘minlab va
uning kelgusi rivojlanish yo‗lini belgilab bera oladi xolos).
Bunda quyidagilar yetakchi g‗oyalar hisoblanadi:
1.
Tabiatning birligi, yaxlitligi va tizimli tarzda tashkil topganligi g‗oyasi.
2.
Jonli mavjudotlar, jumladan inson tabiatni maxsuli.
3.
Tabiat va insonning o‗zaro uzviy bog‗liqligi g‗oyasi.
4.
Insonning koinotdagi burchi va tabiatdan ilmiy asoslangan tarzda
foydalanishni anglash orqaligina «tabiat – inson» tizimini uyg‗unlashtirish
mumkinligi g‗oyasi.
Kursning vazifalari:
o‗quvchilarda dunyoning hozirgi tabiiy-ilmiy manzarasi kontekstida
tizimli tafakkur ibtidosini rivojlantirish;
o‗quvchilarda tabiat ob‘ektlari va hodisalari, unda kechadigan jarayonlar
48
qonuniyatlari, tabiat birligi ta‘limoti tizimidagi tabiat qonunlari to‗g‗risida
bilimlarni shakllantirish;
tabiatshunoslikda bilishning o‗ziga xos metodi sifatida o‗quvchilarning
fenologik kuzatish qobiliyatini, tarkib toptirish; laboratoriya ishlarini bajarishda
eksperimental ko‗nikma va malakalarini rivojlantirish; kichik tadqiqot ishlarini
o‗tkazish.
o‗quvchilarda ekologik ta‘lim-tarbiya asosi hamda zamonamizning
global muammolari mohiyatini anglashning muhim bo‗g‗ini sifatidagi «tabiat –
texnika – inson» munosabatlari tizimida aniq yo‗nalish beruvchi qat‘iy ishonch
tizimini hosil qilish;
o‗quvchilarning erkin, mustaqil fikrlashi hamda muammolarni to‗g‗ri
payqay olish, xulosa chiqarish va ularni hal etish yo‗lini topish layoqatini
rivojlantirish; abstrakt tafakkur va bilimlarni umumlashtirish (tahlil, sintezlash,
qiyoslash, analogiyasini topish, sabab-oqibatiga ko‗ra aloqalarini belgilash)
malakalarini rivojlantirish;
o‗quvchilarda tabiatni estetik idrok etishni rivojlantirish – ularni
ma‘naviy rivojlantirish vositasi va dunyoni anglash usullaridan biri sifatida;
o‗quvchilarda ekologik tafakkur va tabiatga qadriyatli munosabatda
bo‗lishning asosi sifatida insonparvar, ma‘naviy timsollarni shakllantirish.
Ko‗p yillik tajriba va mavjud tadqiqotlar taxliliga suyangan holda shuni
qayd qilish mumkinki, tabiatshunoslikka oid asosiy bilimlarni 3-4 sinfdan
boshlash yaxshi natija beradi.
«Tabiatshunoslik» integrativ kursi o‗quvchilarda dunyoning hozirgi tabiiy-
ilmiy ko‗rinishiga muvofiq keluvchi fikrlash uslubi (tizimli tafakkur)ni
shakllantirishga yo‗naltirilgan, bu hozirgi dunyoning insonparvar yo‗l bilan hal
etilishini kutayotgan dolzarb muammolarini anglab yetishga imkon yaratadi. Kurs
tabiiy fanlar ta‘limi mazmunini insonparvarlashtirish konsepsiyasi asosida ishlab
chiqilgan bo‗lib, u bilimlarni yagona metodologik negizda integratsiyalashni:
tabiatshunoslik ob‘ektlarini «tabiat – fan – texnika – jamiyat – inson» tizimida
o‗rganish lozimligini asoslab beradi.
|