Boshlang’ich sinf darsliklarida fe’lga oid mashqlarni tasnif qilish reja



Yüklə 24,57 Kb.
səhifə2/2
tarix05.11.2022
ölçüsü24,57 Kb.
#67536
1   2
BOSHLANG’ICH SINF DARSLIKLARIDA FE’LGA OID MASHQLARNI TASNIF QILISH

Tayanch so‘zlar: bo‘lishli fe’l, bo‘lishsiz fe’l, kesim, o‘tgan zamon, qo‘shma fe’l, kelasi zamon, shaxs-son qo‘shimchasi tuslanish.
Dastlab o‘qituvchi talabalarga boshlang‘ich sinflarda fe‘l ustida ishlashdagi izchillik, bo‘limlar orasidagi bog‘lanish dastur materialining hajmi uning har bir sinfda o‘ganish usullari va vastrollar hamda shu so‘z turkumini o‘rganish vazifasi uning lingvistik xususiyatlari kichik yoshdagi o‘quvchilarning bilish imkoniyatlariga qarab belgilanishi haqida tushuncha beradi. 1-sinfda fe’l ustida ishlashlashga tayyorgarlik savod o‘rgatish davrida boshlanadi. Bu davrda o‘quvchilarning diqqati e’tibori fe’lning leksik ma’nosiga qaratiladi. 2-sinfda shaxs va narsalarning harakatini belgilangan so‘zlar bilan tanishtiriladi.
Tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyati uning aloqa (kommunikativ)vazifasiniifodalashdaniboratdir. Maktabda, shujumladan, boshlang’ichsinflarda
tilni o’rgatishning yetakchi yo’nalishi o’quvchilar tomonidan tilning aloqa vazifasini bajarishini tushunishlariga erishish hisoblanadi.
2. Tilbilantafakkuruzviybog’liq bo’lib, tafakkur so’z vositasida yuzaga chiqadi. Tiltafakkurnipgmahsulihisoblanib,ongdantashqarida o’zichayashamaydi.
Maktabdatilningbarchatomonlari (talaffuzi, fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, so’z yasalishi)ni o’zaro bog’liq holda o’rganish ona tilini o’rgatishdagi yetakchi tamoyil bo’lib, uni amalga oshirish o’quvchilarning tilni murakkab, rivojlanuvchan, o’zaro bog’langan muhim tomonlarga ega bo’lgan hodisasifatidaanglab yetishlariuchunilmiyasosyaratadi. Tilningmohiyatini bunday idrok etish hodisalarning rivojlanuvchanligi va o’zaro bog’langan qismlardantuzilishini tushunishga zamin hozirlaydi.
Maktabtajribasivamaxsustekshirishlar shuni ko’rsatadiki, yuqorida qayd etilgan dastlabki qoidalarni o’quv jarayonida amalga oshirishda ijtimoiy hodisa sifatida til haqidagi bilimlar majmuasini to’g’ri tanlash, asosiy til hodisalarini va turlarini tushuntirishda o’qituvchining tutgan metodologik yo’lining aniqligi, o’quvchilar fikrlashinifaollashtirish, til nazariyasini o’rgatishga asos bo’ladigan til materialining yuqori sifatli bo’lishi kabi dalillar hal qiluvchita’siretadi. SHubhasiz,har bir omil maktab tajribasida bir-biridan ajralgan holda bo’lmaydi. Aksincha, ularningbir-birigato’g’ri, maqsadga muvofiqta’siriijobiynatijaberadi.
Tilningrivojlanishi, ayrimso’zlarning ma’nolari haqidagi bilimni boshlang’ich sinf o’quvchilari ot, sifat, son, fe’lni o’rganishjarayonidaasta-sekinbiliboladilar. Buo’rinda «So’zningtarkibi» bo’limikattaimkoniyatgaega. O’quvchilar bu bo’lim materiallarini o’rganish jarayonida tilimizningyangi so’zlar bilan boyib borishi haqidagi muhim manbalar bilan, so’zyasalishibilantanishadilar. Ma’lumki, ko’pgina yangi so’zlar tilda mavjud bo’lgan so’zlarzaminida yaratiladi, tilda bor qoliplarkabiyasaladi: limon tipidalimonzor, suvchitipidabo’zchikabi. Tildayangiso’zning paydo bo’lishi o’zidan keyin bir xil o’zakli so’zlar guruhining hosil bo’lishigasabab bo’ladi: ishli, ishsiz, ishchi kabi.
Boshlang’ichsinflarda tilning rivojlanishi haqidagi masala maxsus o’rganilmaydi. Tilgajamiyatning rivojlanishi bilan bog’liq holda rivojlanadiganhodisa sifatida ilmiy qarashga zamin yaratish muhim ahamiyatga ega. Tilningleksik tomoni boshqalariganisbatanxarakatchan, tez rivojlanadigan bo’lgani uchun, til leksikasi misolida boshlang’ich sinf o’quvchilarisaviyasigamosravishdajamiyatning rivojlanishi bilan bog’liq holda tilning ham rivojlanishi tushuntiriladi. Tilningleksik tarkibida yuz berayotgan o’zgarishlar yuzasidan o’qituvchi va o’quvchilarning kuzatishlari bolalarda dunyoni bilish haqidagi tasavvurini shakllantirishga mos mate­rial beradi.
Tildanbilimberishdao’quvchilarning hayotiytajribasiga tayanish muhimdir. O’qituvchi nazariyxarakterdagi umumlashtirish zarur bo’lgan daliliy materiallarni yig’ish bosqichida ham, berilgan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish uchun ham bolalarning hayotiy tajribasiga, nutqqa oid amaliyotiga tayanadi. Til­gaoidbilimni o’rganish natijasida o’quvchilar nutq faoliyatining sifati o’zgaradi, ongliligiortadi.
O’tgan asrning 50-70-yillari mobaynida boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi sohasida anchagina qo’llanmalar yaratildi. Bu yillarda ona tili o’qitish metodikasi fan sifatida rivojlana boshladi, umumiy pedagogik, didaktik va psixologik xarakterdagi ilmiy tekshirishlarning natijalari ona tili o’qitish metodikasini takomillashtirish va yangi metodika yaratishga imkon berdi.
Tilfikrnishakllantirishvabayonqilish, taassurot, his-kechinmalarniifodalashdamuhimo’rintutadi. Tiljamiyata’zolariningbir-biribilano’zaro aloqasiuchunxizmatqiladiganvositadir. Buvositaqanchaliktakomillashsa, fikrshunchalikaniq, ta’sirchanifodalanadi. Demak, kishilarning o’zaro munosabati, his-tuyg’ulari, kechinma va holatlari til vositasida aniqlanadi. Maktabdaonatilinichuquro’rganish zarurati tilning bajaradiganasosiyvazifalaridankelibchiqadi.
K.D.Ushinskiyboshlang’ichmaktabo’quvpredmetlaritizimidaonatiligakattaahamiyatberib, uni markaziy va yetakchi predmet hisoblagan.
Onatiliboshqafanlarnio’qitish vositasihamdir:jamiyattarixiham, tabiiyfanlarhamonatiliyordamidao’rganiladi. Demak, onatilibolaningumumiykamoltopishidaham, bilimvamehnatgahavasini uyg’otishdahamalohida o’rin tutadi.
Til muhimtarbiyavositasidir. Badiiyadabiyotlarni, gazeta, jurnallarnio’qiganbolao’zidaengyaxshixislatlarni tarbiyalab boradi, muomalamadaniyatiniegallaydi.
Ona tili boshlang’ich sinflarda asosiyo’rinniegallarekan, har biro’quvchida ona tiligaqiziqishvamuhabbatnitarbiyalab borishzarur.
SHundayqilib, tilni o’rganish jarayonida kichik yoshdagi o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishga o’qituvchining metodologik yondashuvi, o’quvchilar o’zlashtiradigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib boruvchi til haqidagi bilimlar majmuasi, o’quvchilar o’rganib oladigan bilish usuli, tilni o’rganishga asos bo’ladigan materialning bilim berishdagi, g’oyaviy-siyosiy va badiiy qimmati hal qiluvchita’sir ko’rsatar ekan.
O’quvchilarda dunyoqarash asoslarini shakllantirish ko’p qirrali jarayon bo’lib, u maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan o’quv-tarbiyaviy ishlarning barcha tizimida hal qilinadi.
So’z, so’zbirikmasivagapgrammatiktomondanko’pginaxususiyatlargaega. So’zning o’z morfemik qurilishi, o’zining so’zyasalishturi, birorgrammatikkategoriyasi (shaxs, son, egalik, kelishik va boshq.), ma’lumsintaktikvazifasibor. So’z birikmasi ham so’z kabi so’z o’zgarishi (ko’proq ergash so’z o’zgaradi) shakllarigaega. Gapo’zqurilishigako’ra so’zdan sifat jihatdan farqlanadi: so’z o’zi alohida kelganda mustaqil ma’no anglatmaydiganmorfemalardan tuziladi, gapni tashkil etuvchi qismlar esa gapdan tashqarida ham mustaqilleksikma’nobildiradi, gaptarkibidaesauningma’nosiyanaoydinlashadi. Gapvaso’zbirikmasi“qurilish materiali” sifatida xilma-xil tuzilgan so’zdan foydalanadi. Gap uchun qator sintaktik xususiyatlar, shuningdek, tugallangan ohang hamxarakterlidir.
SHundayqilib, tilning har bir jihatining o’ziga xos xususiyatini ko’rib chiqishning o’zi ularning o’zaro munosabatini, bir-biriga o’tishiningmurakkabliginita’kidlaydi. Tilshunoslikfanibo’limlari o’rtasidagimunosabatlarhamshungao’xshashmurakkabdir.
So’z uchun muqarrar morfemik tarkibi xarakterli bo’lib, bunga so’zning leksik ma’nosi va qator grammatik belgilari bog’liq bo’ladi. Yangi so’z qaysi usul bilan yasalmasin, u doim grammatik shakllanadi va o’zining leksik ma’nosiga ega bo’ladi. Har bir so’z turkumida so’z yasalishining xarakterli xususiyatlari mavjud. So’zning morfemik tarkibi va yangi so’z yasalish usullari tilshunoslik fanining so’z yasalishi bo’limida, grammatika va leksikologiyadan ajratilmagan holda o’rganiladi.
O’quvchilar tilniulardatilbirliklariga, xususan, ularning asosiylari bo’lgan so’z, morfema, so’zbirikmasi, gapgalingvistikmunosabatni parallel shakllantirish bilan birga ongli o’zlashtiradilar. So’zga lingvistik munosabat so’znitovush-harftomonidantahlilqilib, uningtovushvagrafiktomonio’rtasidagibog’lanishinianiqlash, so’zni morfemik tahlilqilishvaso’zgaleksik ma’no berishda morfemaning o’rnini tushunish; so’znigram­matik tahlil qilish va shu so’zning muayyan so’z turkumigaoid ekani bilan uning grammatik belgilari o’zaro bog’liqligini tushunish ko’nikmasiningshakllanishigaqarabo’sibboradi.
Masalan, III sinf o’quvchilari gapdagi so’z birikmalarini topadilar, ammo u so’z birikmasidagi so’zlar o’zaro qanday, ya’ni nimalar yordamida bog’langanini tushuntira olmaydilar. IV sinf o’quvchilari gapdagi so’z birikmasini topadilar va so’z birikmasi tarkibidagi so’zlar o’zaro so’z o’zgartuvchi qo’shimchalar (kelishik, shaxs-son qo’shimchalari) yoki ohang yordamida bog’langanini tushuntiradilar, ya’ni bog’lanish grammatik vositalar bilan ifodalanishini ko’rsatadilar. Bu so’z birikmasi tarkibidagi so’zlarning bog’lanish mohiyatini elementardarajadatushunish bo’lib, uni yuqori sinflarda chuqurroq (so’z birik­masi tarkibidagi so’zlarningbog’lanish turlari, bosh va ergash so’zningxususiyatlarini) tushunadilar.
O’qituvchi o’quvchilarda so’zga, so’zbirikmasivagapgalingvistikmunosabatnita’limjarayonidamaqsadgamuvofiqo’stiribboradi, xususan, o’rganiladigankategoriyanio’quvchitushunibolishigag’amxo’rlikqiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Q.Abdullaeva, K.Nazarov, SH. Yo’ldosheva. Savod o’rgatish darslari.  T.: O’qituvchi


2. Q. Abdullaeva va boshq. O’qish kitobi (2-sinf uchun darslik).
3.Q. Abdullaeva va boshq. 2-sinfda o’qish darslari.
4.Q. Abdullaeva. Birinchi sinfda nutq o’stirish.
5.Q. Abdullaeva, S. Rahmonbekova. “Ona tili darslari” (1-sinf o’qituvchilari uchun qo’llanma)
6 Q. Abdullaeva va boshq. Savod o’rgatish metodikasi.
Yüklə 24,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin