International Conference on Developments in Education Hosted from Bursa, Turkey https :
econferencezone.org June 10 th 2022 212
1-bosqichda masala avval ichda, so’ng ovoz chiqarib o’qilsa,
2-bosqich esa mulohaza bosqichi. Bir mahalla bilan ikkinchi mahalla orasidagi masofa 270km , ikkinchi
mahalla bilan uchinchisi orasi esa undan 20km ortiq. Birinchi mahalla bilan uchinchi mahalla orasi necha
kilometr. Bunda masaladagi aniq va noaniq fikrlar aniqlanadi. Masalan o’quvchilarga murojaat uchun
shunday savollar beriladi:
O’qituvchi: Masalada nima haqida gap boryapti?
1-o’quvchi: Mahalla haqida.O’qituvchi:Nechta mahalla haqida?
2- o’quvchi: 3ta.
O’qituvchi: Unda sinf o’quvchilarini mahalla guruhlariga ajratamiz.
O’qituvchi: 1-mahallani,, Bunyodkor”,2-mahallani ,,Binokor”, 3-mahallani,, Lochin” deb nomlab olamiz.
O’qituvchi: Masalada nima aniq?
3- o’quvchi 3ta mahalla borligi.
O’qituvchi:Yana nima aniq?
4-o’quvchi Birinchi mahalla Bunyodkor mahallasidan Binokor mahallasigacha bo’lgan masofa aniq.
O’qituvchi: Qancha ekan?
5-o’quvchi 270km . O’qituvchi:Ancha uzoq ,ammo ko’ngil yaqin, mahallalar o’rtasida yurtboshimiz
chiqargan 5ta tashabbuslari borasida musobaqa o’tkazsak ,yana yaqin bo’ladi.
O’qituvchi:Xo’sh ,nima yana aniq?
6-o’quvchi : Ikkinchi mahalla bilan ,uchinchi mahalla orasidagi ortiq bo’lgan 20 klometr.O’qituvchi: Masala
bizdan nimani so’rayapti?
7-o’quvchi 1-3-mahalla orasidagi masofani so’rayapti.O’qituvchi-Masalani savoliga birdaniga javob bera
olamizmi?
8-o’quvchi:Yo’q.
O’qituvchi:Nega?
9-o’quvchi :Axir 2-mahalla bilan 3-mahalla orasi noaniq.
O’qituvchi:Biz ishni nimadan boshlaymiz?
3-bosqich.
1-o’quvchi:Qisqa shartdan.
O’qituvchi:Qisqa shartning qanday turlari bor?
2-o’quvchi:Qisqa yozuv.
3-o’quvchi:Jadval.
4-o’quvchi:Grafik usuli ham bor.
O’qituvchi: Aziz o’quvchilar, kelinglar biz ularga ozroq to’xtalib o’tsak, qisqa yozuv usulini Bunyodkor
mahallasi, jadval usulini Binokor mahallasi ,grafik usulini Lochin mahallasi tasvirlab bersin.
5-o’quvchi:20km ortiq ekan.
O’qituvchi:Ikkinchi va uchinchi,yoki” Binokor” va “Lochin” mahallalari orasini topsak bo’ladimi?
O’quvchilar:Ha.
O’qituvchi:Qanday qilib?
6-o’quvchi:270kmga 20kmni qo’shamiz.270+20=290(km).
O’qituvchi:Endi masala savoliga javob topsak bo’ladimi?
7-o’quvchi:Ha, bo’ladi.
O’qituvchi:Qanday qilib?
5-bosqich
8-o’quvchi:270+290=560(km)
O’qituvchi:Biz nimani topdik?