Boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirish usullari”


Moddiy, ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlarga doir muqobilini tanlab olish testi



Yüklə 463 Kb.
səhifə14/25
tarix21.06.2023
ölçüsü463 Kb.
#133371
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
MILLIY QADRIYATLARNI TAKOMILLASHTIRISH 2023

Moddiy, ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlarga doir muqobilini tanlab olish testi:

  1. Barcha millat kishilari uchun A) shaxsiy-individual muqaddas boylik bo‘lib, ularni ezgulikka, poklikka da’vat etadi

  1. Xalqning turmush tarzi va uning V) milliy qadriyatlar bugungi ruhiyati, an’analari, madaniyati, psixologiyasi xususiyatlarini ifoda etib, dunyodagi barcha millat va dinga mansub shaxslar uchun keng imkoniyatlar yaratish bilan birga xalqaro demokratik talablariga javob beradi.

  1. Millatga mansub bo‘lgan umumjahon S) ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar taraqqiyoti qonuniyatlaridan biri bo‘lib, o‘z millatidan, o‘z yurtidan faxrlanish, o‘zbek davlati fuqarosi ekanligidan g‘ururlanish kabilarni o‘zida aks ettiradi.

4.Shaxsning ma’naviy-axloqiy olami, D) diniy qadriyatlar nafosati va go‘zalligi, huzur-halovati, individual kamoloti, qobiliyati va iste’dodi, his-hayajonlari bilan bog‘liq qadriyatlar.
Biz tadqiqotimiz davomida o`smir yoshdagi o`quvchilarda so‘rovnomalar o‘tkazdik. Unda 110 nafardan ortiq o’quvchi ishtirok etdi. So‘rov o‘tkazishdan maqsad o’quvchilarda qadriyat yo‘nalishlarining rivojlanish darajasini aniqlashdan iborat edi. Shu bois, ularga bir qator yo‘nalishlarda so‘rovnoma savollari berildi.
Qadriyatlar turlari haqida qiziqasizmi? degan savolga quyidagicha javob olindi: “juda qiziqish bilan o‘qiyman” – 57%, “javob berishga qiynalaman” – 31%, “o‘qish qiziq emas, zaruriyat yuzasidan o‘qiyman” – 12%. Hayotiy maqsadlarning jalb etuvchi tomonlari nimada? 77 foiz talabada yuqori daromadga intilish kuchli ekan. So‘rovda ishtirok etgan o`quvchilarning 70 foizi o‘z milliy qadriyatlarni ijtimoiy hayotiy maqsadlar ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa qo‘ygan. Hayot lazzatlaridan foydalanib qolish va vaqtni xursandchilik bilan o‘tkazish kerak, deb hisoblovchilar – 23%, shuningdek, dam olish, o‘yin-kulguni asosiy maqsad, deb hisoblovchilar 13 foizni tashkil etdi. Faqat 11% o`quvchilargina boshqalar uchun, umumiy farovonlik uchun xizmat qilish istagidaligini bildirishgan. O’quvchi-yoshlarni qabul qilgan qadriyatlarga muvofiq ularning xulqi kelib chiqadi, ularning atrof dunyo bilan munosabati shakllanadi.
Hayotiy qadriyatlarni ma’lum bir guruhlarga bo‘lishganini qayd etib o‘tish kerak. Boshlangich sinf o’quvchilariuchun “yuqori maosh” nisbatan asosiy omil sanalgan. Ya’ni yoshlarning intilishi yuqori, hech kim oz narsa bilan qoniqish hosil qilmagan. Bu shundan dalolat beradiki, ayni holatda keng ishbilarmonlik tashabbusi ham mavjudligini ko‘rish mumkin. Ko‘pchilik yoshlar aynan shu qadriyatni birinchi o‘ringa qo‘ygan. Bu esa, bozor iqtisodiy qadriyatlariga tayanadigan yangi avlod to‘vrisidagi fikrni tasdiqlaydi.
Ikkinchi guruh qadriyatlar – “ishonchli, sevimli kishisi bo‘lishi”, “yaxshi do‘stlar”, “ruhiy xotirjamlik”, ya’ni “axloqiy-psixologik” qadriyatlardir. O’quvchi-yoshlarimiz shunday navqiron, romantik yoshdaki, bu davrda ularga shunchaki yaxshi insongina emas, ayni paytda, ishonchli, ruhiy xotirjamlikni saqlay oladigan do‘st ham kerak bo‘ladi. Ochig’i, boshqa barcha omillar Boshlangich sinf o’quvchilariuchun alohida e’tiborga molik emas. So‘rovnoma ro‘yxatining ikkinchi qismidagi “qiziqarli ish”, “sof vijdon”, “kasbiy yutuqlar” shundan dalolat beradiki, o`quvchilar o‘z kasb karyerasidan ko‘ra ijtimoiy va moddiy muvaffaqiyatlar to‘g’risida qayg’urishadi.
O’quvchi-yoshlarning ta’lim olish davrida hayotiy qadriyatlar tizimi o‘zgaradimi? Deyarli yo‘q. Qadriyatlar tizimi yetarli darajada inertsion, ta’lim olish yillari esa juda tez o‘tib ketadi. Ammo hayotiy qadriyatlar tizimidagi ayrim siljishlarni tadqiqotda ishtirok etgan yoshlarda kuzatish mumkin. Shaxsning yashash va ishlashga qodirligi borasidagi muhim xususiyat –bu uning o‘z hayoti, faoliyati oqibatlari uchun javobgarligi sanaladi. Boshlangich sinf o’quvchilari kelajak uchun o‘z javobgarligini anglab yetadi

Yüklə 463 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin