Boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirish usullari”



Yüklə 463 Kb.
səhifə13/25
tarix21.06.2023
ölçüsü463 Kb.
#133371
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
MILLIY QADRIYATLARNI TAKOMILLASHTIRISH 2023

Ish
bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O‘qituvchi

O’quvchi




1-bosqich. O‘quv mashg‘ulotiga kirish (Da’vat bosqichi)
(5 minut)

    1. Mavzuning nomlanishi, rejadagi masalalar va mustaqil o‘qish uchun adabiyotlar ro‘yxati bilan tanishtiradi




Tinglashadi,
yozib borishadi.

    1. O`quvchilarni mashg‘ulotga chorlab olish maqsadida “Men hech qachon.. maganmagan” o‘yinini o‘tkazadi




O‘yinda ishtirok etishadi va o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi

2-bosqich.
Asosiy
(Anglash
bosqichi)
(20 minut)

2.1. “Qadriyatlar tizimi” tushunchasi mohiyatini yoritib beradi.

Tinglaydilar,
savol- javoblarda ishtirok etishadi, muhim chizma va jadvallarni o‘z daftarlariga qayd etishadi.

2.2. Qadriyatlar tizimining namoyon bo‘lish xususiyatlarini tushuntirib beradi.




3-bosqich.
Yakuniy
(Fikrlash
bosqichi)
(20 minut)

3.1. Qadriyatlar tizimiga doir bayon etilganlarini mustahkamlash maqsadida “Mening shaxsiy qadriyatlarim” mavzusida asoslangan esse yozishni topshirig‘ini beradi..

O‘zlarining daharlariga o‘n minutlik esseni yozishadi.

3.2. Ayrim o’quvchilarning javoblarini eshitish orqali ularning mavzuga doir umumiy tasavvurlarini aniqlaydi.



O‘z bilimlarini boyitadilar

Aniq tasavvurlar shakllanmagan qismlarini qayta tushuntiradi.

O‘z tasavvurlarini qo‘shimcha ma’lumotlar bilan boyitadi




Mening shaxsiy qadriyatlarim” mavzusida o‘n minutlik esse yozish.

Esse - bu muallifning individual nuqtai nazarini ifoda etish shakli bo‘lib, biror narsa-hodisa yoki jarayon haqidagi umumiy yoki dastlabki dunyoqarashni o‘z ichiga oladi.

O‘n minutlik esseni yozish qoidalari:




  1. Taklif etilgan mavzuga doir so‘zlar hajmi 200 tadan 300 tagacha bo‘lishi mumkin.

  2. Shaxsiy qadriyatlar deganda ko‘z oldimga ... keladi”, “Mening shaxsiy qadriyatlarimga quyidagilarni kiritish mumkin...”, “Mening shaxsiy qadriyatlarimning hayotimda tutgan o‘rni shundaki...” kabi jumlalardan foydalaning.

Umuman olganda, o‘quvchilarda qadriyatli tasavurlar tizimini takomillashtirish yaxlit tavsifga ega bo‘lib, o‘zlashtirish (hissiyot, qiziqish, ehtiyoj) va ta’sir ko‘rsatish (talab, taklif, tanlov) jarayonlari birligini o‘zida aks ettiradi.


Boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirish yo‘llari “Qadriyatlar” o‘yini.
Ishtirokchilarga oltita varaq tarqatilib, mana shu qog‘ozlarga ajdodlar tajribasida o‘z ifodasini topgan qadriyatli tasavvurlarni ahamiyatlilik darajasiga ko‘ra yozib chiqishlari so‘raladi. Keyin varaqlar shunday aralashtirilishi, ya’ni eng qadrli narsa yozilgan varaq oxirida turishi kerakligi aytiladi. Boshlovchi ishtirokchilarga qandaydir hodisa ro‘y berib, birinchi varaqda yozilgan qadriyatdan mahrum bo‘lganliklarini his qilib ko‘rishlarini taklif etadi. So‘ngra boshlovchi ishtirokchilardan shu qadriyat yozilgan qog‘ozni g‘ijimlab uloqtirishni va hayotni ana shu qadriyatsiz tasavvur qilib ko‘rishlarini so‘raydi.Shu tariqa har bir qadriyatdan voz kechib boriladi. Shundan so‘ng ishtirokchilarga qadriyatdan ajaralayotgan vaqtda qanaqa hissiyot, qanaqa tuyg‘uni his qilganligini eslash taklif etiladi. Keyin boshlovchi mo‘jiza ro‘y berib, qadriyatlarni birma-bir qaytarish imkoniyati tug‘ilganligini e’lon qildi va o’quvchilar g‘ijimlangan qog‘ozlarni birma-bir qaytarib oladilar. So‘ng ishtirokchilardan qadriyatlarni yo‘qotilgan vaqtdagi holati va g‘ijimlangan qog‘ozlarga yozilgan holatini solishtirib, yo‘qotilgan paytdagi qadriyatli tasavvurlarni hozir ham xuddi shunday qadr-qimmatga egami yoki yo‘qmi ekanligini so‘raydi. Guruh a’zolaridan ba’zilari qadriyatlarni ahamiyatiga ko‘ra o‘rinlarini almashtirganliklarini ham ma’lum qilishadi. Mashg‘ulot so‘nggida boshlovchi natijalarni muhokama qilib, xulosalarni bayon etadi.
Men hech qachon ...maganman” o‘yini. Mazkur o‘yin jarayonida o‘quvchilarga egallangan qadriyatlar tizimidan foydalanib, ularning shaxsiy ahamiyatini o‘zlarida namoyon eta olishlari so‘raldi.
Ishtirokchilar navbatma- navbat “Men hech qachon .maganman” degan jumladan iborat gap aytishlari lozimligi belgilab qo‘yildi (masalan, “Men hech qachon yolg‘on gapirmaganman”, “Men hech qachon o‘zimdan kattalarga tik qarab gapirmaganman”, “Men hech qachon haqoratli so‘zlarni ishlatmaganman” va h.k.). Qolgan o‘quvchilar esa, aytilayotgan gaplar, agar ular uchun noto‘g‘ri bo‘lsa barmoqlarini bukib boradilar. Ya’ni, masalan, biror o‘quvchi haqoratli so‘zlarni ishlatsa, bitta barmog‘ini bukadi, keyingi ishtirokchi tomonidan aytilgan gap ham uning uchun noto‘g‘ri bo‘lsa (ya’ni kattalarga tik qarab gapirsa) yana bitta barmog‘ini bukadi va h.k.
Jami o‘nta gap aytilganidan so‘ng kimningdir barmoqlaridan birortasi yoki bir nechtasi bukilmasdan qolgan bo‘lsa, o‘sha yutadi.
O‘qituvchi o‘quvchilarni aytilayotgan fikrlari ajdodlar tajribasidan olingan bo‘lishi va barmoqlarni adolatli bukish lozimligi haqida ogohlantirib boriladi.
O‘yin shu tarzda barcha ishtirokchilar bittadan gap aytgunlariga qadar davom ettirildi.
Mumkin emas...” o‘yini. Mazkur o‘yin qadriyatlar tizimini to‘g‘ri tahlil eta olish maqsadida amalga oshirildi. Buning uchun guruh ikkiga bo‘lib olindi. Birinchi guruh o‘z xohish-istaklarini bayon qilishi, ikkinchi guruh esa bunga mavjud tajribalari asosida rad etish mazmunidagi javobni berishlari so‘raldi.
O‘n minutdan keyin guruhlar o‘z o‘rinlarini almashdilar.
O‘yinda quyidagi fikrlardan foydalanildi:

  • Men baribir o‘z maqsadimga erisha olmayman.

  • Yo‘q, unday dema. Yaxshi niyat qilib, yaxshi fikrlar o‘ylasang, u albatta amalga oshadi.Ba’zi o‘qituvchilarimizni hurmat qilmayman, chunki bilimlari sayoz.Yo‘q, bunday qilishing to‘g‘ri emas. Alisher Navoiy aytganlar: “Haq yo‘lida kim sanga bir harf o‘rgatmish ranj ila, Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila”.Menga ahamiyati yo‘q, bugun boshqa odam bilan, ertaga boshqa odam bilan do‘st bo‘lib keta olaman.

  • Bunday qilishing xato. Chunki bu dunyoda ikkiyuzlamachi bo‘lgan odamning qiyomatda o‘tdan yasalgan ikki tili bo‘ladi.

  • Men har doim o‘zim xohlagan fikrni ayta olaman.

  • Sen buni qila olishing mumkin, lekin bu ish senga doim kulfat olib keladi. Chunki “Qora bosh yag‘isi qizil til turur, Necha bosh edi u, yana ham eyur” va boshqalar.

O‘yindan so‘ng fikrlarni rad qilish uchun qo‘llanilgan dalillar, ularning sabablari va mazmuni tahlil qilib chiqildi.Aniq vaziyatlar(case-study)ni tahlil etish - o‘quvchilarda qadriyatli tasavvurlar tizimini shakllantirishning samarali metodi hisoblanib, o`quvhilarda hayotiy va pedagogik faoliyatda yuzaga keluvchi vazifalarni tahlil etish qobiliyatini rivojlantiradi. Aniq vaziyatga duch kelganda talaba unda qanday muammo ifoda etilgani, u nimada namoyon bo‘lishi, vaziyatga o‘zining munosabatini aniqlashi zarur.
Vaziyatlarning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: muammoli, baholovchi va namoyishli.Muammoli vaziyat o‘zida real hayotdagi omillarning uyg‘unligini hisobga olishni taqozo etadi. Mazkur sharoitda o’quvchilar mazkur vaziyatda ishtirok etuvchi shaxslar sifatida namoyon bo‘lishadi.
Baholovchi vaziyatda esa, allaqachon mohiyati aniqlangan qoidalar ifoda etiladi. Avval qabul qilingan qarorlarni tanqidiy tahlil etish amalga oshiriladi. Bo‘lib o‘tgan voqealar yuzasidan motivatsiyalashgan xulosalar berib boriladi.
Namoyishli vaziyat biror murakkab jarayon yoki vaziyat ko‘rinishida namoyon bo‘lib, ularni tahlil etishda aniq misollar keltirib o‘tilishi talab etiladi.
Munozara o‘quvchilarning hayotiy va pedagogik vaziyatlarni hal etishda hamkorlikdagi ishtirokini ta’minlash asosida amalga oshirilib, ular vaziyatlarni hal etish jarayonida tarbiya fanidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalaridan foydalanishdi. Dars-munozara rolli tarzda amalga oshirildi:

  1. Boshlovchi: munozara jarayonini tashkil etdi va boshqardi. Munozara jarayonining mazmunli o‘tishi uchun ishtirokchilar faoliyatini muvofiqlashtirib bordi.

  1. Taqrizchi: munozara ishtirokchilarining fikr-mulohazalarini tahlil qilib bordi. Ularning nuqtai nazariga o‘z munosabatini bildirib, o‘zining vaziyatni hal etishga doir variantini taklif etib bordi.

  1. Logik (mantiqiy jihatini nazorat qiluvchi): munozara ishtirokchilari va taqrizchining tahlilidagi qarama-qarshiliklar va mantiqiy xatoliklarni aniqladi va farazlarning to‘g‘ri shakllantirilishini boshqardi.

  2. Psixolog: seminar munozara jarayonida o`quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etdi, munozara jarayonida nizoli vaziyatlarning kelib chiqmasligi va o‘zaro hurmatni saqlashlari uchun harakat qildi.

  3. Ekspert: butun munozara jarayoni samaradorligi, vaziyat yuzasidan faraz, taklif va xulosalarning to‘g‘ri shakllantirilganligi, munozara ishtirokchilarining fikrlari yuzasidan o‘z mulohazalarini bayon etdi.

Tadqiqot jarayonida o’quvchi-yoshlarni milliy qadriyatlar asosida dunyoqarashini tarbiyalashga yo`naltirilgan yuqorida qayd etilgan shakllarda tashkil etilgan faoliyat samaradorligini mazkur jarayonda qo’llanilgan quyidagi metodlar ta’minlaydi:
1) Kuzatish metodi- (faoliyatni tashkil etishda ushbu metoddan foydalanish oilada tarbiya topayotgan o’quvchi-yoshlarning xatti harakatlarini kuzatish ularda hosil bo`layotgan ma’naviy-axloqiy sifatlar turrisida muayyan ma’lumotlarga ega, shuningdek, o’quvchi-yoshlarning fiziologik hamda ruhiy holatida ro`y berayotgan o`zgarishlardan xabardor bo`lish imkonini beradi);
2) Suhbat metodi-(mazkur metod yordamida o’quvchi-yoshlarning uy fikrlari, ichki ruhiy kechinmalari, his tuyg`ulari, orzu niyatlari, hayotiy intilishlari, maqsadlari, ularning hayotlarida sodir bo`layotgan o`zgarish yoki hodisalar (yangi tanishlar orttirish, o`rtoqlari bilan xafalashib qolish, o`zi tanlagan kasbni o`zgartirish fikrning paydo bulishi, uzi yoqtirgan to`garak (kurs)ga qatnashish istagidan voz kechish va hokazolar), hayotiy ideallari, oilaning boshqa a’zolari, do`stlari, tengdoshlari hamda sinfdoshlari bilan bo`lgan munosabatlarining mazmuni, o`quv predmetlari asoslarining uzlashtirishdagi muvaffaqiyatlari yoki muammolar va hokazolar yuzasidan o`zaro fikr almashish, muayyan ma’lumotlarga ega bo`lishni ta’minlaydi);
3) Tushuntirish metodi -(ushbu metod yordamida o’quvchi-yoshlarga milliy urf odatlarimiz, milliy qadriyatlarimiz hamda an`analarimiz haqida ma`lumot beriladi.
4) Namoyish etish metodi-(mazkur metod o’quvchi-yoshlarni milliy qadriyatlar asosida dunyoqarashini tarbiyalash jarayonida muhim ahamiyatga ega bo`ladigan amaliy faoliyat ko`nikma hamda malakalarni hosil qilish uchun xizmat qiladi);
5) Namuna kursatish metodi-(tadqiqot muammosi doirasida olib borilgan tajriba sinov ishlari jarayonida mazkur metoddan foydalanish ham o’quvchi-yoshlarni ijtimoiy hayotga tayorlash jarayonini tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etuvchi amaliy faoliyat ko`nikma hamda malakalarini shakllantirish imkonini beradi);
6) Bahs (munozara) metodi- (mazkur metod yordamida o’quvchi-yoshlarda ommaviy axborot vositalari sahifalarida oilaviy turmush va uni tashkil etish, mustahkam oilani shakllantirish, milliy munosabatlarni yo`lga quyish, shuningdek, atrofda sodir bo`layotgan hamda oilaviy munosabatlar bilan bogliq voqea va hodisalar mohiyatidan o`zlariga tegishli xulosalar chiqarib olish, ularga nisbatan shaxsiy munosabat bildirish ko`nikmalarini hosil qilish mumkin.
7) Manbalar bilan ishlash-(nikoh, oila, oilaviy munosabatlar, oila tarbiyasi va uning mohiyati, ota-onalar va o’quvchilar o`rtasidagi ijtimoiy aloqalar, mustahkam oilani barpo etish, oilalarda soglom turmush tarzini shakllantirish sir -asrorlari yuzasidan fikr yuritilgan, ulur mutafakkirlar, tajribali oila sohiblari, mutaxassislarning qarashlari bitilgan adabiyot (manba)lar mazmuni bilan tanishish, ulardan muayyan nazariy va amaliy bilimlarni o`rganish imkon beruvchi ushbu metod o’quvchi-yoshlarning tafakkur va dunyoqarashlarini boyib borishini ham ta’minlaydi).
8) Rag`batlantirish metodi-(bizga yaxshi ma’lumki, rarbat shaxsga istiqbol faoliyatini tashkil etish uchun ma’naviy ruh, kuch barishlaydi. Shu bois o’quvchi-yoshlarni dunyoqarashini tarbiyalash jarayonida ular tomonidan amalga oshirilgan, ma’lum ma’noda muvaffaqiyatli bulgan hatti — harakat, faoliyat turrisida oila a’zolari davrasida qayd etib utilishi, bunday harakatlarning ma’qullanishi, chunonchi, "barakalla". "buning uddasidan chiqishingga ishonar edim", "men ham buni (muayyan harakat, faoliyatni) bajara olishingga ko`zim yetgan edi", "bu yumushni sifatli bajarilishi uchun astoydil harakat qilganing ko`rinib turibdi, yasha" va hokazo kabi so`zlarning e’tirof etilishi qizlarda o`z kuchlari, layoqatlariga ishonchni turdiribgina qolmay, balki ularni o`z ustilarida tinimsiz izlanishga undaydi. Rag’batlantirish metodi yordamida qizlarda ijobiy sifatlar shakllanadi).
3) Jazolash metodi-(o’quvchi-yoshlarni dunyoqarashini tarbiyalash jarayonida jazolash metodidan samarali, maqsadga muvofiq foydalanish ham pedagogik jihatdan turli sanaladi. Biroq jazolash metodining mohiyati o’quvchi-yoshlarni jismoniy azob berishdan iborat emasligini yoddan chiqarmaslik lozim.
Interfaol metodlar (o’quvchi-yoshlarda shaxsiy va ijtimoiy faollikni kuchaytirish maqsadida qullaniluvchi interfaol metodlar ayni vaqtda ularda mustaqil fikrlash, o`z-o`zini tarbiyalash, faoliyatiga tanqidiy baho berish kabi sifatlarning shakllanishiga zamin yaratadi. Tajriba jarayonida respondentlarda dunyoqarashni tarbiyalashda milliy qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhini shakllantirish maqsadida ular ishtirokida «Muammoli vaziyat», «Aqliy hujum», «Klaster», hamda «Rolli uyin» kabi metodlar asosida amaliy faoliyat tashkil etildi.
1).Muammoli vaziyat metodi — Boshlangich sinf o’quvchilaritomonidan ular e’tiboriga havola etilgan ijtimoiy hayotdagi iqtisodiy, psixalogik, ijtimoiy , huquqiy va boshqa muammoli vaziyatlarni tahlil qilish hamda ularning yechimini topishga asoslangan metod.
2.) Klaster metodi — yaxlit holda olingan oilaviy hayot yoki uning ma’lum yo`nalishi (masalan, oila byudjetini yaratish, ota — onalar va farzandlarning bir —birlari oldidagi huquqiy majburiyatlarini klaster (asosiy tushuncha) lar yordamida ifodalash asosida O’quvchi-yoshlarda umumiy tushunchalarni hosil qilishga yunaltirilgan metod.
3) Rolli o’yin metodi —Boshlangich sinf o’quvchilaritomonidan hayotiy vaziyatlarning turli shart-sharoitlarini sahnalashtirish asosida ko`rsatib beruvchi metod bo`lib, muayyan ro`llarni ijro etish jarayonida ularda ijtimoiy hayot borasidagi ma’lum ko`nikmalar shakllanadi.
4).Aqliy hujum metodi — oilaviy turmushga oid muammolarni hal etishda respondentlar tomonidan bildirilgan mustaqil fikr va mulohazalarni uzaro umumlashtirib, ular asosida ma’lum, yagona yechimga kelishni ta’minlovchi metod. Aqliy hujum - muammoli vaziyatlarni hal etishda keng qo‘llaniladigan interfaol metodlardan biri. Mazkur metodning maqsadi muammoni hal etishning noan’anaviy yo‘lini hal etish bo‘yicha jamoaning umumiy fikriy faoliyatini tashkil etishdir.
O‘quvchilarda qadriyatli tasavvurlarni shakllantirishda aqliy hujum metodi quyidagi vazifalarni hal etishga yordam berdi:
-o‘quvchilarning hayotiy va pedagogik vaziyatlarni pedagogika tarixi fanidan olgan bilimlari asosida ijodiy hal etishlari;
-aniq vaziyatlar bilan ajdodlar merosi orasida aloqadorlikni yo‘lga qo‘yish;
-o‘quvchilarning vaziyatni hal etishga doir diqqat-e’tibori va aql kuchini jamlash;
-jamoaviy fikriy faoliyatni shakllantirish. Muammoni hal etishning bir necha muqobil variantlarini izlab topish ko‘nikmasini tarkib toptirish.
Moddiy, ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlarga doir muqobilini tanlab olish testi:

  1. Ilmiy-texnikaviy va intellektual, A. Moddiy qadriyatlar maorif, ta’lim-tarbiya, tibbiy xizmat, milliy meros, turli shakllarda namoyon bo‘ladigan madaniyat durdonalari, til, adabiyot, san’at, xalq hunarmandchiligi mahsulotlari, noyob tarixiy va madaniy arxitektura yodgorliklari

  1. Kishilarning yashashi, umr kechirishi V. Umuminsoniy uchun zarur bo‘lgan tabiiy sharoitlar va moddiy boyliklar, tabiiy zahiralar, iqtisodiy shart-sharoitlar, oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy, S. Ma’naviy kommunikatsiya vositalari

  1. Millatni, elatni tashkil qiluvchi kishilarning milliy madanyatini, merosini, qadriyatlarini, urf-odatla- rini, an’analarini o‘zlashtirishdagi faoliyatini rivojlantirish bo‘lib, u milliy ong va milliy o‘zlikni anglashning sub’ektidir.


Yüklə 463 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin