Boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirish usullari”


Boshlangich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirishning usullari



Yüklə 463 Kb.
səhifə11/25
tarix21.06.2023
ölçüsü463 Kb.
#133371
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
MILLIY QADRIYATLARNI TAKOMILLASHTIRISH 2023

2.2.Boshlangich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirishning usullari
O‘zbek xalqi azaldan milliy an’ana va qadriyatlarga, urf-odatlarga boy bo'lgan qadimiy xalq. Bu xalqning nafaqat biror-bir marosimi, balki butun umri, har bir kuni ma’lum qadriyatlar, milliylik nafasi ufurib turuvchi harakatlar asnosida kechadi. Bu xalq har bir qadriyat va an’analarini ulug'lovchi buyuk xalqdir. Aslida uning buyukligi ham mana shundan bo'lsa kerak. Zero, har bir millat milliy qadriyatlarini, milliyligini va o'ziga xosligini ko‘z-ko‘z qilish orqali o'zligini, milliy g'ururini namoyon qiladi. O‘zlikni anglash milliylikdan boshlanadi. Milliy urf-odatlarga sodiqlik va ularga amal qilish har bir insonning milliy g'ururidan darak beradi.
Qadimdan urf bo'lib kelgan azaliy an’ana va qadriyatlarimizni, milliy marosim qo'shiqlarimizni to'y marosimlarida o'rni bilan ijro qilish ularning boqiyligini, abadiyligini ta’minlaydi, yosh avlod qalbida ularga nisbatan mehr va qiziqish hissini uyg'otadi. Xalqimizning milliy qadriyatlarini doimo e’zozlab, qadrlab, ularga hurmat bilan munosabatda bo'lish har birimizning burchimizdir. Zero, milliy qadriyat va an’analar millat iftixori, g'ururi hisoblanadi. Ammo bugungi kunda ko'plab milliy urf-odatlarimiz unutilib borilayapti, ularga nisbatan bepisandlik bilan qaralyapti. Albatta, bunday beparvolikning xosiyati yaxshi emas. Chunki har bir qadriyatimiz zamirida o'ziga xos ma’no-mazmun bor.
Milliy ma’naviyatimiz shakllanishida, ma’naviy ongimiz yuksalishida milliy odat va an’analarimizning o'rni beqiyos. Shunday ekan, ularni o'rganish va amalda qo'llash orqali ham ma’naviyatimizni yuksaltirishimiz va milliy qadriyatlarimiz umrboqiyligiga o'z hissamizni qo'shishimiz lozim”44.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirishda turli usullardan foydalanish zarur. Chunki ayni damda rivojlangan davlatlarda o‘quvchilarning o‘quv faoliyati va ijodiy jihatdan faolliklarini oshirish, ta’lim-tarbiyada samaradorlikni kafolatlovchi metodlarni qo‘llanilishi ijobiy natijalarga erishishni ta’minlamoqda.Boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirishda darsdan tashqari mashg‘ulotlar ma’lum talablarga javob berishi lozim. Ya’ni:
- darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tizimli va izchil hamda maqsadli o‘tkazish;
- darsdan tashqari mashg‘ulotlarni hamkorlik asosida tashkil etish;
- maktab o‘quvchilarining yosh xususiyatlarini hisobga olish;
- darsdan tashqari mashg‘ulotlarni o‘quvchilar hoxish istaklari asosida qiziqarli tarzda olib borish;
- ta’limiy va tarbiyaviy jarayon keng qamrab olinishi lozim;
- ijtimoiy-hayotiy voqealar bilan misollar keltirish;
- darslarda hikoya, suhbat, munozara, savol-javob kabi usullaridan unumli foydalanish.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashganligini belgilash yuqoridagi mezonlar asosida amalga oshirilishi hamda uchta “yuqori”, “o‘rta” va “quyi” darajalarda qayd etilishi qoida sifatida belgilab olindi.Shuni aytish mumkinki, milliy qadriyat asosidaorqali o‘quvchilarda dunyoqarashni tarbiyalashda avvalo o‘quv faoliyatini tashkil etishning eng ma’qul shakl, metod va vositalarini mahorat bilan aniqlab olish zarur.
Guruhlarga beriladigan topshiriqlar:
1-guruh. Islomgacha bo’lgan milliy qadriyatimiz taraqqiyoti. Milliy ong va milliy o’zligini anglash masalasi.
2-guruh.Ma’naviyatning uch guruhi, qadriyatlar masalasi.
3-guruh.Umuminsoniy qadriyatlar va umuminsoniy ma’naviyat.
4-guruh. Xalqimizning an’analariga hurmat, «millatchilik», Sharq va G’arb ruhi masalasi.

Yüklə 463 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin