3.2.Boshlangich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirish usullariga oid tajriba-sinov ishlari samaradorlik darajasi Asoslovchi eksperimentda boshlang’ich sinf o’quvchilarning milliy qadriyatlarni o’rganishga nisbatan motivatsiya darajasini va o’quvchilarning o’z xatti-harakatlarni tahlil qilish ko’nikmasini aniqlash maqsadi qo’yildi.
Asoslovchi eksperiment natijalari ko’rsatishicha, ko’plab boshlang’ich sinf o’quvchilari milliy qadriyatlarga shaxsiy tayyorgarlikning tarkibiy qismi sifatida qarashmaydi, shu sababli milliy qadriyatlarga maqsadga muvofiq tarzda yo’naltirilmaydi.Boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’quvchilarga milliy qadriyatlarini o’rgatish va shu orqali ularda sharqona munosabat tuyg’usini shakllantirishda odatda, o’zlariga metodist (ushbu ishlar tashkillashishini metodik jihatdan ta’minlash) va nazoratchi rolini olishadi.
Shu vaqtning o’zida ham o’qituvchilar, ham o’quvchilarning ko’pchilik qismi (70%dan ortiqrog’i) milliy qadriyatlarini o’rganishni tashkil etishda xalq og’zaki ijodi va tadbirlardan foydalanishni istiqbolli ish deya hisoblashadi va o’quvchilar milliy qadriyatlarini o’rganishda Xalq og’zaki ijodidan foydalanishni xoxlashadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining milliy qadriyatlarini bilish va angalash samaradorligini tahlil etish anchagina past natijalarni ko’rsatdi. Faqatgina 4-8% o’quvchilarda milliy qadriyatlarini anglash yuqori baholandi. 12-24% - ishlar o’rtacha va 72-84% ishlar esa past darajada deya baholandi.
Shunday qilib, asoslovchi eksperiment natijalari tadqiqot muammoasining dolzarbligini asosladi va o’quvchilarda sharqaona munosabat tuyg’usini shakllantirish samaradorligini oshirish uchun tanlangan yo’nalishning (o’quvchilarda milliy qadriyatlariga munosabat tuy’gusini shakllantirish tizimi) to’g’riliga ishontirdi.
Tajriba–sinov ishlarining keyingi bosqichida boshlangich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarini o’rganish bo’yicha maktab motivatsiyasini o’rganish metodikasi o’tkazildi.
Maktab motivatsiyasi metodikasi.
Metodikaning maqsadi - maktab motivatsiyasini aniqlash. Boshlang’ich sinf o'quvchilarining maktab motivatsiyasi darajasini tekshirish N.G.Luskanova (1993) so'rovnomasida o’quvchilarning milliy qadriyatlarga bo'lgan munosabatini va o'quv jarayonini, maktab ahvoliga hissiy javob berishni eng yaxshi aks ettiruvchi 10 savoldan iborat. Metodika muallifi qayd etishicha, bolada maktab tomonidan qo’yilgan barcha talablarni yaxshi bajarish va o'zini eng yaxshi tomondan namoyon qilish motivining bo'lishi o’quvchining kerakli ma'lumotlarni tanlash va eslab qolishida faol bo'lishiga olib keladi. O'quv motivatsiyasi past darajada bo'lsa, maktab akademik ko'rsatkichlarining pasayishi kuzatiladi.
O'tkazish tartibi quyidagicha: ushbu so'rovnoma bolaning individual tekshiruvi uchun ishlatilishi mumkin, shuningdek guruh diagnostikasi uchun ham qo'llanilishi mumkin. Shu bilan birga, taqdimotning ikkita variantiga ruxsat beriladi:
1. Savollar eksperimenter tomonidan ovoz chiqarib o'qiladi, javoblar taklif etiladi va o’quvchilar ularga mos keladigan javoblarni yozishlari kerak.
2. Bosma shaklda so'rovnomalar barcha o’quvchilarga tarqatiladi va eksperimentchi ularga barcha tegishli javoblarni qayd etishni so'raydi.
Har bir variant o'zining afzalliklari va kamchiliklariga ega. Birinchi variantda, yolg'on omil xavfi yuqori, chunki o’quvchilar o'zlarini savol beradigan kattalarni ko'rishadi. Taqdimotning ikkinchi versiyasi sizga samimiy javoblarni olish imkonini beradi, ammo bu usul birinchi sinfda qiyin, chunki o’quvchilar hali bu paytda yomon o'qiy oladilar.
Ushbu metodika bo’yicha natijalar qayta ishlandi va umumlashtirildi. Metodika bo’yicha natijalarning umumlashtirilgan natijalari 1-jadvalda keltirib o’tilgan.
3.2.1 - jadval