Boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirish usullari”


III.BOB.BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA MILLIY QADRIYATLARNI TAKOMILLASHTIRISH USULLARIGA DOIR TAJRIBA-SINOV ISHLARI SAMARADORLIGI



Yüklə 463 Kb.
səhifə18/25
tarix21.06.2023
ölçüsü463 Kb.
#133371
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
MILLIY QADRIYATLARNI TAKOMILLASHTIRISH 2023

III.BOB.BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA MILLIY QADRIYATLARNI TAKOMILLASHTIRISH USULLARIGA DOIR TAJRIBA-SINOV ISHLARI SAMARADORLIGI
3.1.Boshlangich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirish usullariga oid tajriba-sinov ishlari mazmuni
Tajriba–sinov ishlarini tashkil etishdan asosiy maqsad boshlangich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirish usullarini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Belgilangan maqsadga muvofiq quyidagi vazifalar ijobiy hal etildi.
1.Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi 23-va 13-sonli hamda Termiz tumanidagi 5-sonli umumtalim maktablarida ta’lim-tarbiya faoliyati mazmunini yorituvchi o’quv-me’yoriy hujjatlarni (davlat ta’lim standarti, o’quv reja, fan dasturlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar dasturi va h.k) o’rganish asosida o’quv-tarbiya jarayonlarda boshlangich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirish usullarini rivojlantirish chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
2.Boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlardan foydalanish tizimini takomillashtirish bo’yicha nazariy ma’lumotlarni o’rganish va umumlashtirish.
3.Milliy qadriyatlar asosida boshlang’ich sinf o’quvchilarida qadriyatli munosabatni shakllantirish texnologiyasi va diagnostik tizimini ishlab chiqildi, texnologiyaning har bir bosqichida qo’llaniladigan shakl, metod va vositalar aniqlashtirildi.
4.Suhbat va anketa so’rovnomalari yordamida boshlang’ich sinf o’quvchilarida “milliy qadriyat”, “milliy urf-odat”, “milliy an’ana”, “milliy munosabat” kabi tushunchalarining shakllanganlik darajasi aniqlashtirildi.
5.Milliy qadriyatlar asosi bo’lgan xalq og’zaki namunalaridan darslarda foydalanish aniqlashtirildi.
Tajriba-sinov ishlari uch bosqichda amalga oshirildi:
1. Asoslovchi tajriba bosqichida boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlar shakllanganlik darajasining mavjud holatini aniqlashga doir pedagogik faoliyat tashkil etildi. Bunda ko’zda tutilgan maqsadga erishishda Termiz shahar 23- va 13-sonli hamda Termiz tumanidagi 5-sonli umumtalim maktablari o`qituvchilari hamda ushbu maktablarning 3-sinf o’quvchilari faoliyatini pedagogik, suhbat, anketa so’rovlar, shuningdek, shuningdek o`quv va ma`naviy-ma`rifiy ishlar mohiyatini yorituvchi hujjatlarni yoritish kabi metodlardan foydalanildi. Bularning barchasi tadqiqotning asosiy yo’nalishi va dasturini muayyan ochib berish imkonini beradi. Tadqiqot mavzusiga oid yetakchi olimlar, pedagogarning ilmiy ishlari tahlil qilindi. Tajriba – sinov ishining birinchi bosqichi amalga oshirildi.
2. Shakllantiruvchi tajriba bosqichida boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlardan foydalanish tizimini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan maxsus dasturlarga binoan amaliy-metodik faoliyat tashkil etildi. Bunda boshlangich sinf o`qituvchilar va o’quvchilar faoliyatini bevosita va bilvosita pedagogik kuzatish, ular o`rtasida amaliy treninglar tashkil etish, hamkorlikda o`qitish, suhbat va anketa so`rovi kabi metodlar yordamida boshlangich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlar tizimini takomillashtirishga qaratilgan umumiy pedagogik ta’sir hamda mustaqil ijtimoiy hayotda qadriyatli fikr yuritish sifatlarining tarbiyalanishiga katta e’tibor qaratildi.
Tajriba-sinov ishlarining ikkinchi bosqichida amalg oshirilgan ishlar qatorida boshlangich sinf o’qituvchilarida milliy qadriyatlardan foydalanish tizimini takomillashtirish bo’yicha turli xildagi metodlaridan foydalanish borasidagi bilim va ko`nikmalarni yaratishga erishildi. Tajriba –sinov ishlarining 2-bosqichi amalga oshirildi.
3. Ta’kidlovchi tajriba bosqichida boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarning takomillashganlik holati aniqlandi.Boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashganlik holatini darajasini baholash uchun mezonlar ishlab chiqildi. Takomillashtiruvchi tajriba-sinov mashg’ulotlari o’tkazildi, tadqiqot natijalari amaliyotga tadbiq etildi. Tajriba-sinov ishining yakunlovchi bosqichi amalga oshirildi.
Tajriba-sinov ishlari 2021-2022, 2022-2023-o’quv yillari davomida amalga oshirilib, unga 246 nafar o’quvchi jalb etildi. Muammoning alohida jihatlarini tadqiq qilishda tajriba-sinob uchun espondent sifatida jalb qilingan o`qituvchi va o`quvchilar jalb qilindi.
Tajriba-sinov ishlarining samaradorligini aniqlash maqsadida o’quvchilar teng asosda tajriba (116 nafar o’quvchi) va nazorat (130 nafar o’quvchi) guruhlariga biriktirildi. Tajriba guruhda magistrant tomonidan tavsiya etilayotgan boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirish usullariga yordam beruvchi turli xil metodlar, topshiriqlar hamda modellar asosida amaliy faoliyat yo’lga qo’yilgan bo’lsa, nazorat guruhlarida esa an’anaviy tartibda o’quv tarbiya ishlari olib borildi.
Tajriba-sinov ishlari boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirishda milliy qadriyatlardan foydalanishga bo`lgan qiziqishlarini oshirish, ularning tanlayotgan hayot yo’liga hamda tanlayotgan kasbiga nisbatan qadriyatli munosabatni tarkib toptirishga imkon beradi. Ana shu asosdan kelib chiqib boshlang’ich sinf o’qituvchilarning o’quvchilarni milliy qadriyatlardan foydalana olish tizimini takomillashtirishning quyidagi mezonlarini aniqladik.
Bilishga oid (kognitiv) mezonlar: mexanizmi, mazmuni va maqsadini bilish, milliy qadriyatlar, pedagogik qadriyatlar, ularning turlari va o’ziga xosliklari, qadriyatlarning mazmuni, tarkibiy qismlari haqida ma’lumotlarga egalik, milliy qadriyatlarning amaliy ahamiyatini bilishi.
Faoliyatli mezonlar: qadriyatlarning xilma-xil turlaridan foydalana olishga qobiliyatlilik, milliy qadriyatlarning yaxlitlikda pedagogik jarayon samaradorligiga ta’sir etishi ko’nikmasiga egalik, umuminsoniy qadriyatlar asosida o’z shaxsiy va kasbiy faoliyatini ta’minlay olish.
Shaxsiy mezonlar: milliy qadriyatlarni bilishga qiziqishi, shaxsiy tajribasini emotsional jihatdan mustahkamlay olish, ijodiy yondashuv, mustaqil ta’lim olishga intilish.
Tadqiqot olib borish jarayonida boshlang’ich sinf o`qituvchilarda o’quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda milliy qadriyatlardan foydalanish diagnostikasini darajalash usuli qo’llanildi. Boshlangich sinf o’qituvchilarnining qadriyatlardan foydalanish darajasini baholash uchun yuqoridagi mezonlarga asoslanib, yuqori, o’rta, quyi darajalar aniqlab olindi.
Yuqori daraja:milliy va pedagogik qadriyatlar mazmun mohiyatini to’la anglanganligi, pedagogik faoliyatda muntazam ravishda qadriyatlardan foydalanish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning turlari va ularning o’ziga xosliklari to’la idrok etish, mazkur sohada mustaqil ta’lim olishga intilish bilan tavsiflanadi.
O’rta daraja qisman kasbiy yo’nalganlik, milliy va pedagogik qadriyatlardan foydalanishning samaradorligini sust anglanganligi, milliy qadriyatlar haqidagi tushunchalarining yetarli emasligi, bilish faolligini pastligi, ijtimoiy hayotda milliy qadriyatlardan kam hollarda foydalanish, qadriyatlarning imkoniyatlarini baholash bilan tavsiflanadi.
Past darajada milliy qadriyatlarning turlari va o’ziga xosliklari haqida bilimlardagi qarama-qarshilik va yetishmovchilik, milliy qadriyatlar haqida adabiyotlardan xabardor emasligi, estetik qadriyatlardan ko’r-ko’rona foydalanish, milliy qadriyatlarning imkoniyatlarini aniq tahlil eta olmaslik yoki umuman tahlilning mavjud emasligi

Yüklə 463 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin