Boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirish usullari”



Yüklə 463 Kb.
səhifə16/25
tarix21.06.2023
ölçüsü463 Kb.
#133371
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
MILLIY QADRIYATLARNI TAKOMILLASHTIRISH 2023

Metod va usullar

Suhbat, kuzatish, tushuntirish, o‘z-o‘zini tahlil qilish, ishontirish, o‘z-o‘zini boshqarish, maslahat, jonli muloqot, pedagogik talab. Muammoli tavsifdagi suhbat, munozara, o‘z-o‘zini baholash, empatiya, matn bilan ishlash, aqliy hujum, bahs munozara, dialog, o‘yinli metodlar, aniq vaziyatlarni tahlil etish, “Qadriyatga yo‘nalganlikni aniqlash”, “Qarorlar qabul qilish”, “Kelishuv va ziddiyat”, “Mulohaza, sabab, misol va umumlashtirish” metodikalari.

Vositalar

O‘quv materiallari, darsliklar, xalq og‘zaki ijodi namunalriga doir kitob va qo‘llanmalar, o‘qituvchi nutqi, hamkorlikdagi amaliy faoliyat.



2.3.1.jadval. Boshlangich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashning texnologiyasi
Haqiqatdan ham metodlar o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quvchilarda o‘quv-bilish faolligini oshirib, ularni individual, (qiziqishi) guruhli, (kichik guruh) va ommaviy (jamoada ishlash) tarzda, o‘rganilayotgan mavzu yoki muammolar bo‘yicha shaxsiy qarashlari, erkin fikrlash, o‘zining mustaqil fikrini himoya qila olish, dalil va isbotlar bilan asoslash, katta-kichikni tinglash, yangi g‘oyalar ustida ishlash va uni boyitish, bildirilgan mulohazalar orasidan maqbul bo‘lgan yechimlarni tanlash hamda rag‘batlantirish imkoniyatiga egaligi ahamiyatlidir. Ta’lim-tarbiya jarayonida turli metodlarni o‘rinli, maqsadli, samarali qo‘llanilishi o‘quvchilarda muloqotga kirishuvchanlik, jamoa bo‘lib ishlash, mantiqiy fikrlash, g‘oyalarni analiz-sintez qilish, turli qarashlarni mantiqiy jihatdan bog‘liqliqligini topish qobiliyatlarini tarbiyalashda keng imkoniyat yaratadi. Ushbu jihatlarni inobatga olib milliy qadriyatlar asosida o‘quvchilarda dunyoqarashini tarbiyalash maqsadida quyidagi metodlardan foydalanildi.
“Jadval” grafik organayzeri. Jadval grafik organayzer o‘quvchilarda o‘rganilayotgan mavzu, muhokama etilayotgan masala yoki muammoning nazariy mohiyatini jadval yordamida aks ettirish qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Uni qo‘llashda o‘quvchilar mavzu (masala, muammo) mohiyatini og‘zaki bayon yoki yozma matn ko‘rinishida emas, balki asosiy g‘oya, tayanch tushuncha, muhim jihatlarni jadvalda aniq, qisqa ifodalash ko‘nikmalarini o‘zlashtiradi.
Dars mashg‘ulotida grafik organayzerni qo‘llash bo‘yicha o‘quvchilarga quyidagi jadval namunasini taqdim etish mumkin. Ushbu jadval asosida o‘quvchilar jadvalda berilgan milliy qadriyatlarining maqsadi, vazifasi hamda o‘ziga xos xususiyatlarini belgilangan ustunga yozadi.
Diskussiya - metodi. Diskussiya (lotincha discio - mulohaza, tadqiqot) ma’nolarini anglatadi. Diskussiya metodida bahs-munozaralar tarzida guruhlar ikki yoki undan ko‘p bo‘lgan kichik guruhlarga bo‘linib, ishtirokchilarning biror mavzu bo‘yicha o‘zaro fikrlar almashish amalga oshiriladi.
Olib borilayotgan bahsning samaradorligi avvalo bahslashuvda ishtirok etayotganlarning bir-birlariga nisbatan qanday holatda joylashganiga bog‘liq. Muzokara ishtirokchilarning o‘zaro joylashuvi psixologik mavqelari muhim ahamiyatga egaligi uchun ushbu masala bo‘yicha quyidagi variantlarni keltirib o‘tamiz:
- sinf sharoiti. Bu an’anaviy dars o‘tish shakli bo‘lib, o‘quvchilar bir-birlarining yuzlarini ko‘rish imkoniyatlari cheklangan holatda o‘tiradilar. Ularning doska oldidagi o‘qituvchiga va u bayon etayotgan mazmunga nisbatan munosabatlari va mas’uliyatlari turlichadir. Bunday sharoitda bahs o‘tkazish maqsadga muvofiq emas. Buning sababi esa ohirgi qatorda o‘tirgan bilan birinchi qatorda o‘tirgan bolaning darsga munosabati va o‘zlashtirishi farq qiladi. Tinglovchining psixologik mavqei – «Men» – o‘yindan tashqarida» deb baholanadi.
- «Men» – o‘yinda» deb ataluvchi holat: tinglovchilar doira shaklidagi stol atrofida joylashadilar va o‘rtaga tashlangan mavzu yuzasidan erkin fikr almashish, hattoki, ayrim ijtimoiy rollarga ham kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bunda boshlovchining o‘zi ham qatorda o‘tiradi. «Ishchanlik o‘yinlari» singari boshqa rolli o‘yinlarni ham ana shunday sharoitda o‘tkazish mumkin.
- «Men» – munozarada» deb ataluvchi holat ayni bahs - munozaralar o‘tkazish uchun qulay, chunki unda shaxs o‘z fikrini dadil aytish uchun imkoniyatni his qiladi. Odatda, bunday bahslar to‘rtburchak stol atrofida uyushtiriladi.
- «Men» – hamkorlikdaman» degan holat kattaroq guruhlar tarkibida tashkil etiladi. Munozara a’zolari to‘rt-besh kishidan bo‘lib alohida stollar atrofida o‘tirib, har bir guruh o‘z qarorini chiqaradi. «Munozara» klublari» faoliyati shu tarzda tashkil etiladi.
Bu keltirilgan har bir holat bahs qatnashuvchilarida o‘ziga xos ruhiy tayyorgarlik va mas’uliyat hissini keltirib chiqaradi. Demak, dars mobaynida o‘qituvchi mavzuning xarakteri va u bo‘yicha shakllantirish lozim bo‘lgan bilim, malaka hamda fazilatlarga mos tarzda munozara sharoitini tanlashi va shundan keyingina mashg‘ulotni boshlashi kerak. Ko‘rinib turibdiki, an’anaviy sinfda tashkil etiladigan mashg‘ulotlarning samaradorligi deyarli yo‘q, chunki ular oldingi qatorlarda o‘tirgan tinglovchilarning faolligigagina yo‘naltirilgan, qolganlar «o‘yindan tashqari» holatda, bu narsa ularning dars mazmuniga munosabatlarida bevosita aks etadi.
Kichik va tor doiradagi ixcham guruhlarda uyushtiriladigan munozaralarning erkin mavzuga yo‘naltirilgan, aniq senariyli disput (bahs) turlari mavjud bo‘lib, bu tanlangan mavzuga va munozara guruhlarining muloqot tajribasiga bog‘liqdir («disput» so‘zining lug‘aviy ma’nosi – «fikrlayapman», «tortishayapman», degan ma’nolarni bildiradi). Kichik guruhlarda tashkil qilinadigan bahs-munozaralardagi asosiy narsa – guruh ishtirokchilarining tanlagan mavzusining xususiyatini inobatga olib, har birining o‘z fikr-mulohazalarini oxirigacha bayon etish imkoniyatlari borligidir.Bunday guruhda boshlovchi ham qatorda o‘tirib, mavzuning echimi batamom hal bo‘lmaguncha faol muloqotlarning ishtirokchisi bo‘lishi mumkin. Lekin asosiy rol guruhning a’zolariga yuklanganligini va bevosita ajralib chiqqan norasmiy lider asosiy bahs yurituvchi bo‘lishi mumkinligini unutmasligi zarur. Bunday bahs-munozaralar turli xil sharoitda, ko‘p hollarda bahs ishtirokchilari uchun tabiiy bo‘lgan sharoitlarda (sinfxonada, dars mashg‘ulotlarida, oila davrasida, ish xonada,) o‘tkazilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Tajriba-sinov ishimizni asosiy qismi sinfdan tashqari ishlarda bahs, munozara, suhbat, savol-javob hamda o‘zaro fikr almashish orqali dunyoqarashni rivojlantirishga qaratilganligini nazarda tutsak, ushbu metoddan foydalanish tadqiqotimizda muhim ahamiyat kasb etdi.
“Aqliy hujum” metodi ijodiy faoliyatni rag‘batlantirishga asoslangan muammoni hal qilishning operativ usuli, bunda munozara ishtirokchilaridan iloji boricha ko‘proq echimlarni, shu jumladan eng hayoliylarini ifoda etish so‘raladi. Keyin bildirilgan fikrlarning umumiy sonidan amaliyotda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan eng muvaffaqiyatlilari tanlanadi.
Aqliy hujum - ijodkorlikni rag‘batlantirishning eng mashhur usullaridan biri. U ko‘plab tashkilotlarda turli xil muammolarning noan’anaviy echimlarini topish uchun keng qo‘llaniladi. To‘siq yoki muammoli vaziyatlarda foydalaniladi. Usulning mohiyati shundan iboratki, g‘oyalarni ilgari surish, tanqidiy baholash jarayoni bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, fantaziyani “qo‘shish” asosida, echimlarni topishda “insoniy” salohiyatdan yaxshiroq foydalanish uchun turli xil texnikalar qo‘llaniladi.
Aqliy hujum - bu:
- muammolarni hal qilishning innovatsion usuli;
- qisqa vaqt ichida maksimal g‘oyalar;
- xayolparastlik parvozi, o‘z-o‘zidan qoniqish (g‘oya qanchalik kutilmagan bo‘lsa, shuncha yaxshi, g‘ayrioddiy g‘oyalar);
- hech qanday tanqidning yo‘qligi (g‘oyani har qanday baholash keyingi davrga qoldiriladi);
- o‘zini va boshqa odamlarning g‘oyalarini rivojlantirish, uyg‘unlashtirish va o‘zgartirish.
"Hujum" paytida g‘oyalarni yaratish jarayonini faollashtirish uchun quyidagilardan foydalanish tavsiya etiladi:
- invert (teskarisini qiling)
- analogiya (boshqa yechimda qanday)
- empatiya (o‘zingizni vazifaning bir qismi deb hisoblang, his-tuyg‘ularingizni bilib oling)
- fantaziya (fantastik narsa yaratish).
Aqliy hujumning maqsadi - yangi g‘oyalarni yaratish, yaxshiroq g‘oya yoki yaxshiroq yechim olish va muammoni hal qilishning eng keng yo‘llarini topish. Aqliy hujum usulining asosiy vazifasi - muammoni hal qilish uchun mos keladigan, iloji boricha ko‘proq va sifat jihatidan xilma-xil g‘oyalarni ishlab chiqish (hosil qilish). Qisqa vaqt ichida ko‘p sonli g‘oyalarni olish uchun yechimga barcha qatnashuvchilar jalb qilinadi, ular qo‘yilgan muammoni hal etadi.
Usullar quyidagi bir nechta bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
- mavzu tanlanadi;
- mavzuning asosiy belgilari yoki qismlarining ro‘yxati tuziladi;
- mavzuning har bir xususiyati hamda qismlari uchun amalga oshirilishi belgilab olinadi;
- mavzuning barcha qismlar versiyalarini eng qiziqarli kombinatsiyalari tanladi.
G‘oya ishlab chiqaruvchilar guruhini shakllantirish kerak (odatda 5-10 kishi). Ular ijodiy, harakatchan, faol o‘quvchilar bo‘lsa yanada yaxshi natija olinadi. Buning uchun bir yoki ikki kun oldin ishtirokchilarga mavzu va vazifaning qisqacha tavsifi bilan bahs haqida xabar berilishi kerak. Ehtimol, kimdir tayyor g‘oyalar bilan keladi. Shundan so‘ng barcha ilgari surilgan g‘oyalar tahlil qilinadi, kamchiliklar tashkilotchi tomonidan to‘ldiriladi. Bu esa bilim oluvchilarda mavzu yoki echimi izlanayotgan muammo yuzasidan bilim, ko‘nikma va malakalarni boyishini ta’minlaydi.
Aqliy hujumni amalga oshirish vositalari: doska va bo‘r; marker, flomaster va qog‘ozlar; rangli stikerlar; proyektor va boshqalar.
Mazkur metodni quyidagi bosqichlarda amalga oshirish mumkin:
Birinchi bosqichda o‘quvchilarni savolga imkon qadar ko‘proq javob berishga undaydi. Bu bosqichida muhokama qilish uchun aniq muammo berilib, ishtirokchilar o‘z navbatida har qanday taklifni aniq va ixcham shaklda bildiradilar, o‘qituvchi barcha takliflarni (doska, plakat) tanqid qilmasdan yozadi.
Ikkinchi bosqichda aqliy hujumda bildirilgan takliflar muhokama qilinadi. Guruh har qanday taklifni qo‘llash yo‘lini topishi yoki uni yaxshilash yo‘lini belgilashi kerak. Bu bosqichda munozaraning turli shakllaridan foydalanish mumkin.
Uchunchi bosqichda o‘quvchilar fikrlari umumlashtiriladi, natijalar tahlil qilinib maqbullari quyidagicha izohlanadi.
- eng yaxshi yechim;
- eng muvaffaqiyatli takliflar;
- eng noodatiy yechim v.h.
Aqliy hujumni yana bir jihati shundaki agar vaziyat taqozo etsa yoki tashkilotchi tahlilni o‘quvchilarga qo‘yib bersa, ishtirokchilarni bir necha guruhlarga bo‘lishi mumkin:
- muammoni hal qilishga qaratilgan qo‘shimcha takliflarni bildiruvchilar;
- taklif qilingan g‘oyalarning salbiy tomonlarini topishga harakat qiladigan tanqidchilar;
- ishlab chiqilgan takliflarni tanqidiy mulohazalarni hisobga olgan holda aniq real sharoitlarga bog‘laydigan tahlilchilar va boshqalar.
Ushbu metodni olib borish dars mashg‘ulotlarida vaqt chegarasi qisqa bo‘lganda, muhokamaning eng maqbul davomiyligi 10-15 daqiqa qilish mumkin.
O‘quvchilarda dunyoqarashini tarbiyalash bilan bog‘liqlikda debat eng samarali faoliyat metodi sifatida baholanadi. Debat - bu zamonaviy pedagogik texnologiya bo‘lib, u muayyan qoidalar asosida olib boriladigan muhokamaning maxsus shaklidir. Shu bilan birga, munozara maqsadli va tartibli, tuzilgan fikr, mulohazalar va fikrlar almashinuvidir.
Debat nafaqat qiziqarli mashg‘ulot bo‘lib o‘quvchilarni har tomonlama rivojlanshi, ularni zamon sharoitida muvaffaqiyatli, hayot uchun zarur bo‘ladigan kompetensiyalarini shakllantirishning eng samarali vositasi muloqot bilan bog‘liq kompetensiyadir.Bunday texnologiyalardan foydalanish notiqlik san’atini rivojlantirish, har tomonlama dunyoqarashni kengaytirish, aqliy qobiliyatlarni rivojlantirish, tashkilotchilik qobiliyatini rivojlantirish, kreativlik, fuqarolik pozitsiyasi hamda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishga ijobiy yordam beradi. Bu texnologiya har tomonlama pedagogik jihatlarga tegishli bo‘lib, unda o‘quvchining qobiliyatlari, ko‘nikmalari va shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish jarayoni sifatida qaraladi va o‘qituvchi bu jarayonning yetakchisi sifatida ishlaydi.
"Debat" texnologiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
ichki motivatsiya asosida tashkil etilgan o‘quv va kognitiv faoliyatga o‘quvchining o‘zini faol jalb qilish;
o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida hamkorlikdagi faoliyat, hamkorlik aloqalarini tashkil etish; ularni o‘quv faoliyati jarayonida pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq ta’lim munosabatlariga kiritish;
yangi bilimlarni olish jarayonida nafaqat o‘qituvchi va o‘quvchilar, balki o‘quvchilar jamoasi o‘rtasida ham dialogik muloqotni ta’minlash.
"Debat" texnologiyasining maqsadli vazifalari va imkoniyatlari quyidagilar bilan izohlanadi:
-ijtimoiylashtiruvchi ahamiyati shundan iboratki, munozaralar pedagogik vosita, ishtirokchilarni fuqarolik jamiyati normalari va qadriyatlari bilan tanishtirish mexanizmi bo‘lib, o‘quvchilarga zamonaviy jamiyat sharoitlariga moslashishga imkon beradi. Tarbiyalash vazifasi shundan dalolat beradiki, bahs-munozaralar ishtirokchilarga mustaqil baho berish, axloqiy-mafkuraviy pozitsiya va xulq-atvor munosabatlarini shakllantirish imkonini beradi.
Yuqoridagi metodlardan sinf va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda keng qo‘llanilib boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirishga alohida e’tibor qaritildi. Tajriba guruhi o‘quvchilariga tadqiqot maqsadidan kelib chiqib turli axborot va ma’lumotlar berib borildi.

Yüklə 463 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin