2.3.Boshlangich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirish metod va vositalari Ta’lim-tarbiya jarayonida ushbu xususiyatlarni shakllantirishda umumiy o‘rta ta’lim maktab darsliklarida singdirilib boriladi. Ammo ayni vaqtda yoshlarimizga qadriyatli ongni yanada rivojlantirish zaruriyatini inobatga olgan holda, dunyoqarashini tarbiyalashda milliy qadriyatlar asosida darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Darsdan tashqari ishlar umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ta’lim - tarbiya jarayonini tarkibiy qismi bo‘lib, o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tishini ta’minlaydi. Sinfdan tashqari ishlarni mazmunli va maqsadli tashkil etish o‘quvchilarni barkamol bo‘lib voyaga etkazishda keng imkoniyatlar beradi. Shuningdek, sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to‘ldirib, nazariy bilimlarni amaliyot bilan boyitadi hamda o‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirib har tomonlama kamol topishiga zamin yaratadi.
Yuqoridagi hususiyatlarni inobatga olgan holda milliy qadriyatlar asosida o‘quvchilarda dunyoqarashini tarbiyalash darsdan tashqari mashg‘ulotlar asosida amalga oshirilishini o‘rinli deb topdik. Ushbu mashg‘ulotlarda quyidagi shakl, metod va vositalardan foydalanish belgilab olindi. (2.3.1-jadvalga qarang)
2.3.1-jadval
Boshlangich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashning texnologiyasi
Shakllari
Individual, kichik va guruhli mashg‘ulotlar, sinf va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar, fan to‘garaklari, tanlovlar, mustaqil ish topshiriqlari, turli tadbirlar. Xilma-xil konstruktiv muloqot shakllarida ishtirok etish va o‘quv faoliyati nuqtai nazaridan muloqotning yangi shakllarini loyihalash va amalga oshirish, barqaror e’tiqod va qarashlar tizimining shakllanishi hamda qaror qabul qilish malakalarini egallash.