Birinchi bob bo`yicha xulosalar Ushbu bob bo`yicha xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi shiddat bilan davom etayotgan globallashuv davrida yoshlarimiz qalbida ota-bobolarining buyuk ishlaridan faxrlanish tuyg`ularini qaror toptirishimiz ularni milliy an`analarimiz, urf-odatlarimiz hamda qadriyatlarimizga hurmat ruhida shakllantirishimiz dolzarb masalalardan biridir. Buni amalga oshirishimizda o`tmishda o`tgan buyuk mutaffakirlarimizning qimmatli va fikrlari va g`oyalaridan foydalanishimiz lozim albatta.
Islom olamining muqaddas kitoblari Qur’oni Karim, Muhammad alayhissalom o’gitlari, hadislari va Sharq mutafakkirlarining bola tarbiyasi, ma’naviyati, o’quvchilar va yoshlarni yetuk, barkamol inson qilib tarbiyalashda hamda shakllantirishda milliy qadriyatlarning o’rnini o’rganishga doir juda ko’plab qimmatli psixologik–pedagogik qarashlarni, maslahat va fikrlarni olish mumkin.
O’quvchi-yoshlarni dunyoqarashini tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanishimiz ya’ni har bir millat, elat va xalqning o’ziga xos tarixi, madaniyati, ajdodlaridan meros bo’lib qolgan moddiy va ma’naviy boyligini asrab-avaylash, rivojlantirish va o’zlashtirish, ularga nisbatan qadriyatli munosabatda bo’lishi muayyan xalq yoki millatning ijtimoiy hayotda yashab qolishini va o’z o’rniga ega bo’lishini ta’minlaydi.
Hayot tajribasining ko’rsatishicha, jamiyatning ravnaqi, gullab-yashnashi, farovon hayotning asosiy mezoni xulq-odob bo’lib hisoblangan. Shuning uchun ota-bobolarimiz, oilada farzand tarbiyasiga, ularning ma’naviy va axloqiy komillikka erishishiga katta e’tibor qaratganlar.
Har qanday maqsadni amalga oshirish uchun tajribalarga tayangan holda o’quvchi-yoshlarni dunyoqarashini tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanishning ilmiy-nazariy va amaliy tomonidan quyidagi vazifalarga e’tibor qaratmoq lozim:
-o’quvchi-yoshlarni Vataniga fidoiy, jasur, sog`lom, bilimli va har tomonlama yetuk, yuqori axloqiy pok inson bo`lishiga yo`llash;
- o’quvchi-yoshlarni o`z xalqining tarixiy, madaniy, milliy xususiyatlarini anglab olishga bulgan zaruriyatni tarkib qondirish;
- o’quvchi-yoshlarda ijodiy fazilatlarni tarkib toptirish;
-vatanparvarlik, insonparvarlik, mexnatsevarlik kabi xislatlarni tarkib toptirish.
Bugungi kunda dunyoqarashni shakllanttirish muammosining nazariy jihatdan anglanishi jadal amalga oshmoqda. Nazariy jihatdan dunyoqarashning mazmuni falsafiy, psixologik, sotsiologik hamda pedagogik yondashuvdan kelib chiqib yoritilgan. Zamonaviy sharoitda amalga oshirilayotgan tadqiqotlarda dunyoqarash muammosi shaxsning milliy, umuminsoniy, ma’naviy-axloqiy, kasbiy, shaxsiy, oilaviy qadriyatlar tizimini shakllantirish, o’quvchi-yoshlarni ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash hamda tarbiyaviy qadriyatlardan oliy pedagogik ta’lim jarayonida foydalanish bilan bog‘liqlikda ko‘rib chiqilmoqda.
Dunyoqarash ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib milliy va umuminsoniy, shaxsiy qadriyatlarning mazmun mohiyatiga oid bilimlarning majmui bo‘lib, o‘quvchi shaxsining aksiologik yo‘nalganligi, potensiali hamda ijtimoiy voqea-hodisalarga nisbatan qadriyatli baholashida namoyon bo‘ladi.
O‘quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish o‘ziga xos psixologik-pedagogik xususiyatlarga ega bo‘lib, mazkur jarayon samaradorligini ta’minlashda o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan makro, mezo va mikro omillar ta’sirini inobatga olish lozim.