Boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirish usullari”



Yüklə 463 Kb.
səhifə6/25
tarix21.06.2023
ölçüsü463 Kb.
#133371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
MILLIY QADRIYATLARNI TAKOMILLASHTIRISH 2023

Ish tuzilmasining tavsifi: Ushbu tadqiqot ishi kirish, 3 bob, 8 paragraf, har bir bob bo`yicha xulosa, umumiy xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati qismdan iborat bo`lib, jami 109 sahifadan iborat.
I.BOB.O’QUVCHILARDA MILLIY QADRIYATLARNI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
1.1.O’quvchilarda milliy qadriyatlarni takomillashtirish mazmun-mohiyati
Ma’naviy madaniyat yoxud «ma‘naviyat»ning qad-riyatlar atshkil eatdi. Qadriyat alloqanday hodisa, voqea yokinarsaning o’ziga xos xususiyati yokixossasi emas, balki uning mohiyati, o’z navbatida borlikning u yokibu ob‘ektining yashashi, mavjud bo’lib turishi uchun tom ma‘nodagi zaruriy shartidir. qadriyatlar inson bisotida turli - tuman ehtiyojlarning va his - tuyg’u-larning mavjudligidan dalolat beradi, atrofida sodir bo’layotgan voqealarni, hodisa-larni turlicha baholashlari uchun zamin yaratadi. Chunonchi birovlar uchun o’at qadrli, o’at muhim ahamiyatga ega bo’lgan, u yokibu hodisa, boshqa birovlar uchun qadrsiz, sariq chaqalik ahamiyatsiz bo’lishi mumkin. Xuddi shuning uchun ham qadriyatlarni oddiy qilib ijobiy yoki salbiy (ahamiyatsiz, ahamiyat kamroq, qadr-qimmat sezilmaydigan), absalyut va nisbiy, ob‘ektiv va sub‘ektiv qadriyat-larga bo’lish mumkin. Mazmuniga qarab mantiqiy, etik, estetik va narsalar qad-riyatlariga bo’lish mumkin. Shuningdek, qadriyatlarni haqi-qatni, ezgulikni, go’-zallikni ulug’lovchi qadriyatlarga ajratish mumkin.
Qadriyatlar jamiyat ijtimoiy - iqtisodiy, madaniy -ma‘naviy rataqqiyotining mahsulidir. Shuning uchun ham qadriyatlarda zamonning ruhi, imkoniyatlari, o’sha zamonda yashagan odamlarning orzu - umidlari, isatklari, atlab va ehtiyojlari o’z ifodasini topadi. Zamonlar o’tishi bilan qadriyatlarning mazmuni va ma‘nosi o’zgarib boradi. Xuddi shuning uchun ham qadriyatlarning atrbiyaviy ahamiyatga baho berganda konkret atrixiy shart - sharoitlarni doimo nazarda tutmoq zarur.
Qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagio’rni, ijtimoiy xarakteriga qarab milliy va umuminsoniy, sinfiy yokidiniy, shuningdek kishilarning yoshi, pro-fessional xususiyatlariga xos qadriyatlarga bo’lish mumkin.
Insonning qadr - qimmati, sha‘ni, or - nomusi, milliy g’ururi - milliy qadriyatlar bilan bevosiat bog’liq. Milliy qadriyatlar, har bir millatning o’ziga xos xususiyatlari, xossalari, belgilari, alomatlarini ifodalovchifalsafiy tushunchabo’lib, o’sha millat bosib o’tgan ijtimoiy rataqqiyot jarayonida shakl-langan milliy madaniy meros xazinasiga qo’shgan hissasini, ulushini ifodalaydi. Xuddi shu mil-liy o’ziga xoslik, o’ziga moslik, millat madaniyatida, adabiyotida, san‘atida, tilida, dinida, atrixiy xotirasida, yashash ishlash va fikrlash atrzida, urf-odatlarida, rasm - rusumlarida, bayramu - sayillarida o’z ifodasini topadi. Milliy qadriyatlar milliy ma‘naviy madaniyat ifodasi bo’lib, har bir millatning insoniylik xazinasiga qo’shgan munosib hissasining hosilasidir.
Milliy qadriyatlar, shubhasiz, millatning ravnaqi yokiinqirozi bilan bevosiat bog’liq bo’ladi. Boshqacha aytganimizda milliy qadriyatlar millatning o’tmishi va buguni bilan bog’liq. Shuning uchun ham, «milliy qadriyatlar millat rivojlanishi bilan rivojlanadi, inqirozga uchrashi bilan qadrsizlanadi. Shuning uchun ham, millat - o’zining qadriyatlarini vujudga keltirib, ularning yangi - yangi qirralarini va jihatlarini sayqallashtirib, rataqqiyot jarayonida atkomillashtirib turi-shi ma‘nosida o’z qadriyatlarining haqiqiy egasi, makon va zamondagi ilgarilanma harakatdan iborat o’zgarishlar jarayonida ularni o’tmishdan kelajakka atmon yetkazib boradigan eng asosiy ob‘ektdir» .
Milliy qadriyatlarning negizini urf - odatlar, rasm -rusumlar, bayramu-sayillar atshkil eatdi. o’zbek milliy qadri-yatlari mazmunida insonparvarlik g’oy-alari yoatdi. Uzoq atrix davomida o’zbeklarning o’zaro munosabatlarida, kundalik turmush atrzida o’zaro hamkorlik va hamdardlik, vafodorlik va o’zaro hurmat, biri - biriga suyanish va yaxshi qo’shnichilik, bolajonlik va oat - onaga hurmat, mehr - oqibat va sadoqat har tomonlama e‘zozlanib kelinadi. Milliy qadriyatlar o’sha mil-latga mansub har bir kishi tomonidan yaratilgan, insoniylik, odamiylikka xos fazi-latlar, xislatlar, xosiyatlarni milliy - madaniy meros xazinasiga qo’shgan hissasini ifodalovchi buyuk ko’rsatkichdir.
Milliy qadriyatlarni tiklash - ularga hozirgi zamonga mos yangi mazmun ato etish demakdir. Xuddi shuning uchun ham, O’zbekiston davlat musatqilligiga erishishi bilan mamlakatimizga hozirgi zamon öivilizaöiyasi atlablariga javob beruvchi umuminsoniy demokratik Qadriyatlar xalqimiz turmush atrziga kirib kela boshladi. Inson haq - huquqlariga rioya qilish, atdbirkorlik erkinligi, matbuot erkinligi, ana shular jumlasidan edi. «Ushbu demokratik qad-riyatlar jamiyatimiz uchun muhim ahamiyatga egaligi haqida gapirar ekanmiz, bu qadriyatlar atrixiy jihatdan ham, etnik - madaniy jihatdan ham xalqimizning o’ziga xos xususiyatlariga zid emasligini qayat-qayat at‘kidlashni isatrdik».
Umuminsoniy demokratik qadriyatlarning eng muhimi - inson haq – hu-quqlari va erkinliklarini har tomonlama himoya qilishdir. Insoniyat atrixida Buyuk franöuz revolyuöiyasi (1783) qabul qilgan «Inson va grajdanlar huquqlari dekloratöiyasi», 1348 yilning 10 dekabrida BMT Bosh Assambeliyasi atsdiqlagan «Inson huquqlarining eng umumiy dekloratöiyasi» - inson haq - huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan atrixiy hujjatlar edi. O’zbekiston davlat musatqilligiga erishishi bilan musatbid tuzum sharoitida oyoq osti qilingan inson haq - huquqlari va erkinliklarini tiklash, uni himoya qilishga kirishdi. Insonning asosiy xuquqlari va erkinliklari O’zbekiston Respublikasi Asosiy qonuni – Kons-tituöiyaning umumiy qoidalari va olti bobdan iborat ikkinchi bo’limida xuquqiy jihatdan musathkamlandi. Shuningdek, demokratiya, barqarorlik, oshkoralik, tinchlik, hamkorlik kabi Umuminsoniy qadlriyatlarning rivoj topishi uchun ham imkon yaratildi.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg’unlashib borayotganligini, musatqillik yillarida O’zbekistonda vujudga kelgan - fuqarolarni tinch, totuv yashashga, barqarorlikka intilishida ham yaqqol ko’rish mumkin. Endilikda tinchlik, millatlararo totuvlik, barqarorlik O’zbekistonda yashovchi barcha xalq-larni, millatlarni, elatlarning buyuk ijtimoiy-siyosiy Qadriyatiga aylanmoqda. Ja-hon öivilizaöiyasining atlablariga mos tushuvchi bunday qadriyatlarni shakllani-shida va rivojlanishida, kishilar turmush atrzida musathkam o’rnashib olishida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bir qator xayrli tad-birlar turtki bermoqda.

Ko‘p asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning bebaho merosini o‘rganish, shu asosda yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasi, Mir Arab oliy madrasasi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari boy ilmiy-tarixiy merosimizni o‘rganish va targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, dunyoda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar va ijtimoiy-siyosiy vaziyatning tahlili diniy-ma’rifiy sohadagi faoliyat samaradorligini oshirishni va malakali kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimini yaratishni taqozo etmoqda. Xalqimizga azal-azaldan xos bo‘lgan ma’rifatparvarlik, bag‘rikenglik, mehrmuruvvat, bunyodkorlik kabi ezgu fazilatlar va qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda diniy-ma’rifiy soha vakillarining o‘rni va ishtirokini oshirish, yosh avlodni milliy ma’naviy qadriyatlarimizga mos ravishda tarbiyalash, ular ongida kichik maktab yoshidan boshlab Hadis ilmi saboqlari asosida insoniy fazilatlarni shakllantirish, ularni vatanparvarlik kabi tushunchalarni singdirish muhim vazifa hisoblanadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o‘zlarining Yangi yil munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan tabrigi “Inson qadrini ulug‘lash - yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash demakdir. Bu borada jamiyatimiz asosi bo‘lgan mahalla hal qiluvchi o‘rin tutadi”3, deb ta’kidlaganlar.


Inson va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar milliy tarbiya tufayli, ajdodlardan asta-sekin tadrijiy ravishda avlodlarga o‘tadi. Milliy tarbiya atamasi keng va tor ma’nolarda ishlatiladi. “Keng ma’noda, u inson shaxsini shakllantirishga, uning ishlab chiqarish va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotda faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ma’naviy ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig‘indisini anglatadi”4. Bunday tushunishda milliy tarbiya. faqat oila, maktab, o’quvchilar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g‘oyalari, adabiyot, san’at, kino, radio, TV, OAV va boshqalarni ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma’nodagi milliy tarbiya tarkibiga bu sohada ta’lim va ma’lumot olish ham kiradi. “Tor ma’noda, milliy tarbiya muayyan shaxsning ma’naviy rivoji, dunyoqarashi, axloqiy qiyofasi, estetik didi o‘stirilishiga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi”5.Buni oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradilar. Bizga ma’lumki, har qanday tarbiya ta’lim bilan chambarchas bog‘liq holdagina mavjud bo‘ladi. Chunki, ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi ko‘payibgina qolmay, balki ma’naviy-axloqiy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi. Ana shu sababdan ham ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilmu ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilganlar. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov ta’kidlagani kabi, “Ta’lim-tarbiya-ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni, xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi. Shu bois bu sohada yuzaki, rasmiy yondashuvlarga, puxta o‘ylanmagan ishlarga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Maktab, ta’lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo‘lishi asosiy qonunimizda belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo‘llabquvvatlashini talab qiladigan umummilliy masaladir… Bu haqda fikr yuritganda, men Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir’ degan chuqur ma’noli so‘zlarini eslayman. Buyuk ma’rifatparvar bobomizning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi”6. Istiqlol yillarida mamlakatimizda milliy tarbiyani amalga oshiradigan o‘quv muassasalari va umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga e’tiborni kuchaytirish eng muhim va jiddiy masalaga aylandi. Shu maqsadda yurtimizda 2004-2003-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi qabul qilindi. Unga muvofiq, yurtimizda mavjud bo‘lgan o‘n mingga yaqin umumta’lim maktabining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim jarayonining mazmunini tubdan takomillashtirish, o‘qituvchilarning mehnatini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish bo‘yicha katta ishlar qilinmoqda. So‘nggi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirgan, ko‘lami va mohiyatiga ko‘ra ulkan ishlarimiz biz ko‘zlagan ezgu niyatlarimizga erishish, hech kimdan kam bo‘lmaydigan hayot barpo etish, yoshlarimiz, butun xalqimizning ma’naviy yuksalishi yo‘lida mustahkam zamin yaratdi, desak, hech qanday xato bo‘lmaydi. Xulosa qilib aytganda, milliy tarbiya har qanday jamiyat va mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Chunki, uning o‘sishi va taraqqiyoti uchun moddiy va ma’naviy boyliklar ishlab chiqarish to‘xtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod ushbu boyliklarni yaratishda o‘z ajdodlaridan yuqoriroq darajaga ko‘tarilmog‘i darkor. Yoshlarni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan to‘g‘ri tarbiyalashda zamonaviy meditsina, pedagogika, psixologiya fanlari tavsiyalarini har qaysi oilada joriy qilish ayniqsa zarur. Har bir oila, ota-ona, eng avvalo, bola timsolida shaxsni ko‘rishi, uning uchun shaxsga tegishli barcha huquq va erkinliklar ta’minlashi borasida o‘zining mas’ul ekanligini doimo his etib turishi nihoyatda muhim. Milliy tarbiyada milliy g‘oyaga, milliy g‘ururni yuksaltirishga xizmat qiladigan timsollar, ramzlarning har biri – katta bir darslik, kuchli tarbiya vositasi hisoblanadi. Bundan tashqari, buyuk ajdodlar tavallud sanalarini nishonlash ham ma’naviy va tarixiy ahamiyatga ega. Bunday marosimlarni o‘tkazish orqali yoshlar yangi qadriyatlar asosida tarbiyalanadilar, ular qalbiga tarixni anglash va qadrlash, o‘tmishga hurmat bilan yondashish, ularni asrab-avaylash, shu xalqqa mansubligi bilan g‘ururlanish tuyg‘ulari singdiriladi. Umuman olganda, yoshlarning etnik qiyofasi millatning bugungi milliy tarbiyasi, mentaliteti, madaniyatining o‘zaro dialektik munosabati vositasida shakllanadi. Ma’naviy jihatdan yaxshi tarbiya olgan shaxs o‘z aqli, o‘z tafakkuri, o‘z mehnati, o‘z mas’uliyati bilan ongli ravishda, ozod va hur fikrli inson bo‘lib yashaydi. Markaziy Osiyoda yashab, ijod qilgan qomusiy olimlar, buyuk ajdodlarimiz, XIX asr va XX asr mutafakkirlari va pedagoglarining ta’lim-tarbiya xususida aytgan nazariy fikrlari, pedagogik nazariyalari hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Zamonaviy pedagogikada ulardan foydalanish o‘z samarasini beradi. Yuqorida oilada bola tarbiyasi yuzasidan berilgan nasihatlardan hozirgi tarbiyachilar o‘z tajribalarida foydalansalar va bugungi yangi ilmiy qarashlar bilan bog‘lab yondashsalar, shak-shubhasiz yaxshi natija olish mumkin. Demak, oilada inson tarbiyasi, uning hayotda o‘z o‘rnini aniqlashi, shaxsni yashashga o‘rgatish jamiyat faoliyatining muhim sohalaridan bo‘lib kelgan. “Tarbiyaning ijtimoiy vazifasi shaxsni biror bir faoliyatga o‘rgatishdan iborat”7. Tarbiyaning umumiy yo‘nalishlari qadim zamonda vujudga kelgan va rivojlangan. Tarbiyaning umumiy tamoyillar asosida olib borilishi o‘ziga xos xarakterga ega. Shunday ekan, ota-onalar ham butun davlatimiz bilan birgalikda oilada farzandlarini tarbiyalashda milliy qadriyatlarimiz tarbiya jarayonida samaradorlik omili ekanligini anglab, uni yangi shakl va metodlar bilan bog‘lab qo‘llasalar, farzandlar qalbi, psixologiyasidagi tushunchalarni hozirgi davr tushunchalari bilan hamohang bog‘lab borsalar, ayni muddao bo‘ladi.
O‘zbek xalqi o‘zining ta’lim-tarbiyaga oid ulkan ma’naviy merosini yaratib, insoniyatning ko‘plab avlodlarini insonparvarlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, mardlik, odoblik kabi umuminsoniy qadriyatlar va yaxshi fazilatlar ruhida tarbiyalab kelmoqda. Ayniqsa, xalq tomonidan yaratilgan qomusiy ahamiyatga ega bo‘lgan “Pandnoma”lar, xalq og‘zaki ijodining turli janrlarida yaratilgan, xalqimiz yuragiga yaqin bo‘lgan buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Al-Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Imom al-Buxoriy, At-Termiziy, Amir Temur, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Bahovuddin Naqshband, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo Ulug‘bek, Sa’diy, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Ahmad Donish, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy kabi o‘nlab buyuk shoir va mutafakkirlar qoldirgan nodir va durdona asarlarida ko‘p e’tibor berilayapti. Bu mutafakkirlarning, maktab va oilada bolani xushxulq, axloqiy va har tomonlama kamol topgan qilib tarbiyalash haqidagi qarashlari o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ular yoshlarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashga, ilmni puxta egallashlariga alohida e’tibor bilan qarab, mehnat bilan topilgan boylik baxt keltirishini, ilmli kishi xor bo‘lmasligini aytib o‘tadilar. Buyuk mutafakkirlar o‘zlarining ijodlarida o‘quvchi-yoshlarni odobli bo‘lishga, halol mehnat qilishga, ota-onaga mehribon bo‘lishga, halol mehnat bilan yashashga da’vat etadilar. Abu Ali ibn Sino o‘zining pedagogik qarashlarida jamoadan, jamiyatdan ajralib tarbiya topgan bolaning baxtsiz bo‘lib qolishi, inson oilada dunyoga kelgani bilan jamiyatga aloqadordirligini ta’kidlaydi.
Al-Farobiy fikricha: “Insonning va jamiyatning g‘alabaga erishuvi, yaxshilikni qo‘lga kiritishi, axloqiy va aqliy yo‘nalishga erishuvi inson va jamoaning o‘z qo‘lidadir”8.
Milliy maktablarimizda ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchilarni yuqorida ko‘rsatilganlardek qilib tarbiyalash uchun avlod-ajdodlarimiz yaratgan boy ilmiymadaniy merosimizni keng va har tomonlama o‘rganishimiz, tarbiyaviy soatlar o‘tish jarayonida maktab o‘quvchilarini ulardan bahramand etishimiz lozim.Shu jarayonda har bir shaxsda milliy ma’naviyatni, milliy ong, milliy shuur, milliy tuyg’uni barkamollikka ko’ tarish omillari faollik jarayoniga ko’chadi. Bu ulug’vor maqsadlarni amalga oshirish uchun jamiyatimiz o’zining real imkoniyatlariga ega. Avvalo, ozod va mustaqil Vatanda xalqni farovonlikka yetaklovchi va ma’lum ma’noda munosib turmushni kafolatlovchi shart-sharoitlar yaratildi. Davlatimizda fidoyi, ishchan, tashkilotchilik salohiyati baland malakali kuchlar ulg’aydi. Ular siymosi, faoliyatida milliy ma’naviyatning barqaror mag’zi, yaratuvchan kuchi mavjud. Milliy ma’naviyati barqaror shakllangan bunday kishilar o’ z xalqi, millati, vatani manfaatini har qanday sharoitda himoya qiladi, o’ z faoliyatida xalqimizning milliy ma’naviyatini namoyish eta oladigan, millatning salohiyatini, Vatan qadri, sha’ni, shuhratini ellararo, davlatlararo ko’ rsata biladigan insonlardir.
Boshlangich sinf o’quvchilaridunyoqarashini tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanish ta’limdan tashqari ishlar orqali singdirishning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarga e’tibor qaratilishi lozim:
Birinchidan, yoshlarni erkin fikrlashga o’rgatish, hayot mazmunini tushunib olishiga ko’ maklashish, o’ z-o’ zini idora va nazorat qila bilishini, shakllantirish, o’z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, reja va amal birligi hissini uyg’otish;
Ikkinchidan, o’quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, Vatanimizning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo’lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, o’stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarini shakllantirish;
Uchinchidan, har bir o’quvchi-yoshlarning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish, inson faoliyatini turli sohalarda joriy qilish. Yoshlar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo’llab-quvvatlash uchun shart-sharoit hozirlash;
To’rtinchidan, insonparvarlik odobi me’yorlarini shakllantirish (bir-birini tushunish, mehribonlik, shafqatlilik, irqiy va milliy kamsitishlarga qarshi kurasha olish), muomala odobi kabi tarbiya vositalarini keng qo’ llash;
Beshinchidan, yoshlarimizni erkin va mustaqil fikrlashga o’ rgatish. Ta’limdan tashqari tarbiyaviy ishlar talaba-yoshlarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda, ularning darsdan bo’ sh vaqtlarida o’ quv-tarbiya jarayonini to’ ldiradi. Bu jarayonlarni tashkil etish yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini,tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi.
Bugungi kun yoshlarining bir kunlik vaqt byudjeti: o’quv va darsdan (uyushmagan yoshlar uchun uy ishlaridan tashqari) tashqari vaqt sotsiologiyasini aniqlash va shu asosda ta’limdan tashqari ishlarni samarali tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish zarur. Darsdan tashqari ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda: tanlovlar, klublar, badiiy havaskorlik, uchrashuvlar, bahslar, sport musobaqalari, davra suhbatlari, treninglar va boshqa tadbirlar, usullari: ishontirish, namuna ko’ rsatish, o’rganish, mashq qildirish, rag’batlantirish, illatlarga salbiy munosabat bildirish, munozaralar, kuzatish, trening, jamoaviy ijodiy faoliyat, “mafkuraviy vaziyat”, harakatli, taqlidli, rolli o’yinlar va boshqa shu turdagi usullardan samarali foydalanish lozim.
O’zbek oilalaridagi kitobga muhabbat, kitobni asrab-avaylab saqlash va kitobxonlik xalqimiz ma’naviy kamolotida muhim ahamiyat kasb etgan fazilatga aylangan. Chunki kishining o’zini-o’zi tarbiyalashida kitob ham bilim manbai, ham o’zingizni ko’ rish, taqqoslash, taqlid qilish, munozara yuritish, bahslashishda ma’lum darajada ko’ zgu vazifasini o’taydi. Kitobxonlik mushohada va mulohaza yuritish iqtidorini shakllantiradi, fikrni charxlaydi, teranlashtiradi.
Ta’limdan tashqari ishlarda yoshlarni kitob mutola qilishga da’vat etish,ularning kitoblardan foydalanib o’z ustida ishlash imkoniyatlarini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Tarixiy joylar, osori atiqalar, yodgorliklar, ziyoratgohlar bilan tanishib, ularni o’rganishga talaba-yoshlarni jalb etish zarur. Bugungi kun talablaridan kelib chiqib, muzeylar faoliyatini yanada takomillashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Muzeylarga o’quvchilarning tashrifini uyushtirib borish an’anaga aylanishi kerak. “Mening davlatim”, “Mening xalqim”, “Mening Vatanim”, “Biz hech kimdan kam bo’lmaganmiz, kam bo’ lmaymiz ham” va shu kabi turli ma’rifiy tadbirlar tashkil etib, ularda o’quvchilarni va uyushmagan yoshlarni faol ishtirokini ta’minlash lozim. Yoshlarning to’y-ma’rakalarda, ommaviy sayillar, bayramlarda ishtiroki asosida mahallada o’zini tutishni, kattaga hurmat, kichikka izzatni, yaxshi-yomon kunlarda yelkadoshlikni his qilishni o’rgatish orqali milliy istiqlol g’oyasining asosiy tamoyillaridan bo’ lgan milliy va umuminsoniy qadriyatlarga munosabatni shakllantirishga e’tibor qaratish lozim.
Xulosa qilib shu narsani ta’kidlamoqchimanki, o’zbek xalqining hozirgi milliy ma’naviyati va qadriyatlari o’ tmish milliy ma’naviyatining davomi bo’ lib, ularga do’stlik, mehmondo’stlik, insonparvarlik, axloqiy poklik, saxiylik, xushmuomalalik, hayolilik, sizlab muomala qilish, ozodalik, xushchaqchaqlik, xushfe’llik, mardlik, samimiylik, lutfi karamlik, ro’ zg’orparvarlik, ona yurt va xalqiga muhabbatlilik, insoflilik, diyonatlilik, rostgo’ ylik, halollik, or-nomuslilik, to’g’rilik, sabr-andishalik, vazminlik, hojatbarorlik, ota-ona va kattalarni hurmat qilish, mehnatsevarlik, o’tmishga hurmat, insoflilik, iymonlilik, milliy g’urur,vatanparvarlik, millatparvarlik kabilar kiradi. Bugungi kunda bularni yoshlar onggiga singdirish har bir ota-ona va tarbiyachi-murabbiylarning asosiy vazifalaridir. Xalqimiz urf-odatlari, an’analari va marosimlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Odamlarning bir-biriga mehr oqibati, oqilona munosabati, to’g’ri muloqoti, iltifoti, extiromi xalqimizning ichki go’ zalligini, boy ma’naviy va ruhiy qiyofasini ifodalaydi. Eng muhimi, xalqimizdagi mehr-muruvatlilik, saxiylik, mehmondo’ stlik, xushmuomalalik, mehr-oqibatlilik, andishalilik, samimiylik, to’g’rilik, intizomlilik, mehnatsevarlik, o’zini tuta bilishlik, tejamkorlik, sabr qanoatlilik kabi his-tuyg’ular va hislatlar bugungi kunda barkamol avlod tarbiyasida ibrat-namuna vazifasini bajaradi.

Yüklə 463 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin