Boshlang’ich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirish usullari”



Yüklə 463 Kb.
səhifə3/25
tarix21.06.2023
ölçüsü463 Kb.
#133371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
MILLIY QADRIYATLARNI TAKOMILLASHTIRISH 2023

86



3.1.

Boshlangich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirish usullariga oid tajriba-sinov ishlari mazmuni........................................................................................

86

3.2.

Boshlangich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirish usullariga oid tajriba-sinov ishlari samaradorlik darajasi ………………………......................................................

30




UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR……………..……...

88




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……….

37


KIRISH
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati:Bugungi kunda O‘zbekiston aholisining 65 foizini o’quvchilar ya’ni, 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar, ularning ma’lum qismini esa mustahkam yosh oilalar tashkil etadi. Mustaqillik tufayli jamiyatimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar o’quvchilarning ma’naviy-axloqiy va ruhiy dunyoqarashiga sezilarli darajada ta’sir etayapti. Shuning uchun hozirgi vaqtda o’quvchilarning ma’naviy-axloqiy va ruhiy olamini shakllantirish va rivojlantirishni chuqur va atroflicha tahlil etish ham ilmiy ham amaliy jihatdan katta ahamiyat kasb etadi.
Milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklanib yanada rivojlangandagina jamiyatimizda o‘tkazilyotgan islohotlar muvaffaqiyatli amalga osha oladi, chunki ma’naviy barkamol, ma’rifatli, ruhan bardam, yangicha tafakkurlash qobiliyatiga ega insongina istiqlol va taraqqiyot yo‘lidan sharaf bilan o‘ta oladi. Shunday ekan, xalqimizning madaniy merosi, yuksak ma’naviy qadriyatlarini chuqur va atroflicha o‘rganib, ularni Respublikamizda yashovchi har bir insonning ongiga singdirish, ayniqsa, yosh avlodni ma’naviy yetuk, fidoyi insonlar qilib tarbiyalash hozirgi kunda dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki, jamiyatda insonlar faoliyati, xatti-harakati va xulq-atvorini ijtimoiy me’yorlar boshqaradi. “Ijtimoiy me’yorlarning jamiyatda amal qilinishi qadriyatlar tarzida namoyan bo‘ladi”1. Demak, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishi avvalo ularda milliy qadriyatlarimizni hurmat qilishdan, o‘zligimizni anglashdan boshlanishi lozim.
“Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”ga muvofiq “oilalardagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash maqsadida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va ularning ma’naviy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan innovatsion ijtimoiy-pedagogik sog‘lom va barqaror muhit yaratish usullari ishlab chiqilishi belgilangan”2.
Hozirgi zamonda boshlang’ich sinf o’quvchilarining milliy va umummadaniy qadriyatlarni o‘rganishga nisbatan qiziqishlariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda, chunki har qanday jamiyatda belgilangan me’yoriy konsepsiyalar tizimi joriy qilinganligi unda qadriyatlar yetakchilik qilishini ko‘rsatadi.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqqan holda shuni xulosa qilish kerakki, insonning o‘zida qadriyat bekam-u ko‘st takomillashgan bo‘lishi uchun avvalo uning qalbida qadriyat tushunchasi oilada shakllantirilib borilishi zarur. Inson yoshligidan ilm olib aqliy kamolot sari intiladi. Biz bugungi kunda o‘smir yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda qadriyatlar tushunchasini ilk bora oilada shakllantirib borishimiz hamda ularni shu muhit asosida tarbiyalashimiz lozim. Ammo boshlangich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirish bugungi kunda hayotning o‘zi taqozo qilmoqda. Shu bois, magistrlik dissertatsiyamiz mavzusini “Boshlangich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirishning usullaritarzida tanladik.Bugungi kunda Vatan farovonligiga aloqador muqaddas tushunchalarning mazmunini anglash, milliy an’analar, urf-odatlar, qadriyatlar tushunchalarning o‘smir yoshlar qalbiga singdirish vazifalari dolzarb mavzu sifatida qaralmoqda. Ushbu holatlarni inobatga olgan holda milliy qadriyatlar, an’analar va udumlar muhim ijtimoiy masala sifatida qaralayotgan bugungi kunda milliy qadriyatlarni o‘sib kelayotgan o‘smir yoshlar ongi, dunyoqarashiga singdirish tizimini takomilllashtirish ushbu dissertatsiya ishining bosh muammosi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrda qabul qilingan O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli farmoni, 2020 yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-sonli farmoni, 2013 yil 23 apreldagi PF-5712-son “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 iyuldagi 422-sonli “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2013 yil 31 dekabrdagi 1053-son “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari hamda mazkur sohaga taalluqli boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Yüklə 463 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin