Tadqiqot maqsadi:boshlangich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirish usullarini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
- boshlangich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari va omillarini aniqlashtirish;
-milliy qadriyatlar asosida o‘quvchilarda dunyoqarashni shakllantirishning pedagogik -pedagogik usullarini rivojlantirish;
- boshlangich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirish yuzasidan metodik tavsiyalar ishlab chiqish;
- boshlangich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirish usullarini takomillashtirishning metod va vositalarni qo’llash asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
-muammoga doir tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish va uning samaradorlik darajasini aniqlash asosida tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning obyekti: boshlangich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirish jarayoni bo’lib, Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi 23- va 13-,sonli hamda Termiz tumanidagi 5-,sonli umumiy o’rta ta`lim maktablaridan jami 246 nafar o‘quvchilari ishtirok etdi.
Tadqiqotning predmeti: boshlangich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirish usullari mazmuni, shakl, metod va vositalari tashkil qiladi.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi.Ta’lim-tarbiya jarayonida Boshlangich sinf o’quvchilaridunyoqarashini tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanishning nazariy-tarixiy asoslari eng qadimgi yozma manbaa “Avesto” hamda Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy kabi Sharq mutafakkirlari va ma’rifatparvar olimlarining asarlarida yoritilgan.
Respublikamizning faylasuf olimlari A.Begmatov, M.Bekmurad, M.Qaxxarov, Q.Nazarov, J.Tulenov, E.Yusupov, M.A.Nurmatovalar qadriyatlar falsafasi mazmuni, talaba-yoshlarda qadriyatli yo‘nalganlikni tarkib toptirishning falsafiy-sotsiologik jihatlari, bo‘lajak o‘qituvchilarda qadriyatli yo‘nalganlikning namoyon bo‘lish masalalari o‘rganilgan. O’quvchilarda milliy, umuminsoniy, shaxsiy va ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muammosining ayrim pedagogik jihatlari B.Qodirov, B.Adizov, Sh.Mardonov, U.Mahkamov, O.Musurmonova, S.Nishonova, D.Ro‘ziyeva, X.J.Xudoyqulov, B.Xodjayev, M.Bozorova, M.Quronov, Sh.Z.Taylanova, A.D.Aliyarov, D.X.Kosimova lar tomonidan o‘rganilgan bo‘lsa, psixolog olimlardan Sh.Barotov, M.Davletshin, V.Karimova, N.Safayev, E.G‘oziyev, G.Shoumarov, R.Sunnatovalar esa shaxsda qadriyatlar tizimi shakllanishining psixologik xususiyatlarini tadqiq etishgan.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari olimlaridan I.Isayev, G.A.Melekesov, N.A.Popovanova, L.V.Vershinina, S.I.Rabazanov, O.A.Sidorenko, R.A.Gromov, R.A.Murtazin, Z.Ravkin, N.Rozov, V.Slastenin, I.Surina, L.A.Grigoryeva, YE.Shiyanovlar tomonidan qadriyatlar tizimini aniqlashtirish, ta’limga aksiologik yondashuvni joriy etish hamda kasbiy qadriyatlarni shakllantirish masalalari, M.Kagan, YE.A.Osipovalar tomonidan esa shaxs dunyoqarashi, jamiyatning aksiologik asoslari va uning turli jihatlari tadqiq etilgan.
Xorijlik olimlardan B.Wilson, J.M.Gottman (B.Vilson, J.M.Gottman), J.Kim (J.Kim), V.A.Kanke (V.A.Kanke), T.Parsons (T.Parsons) kabilar shaxs xulq-atvori va strategiyalarining o‘zaro aloqadorligi, shaxs rivojining intellektual, motivatsion, axloqiy, ijtimoiy va qadriyatli yo‘nalishlarining o‘ziga xosliklarini o‘rganishgan. Biroq, boshlangich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirish usullarini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari, dunyoqarashning psixologik-pedagogik xususiyatlari hamda unga ta’sir etuvchi omillar, Shuningdek, darsdan tashqari mashg‘ulotlar orqali o’quvchilarda milliy qadriyatlarni takomillashtirish muammosi alohida pedagogik muammo sifatida tadqiq etilmagan. Mazkur jihatlar “Boshlangich sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni takomillashtirish usullari” deb nomladik.
Dostları ilə paylaş: |