Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini o‘stirishda xalq iboralaring o‘rni


Miq etmay uxlab yotgan Borliq tinchi buzilar



Yüklə 107,95 Kb.
səhifə12/15
tarix05.06.2023
ölçüsü107,95 Kb.
#125393
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING NUTQINI O‘STIRISHDA XALQ IBORALARING O‘RNI.

Miq etmay uxlab yotgan
Borliq tinchi buzilar.
Dilshod Rajab
Misralarda berilgan “miq etmay”, “borliq tinchi buzilar” kabi iboralar bola nutqini o‘stirish uchun ayni muddao hisoblanadi. Frazeologiyning maqsadi ham nutqni shirador va ta’sirchan qilshdir.

II.3. Kichik yoshdagi o‘quvchilar nutqini o‘stirishda xalq iboralaridan foydalanish
Nutq bu har bir insonga Olloh tomonidan berilgan inoyatdir. Nutq orqali insonlar o‘z fikrini bildiradilar, ishlarini yuritadilar, yosh bolalar o‘z istaklarini bildiradilar, o‘quvchilar uchun esa nutq maktabda yaxshi ta’lim olishi uchun xizmat qiladi. O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqlarini me’yorlashda, ularning mutanosibligini ta’minlashda,milliy tilning tabiati va o‘ziga xos xususiyatini belgilashda, ifoda va talaffuz qonuniyatlarini aks ettirishda to‘g‘ri talaffuz bilan o‘qishning amaliy ahamiyatini o‘stirish, o‘qish, o‘qish metodlarini takomillashtirish yo‘llarini izlash va eng qulaylarini amaliyotga tatbiq qilish zarur.
Lekin ba’zi kichik yoshdagi bolalar, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, hattoki, katta yoshdagi insonlarda ham nutqi bilan muammolar yuzaga keladi.
Bu muammolarni, qiyinchiliklarni yengib o‘tishlari uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ota-onalarning va sinf rahbarlarning e’tiboriga muhtoj. Lekin o‘qituvchilarning ko‘pchiligi og‘zaki nutqning hayotiy ahamiyatini hali ham yetarli tushunmayaptilar. Shuning uchun ular maktab maxsus og‘zaki nutq o‘stirish mashqlari o‘tkazishga muhtoj emas, deb hisoblab xato qilmoqdalar. Bunday o‘qituvchilar, o‘quvchi mukammal, bexato yozishni o‘rganib borsa, ularning nutqi o‘z-o‘zidan o‘sib boradi, deb hisoblab amalda og‘zaki va yozma nutqning aloqadorligini unutib qo‘yadilar. O‘quvchilarning nutqi mazmun jihatdan nihoyatda kambag‘a va qator kamchiliklarga ega. Chunki yuqori sinflarda o‘qituvchi nutq masalasiga e’tibor bermaydi. Shuning uchun o‘qitish jarayonida o‘quvchilar nutqiy tafakkurini o‘stirish, nutq madaniyatini shakllantirish uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari har bir o‘quvchining bilim olishiga, nutqi o‘sishiga, uning xulqiga va boshqalarga alohida e’tibor qaratishi lozim deb hisoblayman. Chunki bejizga dono xalqimiz: "Yoshlikda olingan bilim, toshga o‘yilgan naqshdir" deb ta’kidlashmagan. Nutqni o‘stirish uchun ota-onalar ham o‘z farzandlari bilan ko‘proq suhbatlashishlari, ular bilan fikr almashishlari, ularni tinglashlari zarur. Nutqni o‘stirishda ota-onalar birinchi navbatda, farzandlariga so‘zlarni to‘liq va ravon talaffuz qildirishlari lozim. Chunki, deyarli, barcha ota-onalar farzandlari qiynalmasliklari uchun so‘zlarni qisqartirib, yosh bolalarga oson tarzda talaffuz qildirishadi. Bu katta xato. Sababi shundaki, yoshlikdan insonning aqliy, jismoniy va nutqiy a’zolari shakllana boshlaydi, agar o‘sha darvrda bolalarga e’tibor berilib, ular bilan ko‘proq shug‘ullanilsa, nutqida kamchiliklar kuzatilmaydi. Ma’lumki, so‘zlashuv tili nutq o‘stirishning dastlabki bosqichi hisoblanib, u asta-sekin takomillashib boradi. So‘zlashuv tili esa o‘qilgan matnlarni og‘zaki hikoya qilishda namoyon bo‘ladi. So‘zlashuvga o‘rganish barcha darslar jarayonida amalga oshadi, lekin o‘qish darslari yetakchi ahamiyat kasb etishi kerak. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ma’naviy kamolot ona tili orqali mujassamlashadi. Ona tili, shu jumladan, o‘qish darslari nutq o‘stirish ta’lim -tarbiya jarayonidagi eng muhim vositalardandir. To‘g‘ri va ifodali gapirish har bir o‘qimishli kishi uchun hayotiy zaruriyat bo‘lib qolgan hozirgi davrda o‘quvchilarning nutqini o‘stirish muammosi o‘quv-tarbiya tizimining eng dolzarb masalalaridan biri, deb qaralmog‘i kerak. Shuning uchun ham olimlar B.I.Sokolov, M.A.Ribnikova, K.B.Baxrin va boshqalarning metodik asarlarida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘zaro muvofiq holda o‘stirish masalalariga alohida e’tibor berilgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini o‘stirishning metodik sharti nutqiy faoliyatning keng tizimini yaratish, ya’ni, birinchidan, yaxshi nutq namunasini idrok etish, ikkinchidan, o‘rgangan til vositalaridan foydalanib, o‘z fikrini bayon etish uchun sharoit yaratish hisoblanadi. Kelajagimiz bo‘lgan yoshlarning erkin firklovchi, barkamol shaxs bo‘lib shakllanishi uchun ularni har tomonlama rivojlantirish zarur. Ularning psixologik, jismoniy va ijtimoiy jihatlarini o‘rganib, o‘zlarini erkin tutishi va fikrini mustaqil ifodalashida to‘siq bo‘ladigan salbiy psixoloogik holarlarni va bartaraf etish lozim. Barcha ma’naviy axloqiy fazilatlarning poydevori, tushunchalari, ko‘nikmalari bolalikdan tarkib toptirilmasagina, bu poydevor barqaror bo‘ladi. Ma’naviy axloqiy fazilatlar tarkibida nutq, muloqot, munosabat madaniyati alohida o‘rin tutadi.O‘quvchilarda nutqiy munosabatga kirishish malakasini hosil qilishda pedagogikaning roli kattadir. Bu o‘qituvchining erkin va aniq - ravshan nutqi, o‘quvhilar nutqi va tafakkurini rivojlantirishning birinchi darajali muhim shartlaridan hisoblanadi. O‘qituvchi o‘z nutqining bolalarga qanday ta’sir etayotganini kuzatishi, tushunarli va qiziqarli bo‘lganini hisobga olishi kerak. Agar bolalar darsga e’tiborsiz o‘tirsalar, demak, o‘qituvchi nutqining ta’siri kuchi sust. O‘qituvchining mahorati shundaki, u o‘zining yoqimli nutqi bilan bir butun jamoaga ta’lim-tarbiya beribgina qolmay, balki ularni yuksaklikka intilishga chorlashi kerak.
O‘quvchilar nutqini o‘stirishda o‘qituvchining nutq madaniyati katta ahamiyatga ega. O‘qituvchi barcha darslarda, sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarda faqat orfoepik talaffuz va adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda ifodali, ta’sirli so‘zlashi, shuningdek, har doim o‘quvchi daftariga, barcha hujjatlarga husnixat va imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozishi zarur. Bu bilan u bolalarni ifodali so‘zlashga, xatosiz, chiroyli yozishga o‘rgatadi, tilga sezgirlikni uyg‘otadi.



Yüklə 107,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin