Boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan ta’lim berishning zamonaviy metodlari



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə3/10
tarix17.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#88505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
loyiha 9-mart

TADQIQOT METODOLOGIYASI.
Integratsiya-o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalashga yangicha yondashuvni belgilab beradi. O‘quv jarayonida integratsiyalangan ta'limdan foydalanishga katta ahamiyat berilyapti. Integratsiyalangan darslarning tuzilishi o‘rganishning barcha bosqichlarida o‘rganilayotgan mavzularning aniqligini va izchilligini, puxta o‘rganilganligini va o‘zaro mantiqiy aloqalarini talab qiladi. Bunga dasturdagi o‘quv materialining ixcham va yig‘iq ekanligi, undan tashqari o‘quv materialini o‘rganishning tashkil etishning ba'zi zamonaviy usullarini kiritish orqali erishish mumkin.11
12
Integratsiya fani qulaylik bo’lib, boshlang’ich sinflarda nafaqat ona tili va o’qish savodxonligi balki boshqa fanlarni ham integratsiya qilish mumkin. Ona tili fanini matematika, tabiat, musiqa, ingliz tili, o’qish, mehnat, tasviriy san’at kabi fanlarni integratsiya qilib, xuddi mana shu fanlar ichida ham o’zaro ikkita yoki uchta fanlarni integratsiyalashtirib boshlang’ich sinflarga dars o’tish mumkin.
Misol uchun O'qish, tasviriy san'at va musiqa fanlarini integratsiyasi imkoniyatlari haqida bilishimiz mumkin.
Chet ellik bir qancha o'qituvchilar ko'p yillik faoliyatini integratsiya muammolariga baxshida qilishgan. Bu muammo bilan shug'ullanuvchi o'qituvchilardan biri V.I. Lyamin hisoblanadi. Uning integratsiya darslari va ularga sharhlar, metodik tadqiqotlari «Boshlang'ich maktab» jurnalida chop etilgan. U integratsiyalashgan darslar o'quv fanlariga qiziqish uyg'otuvchi vositalardan biri maqolasida shunday yozadi: «O'qish darslari musiqa va tasviriy san'at bilan uyg'un holda o'tilsa, samarali fanga aylanishini amaliyot tasdiqlagan». Aynan shunday darslarda bolalarda badiiy tafakkur va tasavvur rivojlanadi, estetik hissiyotlari tarbiyalanadi. Tabiat, adabiyot, ona tiliga mehri ortib, dunyoqarashi kengayadi deyilgan.13
Integratsiya fani faqat boshlang’ich sinflarda o’tilmay, xalqaro kontekstda integratsiyalashgan dasturlar ko‘pchilik universitetlarning, shu jumladan eng yaxshi universitetlarning ustuvor ro‘yxatini ko’rishimiz mumkin. Jahon universitetlarining Akademik reytingiga ko‘ra (2019), dunyoning eng yaxshi 10 ta universitetit ro‘yhati keltirilgan.



Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin