To’g’risini top metodi 2-Sinf ona tili va o‘qish savodxonligi kitobida Anvar Obidjonning “Oqshom’’ she’ri berilgan, o’quvchilar rasmga qarab she’rning ketma-ketligini to’g’ri joylashtirib chiqishida va she’rni yod olishlari kerak bo’ladi.
Faqat jajji kuchuklar
Hurib qo’yishar’vak-vak’’
Onasiga o’xshashib
Tunda ham ular sergak
18
Bir piyola choy kabi
Bulut oyni ho‘pladi
Tovuq beka katakka
Jo‘jalarin to‘pladi
19
Sigir erka buzoqni
Qashib qo’yar kallalab
Qo’y uxlatar bolasin
Asta ma’rab -allalab
20
Echki-uloq tush ko’rib
Poxol uzra yotishar
Mushukchalar sut so’rab
Onasiga yopishar
21
To’g’risini top metodida 4 ta fan integratsiya qilingan ular ona tili, o’qish savodxonligi, tasviriy san’at, axborot texnologiyalari kabi fanlar. Bu mashq o’quvchilar uchun qiziqarli metod hisoblanadi va ular o’ylab, fikrlarini ishlatib rasmga qarab she’rning o’z o’rnini topadilar, bu jarayonda o’quvchilar tasavvur qiladilar, hamda she’rni yod olishlari uchun ortiqcha vaqt sarflamaydilar, shuningdek xotiralarida bu she’r ko’p muddatga saqlanib qoladi.
TADQIQOT NATIJASI.
Metod (yun. "metodos" — bilish yoki tadqiqot yoʻli, nazariya, taʼlimot) — vo- qealikni amaliy va nazariy egallash, oʻzlashtirish, oʻrganish, bilish uchun yoʻl yoʻriqlar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli.22
Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi fanidan o‘quvchilarda zamonaviy metodlarni qo‘lladik va metod o‘quvchilarda yuqori darajada o‘z samarasini ko‘rsatdi. Bu tadqiqotimiz shundan iboratki o‘quvchilarga 4 ta fanni integratsiya qilib dars o‘tish jarayoni bo‘lib, ya’ni ona tili, o‘qish savodxonligi, axborot texnologiyalari, tasviriy san’at darslarini umumiylashtirib bitta qilgan holatda she’rni yodlashlari uchun tasvirli rasmdan foydalanib metodni qo‘lladik. Tadqiqotimiz natijasida to’g’risini top metodini qo‘llaganimizda sinfda 25 ta o‘quvchidan 20 ta o‘quvchi yaxshi o‘zlashtirgan, 3 ta o‘quvchi umumiy o‘zlashtirgan, 2 ta o‘quvchi esa qoniqarli o‘zlashtir
Dostları ilə paylaş: |