Boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan ta’lim berishning zamonaviy metodlari



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə1/10
tarix17.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#88505
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
loyiha 9-mart


BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM BERISHNING ZAMONAVIY METODLARI.
Jo‘rayeva Aziza Raxmatovna
Qo‘qon universiteti Boshlang‘ich
ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi
Inson o’z umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin, qayerda,qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan ta’lim-tarbiyasi uning yetuk shaxs va malakali mutaxasis bo’lib shakllanishida ulkan ahamiyatga ega ekani shubhasiz.1
Birinchi Prezident Islom Karimov Abdug’aniyevich.
Annotatsiya: Ushbu maqolada integratsiyaning afzalliklari, o‘quvchilarga qanday ijobiy ta’sir etishi, boshlang‘ich sinflarda integratsion darslarda qanday zamonaviy usullar qo‘llanilishi haqida va bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini integratsiyalashgan ta’lim berish ko’nikmalarini yanada mahorat bilan o’tishi uchun ommmalashgan hamda zamonaviy metodlar, texnologiyalar haqida, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining boshlang’ich ta’limida qaysi fanlar doirasida integratsiya asosida dars berishning mumkin ekanligi haqida fikr yuritilgan. Integratsion darslarni tashkil qilishda nazariy hamda amaliy jihatdan kadrlar yetishmovchiligi ya’ni metodikamiz qanchalik shakllanganligiga izoh berilgan. Bu muammoni yechish yo’l yo’riqlari va tavsiyalari haqida fikr yuritilgan. Ta’lim integratsiyasida qanday tahlillar o’tkazish mumkinligi, bu soha bo’yicha boshlang’ich sinf o’qituvchilarining bilim, ko’nikma, malakalarining qanday ekanligi haqida bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: Integratsiya, integrativ dars, fanlararo aloqadorlik, ta’lim, metod, klassika, audiolingval metod, SWOT, ta'lim-tarbiya, AKT, so’rovnoma.
KIRISH
Inson va butun jamiyatning shakllanish, rivojlanish sharti doimo ta’lim bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Bugungi kunda 21-asr ta’lim tizimi ancha murakkablashgan va texnologiyalar rivojlangan asri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayni damda istalgan sohamizda yangilik, imkoniyat, qulayliklarni ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek O‘zbekistonda ham ta’lim sohasida islohat, innovatsiyalar amalga oshirilmoqda va qonun bilan jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qatʼiy nazar, har kimga taʼlim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi2. 2021-2022 -o‘quv yilida ishlab chiqilgan milliy dasturda joriy etilgan qo‘llanma pedagok xodimlar uchun bir qancha qulayliklar yaratdi. Unga ko‘ra, 1-, 2- sinflarda o‘qish savodxonligi va ona tili fanlarining birlashtirilishi fikrimizga dalil bo‘la oladi. Fanlarni o‘zaro integratsiyalashdan asosiy maqsad o‘quvchilarga berilayotgan bilimlar takrorlanishining oldini olish, bir xillikka barham berishdir.3
Ta’lim integratsiyasi chuqur ildizi klassik pedagogikaga borib taqaladi va o‘zaro fanlararo bog‘liqlik, umumiylikni g‘oyasini ilgari suradi, o‘quv materiali mazmunini tahlil qilish, shuningdek tabiat bilan uzviy bog‘liq holda yaxlit o‘rganish tushunilanadi.
Integratsiya darslari bugungi o‘quvchilar uchun ayni muddao bo‘lib, ularni zamon bilan birgalikda darslar orqali rivojlanishiga olib keladi. Ya’ni integratsiyaga oid, milliy dasturimiz asosida tuzilgan qo‘llanma kitoblardagi har bitta mashqlar, rasmlar, turli qizaqarli savollar o‘quvchilarni har tomonloma chet mamlakatlar yoshlari bilan ayni boshlang‘ich sinfdan boshlab raqobatlashaoladigan darajaga olib keladigan darsliklar tuzilgan.
Yondosh fanlarni uyg‘unlashtirish asosida tuzilgan kurslar yangi tabiiy fanlar va ilmiy yo‘nalishlar hosil bo‘lishiga olib keldi. Yuqoridagi fikrlarga tayanib, integratsiyani o‘qituvchilarning turli fanlar bo‘yicha kuzatishlari va xulosalarini tasdiqlab yoki chuqurlashtirib beruvchi yangi dalillarni topib berish manbai deb baholash mumkin. Integratsiya fanlarning mexanik birlashishi bo‘lmay, balki fanlararo sintez bo‘lib, alohida tizimlarning yaqinlashishi, bog‘lanishi va yagona bir yangi narsaning yaratilishidir.
Integratsiyani quyidagi yo‘nalishlarda tatbiq etish maqsadga muvofiqdir.
1) o‘quv predmetlari va fanlar doirasidagi mazmunni integratsiyalab o‘rganish;
2) turli o‘quv predmetlaridan tahsil beruvchi shaxslarning faoliyatlarini integratssiyalash;
3) ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish shakllari yoki o‘quv kunini integratsiyalash.
Ta’lim integratsiyasini quyidagicha ifodalash mumkin:
1) turli fanga oid bilimlarni yaqinlashtirish uchun platforma topish (bunda integratsiya vosita sifatida qo‘llanadi);
2) borliq haqida yaxlit tasavvur hosil qilish (bu yerda integratsiya ta’lim maqsadi sifatida qaraladi);
3) integratsiyani rivojlantiruvchi ta’lim vositasi sifatida qo‘llash;
4) integratsiyani umuminsoniy, milliy tarbiya vositasi sifatida qo‘llash.4

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin