Boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan ta’lim berishning zamonaviy metodlari



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə9/10
tarix17.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#88505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
loyiha 9-mart

XULOSA VA TAVSIYALAR.
Taniqli rus pedagogi A.S.Makarenko o’z asarlarida o’qituvchining kasbiy fazilati to’g’risida quyidagi fikrlarini bayon qilgan: “Pedagog darsda ma’lum bir o’ziga xos rolni o’ynamasligi mumkin emas. Sinf sahnasida rol o’ynashni bilmaydigan o’qituvchi kasbiy faoliyat olib borolmaydi. U ma’lum ma’noda aktyor. Bizning xulq-atvorimiz, fe’limiz, xarekterimiz biz uchun pedagogik qurol bo’lishi ham aslo mumkin emas. Bolalarni qalb va ko’ngil azoblari bilan, hijronli his-tuyg’ularimiz yordamida tarbiyalashga umuman yo’l qo’yib bo’lmaydi.Axir biz insonmiz. Har qanday boshqa kasb egalarida ko’ngil zahmatisiz ish bitirish mumkin bo’lsa, pedagog ham ko’ngil azobisiz faoliyat olib borishi lozim bo’ladi. O’quvchiga ba’zan muloqotda ko’ngil azobini namoyish etishga to’g’ri keladi. Buning uchun pedagog sahnadagi aktyordek ijobiy rol o’ynashni ham bilishi kerak. Tasodifiy pedagogik vaziyatlarda o’qituvchi g’azablanganda, quvonganda, xafa bo’lganida, tushkin bir ahvolga tushganida ichki his-tuyg’ularini bir holatdan boshqa holatga, bir shakldan boshqa shaklga aktyorlarga xos iqtidor bilan o’tkazishni ham bilishi kerak.30
Boshlang‘ich ta’lim jarayonidagi pedagog esa, aktyorlarning aktyoridir. Negaki u ham ustoz, ham ona, ham tarbiyachi, ham yetuk bilimli kadr bo‘lmog‘i lozimdir. Shu ma’noda, uning dars o‘tish shakli turlicha “sahna” ko‘rinishidir. Bu sahnada u turli usullar bilan dars o‘tadi va uning natijasini tahlil qiladi. Har bir dars o‘qituvchi uchun bir asarday bo‘lishi lozim. Ayniqsa, integratsion darsda undan juda kata mahorat va bilim talab qilinadi.
Ona tili, o’qish, matematika, mehnat darslarini integratsiya qilish orqali ham o’quvchi mavzuni yaxshi o’zlashtiradi. Masalan, “Kuz’’ mavzusi o’tilsa, mavzu tushuntiriladi, hozil yig’ib olishga doir masalalar yechiladi, bolalar qog’oz yoki plastilindan mevalarni yasaydilar. Masalan, bolalarga quyidagi masalani yechish topshiriladi:bog’da o’quvchilar birinchi kuni 35 kg, ikkinchi kuni 45 kg olma terishdi. Hammasi bo’lib necha kg olma terishdi?35+45=80 javob:80 kg. Ushbumasala asosida bolalar mevalar rasmini chizishlari mumkin. Bola bir darsning o’zida kuz haqida turli ma’lumotlarni o’rgandi, mevalarning turlarini o’rgandi, rasm chizdi, kuz mevalari haqida masala yechdi. Shunday qilib, o’quvchi birgina integrative darsda juda ko’p ma’lumotlarga ega bo’ldi.
Darsda matematika, jismoniy tarbiya, tabiat, musiqa darslarini mujassamlashtirish ham foydadan holi bo’lmaydi. Musiqa eshitish, mavzu yuzasidan misol yechish, narsalar yasash bular hammasi darsning samarali bo’lishini ta’minlaydi.31
Samarali dars, albatta, interfaol metodlarsiz amalga oshirilmaydi. Shuningdek, yana turli didaktik hamda rolli o’yinlar, ko‘rgazmalar, dam olish daqiqalari ham dars unumdorligiga sifat qo‘shadi.
Interfaol metodlar nafaqat ta’lim va tarbiya sohasida, balki har qanday yo’nalishidagi kasbiy faoliyat asoslarni puxta o’zlashtirish, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash maqsadida trening, o’quv kurslarini tashkil etish, mutaxasislar o’rtasida hamkorlik aloqalarini o’rnatishga yordam beradi.32
Jahon ta’lim tizimini o‘rgangan holda, O‘zbekistonda integratsiyalashgan ta'lim 2022-yildan boshlang‘ich sinflarga joriy etildi. Bu jarayon boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijobiy natijalar ko‘rsatdi. Boshlang‘ich sinflarda tasavvur olamlari kengaya boshladi, ko‘proq ma’lumotlar va bilim ola boshlashdi. Boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan ta’lim berishning zamonaviy metodlarining o‘rni va ulardan foydalanishda quyidagi tavsiyalarni beramiz:

  • Vaqtdan unumli foydalanish kerak;

  • Fanlarning o‘zaro bir -biri bilan bog‘ligiga ahamiyat berish zarur;

  • Integratsiya darslari aynan o‘quvchilarda o‘z natijasini ko‘rsatyotganligini tahlil qilish lozim;

  • O‘qituvchining o‘z ustida ishlashi(rivojlanishi);

  • O‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini inobatga olish zarurligi;

  • Yosh hususiyatlariga alohida e’tibor berishi lozim;

  • O‘quvchilarning qiziqishlariga o‘qituvchi ahamiyat berishi kerak;

  • O‘qituvchi fikrlash qobilyatini rivojlantirishi, yangilik yaratishga moyil bo‘lishi kerak;

  • Har bir dars muayyan yo‘naltirilgan maqsadga ega bo‘lishi lozim;

  • O‘qituvchi darsga bir kun oldindan tayyorgarlik ko‘rishi kerak;

  • O‘qituvchi integratsiya darslarida metodlardan foydalanishni bilishi shart;

  • Darsni qiziqarli qilib tashkillashtirish zarur;

  • Sinfdagi o‘quvchilar faolligini oshirish uchun har bitta o‘quvchining dars jarayoniga qatnashishini inobatga olish kerak;

  • O‘qituvchi integratsiyalashgan dars o‘tish jarayonida mavzuni bevosita hayotga bog‘lab o‘tishi lozim;

  • Integratsiyalashgan darslarda ham ta’lim va tarbiyani uzviy holda o‘tish kerak

  • Integratsiyalashgan darslarni o‘qituvchi qiziqarli qilib o‘tishi o‘quvchilarning yangiliklarni o‘rganishi va moslashishiga yordam beradi.

O’qituvchilar integratsiyalashgan darslarni o’tishda yuqoridagi takliflarni inobatga olsa, shuningdek dars o’tish jarayoni va o’quvchilarning darsni tushunishi murakkab bo’lmaydi, hamda darsning samaradorlik darajasi ko’tariladi.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin