Soliq – bu daromaddan davlatga to’lanadigan majburiy to’lovdir.
Bu pul davlat tomonidan qarilik pensiyalari, yosh bolali oilalarga nafaqalar berish, maktab va shifoxonalarni ta’mirlash kabi maqsadlarga ishlatiladi.
1-2-sinflarda o’quvchular kundalik hayotda uchrab turadigan iqtisodiy atamalar va tushunchalarga ega bo’ladilar.
3-sinfda esa iqtisodiyot va soliqning alohida sohalari – oila iqtisodiyoti, mulk va boylik, daromad va soliq haqidagi tushunchaladga ega bo’ladilar. Bunda o’quvchilar bevosita iqtisodiy vaziyatlardagi ishtirokini tahlil qilish va baholashga ega bo’ladilar. (“Iqtisod va soliq alifbosi”, 3-sinf, 13-bet, Pushaymon)
Pushaymon
Shokir juda ham besaranjom bola. U dadasi olib bergan yangigina etigini tezda yirtib qo’ydi.
Shokir: “Endi maktabga qanday boraman? Etigimdan duv kiradi. Yangi etik sotib olish uchun dadamning puli yo’q. Uning maosh olishiga hali ancha vaqt bor. Afsus, etigimni avaylabroq kiysam bo’lar ekan. Bu ahvolga tushmas edim. Etigim mening shaxsiy mulkim edi-ku. Uni asrab-avaylash ham mening burchimligini bilmadim”, - deb afsuslandi. U bundan keyin o’zining shaxsiy mulkini asrshni o’ziga maqsad qilib oldi. Shaxsiy mulkni asramaslik shaxsiy iqtisodiy tanglikka olib keladi.
Daromad va xarajatlarni hisoblab chiqish, mulkdan tejamkorlik bilan foydalanish malakalarini egallashlari, tadbirkorlik va ishbilarmonlik tushunchalari bilan tanishishlari o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini yanada mustahkamlaydi.
3-sinf uchun “Iqtisod va soliq alifbosi” qo’llanmasi to’rt bo’limdan iborat:
1-bo’lim. Oila iqtisodiyoti.
2-bo’lim. Mulk.
3-bo’lim. Boylik.
4-bo’lim. Tadbirkor kishilar.
Har bir bo’lim o’ziga mos mavzular bilan boyitilgan. Yana bir jihati o’quvchini o’ylab, fikr yuritishga undovchi rebus, krossvordlar ko’proq berilgan. Quyida shunday topshiriqlardan biri ko’rsatiladi: (3-sinf uchun qo’llanma, 31-bet)
Bu topshiriq “O’zbekistonning tabiiy boyliklari” mavzusi yuzasidan berilgan bo’lib, uni yechish jarayonida o’quvchilarni vatanimiz tabiiy boyliklari haqidagi bilimlari rivojlanadi va mustahkamlanadi.
O’quvchilar 1-2-3-sinflarda “Iqtisod va soliq alifbosi” darslari orqali iqtisodiyot va soliq haqida, uning hayotdagi o’rni va ulardan qanday foydalanish haqida qator bilimlarga ega bo’ladilar.
4-sinfda esa mazkur bilimlar umulashtirilib, tashkilot va korxonalarning iqtisodiyotini tahlil qilishni o’quvchilar bosqichma-bosqich o’rganadilar. Chunki 4-sinf o’quvchisida iqtisodiyot va soliq haqidagi muayyan tushunchalar bilan birga mustaqil fikr yuritish qobiliyati ham shakllangan bo’ladi.
4-sinf “Iqtisod va soliq alifbosi” qo’llanmasi olti bo’limdan tashkil topgan bo’lib, ular quyidagilar:
1-bo’lim. Maktab kutubxonasining iqtisodiyoti.
2-bo’lim. Maktab oshxonasi iqtisodiyoti.
3-bo’lim. Maktab ustaxonasining iqtisodiyoti.
4-bo’lim. O’quv tajriba maydoni.
5-bo’lim. Kommunal xizmatlar.
6-bo’lim. Maktab iqtisodiyotida o’quvchining o’rni.
Bu qo’llanmada o’quvchi hayotiga yaqin bo’lgan va u mustaqil tahlil qila oladigan maktab kutubxonasi, oshxonasi, ustaxonasi va o’quv-tajriba maydoni iqtisodiyoti bilan yaqindan tanishib chiqadilar. Kommunal xizmatlar va ularga to’lovlarni amalga oshirishning dastlabki tushunchalasrni o’zlashtiradilar. Shu o’rinda darslikda berilgan “Kommunal xizmatlar” haqidagi “Biz qanday suvni iste’mol qilamiz?” mavzusini bayon qilamiz. (4-sinf, “Iqtisod va soliq alifbosi”, 33-34-betlar)
Dostları ilə paylaş: |