Boshlang'ich sinflarda ot turkimini o'rganishda uzviylik va uzluksizlikning ta’minlanishini tahlil qilish



Yüklə 25 Kb.
səhifə2/3
tarix17.06.2023
ölçüsü25 Kb.
#131860
1   2   3
Boshlang\'ich sinflarda ot turkimini o\'rganishda uzviylik va uzlu

2. Otlarda son bilan tanishtirish.
“Otlarda son”, ya’ni otlarning birlik va ko’plikda qo’llanishi ustida ishlash
jarayonida o’quvchilarda: 1) birlik va ko’plikda qo’llangan otlarning ma’nosi va
qo’shimcha orqali farqlash, 2) birlikdagi otdan ko’plik shaklidagi va, aksincha,
ko’plikdagi otdan birlik sondagi ot hosil qilish, 3) gapda so’zlarning bog’lanishini
hisobga olgan holda, otlardan nutqda to’g’ri foydalana olish ko’nikmalari
shakllantiriladi.
Otlarning birlik va ko’plikda qo’llanishi taqqoslash usulidan foydalanib
tushuntiriladi. Buning uchun bir predmetni va shunday bir necha predmetni
bildirgan otlar taqqoslanadi: daftar – daftarlar, qalam – qalamlar, nok – noklar
kabi. Suhbat asosida daftar so’zi nechta (bitta) predmetni va daftarlar so’zi nechta
(ikki va undan ortiq) predmetni bildirishi aniqlanadi. Boshqa so’zlar bilan ham
shunday ishlanadi. Oddiygina xulosa chiqariladi va fikrlar umumlashtiriladi: agar
otlar bir predmetni bildirsa, birlikda qo’llanadi, agar ikki va undan ortiq shaxs
yoki narsani bildirsa, ko’plikda qo’llanadi. Ko’plikdagi otni yasash uchun
birlikdagi otga –lar qo’shimchasi qo’shiladi. Birlikdagi otlar kim? yoki nima?
so’rog’iga, ko’plikdagi otlar esa kimlar? yoki nimalar? so’rog’iga javob bo’ladi.
O’quvchilariga faqat birlikda qo’llanadigan otlar, birlik shaklida qo’llangan
armiya, qo’shin, xalq kabi otlar ko’plik ma’nosini bildirishi, bunday otlarga
ko’plik qo’shimchasi qo’shilganda anglatadigan ma’nosi maxsus tushuntirilmaydi.
Agar o’quvchilar bu haqda savol bersalar, soddagina shaklda tushuntirish mumkin.
Otlarning birlik va ko’plikda qo’llanishini kuzatish aslida so’z shakli ustida
ishlashning boshlang’ich bosqichi hisoblanadi. Bunda o’quvchilar otlarni ko’plik
qo’shimchasi bilan o’zgartirish, ya’ni otga shakl yasovchi qo’shimcha qo’shish
bilan so’zning leksik ma’nosi o’zgarmasligiga ishonch hosil qiladilar.
Otlarda egalik qo’shimchalari
Bu mavzu o’quvchilar uchun murakkab hisoblanadi, chunki bu mavzu
o’rganilgunga qadar, o’quvchilar “shaxs” tushunchasi bilan hali tanishtirilmagan,
kishilik olmoshlarini hali o’rganmagan bo’ladilar. O’quvchilarga egalik
qo’shimchasi shaxs, narsa birlik va ko’plikdagi uch shaxsdan biriga taalluqli
ekanini bildirishini tushuntirish qiyin. Shularni hisobga olib, o’quvchilarni otlarda
egalik qo’shimchalari bilan tanishtirishda o’qituvchi ishni sarlavhadagi “egalik”
so’zining leksik ma’nosini tushuntirishdan boshlashi maqsadga muvofiq: “egalik”
ega bo’lish, qarashlilik, tegishlilik, oidlik ma’nolarini bildiradi, demak, egalik
qo’shimchasi deganda biror narsaga ega bo’lishni, shu narsa tegishli, shu
narsaning egasi ekaninn bildiradigan qo’shimchalar tushuniladi. Otlar egalik
qo’shimchalari bilan qo’llanadi. Otga qo’shilgan egalik qo’shimchasi shu ot
ifodalagan shaxs, narsaning kimgadir qarashli ekanini, shu narsaning egasi
ekanini bildiradi. Misollarni kuzataylik: Kecha o’qigan kitobim juda qiziqarli
ekan. Sening kitobing ham qiziqarlimi? Ra’noning kitobi ham qiziqarli edi.
Kitobim, kitobing, kitobi so’zlari so’z tarkibiga ko’ra tahlil qilinadi va
o’quvchilar kitob – o’zak, -im, -ing, -i qo’shimcha ekanini aniqlaydilar. O’qituvchi
kitob va kitobim so’zlarini taqqoslashni –im qo’shimchasining ma’nosi haqida
o’ylab ko’rishni topshiradi, muammoli vaziyat yaratadi; o’quvchilar
qo’shimchaning ma’nosi haqiida fikr yuritadilar, ammo kitobim so’zining
ma’nosiga (mening kitobim – kitob meniki) tushunsalar ham, fikrlarini
shakllantirib aytib berolmaydilar. O’qituvchi qisqa tushuntiradi:
– Tilda uchta shaxs mavjud:
I shaxs – so’zlovchi
II shaxs – tinglovchi
III shaxs – o’zga
Hozir men sizga so’zlayapman, tushuntiryapman, demak, men – so’zlovchi,
hozir siz meni tinglayapsiz, demak, siz (sen) tinglovchi, hozir tinglashga
qatnashmayotganlar ham bor, u (ular) – o’zga hisoblanadi. Siz otlar birlik va
ko’plik sonda qo’llanishini bilasiz. Ma’lumki, biror narsa bir shaxsga yoki ikki va
undan ortiq shaxsga tegishli bo’lishi mumkin. Mana shu ma’nolarni, ya’ni biror
shaxs va narsaning birlik yoki ko’plikdagi uch shaxsdan biriga qarashli ekanini
otga qo’shilgan egalik qo’shimchalari bildiradi. Masalan, kitobim so’ziga
qo’shilgan -im qo’shimchasi kitobning I shaxsga taalluqli ekanini, ya’ni kitobniig
egasi I shaxs ekanini bildiradi (-ing, -i qo’shimchalari ham shunday tushuntiriladi).
Kitobimiz so’zidagi -imiz qo’shimchasi kitob so’zlovchi shaxsga, shu bilan birga,
ko’p shaxsga (ko’p so’zlovchiga) tegishli ekanini bildiradi (-ingiz, -i
qo’shimchalari ham shunday tushuntiriladi). Qisqa xulosa chiqariladi: otlarga qo’-
shilgan mana shunday qo’shimchalar egalik qo’shimchalari deyiladi. Egalik
qo’shimchalari tegishlilik, egalik ma’nosini bildiradi.
Egalik qo’shimchalari otlarga ikki variantda qo’shiladi. Akam va kitobim,
akang va kitobing, akasi va kitobi kabi oxiri unli hamda undosh tovush bilan
tugagan otlar so’z tarkibiga ko’ra tahlil qilinadi, qo’shimchalar taqqoslanadi,
suhbat asosida xulosa chiqariladi: oxiri unli tovush bilan tugagan otlarga -m, -ng, -
si, -miz, -ngiz, -si egalik qo’shimchalari, oxiri undosh tovushlar bilan tugagan
otlarga -im, -ing, -i, -imiz, -ingiz, -i egalik qo’shimchalari qo’shiladi. SHundan
so’ng o’quvchilar “Ona tili” darsligidagi qoidani o’rganadilar, jadvalni tahlil
qiladilar.
O’quvchilarga egalik qo’shimchalari haqidagi ko’nikmani shakllantirish
uchun matndan egalik qo’shimchasi bilan qo’llangan otni topish, uni tarkibiga
ko’ra tahlil qilib, egalik qo’shimchasining shaxs-sonini aniqlash, matnda berilgan
otga tushirib qoldirilgan egalik qo’shimchasini qo’shish, narsa qaysi shaxs yoki
shaxslarga qarashli ekanini aytish kabi mashqlardan foydalaniladi.
Egalik qo’shimchasi ustida ishlash bu bilan tugamaydi. Otlarning kelishiklar
bilan turlanishini o’rganish jarayonida egalik qo’shimchasi bilan qo’llangan ot
qaratqich kelishigida kelgan boshqa ot bilan (kitobning muqovasi, Rahimning
kitobi), kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o’rganish jarayonida
esa egalik qo’shimchasi bilan kelgan ot qaratqich kelishigidagi kishilik olmoshi
bilan bog’lanib, so’z birikmasi hosil qilishi haqida bilim beriladi.



Yüklə 25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin