“onlayn metodik yordam” bo‘yicha o‘tkaziladigan har xil seminar va
uchrashuvchilarda tegishli fan o‘qituvchisining ishtirok etishini maktab rahbariyati
bilan birgalikda ta’minlaydi;
ta’lim jarayonida yutuqlarga erishayotgan pedagog xodimlar faoliyatini
qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ish tajribalarini ommalashtirish bo‘yicha
tavsiya
beradi;
o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan tarqatma va nazorat ishi materiallarini
muhokamadan o‘tkazib ma’qullaydi;
o‘qituvchilarni fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy ommabop
adabiyotlar bilan tanishtirib boradi;
o‘quvchilarni oliy o‘quv yurtlariga tizimli tayyorlash bo‘yicha variativ o‘quv
rejalar asosida tanlov sinflarini tashkil etish choralarini ko‘radi;
o‘qituvchilarga dars jarayonida ko‘rgazmali
vositalar va axborot
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar beradi;
o‘qituvchilarga sinfdan tashqari va to‘garak ishlarini tashkil etishga
ko‘maklashadi;
yosh pedagoglarga tajribali ustozlarni biriktirib, kasbiy rivojlantirishga
sharoit yaratadi;
o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv metodik qo‘llanmalar va
didaktik materiallarni muhokamadan o‘tkazadi;
tashqi va ichki nazorat natijalariga ko‘ra, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va
malakalarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini
belgilaydi
va ularning bajarilishini nazorat qiladi, o‘qitish metodlarini o‘rganish maqsadida
ochiq darslar tashkil qiladi;
har bir chorak yakuniga ko‘ra o‘quvchilardagi bo‘shliqlarni to‘ldirish,
murakkab mavzularni osonroq tushuntirish bo‘yicha metodik tadbirlarni tashkil
etadi;
metodbirlashma a’zolari orasida sog‘lom
raqobat va ijodiy muhitni
shakllantiradi, boshqa metodbirlashmalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;
fan o‘qituvchilarining dars taqsimoti adolat va shaffoflik asosida tegishli
tarifikatsiya bo‘yicha metodbirlashmada muhokama qilinib, maktab pedagogik
kengashiga taklif kiritadi;
fan
o‘qituvchilarining
metodik
yordamga
bo‘lgan
ehtiyojini aniqlab,
Pedagoglarni yangi
metodikalarga o‘rgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat
bo‘limi
metodistlaridan metodik yordam olish uchun hududiy xalq
ta’limi
boshqarmalari va Pedagoglarni
yangi metodikalarga
o‘rgatish milliy markazlaridagi
Metodik xizmat bo‘limi fan metodistiga murojaat qiladi hamda tegishli metodik
yordam oladi;
fan o‘qituvchilarining samarali mehnatlarini inobatga olgan holda ma’naviy
va moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha maktab rahbariyatiga tavsiya kiritadi;
ilg‘or metodikalarga ega o‘qituvchilarni xolis aniqlab,
ularning tajribasini
ommalashtirish, rag‘batlantirish bo‘yicha maktab pedagogik kengashiga taklif
kiritadi;
o‘qituvchilarning fan yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatlari tasdiqlangan xalqaro va
milliy sertifikatlarni olishlari uchun ko‘maklashadi;
mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida yig‘ilishlar, davra suhbatlari,
uchrashuvlar, ochiq darslar, loyihalar bilan ishlash kabi tadbirlarni amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: