Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2-kurs sirtqi bo`lim talabalari uchun tavsiya etiladigan mustaqil ta`lim mavzulari



Yüklə 112,3 Kb.
səhifə33/35
tarix08.11.2022
ölçüsü112,3 Kb.
#68084
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2 kurs sirtqi bo`lim talabalari u

Masalan: Kel, ko’zim, nima ishing bor?. (O).
So’roq gaplarda suhbatdoshni o’z fikrini anglatishga yoki ifodalanayotgan fikrga bo’lgan munosabatini bildirishga chaqiriladi.
So’roq gaplar quyidagi vositalar yordami bilan tuziladi:
1. So’roq yuklamalari: - mi, - chi, a (ya), ba’zan-da, ku.
Masalan: Nazira, shahar aylangani chiqamizmi? – Men imtihonga tayyorgarlik ko’rayapman. – Sen-chi? Demak, olg’a, g’arb tomonga ekan-da? – mi, - chi yuklamalari vositasida hosil bo’lgan so’roq gaplarda intonasiya kuchli bo’lmaydi. – da, - a,- ya,-ku yuklamalari yordamida tuzilgan so’roq gaplarda intonasiyaning roli katta bo’ladi.
2. So’roq olmoshlari-kim?, - nima?, - qanday?, - qanaqa?, -qaysi?, -necha?, nechanchi?, kabilar.
Shaxs va narsalar haqida kim, nima, predmetining belgi qancha, necha, harakat-holatning bajarilishi yoki pretning bajarilishi yoki pretningmavjudlik o’rni, payti, holati, sababi maqsadini aniqlash uchun qaerda, qachon, qanday qilib, nechuk, nima uchun, nima sababdan, nima maqsadda kabi olmoshlar xizmat qiladi.
Masalan: Uy vazifasini kim bajarmadi?
G’ulom aka, o’sha vaqtlarda qancha xosil olar edingiz? (A.K.). Xey yigitlar, bugun nima uchun bunchalik sust ko’rinayapsiz?
3. Nahot, nahotki kabi yuklamalar yordamida: Nahotki bugun yomg’ir yog’sa?
Bunday vositalar bilan hosil qilingan so’roq gaplarda taajjub, shubha ottenkalar ham ifodalanadi.
4. So’roq intonasiyasi katta rol o’ynaydi.
Masalan: - Bugun dam olaman.
- Bugun dam olaman?
Ba’zan so’roq gaplarning kesimi sostavida – (a) grafikasi va kerak,
shekilli, muncha, balki kabi so’zlar bo’ladi. Bu tip so’roq gaplarda intonasiya rol o’ynaydi.
Masalan: Sizni qiziqtiradigan savollar border?
Bu imorat otangizdan qolgan bo’lsa kerak? – deb so’radi. (Ask.M)
Ilgari durust edi shekilli? (A.K)
So’rash ma’nosi ta’kidlangan so’roq gaplarda grammatik vositalar birdan ortiq bo’lishi ham mumkin.

Yüklə 112,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin