Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2-kurs sirtqi bo`lim talabalari uchun tavsiya etiladigan mustaqil ta`lim mavzulari



Yüklə 112,3 Kb.
səhifə27/35
tarix08.11.2022
ölçüsü112,3 Kb.
#68084
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2 kurs sirtqi bo`lim talabalari u

Zamon tushunchasi
Zamon tushunchasi harakat-holatning nutq vaziyatiga munasabatini ifodalaydi. Fe’lning uch zamoni farqlanadi: o’tgan zamon(nutq jarayonigacha bo’lgan harakat); hozirgi zamon (nutq jarayonida sodir bo’layotgan harakat), kelasi zamon (nutq jarayonidan keyin sodir bo’ladigan harakat).
1. O’tgan zamon fe’llari quyidagicha:
a) aniq o’tgan zamon shakli-di: yozdik, ko’rdik.
b) uzoq o’tgan zamon shakli –gan: yozgandingiz, ko’rgandingiz.
v) o’tgan zamon hikoya shakli-(i) b: yozibsiz, ko’ribmiz; yozib edik, ko’rib edik.
g) o’tgan zamon davom fe’li-a(r)-edi, (-mas-edi): ko’rinar edi, ko’rinmas edi.
2. Hozirgi zamon fe’llari quyidagicha:
a) aniq hozirgi zamon shakli -yap-shaxs-son affiksi: -yotir,-yotib; boryapman, borayotirman, borayotibman; -moqda: bormoqda.
b) hozirgi- kelasi zamon shakli: kelasi zamon aniq shakli:-a, -y; yozadi; ishlaymiz; kelasi zamon gumon shakli; -(a)r, (-mas); yozarman, yozmasman.
3.Kelasi zamon shakllari quyidagicha:
a) aniq kelasi zamon shakli -ajak(-yajak): borajakmiz, o’qiyajakmiz; -gu(-g’u,-ku,-qu): kelgum(dir), kelgumiz, kelgusi;
b) kelasi zamon maqsad shakli-moqchi: kelmoqchiman, aytmoqchisan;
v) kelasi zamon gumon shakli:-r,-ar: o’qirman, boraman.
Ba’zi hollarda bir zamon shaklining boshqasi o’rnida qo’llanishi uchrab turadi. Harakatning qaysi zamonga oidligi esa umumiy holatdan anglashilib turadi. Masalan: Hozir qorong’ida qayoqqa bordigu, nimayam qildik-kelasi zamon. Shundan so’ng bilmadim, qancha vaqt shirin xayollar osmonida qanot qoqib yurdim-hozirgi zamon. Bugun kechqurungi poezd bilan jo’nab ketyapmiz-kelasi zamon.

  1. Undovlar haqida 20 ta misol yozing va tahlil qiling

His-hayajon va buyruq-xitobni bildirib, gap bo'laklari bilan grammatik jihatdan bog'lanmaydigan so'zlar undov so'zlar deyiladi. Undovlar garchand his-hayajon va haydash-chaqirish kabi xitoblarni ifodalasa- da, his-hayajon va haydash -chaqirishga nom bo'lmaydi.
Undovlar morfologik belgilarga ega emas, morfologik usul bilan yasalmaydi. Biroq undovlarni takrorlash va juftlash orqali ayrim undovlar hosil bo'lgan: ehhe, voy-bo'y, voy-voy, e-ha, e-voh kabi. Undovlarda ohangning roli kuchli. Binobarin, so'zlar ma'lum ohang bilan aytilsagina his-hayajonni ifodalaydi. Masalan, oddiy tarzda o deyilganda tovush ifodalanadi. -O, do'sti nodon. Koshkiydi, ko'zim ko'r bo'lsa-da, seni ko'rmasam? (O.Yo.) gapidagi o tovushida kuchli his-hayajon ma'nosi mayjud, shu boisdan u "xafalik", "afsuslanish"ma'nolarini bildiradi.
Undovlar ma'no xususiyatiga ko'ra ikki xil: his-hayajon undovlari, buyruq-xitob undovlari. His-hayajon undovlari turli his- tuyg'ularni, kechinmalarni bildiradi: o, oh, e, eh. uh, ey, voy, dod, he, a, obbo, ha, o'ho', ehe, attang, vodarig', rahmat, salom, ofarin, balli, barakallo kabilar. Bu xildagi undovlarning his-tuyg'u bildirishida ohang muhimdir.
His-hayajon undovlari quyidagi ma'nolarni ifodalaydi: 1. Shodlik, xursandchilik ma'nolarini ifodalaydi. O'ho', zo'r-ku. Egasi kim ekan? (O'.U.) —Obbo, azamat-ey! To'rt yarim sotih kelib qoladi. (S.A.) Xafalikni, charchoqni, og'ir ruhiy qiyinchilikni ifodalaydi. Evoh! U ko'pdan beri shahzodadan qo'rqib yurgani bejiz emas ekan. (O.Yo.)
  1. Ta'kid va taajjublanish ma'nolarini ifodalaydi. Eh, Aziz, Aziz!Hech kim qilmagan ishni qilaman, deb ko'krak mushtlab kattaketmay qo'yaqol! (O'.U.) E, tavba! Nima va'da bergan ekan,hayronman! (O'. U.)


  2. Urf-odat ma'nolarini ifodalaydi. Jindek mizg'ib olganingdankeyin idoraga chiqasanxayr. (S.A.)


    Buyruq-xitob undovlari asosan hayvonlar va qushlarni chaqirish, haydash, harakatlantirish yoki harakatdan to'xtatish uchun ishlatiladi: beh-beh, bah-bah, tu-tu-tu, chu, ish, pisht, xi-xi, tur, (itni), chigi-chigi, ho'sh-ho'sh, kisht-kisht.
    Buyruq-xitob undovlarining ayrimlari insonga nisbatan ham ishlatiladi. Bunday holda undovlar nom o'rnida ishlatilib, murojatni ifodalaydi: hoy, ey, hey, kabi. Ey , jiyan boshimga balo qo'yding-ku. (S.A.)

His-hayajon va buyruq-xitobni bildirib, gap bo'laklari bilan grammatik jihatdan bog'lanmaydigan so'zlar undov so'zlar deyiladi. Undovlar garchand his-hayajon va haydash-chaqirish kabi xitoblarni ifodalasa- da, his-hayajon va haydash -chaqirishga nom bo'lmaydi.Undovlar morfologik belgilarga ega emas, morfologik usul bilan yasalmaydi. Biroq undovlarni takrorlash va juftlash orqali ayrim undovlar hosil bo'lgan: ehhe, voy-bo'y, voy-voy, e-ha, e-voh kabi. Undovlarda ohangning roli kuchli. Binobarin, so'zlar ma'lum ohang bilan aytilsagina his-hayajonni ifodalaydi. Masalan, oddiy tarzda o deyilganda tovush ifodalanadi. -O, do'sti nodon. Koshkiydi, ko'zim ko'r bo'lsa-da, seni ko'rmasam? (O.Yo.) gapidagi o tovushida kuchli his-hayajon ma'nosi mayjud, shu boisdan u "xafalik", "afsuslanish"ma'nolarini bildiradi.
Undovlar ma'no xususiyatiga ko'ra ikki xil: his-hayajon undovlari, buyruq-xitob undovlari. His-hayajon undovlari turli his- tuyg'ularni, kechinmalarni bildiradi: o, oh, e, eh. uh, ey, voy, dod, he, a, obbo, ha, o'ho', ehe, attang, vodarig', rahmat, salom, ofarin, balli, barakallo kabilar. Bu xildagi undovlarning his-tuyg'u bildirishida ohang muhimdir.His-hayajon undovlari quyidagi ma'nolarni ifodalaydi: 1. Shodlik, xursandchilik ma'nolarini ifodalaydi. O'ho', zo'r-ku. Egasi kim ekan? (O'.U.) —Obbo, azamat-ey! To'rt yarim sotih kelib qoladi. (S.A.) Xafalikni, charchoqni, og'ir ruhiy qiyinchilikni ifodalaydi. Evoh! U ko'pdan beri shahzodadan qo'rqib yurgani bejiz emas ekan. (O.Yo.)



  1. Ta'kid va taajjublanish ma'nolarini ifodalaydi. Eh, Aziz, Aziz!Hech kim qilmagan ishni qilaman, deb ko'krak mushtlab kattaketmay qo'yaqol! (O'.U.) E, tavba! Nima va'da bergan ekan,hayronman! (O'. U.)

  2. Urf-odat ma'nolarini ifodalaydi. Jindek mizg'ib olganingdankeyin idoraga chiqasan, xayr. (S.A.)

Buyruq-xitob undovlari asosan hayvonlar va qushlarni chaqirish, haydash, harakatlantirish yoki harakatdan to'xtatish uchun ishlatiladi: beh-beh, bah-bah, tu-tu-tu, chu, ish, pisht, xi-xi, tur, (itni), chigi-chigi, ho'sh-ho'sh, kisht-kisht.
Buyruq-xitob undovlarining ayrimlari insonga nisbatan ham ishlatiladi. Bunday holda undovlar nom o'rnida ishlatilib, murojatni ifodalaydi: hoy, ey, hey, kabi. Ey , jiyan boshimga balo qo'yding-ku.

  1. Taqlid so`zlar haqida 20 ta misol yozing va tahlil qiling

Taqlid so‘zlar sharpa, tovush, sho‘la, harakatlarning obrazi bo‘lgan so‘zlardir. Taqlid so‘zlar ikki guruhni tashkil qiladi: 1) tovushga taqlid so‘zlar. Tovushga taqlid so‘zlar tabat va jamiyatda uchraydigan xilma-xil tovushlarni nutqqa ko‘chirilishi asosida yuzaga keladi: inga-inga, pix-pix, vov, uv, qag‘-qag‘, taq, gurs, gumbur kabilar; 2) harakat va holatga taqlid so‘zlar. Harakat va holatga taqlid so‘zlar tabiatda uchraydigan turli narsa va hodisalarning harakat va holatlarni so‘zlar vositasida ifodalanishi asosida vujudga keladi: yalt, lip, lik - lik, yalp - yalp, bij - bij kabilar.
Taqlid so‘zlar yakka va takror holda ishlatiladi. Takroriy taqlid so‘zlar asosida davomiylik, takrorlanish kabi ma’nolarni ifodalanadi. Qiyoslang: U piq etib kuldi. U piq-piq ko‘ldi. Tovushga taqlid so‘zlarga, ba’zan –ir, -ur kabi unsurlar qo‘shilib takror shaklda ishlatilganda, ularning ma’nolari kuchaytiriladi: taq+ir-tuq+ur, tas+ur-tus+ur, dup+ur-dup+ur.
Taqlid so‘zlar boshqa turkumlardan yasalmasa ham, biroq ular asosida ot va fe’l turkumiga doir so‘zlarni yasash mumkin: qars+ak, bizbiz+ak, sharshar+a, g‘arg‘ar+a, jizz+a kabi otlar, taq+illa, duk+illa, lapang+la, milt+illa, taq etmoq, lik etmoq kabi fe’llar shular jumlasidandir.
Taqlid so‘zlar gapda, asosan hol va sifatlovchi aniqlovchi vazifalarini bajaradi. Bunda ular etgan va etib kabi so‘zlar bilan birikib kelishi ham mumkin. Masalan: Sobir yaxna ko‘k choyni qult-qult yutdi. O‘rmon bo‘ylab boltaning taq-taq etgan tovushi taralib sokinlikni buzardi. Simyog‘ochga ilingan chiroq shamolda taq-taq etib ovoz chiqarardi.
Taqlid so‘zlar otlashganda ega, to‘ldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi kabi vazifalar bajaradi. Masalan, ega: Bu yerdan to‘plarning gumbur-gumburi eshitilib turardi; to‘ldiruvch: Senlar bu yerda vag‘ir-vug‘ur bilan ovvorasanlar; qaratqich aniqlovchi: Xolmurodning kirib kelishi quvnoq qiy-chuvning bosilishiga sabab bo‘ldi.

  1. Sintaksis haqida fikringizni bayon eting

Sintaksis yunoncha “Sintaksis” so’zidan olingan bo’lib, ”Tuzish” degan ma’noni anglatadi. Sintaksis grammitikaning bir bo’limi bo’lib, bunda so’zlarning va gaplarning o’zaro aloqasini, so’z birikmalari va gaplarning turlarini, birikish usullarini o’rganadi.
Bu jihatdan sintaksis morfologiyadan farqlanadi. Chunki morfologiya so’zlarning tuzilishi, yasalishi, turlanishi, tuslanishi kabilarni tekshiradi. Sintaksis esa, ana shu formalarning dinamikasini, ularning funksiyasini ma’lum bir fikrni ifodalashdagi rolini o’rganadi.
Morfologiya va sintaksis bir-birini to’ldiruvchi, o’zaro munosabatda bo’lgan sohalardir. Gap-turlari – darak, so’roq, buyruq, undov gaplarning bir-biridan farqlanishi, asosan kesimlarning qanday so’z turkumi orqali ifodalanishiga bog’liq.
Masalan:
1. Nosir bu ertakni buvisidan eshitdi.-Darak gap.
2. Ekskursiyaga kim qatnashmadi? – So’roq gap.
So’z birikmalari ham boshqaruvchi, ya’ni bosh so’zning qanday so’z turkumi ekanligiga qarab, tasnif qilinadi. Sintaksisda esa, ergash gaplar bosh gap tarkibidagi ayrim belgi xususiyatlariga ko’ra ega, kesim, to’ldiruvchi, aniqlovchi ergash gaplarga ajratiladi.
Demak, har bir sintaksisning kategoriyasi morfologiya bilan bog’langan holda tahlil qilinadi va belgilanadi. Ba’zan esa bu ikki sohani, ya’ni morfologiya va sintaksisni bir-biridan ajratish ham qiyin bo’ladi.
Masalan: Kelishiklar morfologiyada ham, sintaksisda ham o’rganiladi. Ammo morfologiyada, asosan kelishik yolg’iz formal jihatdan, ya’ni kelishikning formasi, qanday so’z turkumiga qo’shilishi tekshirilsa, sintaksisda esa kelishikning vazifasi, qanday so’zlar bilan, bo’laklar bilan bog’lanishi o’rganiladi. Ammo kelishikning vazifasi ham hisobga olinadi.
Shuningdek, sintaksis kategoriyalari morfologik kategoriyalarga teng emas. Masalan: Bizning oila - to`q oila.
Bu jumladan, morfologik jihatdan to’rt so’z, uch xil so’z turkumi bor. (olmosh, ot, va sifat, ot). Sintaktik jihatdan esa faqat bitta bo’lak –ega va kesim mavjud xolos.
Demak, sintaksisda so’zlar kengroq aspektda, ularning ma’nosi va vazifasi hisobga olingan holda tekshiriladi.
2. Gap va uning asosiy belgilari.
Kishilar bir-birlari bilan fikr almashadilar. Bu fikr almashuv gap orqali bo’ladi. Gap uning grammatik xususiyatlari, so’zlarning o’zaro bog’lanish yo’llari sintaksisda o’rganiladi. Sintaksisning asosiy o’rganish ob’yekti gapdir.
Voqelikni va unga bo’lgan munosabatni ifoda qilish uchun grammatik jihatdan shakllangan intonatsion hamda mazmun jihatdan nisbatan mustaqillikka ega bo’lgan so’zlar bog’lanmasi yoki yakka so’z gap deyiladi. Gap fikrni ifoda qiluvchi nutq birligidir. Gapning asosiy belgilari quyidagilar:
1. Fikr turli gap tiplari orqali ifodalanadi, fikr sodda yoki qo’shma gaplar orqali, darak, so’roq, undov gaplar orqali, ikki sostavli yoki bir sostavli gaplar orqali, to’liq yoki to’liqsiz gaplar orqali ifodalanishi mumkin. Bu hol fikrning xarakteriga, ma’lum maqsad yoki niyatga qarab belgilanadi.
2. Gapning asosiy belgilari, uning so’z yoki so’z birikmalaridan farqi nimada? Gapning asosiy belgilari, unda nisbiy fikr tugalligi predikativlikning mavjud bo’lishi, grammatik jihatdan ma’lum qonun va qoidalar asosida shakillanishi, tashqi tomondan o’ziga xos intonatsiyaga ega bo’lishi shart. Gapning bu xususiyatlari ko’pchilik tillar uchun umumiydir. Ammo bu belgilarning turli tillarda nomoyon bo’lishi va ularning ahamiyati, o’rni turlichadir har bir gapda ma’lum maqsad yoki xis-hayajon ifodalanadi. Aks holda u so’z birikmasi bo’lib qoladi.
Masalan: Nodira o’qidi va Nodiraning daftari.
Bu misolda birinchisi gap, ikkinchisi esa so’z birikmasidir. Avvalgisida ma’lum fikr almashyapti. Keyingisida esa tushuncha aks etgan.
Bu maqsad yoki xis-hayajon sodda yoki qo’shma gap shaklida ifodalanishi ham mumkin.
Qo’shma gaplarda komponentlar birikkandagina ma’lum maqsad anglashiladi.
Masalan: Ko’z qo’rqoq-qo’l botir – gapida qo’rqoqligi bilan qolning botirligi haqidagi fikrlar ifodalangan. Shuning uchun ham qo’shma gapga ikkita sodda gapning mexanik tarzda birikuvi holda emas, balki gap strukturasinig o’ziga xos alohida bir tipi sifatida qaraladi. Ammo qo’shma gaplarda fikr, maqsad bitta bo’sa ham, hukm birdan ortiq bo’ladi. (yuqoridagi keltirilgan misolda ikkita hukm ifodalangan, ko’zning qo’roqligi, qo’lning botirligi) o’zbek adabiy tilida birdan ortiq hukm bir sodda gap orqali ifodalanishi ham mumkin.
Masalan: Kitob olganiga xursand bo’ladi. Har bir brigada ekishga tayyor bo’lib turishi zarurligini qayta-qayta uqtirdi.
Bu sodda gaplarning har birida ikki xul ifodalangan.
Gapning asosiy belgilaridan yana biri predikativlikdir. Predikativlik gap mazmunining borliqqa munosabatini ifodalashdir. Gap orqali so’zlovlovchi biror voqea-hodisa yoki xususiyatning mavjudligi yoki biror zamonda ro’y berishi, realligi yoki norealligi, xohish yoki norozilik kabi munosabatni ham ifodalaydi. Bu munosbatni ham ifodalaydi. Bu munosabat, ya’ni prediktivlik, modallik va zamon, shaxs-son kategoriyalari orqali ro’yobga chiqadi, bu kategoriyalar turli morfologik, sintaktik, intonatsiya va boshqa yo’llar bilan ifodalanadi.
Gapning o’ziga xos belgilaridan yana biri unda maxsus intonatsiyaning bo’lishidir.
Har bir gap intonatsion jihatdan ham shakillangan bo’ladi gapning boshlanishi va tugallanishi uning intonatsiyasidan sezilib turadi. Gap oxirida intonatsiya ham tugallanadi.

Yüklə 112,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin